📢 ISH QIDIRYAPMAN | ARAB TILI MUTAXASSISI VA TARJIMON
🧕🏻🎓 MA’LUMOT
▪️ Ta’lim muassasasi: Oriental universiteti
▪️ Yo‘nalish: Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
▪️ Bosqich: 4-kurs
▪️ Arab tili darajasi: CEFR C1
Tanal Arabiy C1
💼 ISH YO‘NALISHLARI
1. Tarjimonlik
• Arab tilidan o‘zbek tiliga yozma tarjima
• O‘zbek tilidan arab tiliga yozma tarjima
• Arab va o‘zbek tillari o‘rtasida og‘zaki tarjima
• Ilmiy va ta’limiy materiallar tarjimasi
2. Arab tilini o‘qitish
• Boshlang‘ich darajadagi arab tili
• Arab tilida so‘zlashuv (muhodasa)
• Matn o‘qish va tushunish
• Arab tilida yozish ko‘nikmalari
• O‘quv materiallari asosida individual mashg‘ulotlar
Dars berish yo‘nalishida katta yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlashga tayyorman.
🏆 KASBIY TAJRIBA VA YUTUQLAR
▪️ Xalqaro tarjimonlik tajribasi: 2025-yil 25–26-iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Umra Plyus va Ziyorat Turizmi” III xalqaro ko‘rgazmasida arab va o‘zbek tillari o‘rtasida og‘zaki tarjimon sifatida faoliyat yuritganman.
▪️ Arab tilidagi diplom: Yozma ifoda (التعبير الكتابي) bo‘yicha 4-darajali diplomga egaman.
📚 ILMIY FAOLIYAT VA NASHRLAR
1. Xalqaro ilmiy jurnal maqolasi
Diptotes Between Theory and Practice: A Grammatical Study — 2026-yilda German International Journal jurnalida nashr etilgan.
2. Xalqaro ilmiy kongress maqolasi
Arab tilining o‘zbek tiliga ta’siri hamda mahalliy so‘zlarning frazeologik va semantik xususiyatlari — ASES XII Ijtimoiy fanlar bo‘yicha xalqaro kongressida 2026-yil 10–12-aprel kunlari Toshkent shahrida taqdim etilgan ilmiy maqola. Hammuallif: Yakubova F. Rashidovna.
3. Yosh arabshunoslar forumi
الممنوع من الصرف بين النظرية والتطبيق: دراسة نحوية — 2025-yil Yosh arabshunoslar forumida taqdim etilgan ilmiy maqola.
▪️ Akademik yutuq: Oriental universiteti tomonidan arab tilidagi yozma ifoda (التعبير الكتابي) yo‘nalishida erishilgan yuqori natijalar uchun «نخبة التفوق» diplomining I darajasi bilan taqdirlanganman.
4. Ilmiy tezis
Arab tilining o‘zbek tiliga ta’siri va arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning lafziy va ma’noviy xususiyatlari — ilmiy izlanishlarim doirasida tayyorlangan ish.
5. Ilmiy konferensiyalardagi yutuqlar
Oriental universitetida arab tili va filologiyasiga oid ilmiy-amaliy konferensiyalarda “Eng yaxshi chiqish” va “Eng yaxshi maqola muallifi” nominatsiyalarini qo‘lga kiritganman. Xalqaro ilmiy konferensiyalarda ham ilmiy ishlar bilan ishtirok etganman.
💻 RAQAMLI KO‘NIKMALAR
• Zoom — onlayn mashg‘ulotlar va videokonferensiyalar.
• Canva — taqdimotlar va o‘quv materiallari dizayni.
• Microsoft Word va Apple Pages — hujjatlar, matnlar va jadvallar bilan ishlash.
• CapCut — videomontaj va ta’limiy videolar tayyorlash.
✨ KASBIY FAZILATLAR
▪️ Murakkab mavzularni sodda va tushunarli izohlash
▪️ Mustaqil ravishda o‘quv materiallari tayyorlash
▪️ Mas’uliyatlilik va tartiblilik
▪️ Yangi bilim va ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirish
▪️ Ilmiy izlanish va kasbiy rivojlanishga intilish
🌐 ISH SHARTLARI
▪️ Ish shakli: masofaviy (online)
▪️ Ish vaqti: kelishuv yoki moslashuvchan jadval asosida
▪️ Maosh: kelishiladi
🤝 HAMKORLIK UCHUN OCHIQMAN
Tarjima agentliklari, onlayn arab tili akademiyalari, xalqaro tashkilotlar va loyihalar, arab davlatlari bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalar, nashriyotlar hamda ta’lim markazlaridan takliflarni mamnuniyat bilan ko‘rib chiqaman.
📩 ALOQA UCHUN TELEGRAM:
https://t.me/Student_AlBuxoriy