SUV | BRM Telegram channel photo

SUV | BRM

@suvbrmPublic Channel

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi 🏢Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 1 📍faceboo:https:www.facebook.com/suvbarqarorrivojlan 📍instagram: www.instagram.com/suv.brm/ 📍youtube: http://www.youtube.com/@suvbrm Xatlar uchun: [email protected]

Tibbiyoto‘zbekOʻzbekiston

55

Last views

2k (1,997 subscribers)
A'zolar
—
Rating
33
Total Posts
Oct 17, 2026, 8:00 PM
Yangilangan
May 4, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSUV | BRM
Username@suvbrm
CategoryTibbiyot
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,997
Channel TypePublic Channel
Created4-may, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#75772+304
Til reytingi
#595-9
Toifa reytingi
#1819+23

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.0K30 Days growth: +653.4%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20261,932
19:09:20261,932
20:09:20261,935
21:09:20261,935
22:09:20261,935
23:09:20261,935
24:09:20261,935
25:09:20261,935
26:09:20261,935
27:09:20261,935
28:09:20261,935
29:09:20261,935
30:09:20261,935
01:10:20261,935
02:10:20261,935
03:10:20261,935
04:10:20261,935
05:10:20261,935
06:10:20261,935
07:10:20261,935
08:10:20261,935
09:10:20261,935
10:10:20261,935
11:10:20261,935
12:10:20261,935
13:10:20261,935
14:10:20261,935
15:10:20261,935
16:10:20261,935
17:10:20261,997
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 04:05:2026132
Week of 11:05:2026132
Week of 18:05:2026132
Week of 25:05:2026132
Week of 01:06:2026132
Week of 08:06:2026132
Week of 15:06:2026132
Week of 22:06:2026132
Week of 29:06:2026132
Week of 06:07:2026176
Week of 13:07:2026176
Week of 20:07:2026176
Week of 27:07:2026176
Week of 03:08:2026176
Week of 10:08:2026176
Week of 17:08:20264,188
Week of 24:08:20264,188
Week of 31:08:20264,206
Week of 07:09:20261,932
Week of 14:09:20261,935
Week of 21:09:20261,935
Week of 28:09:20261,935
Week of 05:10:20261,935
Week of 12:10:20261,997
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 2026132
June 2026132
July 2026176
August 20264,188
September 20261,935
October 20261,997
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,997

So'nggi postlar

SUV | BRM logo
SUV | BRM

21-okt, 2026, 10:29

Video
🇺🇿 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

🗓 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. 2019-yil 21-oktabrda Prezident farmoni bilan ushbu sana O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilandi.

🫴 Til – millatning ma’naviy bulog‘i, suv esa hayot manbai. Ona tilimizni asrab-avaylash va uning boyligini kelajak avlodga yetkazish suvdek hayotbaxsh qadriyatlarimizni asrash kabi muhimdir.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
55003
SUV | BRM logo
SUV | BRM

21-okt, 2026, 08:34

Video
#XorijTajribasi

TETRAPOD: TO‘LQINLARGA QARSHI MUHANDISLIK YECHIMI

🌊 Dengiz sohillaridagi to‘rt shoxli ulkan beton bloklar nima uchun aynan shunday shaklda yaratilgan?

🎲Tetrapod – dengiz to‘lqinlari ta’sirini kamaytirish va qirg‘oqbo‘yi inshootlarini himoya qilishga yordam beradigan maxsus konstruksiya.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
66006
SUV | BRM logo
SUV | BRM

20-okt, 2026, 21:09

Photo1/6
SUV OMBORLARI XAVFSIZLIGI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORALARI BELGILANDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev suv omborlarining texnik holati va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ularning turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

💧 Bugungi kunda mamlakatimizdagi 56 ta suv omborining faqat to‘rttasida professional qutqaruv xizmati tashkil etilgan.

🚀 Suv omborlarining texnik holatini o‘rganish doirasida 25 ta obyekt joyiga chiqib tekshirilgan. Ularning xavfsiz ishlashini ta’minlash va ehtimoliy xavflarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
78004
SUV | BRM logo
SUV | BRM

20-okt, 2026, 18:32

Video
#SuvKodeksi

🫴 SUV KODEKSIGA SHARH |DAVLAT SUV KADASTRINI KIM YURITADI?

