TOMCHI Telegram channel photo

TOMCHI

@tomchikanaliPublic Channel

TOMCHI - Сув тежашда ёрдамчи. Савол ва таклифлар бўйича мутахассислар билан алоқа: @tomchiguruhi “TOMCHI” мобил иловасини ўрнатиб олиш: https://nwrmp.uz/link.html

773

Last views

20.8k (20,848 subscribers)
A'zolar
—
Rating
88
Total Posts
Oct 20, 2026, 10:13 PM
Yangilangan
Mar 31, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTOMCHI
Username@tomchikanali
CategoryMobil ilovalar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar20,848
Channel TypePublic Channel
Created31-mar, 2026
Last Updated20-okt, 2026 • 2 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#4183-18
Til reytingi
#41+1
Toifa reytingi
#19+1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 20.8K30 Days growth: +10.1K94%
09/2109/2610/0110/0610/1110/1610/20
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
21:09:202610,749
22:09:202610,749
23:09:202610,749
24:09:202610,749
25:09:202610,749
26:09:202610,749
27:09:202610,749
28:09:202610,749
29:09:202610,749
30:09:202610,749
01:10:202610,749
02:10:202610,749
03:10:202610,749
04:10:202610,749
05:10:202610,749
06:10:202610,749
07:10:202610,749
08:10:202610,749
09:10:202610,749
10:10:202610,749
11:10:202610,749
12:10:202610,749
13:10:202621,587
14:10:202621,587
15:10:202621,587
16:10:202621,587
17:10:202621,587
18:10:202621,587
19:10:202621,587
20:10:202620,848
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202621,231
Week of 06:04:202620,955
Week of 13:04:202619,786
Week of 20:04:202619,459
Week of 27:04:202619,459
Week of 04:05:202619,459
Week of 11:05:202619,119
Week of 18:05:202619,119
Week of 25:05:202619,119
Week of 01:06:202614,383
Week of 08:06:202614,383
Week of 15:06:202612,119
Week of 22:06:202611,943
Week of 29:06:202611,943
Week of 06:07:202611,943
Week of 13:07:202611,473
Week of 20:07:202611,339
Week of 27:07:202611,229
Week of 03:08:202611,229
Week of 10:08:202611,229
Week of 17:08:202611,070
Week of 24:08:202610,975
Week of 31:08:202610,879
Week of 07:09:202610,879
Week of 14:09:202610,749
Week of 21:09:202610,749
Week of 28:09:202610,749
Week of 05:10:202610,749
Week of 12:10:202621,587
Week of 19:10:202620,848
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
March 202622,433
April 202619,459
May 202619,119
June 202611,943
July 202611,339
August 202610,975
September 202610,749
October 202620,848
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202620,848

So'nggi postlar

TOMCHI logo
TOMCHI

22-okt, 2026, 15:31

Photo1/6
Dujiangyan: 2270 yildan beri to’xtamagan sug’orish tizimi

Xitoyning Sichuan viloyatida joylashgan Dujiangyan miloddan avvalgi 256-yilda qurilgan. Uning eng g’ayrioddiy jihati shundaki, u to’g’onsiz ishlaydi.

▪️ Ishlash usuli
Min daryosining oqimi sun’iy orolcha yordamida ikkiga bo’linadi: bir qismi dalalarga yo’naltiriladi, ortiqcha suv esa daryoning o’z o’zaniga qaytariladi. Shu tariqa kuzgi toshqin paytida dalalar suv ostida qolmaydi, qurg’oqchilikda esa suv yetarli bo’ladi.
▪️ Yaratuvchilari
Qin davlati hokimi Li Bing va uning o’g’li. Ular daryoni to’smasdan, uning tabiiy harakatidan foydalanishni tanlagan.
▪️ Natija
Ilgari tez-tez toshqin bo’lib turgan Chengdu tekisligi “Osmon xazinasi” deb ataladigan unumdor hududga aylandi. Bugun ham tizim million gektarga yaqin yerni sug’oradi.
▪️ Ahamiyati
Dujiangyan UNESCO Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan. U tabiatga qarshi emas, balki tabiat bilan hamkorlikda qurilgan muhandislikning yorqin namunasidir.

