⚽️ TDYUda mini futbol bo‘yicha “Kasaba uyushmasi kubogi” turniri o‘tkaziladi!
✅ Toshkent davlat yuridik universitetida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etiladi.
✅ Musobaqada universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etadi.
❗️ Eslatma: Universitetning tarkibiy tuzilmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan talabalar musobaqada ishtirok etmaydi.
⚽️ Musobaqa 2026-yil 22-oktabr kuni TDYU sport zalida boshlanadi.
🗓 Jamoa sardorlari 2026-yil 20-oktabrga qadar 👉
@s_mironshoh 👈 Telegram akkaunti orqali jamoalarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari lozim.
🏆 TDYU Kasaba uyushmasi barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaydi!
⚽️ Sport — salomatlik, birdamlik va g‘alaba sari yo‘l!
📱@TSUL_TradeUnion📱