📖 Suv kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, Davlat suv kadastri yagona tizim bo‘lsa-da, uning turli bo‘limlarini bir nechta vakolatli davlat organlari yuritadi.

▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
83000
SUV | BRM logo
SUV | BRM

20-okt, 2026, 12:16

Photo1/8
SUV SOHASI XODIMLARI “UMUMMILLIY DIKTANT”DA ISHTIROK ETDI

✍️ 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Suv sohasida barqaror rivojlanish markazida “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi.

📃 Xodimlar diktant matnini imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
106005
SUV | BRM logo
SUV | BRM

19-okt, 2026, 18:01

Video
#SuvKodeksi

КОММЕНТАРИЙ К ВОДНОМУ КОДЕКСУ | ОСНОВНЫЕ ПРИНЦИПЫ РЕГУЛИРОВАНИЯ ВОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ

📖 Статья 6 Водного кодекса определяет основные принципы управления водными ресурсами и их использования.

▶️ Подробнее – в видео.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
103001
SUV | BRM logo
SUV | BRM

19-okt, 2026, 14:56

Video
#OAVBizHaqimizda

SUVNI TEJASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

📍 Suv sohasida barqaror rivojlanish markazida Ekspertlar kengashining II yig‘ilishi o‘tkazilgani haqidagi lavha "Hudud" axborot dasturida efirga uzatildi.

▶️Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
110005
SUV | BRM logo
SUV | BRM

19-okt, 2026, 12:13

Photo1/2
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔤 Bugungi harf – M. MELIORATSIYA

🌊 Melioratsiya – qishloq xo‘jaligi yerlarining tabiiy sharoitlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish va barqaror hosil olishga qaratilgan texnik hamda tashkiliy tadbirlar majmui.

“Suv alifbo”sining keyingi harfida yanada qiziqarli atama bilan tanishtiramiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
108005
SUV | BRM logo
SUV | BRM

19-okt, 2026, 10:23

Video
#SuvKodeksi

SUV KODEKSIGA SHARH | SUV RESURSLARI HISOBI QANDAY YURITILADI?

📖 Suv resurslarini hisobga olish va ularning holatini kuzatishda Davlat suv kadastri muhim ahamiyatga ega. Suv kodeksining 43-moddasiga ko‘ra, Davlat suv kadastri to‘rt yo‘nalishni qamrab oladi.

 ▶️ Batafsil – videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
109002
SUV | BRM logo
SUV | BRM

18-okt, 2026, 18:52

Photo1/2
#HaftaDayjesti

🗓 Suv sohasida barqaror rivojlanish markazining hafta davomidagi eng muhim yangiliklari, videolari va qiziqarli ma’lumotlari bilan tanishing!

🎲 Tarmoqlararo ishchi guruhining 7-yig‘ilishi. Suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya bo‘yicha Tarmoqlararo ishchi guruhining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🎲 Suv xo‘jaligi sohasining fidoyi ayollari e’tirof etildi. “Suv xo‘jaligi sohasining ayoli – 2026: Kasbim – faxrim” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida Markaz vakillari ham ishtirok etdi.

🎲 13-oktabr – Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuni. Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularning oqibatlarini yumshatish muhimligi haqida.

🎲 Syorvoagsvatn ko‘li: optik illyuziya. Farer orollaridagi ushbu ko‘l nima uchun Atlantika okeani uzra muallaq turgandek ko‘rinadi?

🎲 Bilasizmi? Tuman – havodagi mayda suv tomchilari. Tuman qanday hosil bo‘ladi va bulutlardan nimasi bilan farq qiladi?

🎲 15-oktabr – Butunjahon qo‘l yuvish kuni. Sovun bilan qo‘l yuvish – salomatlikni asrashning oddiy va samarali usuli.

🎲 Suv kodeksiga sharh: Davlat suv kadastri. Kodeksning 41- va 42-moddalari asosida suv kadastri nimalarni qamrab olishi va uning ma’lumotlari nima uchun kerakligi haqida.

🎲 “Darg‘om” va “Shohrud” – jahon irrigatsiya merosi. O‘zbekistonning ikki qadimiy kanali Jahon irrigatsiya merosi reyestridan joy oldi.