💡 Zamonaviy muhandislar ham bugun shunga o’xshash, atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan yechimlarni izlamoqda.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
773000
TOMCHI logo
TOMCHI

22-okt, 2026, 13:30

Photo1/2
#OldinVaKeyin

🇸🇬 10 YILDA O‘ZGARGAN DARYO: SINGAPUR TAJRIBASI

💧 Bir vaqtlar kuchli ifloslangan, badbo‘y hid tarqaladigan va suv jonivorlari deyarli yashamaydigan Singapur daryosi bugun shaharning eng obod hududlaridan biriga aylangan.

🔹 OLDIN — 1977-yilgacha
Daryoga maishiy oqova suvlar, sanoat chiqindilari va turli ifloslantiruvchi moddalar tashlangan. Natijada suv sifati keskin yomonlashib, daryoning ekologik holati izdan chiqqan.

🔹 KEYIN — 1987-yil
Singapur hukumati tomonidan amalga oshirilgan 10 yillik dastur natijasida:

✅ Ifloslanish manbalari bartaraf etildi.
✅ Oqova suvlarni chiqarish va kanalizatsiya infratuzilmasi yaxshilandi.
✅ Daryo tubidagi iflos cho‘kindilar tozalandi.
✅ Daryoda baliqlar va boshqa suv organizmlari qayta paydo bo‘ldi.

📊 Muhim raqam: Singapur daryosi va Kallang havzasini tozalash dasturiga taxminan 200 million Singapur dollari sarflangan.

🐈‍⬛ Singapur tajribasi shuni ko‘rsatadiki, daryoni tozalashning eng samarali yo‘li — faqat chiqindilarni olib tashlash emas, balki ifloslanish manbalarini tizimli ravishda bartaraf etishdir.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
714000
TOMCHI logo
TOMCHI

22-okt, 2026, 11:50

Media · open in Telegram
807000
TOMCHI logo
TOMCHI

22-okt, 2026, 10:01

Photo1/2
KUZGI-QISHKI AGROTEXNIK TADBIRLAR

💧 Sug‘orish va zovur tarmoqlarini tartibga keltirish hamda tozalash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:

🔹 Sug‘orish shoxobchalari hamda ariqlarni begona o‘tlardan tozalash;
🔹 Ariqlarning o‘pirilgan yoki yuvilgan joylarini tuproq bilan to‘ldirib, tekislash;
🔹 Suv yo‘lini ochib, uning ravon oqishiga imkoniyat yaratish;
🔹 Mavsum davomida sug‘orish ishlarini yengillashtirish bilan bir qatorda, dalalarning suv ta’minotini yaxshilash (fermerlarga xizmat qiladigan miroblarning kasbiy saviyasini oshirish);
🔹 Sug‘orish tarmoqlarining singan, yorilgan va ishdan chiqqan joylarini ta’mirlash hamda qayta tiklash.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
846000
TOMCHI logo
TOMCHI

22-okt, 2026, 08:32

Photo1/6
Dunyodagi eng ulkan sharsharalar tizimi: Iguasu

Tasavvur qiling: bitta sharshara emas, 275 ta sharshara yonma-yon oqib tushyapti!

📍 Iguasu 2,7 km uzunlikdagi yoy bo‘ylab joylashgan, Argentina va Braziliya chegarasida.

🔹 «Iblis tomog‘i»
Eng baland qismi taxminan 80 metrdan ortiq balandlikdan tushadi va doimiy tuman bulutini hosil qiladi. Uning gumburlashi uzoqdan eshitiladi.

🌴 Nima uchun bu joy alohida?

▫️ «Iguasu» guaranilar tilida «Katta suv» degani.
▫️ 1984-yilda YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan, 2011-yilda esa tabiatning yangi 7 mo‘jizasidan biri deb tan olingan.
▫️ Niagaradan farqli o‘laroq, atrofi qurilishlar bilan emas, sof tabiat bilan o‘ralgan.

💧 Sharshara bizga suvning qudrati va qadrini eslatadi. Bu suvni asrash esa har birimizning qo‘limizda.

