#Trening
BUXORODA SUV RESURSLARINI SAMARALI BOSHQARISH BO‘YICHA O‘QUVLAR BOSHLANDI
📍 Buxoro viloyatida «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlimga mos holda boshqarish» loyihasi doirasida suv xo‘jaligi mutaxassislari, fermerlar, klasterlar va mahalla vakillari uchun o‘quv-treninglar dasturining yangi bosqichi boshlandi.
🔹 Dasturning asosiy maqsadi — suv resurslari cheklangan va iqlim o‘zgarishi ta’siri kuchayib borayotgan sharoitda suvdan samarali foydalanish, tuproq holatini yaxshilash va asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish.
📆 8–12-sentyabr kunlari Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida «Sho‘rlanish va drenajni boshqarish» mavzusida maxsus trening o‘tkazilmoqda.
👥 Unda havza va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, hududiy bo‘linmalar hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etmoqda.
🏷 Mashg‘ulotlarda tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari, sizot suvlari va sho‘rlanish xaritalari, drenaj tizimlarini boshqarish, sho‘rlanishning hosildorlikka ta’siri, suvni tejash va drenaj suvlaridan qayta foydalanish masalalari o‘rganilmoqda.
📌 Shu bilan birga, Qorako‘l, Olot, Jondor va Buxoro tumanlarida fermer xo‘jaliklari, klasterlar va mahalla vakillari uchun amaliy treninglar tashkil etilmoqda.
🌱 Ularda ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, sug‘orish muddatlari va me’yorlarini belgilash, suv sarfini o‘lchash va hisobga olish, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri hamda suv, tuproq va ekinlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📝 O‘quvlar nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar, savol-javoblar va tajriba almashish bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan.
💧 Mazkur treninglar suv xo‘jaligi tashkilotlaridan tortib bevosita suvdan foydalanuvchilargacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda bilim va ko‘nikmalarni oshirish, suv va yer resurslaridan oqilona hamda samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
😎 |📱"
https://tomchi.mwr.uz/link.html|😎 https://www.youtube.com/@Tomchi | 😎
https://www.facebook.com/profile.php?id=61591621717806 |🤑
https://t.me/tomchiguruhi |📱
https://www.instagram.com/tomchi_uz_/