🎲 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda ayollar jahon qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatidagi ishchi kuchining 42 foizini tashkil etadi.

🎲 Mato ishlab chiqarishda suvni qanday tejash mumkin? To‘qimachilik sanoatida suvni tejashning muhim bosqichlari bilan tanishing.

🎲 Ekspertlar kengashining II-yig‘ilishi. Markazda suv sohasi rivojiga oid masalalar muhokama qilingan yig‘ilishdan foto va videolavhalar.

📲 Batafsil materiallar – kanalimizda!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
104001
SUV | BRM logo
SUV | BRM

16-okt, 2026, 21:42

Video
#No_Comment

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazida bo'lib o'tgan Ekspertlar kengashining II-yigʻilishi

2026-yil 16-oktabr, Toshkent

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
2,2300010
SUV | BRM logo
SUV | BRM

16-okt, 2026, 19:52

Photo1/10
EKSPERTLAR KENGASHINING II-YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

📇 Suv sohasida barqaror rivojlanish markazida Ekspertlar kengashining II-yig‘ilishi o’tkazildi.

🧲Muloqot doirasida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarining sho‘rlanishini boshqarish, suv tejovchi texnologiyalar samaradorligini oshirish va iqlim o‘zgarishi sharoitida sohani rivojlantirishning ilmiy-amaliy masalalari, shu jumladan mavjud muammolar va ularning real yechimlari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
177006
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔤 Bugungi harf — G.

💧 Gidrologiya — Yer yuzidagi suvlarning tarqalishi, harakati, miqdori va xususiyatlarini o‘rganuvchi fan.

Gidrologiya daryolar, ko‘llar, suv omborlari, muzliklar, botqoqliklar va yerosti suvlarini tadqiq etadi. Shuningdek, suvning tabiatdagi aylanishi, yog‘inlar, bug‘lanish, daryo oqimi, toshqin va qurg‘oqchilik jarayonlarini o‘rganadi.

📊 Gidrologik kuzatuv va hisob-kitoblar suv zaxiralarini baholash, suv toshqinlarini prognoz qilish, sug‘orishni rejalashtirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega.

“Suv alifbo”sining keyingi harfida yanada qiziqarli atama bilan tanishtiramiz!

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
1,020005
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
#SuvKodeksi

📘 SUV KODEKSI | 7-MODDA

⚖️ Suvdan foydalanish turlari

📖 O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining 7-moddasida suvdan foydalanish, suv obyektidan suv olish usuli hamda suv va suv obyektlarining holatiga ta’sir etish darajasiga qarab umumiy va maxsus foydalanish turlariga ajratilishi belgilangan.

🔹 Umumiy foydalanish — fuqarolarning ichimlik va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlari, cho‘milish, motorsiz qayiqda suzish, chorva mollarini sug‘orish, sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlash kabi holatlarni qamrab oladi.
🔹 Maxsus foydalanish — nasoslar, nasos stansiyalari va boshqa qurilmalar yordamida suv olish, gidroenergetika, suv transporti hamda oqova suvlarni suv obyektlariga oqizish bilan bog‘liq faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.

📌 Maxsus suvdan foydalanish qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

📚 Moddaning to‘liq ilmiy-amaliy sharhini o‘qimoqchimisiz?

Quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:⤵️

https://telegra.ph/7-modda-Suvdan-foydalanish-turlari-08-28

😎 https://t.me/tomchikanali|📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,140004
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
#HaftaDayjesti

HAFTA DAYJESTI: MUHIM VOQEALAR, YANGI HAMKORLIKLAR VA AMALIY TASHABBUSLAR

📆 Mazkur hafta suv sohasi uchun muhim voqealar, nufuzli xalqaro uchrashuvlar, yangi kelishuvlar va amaliy tashriflarga nihoyatda boy bo‘ldi.

🏅 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan suv xo‘jaligi va suv ta’minoti tizimida samarali mehnat qilayotgan bir guruh soha vakillari davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

🌍 23–27-avgust kunlari Stokgolm shahrida “Suv — insonlar va taraqqiyot uchun” mavzusida o‘tkazilgan World Water Week 2026 tadbirida O‘zbekiston delegatsiyasi milliy tajriba va tashabbuslarni xalqaro hamjamiyatga taqdim etdi.