❓ Savol: qaysi sharsharani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni orzu qilasiz? Izohda yozing ✨

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
932007
TOMCHI logo
TOMCHI

21-okt, 2026, 17:34

Photo1/2
#TerminlarLugati

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

MAVSUMIY SUG‘ORISH ME’YORI NIMA?

🌱 Mavsumiy sug‘orish me’yori — qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan butun vegetatsiya mavsumida tuproqda maqbul namlik sharoitini yaratish uchun zarur bo‘ladigan sug‘orish suvining umumiy miqdori.

📏 O‘lchov birligi: m³/ga (kub metr/gektar).

🔎 Misol: Agar mavsumiy sug‘orish me’yori 4 000 m³/ga bo‘lsa, bir gektar maydon uchun vegetatsiya davrida jami 4 000 m³ sug‘orish suvi rejalashtiriladi.

🌾 Mavsumiy sug‘orish me’yori ekin turi, tuproq xususiyatlari va iqlim sharoitlariga qarab farqlanadi.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,010005
TOMCHI logo
TOMCHI

21-okt, 2026, 15:31

Photo1/8
#DunyoTajribasi

🇸🇦 SAUDIYA ARABISTONIDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH TAJRIBASI

💧 Saudiya Arabistoni suv resurslari cheklangan mamlakatlardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona va samarali foydalanish ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi.

🌱 Mamlakatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suv sarfini kamaytirish maqsadida zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹 Tomchilatib sug‘orish — suvni o‘simliklarning ildiz zonasiga me’yorida yetkazish orqali yo‘qotishlarni kamaytirish.
🔹 Aqlli sug‘orish tizimlari — tuproq namligi, ob-havo sharoiti va ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda sug‘orishni boshqarish.
🔹 Zamonaviy issiqxona texnologiyalari — suv sarfini nazorat qilish, resurslardan samarali foydalanish va suvni qayta ishlatish imkoniyatlarini kengaytirish.

🚜 Shuningdek, fermer xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish hamda sug‘orish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,020005
TOMCHI logo
TOMCHI

21-okt, 2026, 13:32

Photo1/2
#SuvningIzidan

💧 SULAYMON QONUNIY ISTANBULNING SUV MUAMMOSINI QANDAY HAL QILGAN?

XVI asrda Istanbul aholisi ko‘payishi natijasida shaharning suvga bo‘lgan ehtiyoji ortdi.

👑 Sulton Sulaymon Qonuniy mashhur me’mor Sinanga yangi suv ta’minoti tizimini qurishni topshirdi.

🌊 Natijada Kirkcheshme suv tizimi barpo etildi.

🔹 55 km dan ortiq suv uzatish tarmoqlari yaratildi.
🔹 Suvni vodiylardan o‘tkazish uchun 33 ta akveduk tizimga kiritildi.
🔹 Suv tabiiy nishablik orqali, nasoslarsiz Istanbulga yetkazildi.

🚰 Tizim orqali shahardagi favvoralar, hammomlar va boshqa inshootlar suv bilan ta’minlandi.

💡 Qiziqarli fakt: XVI asrda qurilgan ushbu tizimning ayrim qismlari bugungi kungacha saqlanib qolgan.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
961008
TOMCHI logo
TOMCHI

21-okt, 2026, 12:06

Video
🇺🇿21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

🗓 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. 2019-yil 21-oktabrda Prezident farmoni bilan ushbu sana O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilandi.

🫴 Til – millatning ma’naviy bulog‘i, suv esa hayot manbai. Ona tilimizni asrab-avaylash va uning boyligini kelajak avlodga yetkazish suvdek hayotbaxsh qadriyatlarimizni asrash kabi muhimdir.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
967009
TOMCHI logo
TOMCHI

21-okt, 2026, 11:50

Photo1/2
#BilibOling

SABZI HOSILINI YIG‘IB OLISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

🕓 Hosilni yig‘ish muddati
Sabzi hosilini kuchli sovuqlar boshlanishidan oldin yig‘ishtirib olish tavsiya etiladi. Hosilni muddatidan oldin yig‘ib olish esa sezilarli yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

🌿 Ildizmevalarning rivojlanishi
Kuz oylarida sabzi ildizmevalarining o‘sishi va oziq moddalar to‘plashi davom etadi. Aynan shu davrda fotosintez mahsulotlarining bir qismi barglardan ildizmevalarga o‘tib, hosilning shakllanishiga xizmat qiladi.

