RANCH university Telegram channel photo

RANCH university

@utu_ranchPublic Channel

RANCH universiteti rasmiy kanali Murojaat uchun raqamlar: +998 62 227 7772 +998 99 217 0060 +998 99 218 0060 Admin: @Ranchtexnologiyauniversiteti

1.4k

Last views

8.4k (8,378 subscribers)
A'zolar
—
Rating
80
Total Posts
Oct 21, 2026, 6:46 PM
Yangilangan
Apr 3, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameRANCH university
Username@utu_ranch
CategoryVeb-seriallar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar8,378
Channel TypePublic Channel
Created3-apr, 2026
Last Updated21-okt, 2026 • kecha
StatusActive

Reyting

Global reyting
#88960+6280
Til reytingi
#676+29
Toifa reytingi
#2430+163

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 8.4K30 Days growth: +2052.5%
09/2209/2710/0210/0710/1210/1710/21
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:09:20268,173
23:09:20268,173
24:09:20268,173
25:09:20268,173
26:09:20268,173
27:09:20268,173
28:09:20268,173
29:09:20268,173
30:09:20268,173
01:10:20268,173
02:10:20268,173
03:10:20268,173
04:10:20268,173
05:10:20268,173
06:10:20268,173
07:10:20268,173
08:10:20268,173
09:10:20268,173
10:10:20268,173
11:10:20268,173
12:10:20268,173
13:10:20268,359
14:10:20268,359
15:10:20268,359
16:10:20268,359
17:10:20268,359
18:10:20268,359
19:10:20268,359
20:10:20268,359
21:10:20268,378
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20268,426
Week of 06:04:20268,360
Week of 13:04:20268,146
Week of 20:04:20268,146
Week of 27:04:20268,030
Week of 04:05:20268,030
Week of 11:05:20267,760
Week of 18:05:20267,760
Week of 25:05:20267,760
Week of 01:06:20267,629
Week of 08:06:20267,629
Week of 15:06:20267,629
Week of 22:06:20267,518
Week of 29:06:20267,518
Week of 06:07:20267,518
Week of 13:07:20267,561
Week of 20:07:20267,561
Week of 27:07:20267,561
Week of 03:08:20267,730
Week of 10:08:20267,730
Week of 17:08:20267,960
Week of 24:08:20268,050
Week of 31:08:20268,050
Week of 07:09:20268,179
Week of 14:09:20268,173
Week of 21:09:20268,173
Week of 28:09:20268,173
Week of 05:10:20268,173
Week of 12:10:20268,359
Week of 19:10:20268,378
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20268,030
May 20267,760
June 20267,518
July 20267,561
August 20268,050
September 20268,173
October 20268,378
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20268,378

So'nggi postlar

RANCH university logo
RANCH university

18-okt, 2026, 16:52

Photo1/8
“URGANCH RANCH” QIZLARI OLTIN MEDALLAR BILAN QAYTISHMOQDA

Xorazmlik gandbolchi qizlar yana bir bor yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishdi. “Urganch RANCH” jamoasining talaba-gandbolchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro turnirda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Toshkent shahrida gandbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida IHF Nations Trophy turnirining III — Osiyo mintaqasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, muxlislarni chinakam quvontirdi.

Yakuniy sarhisoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onadan Turkmaniston gandbolchilari joy oldi. Faxrli uchinchi o‘rinni esa Pokiston jamoasi band etdi.

Bu g‘alabada Xorazm vakillarining munosib hissasi bor. SUTEAISM shug‘ullanuvchilari, aniqrog‘i, “Urganch RANCH” jamoasining talaba-gandbolchilari Zuxra Erkaboyeva, Ilmira Bayjanova va Anna Popovich terma jamoa safida maydonga tushib, bo‘yinlariga oltin medallarni ilishdi.

Xorazmlik sportchilarning xalqaro maydondagi bu muvaffaqiyati viloyatimizda gandbolning izchil rivojlanib borayotganidan, yosh iste’dodlar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘z samarasini berayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda bu yutuq qizlarimizning tinimsiz mehnati, murabbiylarining sabr-toqati va mashg‘ulotlardagi fidoyiligining hosilasidir.

Endilikda “Urganch RANCH” qizlari ona yurtga g‘olib sifatida qaytishmoqda. Ularning bu g‘alabasi Xorazmdagi yuzlab yosh sportchilar uchun ham katta ilhom manbai bo‘lishi shubhasiz.