🤩 Butunjahon suv haftaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev yuqori darajadagi sessiyalarda suv diplomatiyasi, suv barqarorligini moliyalashtirish, global suv tanqisligi va BMTning 2026-yilgi Suv konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha nutq so‘zladi.


🤝 Qator yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Haftalik doirasida SIWI ijrochi direktori Yevropa komissari UNU-INWEH direktori, professor BMT Universiteti rektori IWMI bosh direktori strategik dastur direktori Senegal vakili hamda BAA tashqi ishlar vazirining yordamchisi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

✍️Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi va Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, Xelsinki shahrida Markaz va o‘rtasida suv xizmatlari xavfsizligi bo‘yicha strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

📝 Uppsala universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida suv diplomatiyasi, transchegaraviy hamkorlik va kadrlar tayyorlashga qaratilgan hamkorlik mustahkamlandi.

🔬 Delegatsiya Uppsaladagi RISE tadqiqot instituti, Shvetsiya qishloq xo‘jaligi fanlari universiteti (SLU), KSLA, shuningdek, Hemisphere Technologies va XINIX Global AB kompaniyalariga tashrif buyurdi.

🤝 Finlyandiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi doimiy kotibi Pekka Pesonen, suv masalalari bo‘yicha maxsus vakil Antti Rautavaara hamda Atrof-muhit vazirligi katta mutaxassisi Turo Herppe bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazildi.

💧 O‘zbekiston delegatsiyasi Stokgolmdagi Yangi Slussen majmuasiga tashrif buyurib, suv oqimini boshqarish, toshqinlardan himoya va shahar infratuzilmasini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajribani o‘rgandi.

🏆 Stokgolm yoshlar suv mukofoti — Stockholm Junior Water Prize 2026 g‘oliblarini taqdirlash marosimida istiqbolli yosh tadqiqotchilarning innovatsion ishlanmalari namoyish etildi.

📚 Ma’rifiy loyihalar davom ettirildi
Hafta davomida:
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹

📲Batafsil materiallar — kanalimizda!

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
1,140003
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BO‘YICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI O‘RGANILDI

O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi doimiy kotibi Pekka Pesonen, mamlakatning suv masalalari bo‘yicha maxsus vakili Antti Rautavaara hamda Finlyandiya Atrof-muhit vazirligi katta mutaxassisi Turo Herppe bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, suv xavfsizligini mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish, ekologik monitoringni rivojlantirish hamda Finlyandiyaning ilg‘or boshqaruv tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar suv va ekologiya yo‘nalishlarida ekspertlar almashinuvini rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
1,100006
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI

O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning suv resurslarini boshqarish, oqova suvlarni tozalash va ekologik monitoring sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rgandi.

Delegatsiya Xelsinki shahridagi "Viikinmäki" zamonaviy oqova suvlarini tozalash majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Finlyandiya va Shimoliy Yevropadagi eng yirik mazkur inshootda oqova suvlarni mexanik, kimyoviy va biologik usullarda tozalash, jarayonlarni raqamli monitoring qilish hamda hosil bo‘lgan biogazdan energiya ishlab chiqarish tajribasi o‘rganildi.

Shuningdek, Finlyandiya atrof-muhit instituti (Syke), Finlyandiya Geologiya xizmati (GTK), Aalto universiteti, shuningdek, Fluidit, Solar Water Solutions, Vaisala va Kemira kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muloqotlarda suv resurslarini barqaror boshqarish, yerosti suvlarini o‘rganish va muhofaza qilish, oqova suvlarni tozalash, raqamli monitoring va sun’iy intellektdan foydalanish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida ilg‘or fin ilmiy va texnologik yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
9960011
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
🌟 2050-YILGA BORIB SUV TANQISLIGI YANADA KUCHAYISHI MUMKIN

Dunyoda suvga bo‘lgan talab o‘sishda davom etmoqda. Agar ushbu talabni samarali boshqarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmasa, 2050-yilga borib ko‘plab hududlarda suv tanqisligi darajasi keskin kuchayishi mumkin.