🎁 Hosil sifatini saqlash
Sabzi yig‘ishtirilayotganda ildizmevalarning ochiq havoda uzoq qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. So‘lib qolgan sabzi tashqi ko‘rinishi va sifatini yo‘qotadi, uzoq muddat saqlashga yaroqliligi pasayadi.

🚜 Hosilni yig‘ishtirish usullari
Ekin maydonining hajmiga qarab sabzi hosili qo‘l kuchi, ildizmeva kovlagichlar yoki maxsus kombaynlar yordamida yig‘ishtiriladi.

💧 Sug‘orish bo‘yicha tavsiya
Tuproq quruq va qattiq bo‘lsa, hosilni kovlashdan oldin me’yorida sug‘orish ildizmevalarni shikastlamasdan yig‘ib olishga yordam beradi. Sug‘orish muddati va miqdori tuproq namligi hamda hosilni yig‘ish sharoitiga qarab belgilanadi.

🥕 Hosilni saqlashga tayyorlash
Sabzi naviga xos yetilish belgilariga yetgach kovlab olinadi. Barglari ehtiyotkorlik bilan kesilib, shikastlangan ildizmevalar ajratiladi va hosil salqin saqlash joyiga olib boriladi.

✅ Unutmang! Hosilni o‘z vaqtida va ehtiyotkorlik bilan yig‘ishtirish sabzining sifati hamda saqlanish muddatini oshirishga yordam beradi.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
894005
TOMCHI logo
TOMCHI

21-okt, 2026, 10:01

Video
#SuvKodeksi

🫴 SUV KODEKSIGA SHARH |DAVLAT SUV KADASTRINI KIM YURITADI?

📖 Suv kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, Davlat suv kadastri yagona tizim bo‘lsa-da, uning turli bo‘limlarini bir nechta vakolatli davlat organlari yuritadi.

▶️ Batafsil – videoda.

🖇Manba

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
939006
TOMCHI logo
TOMCHI

21-okt, 2026, 08:33

Photo1/2
#UzbekistanRivers

SANGZOR — JIZZAX VILOYATINING MUHIM DARYOLARIDAN BIRI

💧 Sangzor daryosi Jizzax viloyatining muhim suv manbalaridan biri bo‘lib, Sirdaryo havzasiga mansub hisoblanadi.

🏔 Daryo Turkiston tog‘ tizmasidagi Guralash dovoni yaqinida, dengiz sathidan qariyb 3 400 metr balandlikda joylashgan buloqlardan boshlanadi. Yuqori oqimida Guralashsoy nomi bilan ataladi.

🌊 Sangzor Jizzax viloyati hududidan oqib o‘tib, Jizzax shahridan taxminan 70 km shimoli-g‘arbda, Qizilqum cho‘lining janubi-sharqiy chekkasida joylashgan Tuzkon ko‘liga quyiladi.

📊 Daryoning asosiy gidrografik ko‘rsatkichlari:

Umumiy uzunligi — 198 km.
Havzasining tog‘li qismi maydoni — 3 220 km².
Boshlanish balandligi — qariyb 3 400 metr.

📌 Sangzor daryosi Sirdaryo havzasiga mansub bo‘lishiga qaramay, uning suvlari bevosita Sirdaryoga yetib bormaydi.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,100008
TOMCHI logo
TOMCHI

20-okt, 2026, 19:14

Photo1/2
#Meteopost

🌱💧 2026-yil 19-oktabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlari yaqinida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 19-oktabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Xorazm, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Qashqadaryo, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida.

