#HaftaDayjesti
HAFTA DAYJESTI: MUHIM VOQEALAR, YANGI HAMKORLIKLAR VA AMALIY TASHABBUSLAR
📆 Mazkur hafta suv sohasi uchun muhim voqealar, nufuzli xalqaro uchrashuvlar, yangi kelishuvlar va amaliy tashriflarga nihoyatda boy bo‘ldi.
🏅 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan suv xo‘jaligi va suv ta’minoti tizimida samarali mehnat qilayotgan bir guruh soha vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
🌍 23–27-avgust kunlari Stokgolm shahrida “Suv — insonlar va taraqqiyot uchun” mavzusida o‘tkazilgan World Water Week 2026 tadbirida O‘zbekiston delegatsiyasi milliy tajriba va tashabbuslarni xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi.
🤩 Butunjahon suv haftaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev yuqori darajadagi sessiyalarda suv diplomatiyasi, suv barqarorligini moliyalashtirish, global suv tanqisligi va BMTning 2026-yilgi Suv konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha nutq so‘zladi.
🤝 Qator yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Haftalik doirasida SIWI ijrochi direktori Yevropa komissari UNU-INWEH direktori, professor BMT Universiteti rektori IWMI bosh direktori strategik dastur direktori Senegal vakili hamda BAA tashqi ishlar vazirining yordamchisi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
✍️Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi va Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, Xelsinki shahrida Markaz va o‘rtasida suv xizmatlari xavfsizligi bo‘yicha strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
📝 Uppsala universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida suv diplomatiyasi, transchegaraviy hamkorlik va kadrlar tayyorlashga qaratilgan hamkorlik mustahkamlandi.
🔬 Delegatsiya Uppsaladagi RISE tadqiqot instituti, Shvetsiya qishloq xo‘jaligi fanlari universiteti (SLU), KSLA, shuningdek, Hemisphere Technologies va XINIX Global AB kompaniyalariga tashrif buyurdi.
🤝 Finlyandiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi doimiy kotibi Pekka Pesonen, suv masalalari bo‘yicha maxsus vakil Antti Rautavaara hamda Atrof-muhit vazirligi katta mutaxassisi Turo Herppe bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazildi.
💧 O‘zbekiston delegatsiyasi Stokgolmdagi Yangi Slussen majmuasiga tashrif buyurib, suv oqimini boshqarish, toshqinlardan himoya va shahar infratuzilmasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajribani o‘rgandi.
🏆 Stokgolm yoshlar suv mukofoti — Stockholm Junior Water Prize 2026 g‘oliblarini taqdirlash marosimida istiqbolli yosh tadqiqotchilarning innovatsion ishlanmalari namoyish etildi.
📚 Ma’rifiy loyihalar davom ettirildi
Hafta davomida:
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
📲Batafsil materiallar — kanalimizda!
|
https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ |
https://www.instagram.com/suv.brm/ |
https://www.youtube.com/@suvbrm |
https://x.com/suvbrm