💧 Suv tanqisligi — aholining toza va ishonchli suvga bo‘lgan talabi mavjud suv zaxiralaridan oshib ketadigan holatdir.

Tahlil qilingan 164 ta davlat va hududning 51 tasida 2050-yilga kelib yuqori yoki o‘ta yuqori darajadagi suv tanqisligi kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

🏞 Dengiz suvini chuchuklashtirish suv resurslari cheklangan mamlakatlarga mazkur muammoning ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Biroq bu texnologiya barcha muammolarni to‘liq bartaraf etmaydi.

Chunki chuchuklashtirish:
🔹 katta miqdorda energiya talab qiladi;
🔹 issiqxona gazlari chiqindilarini oshirishi mumkin;
🔹 hosil bo‘ladigan yuqori konsentratsiyali sho‘r eritmani boshqarishni talab etadi.

📍Masalan, Birlashgan Arab Amirliklarida chuchuklashtirish ichimlik suvi xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli asosiy vazifa undan voz kechish emas, balki mazkur jarayonni yanada samarali, ekologik barqaror va tashqi ta’sirlarga chidamli qilishdir.

Buning uchun suv ta’minotiga alohida jarayon sifatida emas, balki yaxlit tizim sifatida qarash zarur:

🔹 suvga bo‘lgan talabni kamaytirish;
🔹 foydalanish samaradorligini oshirish;
🔹 qayta foydalaniladigan suv hajmini ko‘paytirish;
🔹 tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish;
🔹 mavjud resurslardan oqilona foydalanish.

Suvni chuchuklashtirish — suv xavfsizligini ta’minlash vositalaridan biri, ammo muammoning yagona yechimi emas. U innovatsion texnologiyalar, suvni tejash va resurslarni kompleks boshqarish bilan uyg‘unlashgandagina uzoq muddatli suv xavfsizligi va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

💧 2050-yildagi aniq holatni hozirdan belgilash qiyin. Chunki natijalar dunyo aholisi soni, iqtisodiy o‘sish, siyosiy jarayonlar va rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘zgarishlarga bog‘liq.

Manba: Jahon resurslari instituti (WRI), Statista.

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
1,080005
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILADI

Xelsinki shahrida Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi hamda Finlyandiya suv forumi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjat O‘zbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilg‘or tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida suv ta’minoti sohasini raqamlashtirish, zamonaviy fin yechimlarini mahalliy sharoitga moslashtirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish va texnik bilimlar almashinuvini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Tomonlar texnologiya va bilimlar almashinuviga oid kompleks loyiha tayyorlash, uni amalga oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishga kelishib oldilar.

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
1,0600015
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
O‘ZBEKISTON VA BAA SUV-ENERGETIKA SOHASIDAGI AMALIY HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI

Butunjahon suv haftaligi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirining energetika va barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha yordamchisi, “Masdar City” direktorlar kengashi raisi Abdulla Balalaa bilan uchrashdi.

Uchrashuvda suv, energetika va barqaror rivojlanish masalalarining o‘zaro bog‘liqligi, sohaga innovatsion texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda suv tanqisligiga qarshi samarali yechimlarni keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

BAA va Senegal hamraisligida 2026-yil 8–10-dekabr kunlari Abu-Dabida o‘tkaziladigan BMTning Suv konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining 6-maqsadiga erishishga xizmat qiladigan aniq tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, global suv tanqisligiga qarshi innovatsion va texnologik yechimlarni jadallashtirishga qaratilgan Muhammad bin Zayd suv tashabbusi bilan hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar suv va energiya samaradorligini oshirish, qurg‘oqchil hududlarga mos texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish hamda zamonaviy yechimlarni sinovdan o‘tkazish va keng tatbiq etish bo‘yicha katta hamkorlik salohiyati mavjudligini ta’kidladi.

BAA vakillari joriy yil kuzida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Suvni tejash bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etishga taklif qilindi.