💡 Xulosa: Dehqon va fermerlarga takroriy va kechki sabzavotlar hamda kuzgi g‘alla ekinlarini sug‘orishda tuproq namligini muntazam kuzatish, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,330004
TOMCHI logo
TOMCHI

18-okt, 2026, 10:04

Photo
#TerminlarLugati

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

⚙️ HAJMIY NASOS NIMA?

Hajmiy nasos — suyuqlikni ishchi kameraning hajmini o‘zgartirish orqali quvurlarga uzatuvchi qurilma.

🔵 Qanday ishlaydi?
Suyuqlik porshen, shesternya, vint yoki boshqa mexanizmlar harakati yordamida bosim ostida uzatiladi.

🔧 Asosiy turlari:

• Porshenli (plunjerli)
• Membranali
• Rotorli

💧 Hajmiy nasoslar suv ta’minoti, sug‘orish tizimlari va suyuqliklarni dozalashda qo‘llaniladi.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
221001
TOMCHI logo
TOMCHI

18-okt, 2026, 08:32

Photo
#BilibOling

SHAMOL TA’SIRIDA EGILIB O‘SGAN DARAXTLAR

🇳🇿 Yangi Zelandiyaning janubiy qismidagi Slope Point burnida g‘ayrioddiy manzarani uchratish mumkin. Bu yerda daraxtlar tik emas, balki bir tomonga kuchli egilgan holda o‘sadi.

🌪 Hududda okean tomondan muntazam esadigan kuchli shamollar daraxtlarning o‘sish shakliga ta’sir ko‘rsatgan. Natijada ularning shoxlari shamoldan pana tomonga qarab rivojlangan.

🌿 Bunday hodisa bayroqsimon o‘sish (flagging) deb ataladi. Daraxtlarning bu ko‘rinishi ularning uzoq yillar davomida shamolli muhitga moslashganini ko‘rsatadi.

🐈‍⬛ Tabiat ba’zan o‘z tarixini daraxtlarning shaklida ham aks ettiradi.

📍 Slope Point, Yangi Zelandiya.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
406002
TOMCHI logo
TOMCHI

17-okt, 2026, 17:59

Photo
#Meteopost

🌱💧 2026-yil 16-oktabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlari yaqinida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 16-oktabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Qashqadaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida.

💡 Xulosa: Dehqon va fermerlarga takroriy va kechki sabzavotlar hamda kuzgi g‘alla ekinlarini sug‘orishda tuproq namligini muntazam kuzatish, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,290006
TOMCHI logo
TOMCHI

17-okt, 2026, 15:46

Photo
#Meteopost

🌱💧 2026-yil 15-oktabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlari yaqinida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 15-oktabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Navoiy, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Samarqand, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Farg‘ona, Sirdaryo, Xorazm, Namangan va Andijon viloyatlarida.

💡 Xulosa: Dehqon va fermerlarga takroriy va kechki sabzavotlar hamda kuzgi g‘alla ekinlarini sug‘orishda tuproq namligini muntazam kuzatish, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,280006
TOMCHI logo
TOMCHI

17-okt, 2026, 12:33

Video
#SuvKodeksi

🫴SUV KODEKSIGA SHARH |SUV KADASTRI MA’LUMOTLARI NIMA UCHUN KERAK?

📖Suv kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, Kadastr ma’lumotlari suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini ishlab chiqishda ham qo‘llaniladi.

Shuningdek, bu ma’lumotlar suv resurslarining hajmi va sifatidagi o‘zgarishlarni prognoz qilish uchun muhim.

 ▶️ Batafsil – videoda.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,240006
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 15:30

Photo
15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni

Suvchilik xizmatidan qadr topgan ayol
Dalaga suv o‘z-o‘zidan yetib bormaydi. Uning ortida kanallar va gidrouzellar holatini kecha-yu kunduz kuzatib, har bir o‘zgarishga mas’uliyat bilan yondashadigan suvchilar mehnati turadi. Oltingul Farmanova ana shunday zahmatkash ayollardan biri.

U 25 yildan buyon suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilib kelmoqda. Shu yillar davomida oddiy muhandis-dispetcherlikdan tajribali texnik-gidrotexnik darajasigacha bo‘lgan kasbiy yo‘lni bosib o‘tdi.