Chempionlarimizni munosib g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz va ularga kelgusi bellashuvlarda ham yangi zafarlar tilab qolamiz!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
1,3800028
RANCH university logo
RANCH university

17-okt, 2026, 13:40

Photo1/2
UNLEASH YOUR POTENTIAL. 🚀

O‘z imkoniyatlaringizni cheklamang. Dadil fikrlang,katta maqsadlar qo‘ying va kelajagingizni bugundan qurishni boshlang.

Chunki salohiyatingiz— sizning eng katta ustunligingiz.

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
2,1200017
RANCH university logo
RANCH university

16-okt, 2026, 19:56

Video
O‘zbek tilini tanlashga nima sabab bo‘ldi?

Respublika olimpiadasida ishtirok etgan xorijlik talabalar bilan suhbatlashib, ularning o‘zbek tilini o‘rganish sabablari, kelajakdagi maqsadlari va olimpiadadan olgan taassurotlari bilan qiziqdik.

Ularning har bir hikoyasida yangi tilga bo‘lgan qiziqish, O‘zbekiston madaniyatiga hurmat va katta maqsadlar mujassam.

🎥 Keling, ularning fikrlari va taassurotlarini birgalikda tinglaymiz!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
2,8500020
RANCH university logo
RANCH university

16-okt, 2026, 15:39

Photo1/20
Urganch RANCH texnologiya universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasi boshlandi!

Bugun, 16-oktabr kuni Urganch RANCH texnologiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ–308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiada xorijlik yoshlar orasida davlat tilini keng targ‘ib qilish, ularning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy madaniyatimizga hurmatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligining Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rasulov Sherzod Ashirovich, Xorazm viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Nurmetov Jahongir Yaqubboyevich hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Respublikaning turli hududlaridagi 46 ta oliy ta’lim tashkilotidan kelgan 100 nafarga yaqin xorijlik talaba qatnashayotgan olimpiada o‘zbek tilini yuqori saviyada egallagan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim va salohiyatini namoyon etish hamda rag‘batlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Ochilish marosimidan so‘ng olimpiada bellashuvlariga start berildi. Ishtirokchilar o‘zbek tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro bellashishni boshladilar.

Urganch RANCH texnologiya universitetida o‘tkazilayotgan mazkur respublika olimpiadasi xorijlik talabalar o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, o‘zbek tilining nufuzi va jozibasini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

🎓 Unleash your potential with RANCH

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
3,0100030
RANCH university logo
RANCH university

09-sen, 2026, 18:26

Video
🎓 2026-yilda talaba bo‘lish orzuingizni RANCH bilan amalga oshiring!

“Nega aynan RANCH?”

✅ Tajribali professor-o‘qituvchilar
✅ O‘zbekiston va Osiyo chempionlari bilan birga ta’lim va mashg‘ulotlar
✅ Ilk kursdanoq ilmiy loyihalar va patentlar
✅ Birinchi kursdanoq amaliyot va tajriba
✅ Zamonaviy kampus va laboratoriyalar

🎓 RANCH Universitetida qabul davom etmoqda!

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
4,5800023
RANCH university logo
RANCH university

09-sen, 2026, 18:26

Video
Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?

Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz.

🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalikda ishtirok eting!

Bu yerda siz:
✅eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz;
✅mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz;
✅ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz;
✅investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz;
✅xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.

🟢Hoziroq https://innoweek.uz/uz!

📍27–29-oktabr | CAEx

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
4,360009
RANCH university logo
RANCH university

09-sen, 2026, 18:26

Video
RANCH universiteti kelajak uchun to‘g‘ri tanlov.

Yaxshi mutaxassis bo‘lish faqat bilim bilan emas, izlanish, tajriba va doimiy rivojlanish bilan bog‘liq.

RANCH Universitetida esa buning uchun zarur muhit va imkoniyatlar mavjud.

📚 Kelajagingizga investitsiya qiling.

📌 Qabul davom etmoqda!

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
4,5900025
RANCH university logo
RANCH university

09-sen, 2026, 18:26

Video
🩺 RANCH — soha mutaxassislari tanlovi

Bu yerda bo‘lajak shifokorlar uchun:
• yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar;
• zamonaviy ta’lim muhiti;
• nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash imkoniyati;
• universitetning o‘z klinikasida amaliy mashg‘ulotlar uchun sharoitlar yaratilgan.