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
1,1700011
SUV | BRM logo
SUV | BRM

03-sen, 2026, 06:13

Photo
O‘ZBEKISTON VA FINLYANDIYA SUV SOHASIDAGI HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI

Butunjahon suv haftaligi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi, Ijtimoiy ishlar va sog‘liqni saqlash vazirligi, Finlyandiya suv forumi (FWF), Finlyandiya sog‘liqni saqlash va farovonlik instituti (THL), Helsinki mintaqaviy ekologik xizmatlar boshqarmasi (HSY) hamda Cowater kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqotlarda ichimlik suvi xavfsizligi va sifatini ta’minlash, oqova suvlarni samarali tozalash, suv bilan bog‘liq sanitariya va jamoat salomatligini mustahkamlash, zamonaviy monitoring tizimlarini joriy etish hamda suv resurslarini barqaror boshqarish masalalari muhokama qilindi.

Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bo‘yicha maxsus vakili Maria Agren bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, suv sohasi bo‘yicha muloqotni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Finlyandiya Ijtimoiy ishlar va sog‘liqni saqlash vazirligining Xavfsizlik va sog‘liq departamenti bosh direktori Taneli Puumalainen bilan uchrashuvda suv sifati, ekologik omillarning aholi salomatligiga ta’siri va ushbu yo‘nalishdagi davlat nazorati masalalari ko‘rib chiqildi.

Finlyandiya suv forumi bosh direktori Topi Helle bilan muloqotda suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash, raqamlashtirish, ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislar tayyorlash hamda ilg‘or fin texnologiyalari muhokama qilindi.

Shuningdek, THLning ilmiy-tahliliy tajribasi, HSYning ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni tozalash amaliyoti hamda Cowater kompaniyasining xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi tajribasi bilan tanishildi.

Uchrashuvlarda o‘zaro tajriba almashish, ekspertlar hamkorligini rivojlantirish hamda suv xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari belgilab olindi.

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
1,0200011
SUV | BRM logo
SUV | BRM

31-avg, 2026, 22:36

Photo
🌊 27-AVGUST — BUTUNJAHON KO‘LLAR KUNI

📍 Butunjahon ko‘llar kuni ko‘llar va ularning ekotizimlari ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish, ularni muhofaza qilish hamda barqaror boshqarishga e’tibor qaratish maqsadida nishonlanadi.

🇺🇳 BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramizda 100 milliondan ortiq ko‘l mavjud.

🇺🇿 O‘zbekiston hududida 500 dan ortiq ko‘l mavjud. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi mamlakatimizdagi eng yirik ko‘llar tizimi hisoblanadi. Shuningdek, yurtimizda 17 777 ta tabiiy oqar suv manbasi mavjud bo‘lib, ularning 9 930 tasi Amudaryo, 4 926 tasi esa Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘llar chuchuk suv zaxiralarini saqlash, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, iqlimni tartibga solish va aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

| https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
1,110006
SUV | BRM logo
SUV | BRM

04-may, 2026, 13:39

Photo
Toshkentda to‘rtta emas, o‘n ikkita sun’iy ko‘l va suv omborlari bo‘ladi.

https://president.uz/oz/lists/view/9158 O‘zbekiston Prezidenti yaratilayotgan to‘rtta ko‘l salqin mikroiqlim yaratish uchun yetarli bo‘lmasligini ta’kidlab, bu sonni 12 taga yetkazishni topsirdi.

Shuningdek, taqdimotda poytaxt hududidagi daryo va kanallar boʻylarini obodonlashtirish, shaharda salqin mikroiqlim yaratish maqsadida sunʼiy koʻl va havzalar barpo etish boʻyicha ishlar toʻgʻrisida ham axborot berildi.

Chirchiq daryosining poytaxt hududidan oʻtuvchi 16 kilometr qismini obodonlashtirish hisobiga 306 gektar yer maydonida “Daryo boʻyi” loyihasini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
62003
SUV | BRM logo
SUV | BRM

04-may, 2026, 13:39

Photo
#bilasizmi

🔵 Yerdagi suv ko'zga ko'rinadiganidan ko'ra ko'proq sirlarni yashiradi. Okeanlar sayyora yuzasining taxminan 75% ni egallagan bo'lsa-da, ularning massasi Yerning umumiy massasining atigi 1/4400 qismini tashkil qiladi - bu butun sayyora miqyosi bilan solishtirganda yupqa qatlam.