Oltingul Farmanova 1973-yil 17-sentabrda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida tug‘ilgan. Uning suv xo‘jaligidagi faoliyati 2001-yilda “Janubiy Mirzacho‘l” magistral kanalidan foydalanish boshqarmasida boshlangan.

Dastlab muhandis-dispetcher bo‘lib ishlagan qahramonimiz keyinchalik boshqarmaning 4-bo‘limi 1-bo‘linmasida gidrotexnika obyektlari qarovchisi vazifasini bajardi. Turli lavozimlardagi faoliyati unga suvni boshqarish, inshootlardan foydalanish va ularning texnik holatini kuzatish bo‘yicha katta tajriba berdi.

2022-yildan buyon Oltingul Farmanova “Janubiy Mirzacho‘l” magistral kanalidan foydalanish boshqarmasida texnik-gidrotexnik lavozimida faoliyat yuritmoqda. Bugun Oqbuloq va Paxtakor gidrouzellari uning kundalik mehnat manzillaridir.
— Gidrotexnika inshootlarining holatini muntazam kuzatib borish, aniqlangan kamchiliklar haqida o‘z vaqtida axborot berish, suvning belgilangan tartibda uzatilishini nazorat qilish hamda xizmat hududida tartibni ta’minlash uning zimmasidagi asosiy vazifalardir. Bu ish doimiy e’tibor va hushyorlikni talab qiladi. Chunki inshootdagi kichik bir nosozlik ham suv yetkazib berish jarayoniga ta’sir qilishi mumkin. Ko‘p yillik tajriba esa Oltingul Farmanovaga vaziyatni to‘g‘ri baholash va zarur choralarni vaqtida ko‘rishda yordam bermoqda, deydi Oltinoy opa.
U chorak asrlik faoliyati davomida to‘plagan bilim va tajribasini yosh xodimlardan ayamaydi. Ularga suvni qadrlash, gidrotexnika inshootlariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va vazifani vijdonan bajarish sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

Oltingul Farmanovaning mehnat yo‘li — suv xo‘jaligida fidoyilik bilan faoliyat yuritayotgan qishloq ayollarining matonati va kasbga sadoqatiga bir misol. Dalalarga yetib borayotgan suvda uning ham chorak asrlik mehnati mujassam.

Sherzod Butunboyev,
Sirdaryo–Zarafshon ITHB matbuot kotibi

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,1000010
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 13:33

Photo
#KosmosdanNigoh

💧 KOSMOSDAN QARAGANDA MINGLAB MOVIY KO‘LLAR

🇧🇷 Braziliyaning Atlantika okeani sohilida joylashgan Lençóis Maranhenses milliy bog‘i kosmosdan qaralganda oq qumlar orasiga sochilgan moviy ko‘llarga o‘xshaydi.

☁️ Yomg‘irli mavsumda qum tepalari orasidagi pastqam joylarda suv to‘planib, minglab vaqtinchalik ko‘llar paydo bo‘ladi.

🏜 Quruq mavsumda esa ko‘llarning aksariyati bug‘lanib, suv sathi pasayadi yoki butunlay quriydi.

🛰 Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bu hududda suv va qum manzarasi yil davomida qanday o‘zgarishini kuzatish imkonini beradi.

📍 Lençóis Maranhenses — Braziliya.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,0500010
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 11:32

Photo
#SuvHikmati

🔤🔤🔤 O‘Z YO‘LINI TOPADI

Suv yo‘lida to‘siq uchrasa, to‘xtab qolmaydi. Ba’zan uni aylanib o‘tadi, ba’zan esa yillar davomida toshlarni yemirib, o‘ziga yangi yo‘l ochadi.

🔹 Suvning bu xususiyatida hayotiy hikmat mujassam: har qanday to‘siqni kuch bilan emas, sabr va izchillik bilan ham yengish mumkin.

✨ Suv bizga shuni eslatadi: maqsad sari tinimsiz harakat qilishning o‘zi ham katta kuchdir.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,2600012
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 10:01

Video
#SuvKodeksi

🫴 SUV KODEKSIGA SHARH |DAVLAT SUV KADASTRI NIMALARNI QAMRAB OLADI?

