👍👍👍👍👍👍
⭐ “Ilhom” mukofoti sovrindori bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan
https://lex.uz/docs/-4966474 tanlovi e’lon qilinadi.
✍️“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
👉Tanlovda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar (bakalavr, magistr, doktorantlar hamda yosh mutaxassislar) ishtirok etishlari mumkin.
📜 Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari asosidagi dastlabki dastlabki saralash bosqichi hamda respublika bosqichi (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar)lardan iborat.
‼️ Muhim eslatma: Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino yoki sahna asarlari yaratgan, shuningdek, adiblar ijodiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlar rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
✅ Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇-o‘rin — BHMning 100 barobari;
🥈-o‘rin — BHMning 80 barobari;
🥉-o‘rin — BHMning 40 barobari.
➡️
https://lex.uz/docs/-4966474📝 Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasiga qadar oliy ta’lim tashkilotidagi yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullarga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.
Bizni kuzating:
📱
https://www.instagram.com/yoshlar.edu.uz/profilecard | 📺
https://youtube.com/@yoshlareduuz/?sub_confirmation=1 | 🕊Telegram