🟢 Shu bilan birga, olimlar oyog'imiz ostida juda muhimroq suv zaxiralari joylashgan bo'lishi mumkinligini aniqladilar: Yer mantiyasida, u yerda barcha okeanlarni birlashtirgandan o'nlab marta ko'proq suv bo'lishi mumkin. Ushbu kashfiyot geologik jarayonlar va suvning sayyoraning shakllanishi va evolyutsiyasidagi roli haqidagi tushunchamizni sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin.

👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
68002
SUV | BRM logo
SUV | BRM

04-may, 2026, 13:39

Photo
#bilasizmi

🔹 Dunyodagi eng toza suvga ega davlat Islandiya hisoblanadi. Bu yerda suv hech qanday kimyoviy ishlovsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadi. Hatto ko‘chadagi kranlardan ham toza suv oqadi.

🔸 Xalqaro Ekologik samaradorlik indeksi (EPI) har yili davlatlardagi ichimlik suvining xavfsizlik darajasini baholaydi. Eng yuqori natijani quyidagi davlatlar band etgan: Shvetsariya, Finlandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya.

🔺 Tabiiy suv resurslari kam bo‘lishiga qaramay, Singapur NEWater texnologiyasi orqali suvni qayta ishlash va tozalash bo‘yicha dunyoda yetakchidir.

👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
71002
SUV | BRM logo
SUV | BRM

04-may, 2026, 13:39

Photo
Xorazmdagi strategik obyektlar va ijtimoiy masalalar e’tibor markazida

✔️ Kuni kecha viloyat va tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

🔖 Muloqot davomida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva aholining hayotiy ehtiyojlariga bevosita daxldor bo‘lgan infratuzilma loyihalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, milliondan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Urganch-1” yirik nasos stansiyasini modernizatsiya qilish masalasi kun tartibidagi muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi. Mazkur obyektni zudlik bilan yangilash va zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
68000
SUV | BRM logo
SUV | BRM

04-may, 2026, 13:39

Video
🔰 Kecha, 27-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilgan yangi turizm majmuasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu maskan Farg‘ona vodiysida yozgi dam olish, ekoturizm va hordiq chiqarish uchun ko‘ngilochar manzillardan biriga aylanishi kutilmoqda.

🔷 Bundan tashqari, Taxtako‘pir tumanida Qoratereng ko‘li, Xonobod tumanida sun’iy ko‘l, Xatirchi tumanida “Ko‘ksaroy” suv ombori, Pop tumanida Arashan ko‘li, Nurobod tumanida “Sobirsoy” va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kattaqo‘rg‘on” suv omborlari atrofida ham yirik turizm majmualarini barpo etish rejalashtirilgan.

📍 Bu kabi loyihalar mamlakatning sayyohlik salohiyatini kengaytirish, hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholi daromadini oshirishga xizmat qiladi.

👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
66002
SUV | BRM logo
SUV | BRM

04-may, 2026, 13:39

Photo
#bilasizmi

💦 Virtual suv — bu mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida sarflanib, yakuniy natijada bizga ko‘rinmaydigan yashirin suv hajmidir. Masalan, bitta non yopish uchun (bug‘doy yetishtirishdan tortib to tandirda pishguncha) o‘rtacha 800 litr suv ishlatiladi.

✔️ Oziq-ovqatni isrof qilmaslik, sifatli va uzoq muddat xizmat qiladigan buyumlarni ishlatish orqali biz Yer yuzidagi cheklangan ichimlik suvi zaxiralarini asrashga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

👉 | https://www.facebook.com/suvbarqarorrivojlanishmarkazi/ | https://www.instagram.com/suv.brm/ | https://www.youtube.com/@suvbrm | https://x.com/suvbrm
117003

Showing 30 of 33 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

SUV | BRM Telegram kanali nima haqida?+

SUV | BRM (@suvbrm) — tgdio da Tibbiyot toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 997 obunachi bor.

SUV | BRM (@suvbrm) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @suvbrm ga bepul obuna bo‘ling.

SUV | BRM yaxshi Tibbiyot kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin SUV | BRM reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 997 obunachi bor. O‘xshash Tibbiyot kanallar bilan solishtiring.

SUV | BRM statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @suvbrm sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.