📖 Suv kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, Davlat suv kadastri suv obyektlari va ularning resurslari haqidagi muhim ma’lumotlarni qamrab oladi.

▶️ Batafsil – videoda.

🖇Manba

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,140008
TOMCHI logo
TOMCHI

16-okt, 2026, 08:34

Video
15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni

💧 SUV YO‘LIDA KECHGAN UMR

📍 Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi "RK-10" kanali bo‘yida joylashgan "O‘jakent" suv taqsimlash inshooti Aziza Yaqubova uchun oddiy ish joyi emas. Uning qariyb 28 yillik hayoti, oilasi bilan bog‘liq xotiralari va mehnat faoliyati shu maskanda kechgan.

Aziza Yaqubova bugun tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasida gidrotexnika inshooti kuzatuvchisi bo‘lib ishlaydi. U mas’ul bo‘lgan inshoot orqali 3 ming 600 gektar ekin maydoniga suv yetkazib beriladi. Suvni belgilangan tartibda taqsimlash va inshootning holatini muntazam kuzatib borish uning kundalik vazifasidir.

🔵 Aziza opa bu yerdagi "Suvchilar uyi"ga ikki oylik kelin bo‘lib kelgan. Turmush o‘rtog‘i mazkur inshootda 16 yil mehnat qilgan. U kishi to‘satdan vafot etgach, ikki farzandini voyaga yetkazish mas’uliyati Aziza opaning zimmasida qoldi. Shunda u turmush o‘rtog‘ining kasbini davom ettirishga qaror qildi.

— Turmush o‘rtog‘im shu yerda 16 yil ishlagan edi. Keyin uning ishini men davom ettirdim. Mana, qariyb 12 yildan buyon suv xo‘jaligi sohasida mehnat qilib kelyapman, — deydi u.

💠 Kamgap va kamsuqum Aziza opa yillar davomida o‘z vazifasini sidqidildan bajarib, farzandlarini voyaga yetkazdi. Qizini turmushga uzatdi. O‘g‘li esa onasi va otasining izidan borib, suv nazoratchisi bo‘lib ish boshladi.

— O‘z kasbimdan faxrlanaman. Odamlarga suv yetkazib berishdek xayrli ishga hissa qo‘shayotganimdan mamnunman, — deydi Aziza Yaqubova.

🔵 Aziza opa uchun «Suvchilar uyi» — yoshlik xotiralari, oilaviy hayoti va halol mehnat bilan o‘tgan yillar manzili. Kanaldan oqqan suv dalalarga hayot bag‘ishlasa, uning fidokorona mehnati minglab gektar maydonda rizq-ro‘z yetishtirilishiga hissa qo‘shmoqda.

💧 Suv oqadi, umr o‘tadi. Ammo insonning halol mehnati va elga qilgan xizmati izsiz ketmaydi.

Chirchiq–Ohangaron ITHB matbuot xizmati

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,110009
TOMCHI logo
TOMCHI

15-okt, 2026, 19:16

Photo
#Meteopost

🌱💧 2026-yil 14-oktabr kuni ekin dalalaridan bug‘langan namlik miqdori

Suvchilar maktabining viloyatlar markazlari yaqinida joylashgan tajriba uchastkalaridagi meteostansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 14-oktabr kuni tuproq namligining bug‘lanishi quyidagicha kuzatildi:

🔴 Nisbatan yuqori bug‘lanish — Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida.
🟠 Nisbatan o‘rtacha bug‘lanish — Navoiy, Xorazm, Jizzax, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida.
🟢 Nisbatan past bug‘lanish — Sirdaryo, Andijon va Namangan viloyatlarida.

💡 Xulosa: Dehqon va fermerlarga takroriy va kechki sabzavotlar hamda kuzgi g‘alla ekinlarini sug‘orishda tuproq namligini muntazam kuzatish, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini meteostansiya ma’lumotlari asosida belgilash tavsiya etiladi.

📊 Batafsil ma’lumotlar infografikada.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,260008
TOMCHI logo
TOMCHI

15-okt, 2026, 15:32

Photo
#BilibOling

TOSHLARNI QAMRAB OLGAN ULKAN DARAXT ILDIZLARI

🇰🇭 Kambodjaning Angkor majmuasida ulkan tropik daraxtlar qadimiy tosh inshootlar orasida o‘sib, hayratlanarli manzara hosil qilgan.

🌿 Bu yerda seyba (Ceiba) va boshqa yirik daraxtlarning ildizlari yer yuzasiga chiqib, tosh devorlarni o‘rab olgan. Ayrim ildizlar bir necha metrga cho‘zilib, go‘yo toshlar ustidan oqib tushayotgandek ko‘rinadi.

💧 Nam va iliq tropik iqlim daraxtlarning tez o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ularning ildizlari esa namlik va oziqa izlab, toshlar orasidagi yoriqlar bo‘ylab rivojlanadi.

🌱 Tabiatning qudrati ba’zan daraxtning birgina ildizida ham namoyon bo‘ladi.

📍 Angkor, Kambodja.

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,2100010
TOMCHI logo
TOMCHI

15-okt, 2026, 13:35

Photo
15 октябрь – Халқаро қишлоқ аёллари куни

Шу кунларда дунёнинг бошқа мамлакатлари қатори юртимизда ҳам яна бир умумбашарий байрам – Халқаро қишлоқ аёллари куни нишонланмоқда.

Азиз ТОМЧИ каналимиз обуначилари, опа-сингиллар, байрамингиз муборак бўлсин! Сизларнинг меҳнатингиз қадрлансин, фикрингиз эшитилсин ва ҳар бир уйда фаровонлик, меҳр ва ҳурмат ҳукмрон бўлсин!

😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM
1,3000017
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

Photo
#UzbekistanRivers

🏞 Chodaksoy – Sirdaryoning Namangan viloyatidagi oxirgi o‘ng irmog‘i

🌊 Chodaksoy Sirdaryoning Namangan viloyati hududidagi o‘ng irmoqlaridan biri.

🏔 Chodaksoy Qurama tog‘ tizmasining janubiy yon bag‘irlaridan boshlanadi.

📏 Chodaksoyning umumiy uzunligi 76 km, havzasining maydoni esa qariyb 566 km²ga teng.

🏔 Daryo havzasining dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 2370 metrni tashkil etadi.

☁️ Chodaksoy asosan qor, muzlik va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi.

💧 Chodaksoyning ko‘p yillik o‘rtacha suv sarfi 3,72 m³/s ni tashkil qiladi.

🌱Yilning vegetatsiya davrida (may-avgust oylarida) esa daryoning suvi ko‘proq oqadi va suv sarfi o‘rtacha 7,24 m³/s ni tashkil qiladi.

🌊 Chodaksoyning suv oqimini rostlash maqsadida daryo havzasida Jiydalisoy suv ombori tashkil qilingan. Suv omborining to‘la hajmi 44 mln.m³, foydali hajmi esa 41,7 mln.m³ ga teng.

⛈ Ko‘p suvli davrlarda (ayniqsa, jala - sel paytlarida) Chodaksoy Sirdaryogacha yetib boradi va Tepaqo‘rg‘on qishlog‘i hududida unga quyiladi.

🚜Chodaksoy daryosining suvi asosan O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumanining ekin maydolarini sug‘orish uchun ishlatiladi.

😎 |📱" https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎  https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎 https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑 https://t.me/tomchiguruhi |📱 https://www.instagram.com/tomchi_uz_/
1,030009
TOMCHI logo
TOMCHI

10-sen, 2026, 16:44

1,0100011

Showing 30 of 88 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

TOMCHI Telegram kanali nima haqida?+

TOMCHI (@tomchikanali) — tgdio da Mobil ilovalar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 20 848 obunachi bor.

TOMCHI (@tomchikanali) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @tomchikanali ga bepul obuna bo‘ling.

TOMCHI yaxshi Mobil ilovalar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin TOMCHI reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 20 848 obunachi bor. O‘xshash Mobil ilovalar kanallar bilan solishtiring.

TOMCHI statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @tomchikanali sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.