Chunki yetuk mutaxassis bo‘lish faqat darslikdagi bilim bilan cheklanmaydi. Buning uchun bilim, tajriba va amaliyot uyg‘unlashadigan muhit kerak.

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
4,2000017
RANCH university logo
RANCH university

09-sen, 2026, 18:26

Photo
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, qadrli ota-onalar,aziz talabalar va RANCH universitetining fidoyi jamoasi!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Mustaqillik — xalqimiz taqdirida yangi davr ochgan, o‘z taraqqiyot yo‘limizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimizni tiklash va buyuk kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan ulug‘ ne’matdir. Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida dadil qadam tashlar ekanmiz, bu ezgu ishning eng katta tayanchi — bilimga chanqoq, shijoatli va Vatanini sevuvchi siz, aziz yoshlarimizdir.

Muhtaram ustozlar!
Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz va hayotiy tajribangiz yoshlarimizning ta’limi hamda ertangi taqdirida yorqin aks etmoqda. Sizlar bergan bilim shogirdlarning dunyoqarashi va Vatan ravnaqiga qo‘shadigan ulkan hissasida davom etadi. Matonatli va sharafli faoliyatingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Aziz talabalar!
Sizlar mustaqil O‘zbekistonning eng katta umidi va ertangi kunimizning poydevorisiz. Orzu qiling, izlaning, katta maqsadlar sari dadil intiling va eng muhimi — o‘zingizga hamda bilimingizga ishoning. Sizning bugungi shijoatingiz va ilmga bo‘lgan muhabbatingiz ertangi kunimizni belgilaydi.
Mustaqillikning mana shunday shukuhli damlarida barcha professor-o‘qituvchilarimiz, talabalarimiz, ota-onalarimiz va universitetimiz jamoasining har bir a’zosiga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va ulkan zafarlar tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan RANCH universiteti rektori Jur’atbek Atajonov
4,6600084
RANCH university logo
RANCH university

09-sen, 2026, 18:26

Video
Bundan roppa-rosa 100 yil oldin ne-ne orzular bilan Germaniyaga oliy ta’lim olishga yuborilgan talabalar yurtga majburiy tarzda qaytarila boshlandi.

Oliy ta’lim olib qaytgan yoki yurtimizda erkin fikrlaydigan, mustaqil yigit-qizlarga ochiqchasiga chet el josusi yoki xalq dushmani sifatida muomala qilina boshlandi. Ularga tegishli sohalarda ish bermaslik, ta’qib va tazyiqlar yil sayin ortib bordi. 1937–1938-yillarga kelib, ularning juda ko‘pchiligi otib tashlandi yoki surgun qilindi.

Millatimizning kuchli irodasi bilan barcha qiyinchiliklar yengib o‘tilib, 1991-yilda haqiqiy erkinligimiz, mustaqilligimizga erishdik. Sekin-sekin millat siyosiy irodasi, buyuk o‘tmishini anglagan holda o‘z qaddini tiklay boshladi. Hozirgi kunda bu millat ota-ajdodlari orzu qilgan zamonga keldi. Hozir oliy ta’lim olish ayb emas, balki majburiyatdir. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib, o‘sha ajdodlari dunyo ilm-fan beshigini tebratgan vaqtga qaytib, Uchinchi Renesansga asos solish vaqti keldi. Bizga bunday imkoniyatni bergan Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
4,3500068
RANCH university logo
RANCH university

09-sen, 2026, 18:26

Video
Kecha, 28-avgust kuni RANCH universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Bayramona ruhda o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar mini-futbol, voleybol va shaxmat yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, natijalar quyidagicha:

SHAXMAT BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Obidjon Xudayberganov
🥈 2-o‘rin — Sa’dulla Yusupov
🥉 3-o‘rin — Fayzulla Yo‘ldoshev

VOLEYBOL BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Pedagogika va aniq fanlar kafedrasining “RANCH pedagoglari” jamoasi
🥈 2-o‘rin — Texnika kafedrasi
🥉 3-o‘rin — Pedagogika va aniq fanlar kafedrasining “Omadlilar” jamoasi

MINI-FUTBOL BO‘YICHA
🥇 1-o‘rin — Tibbiyot yo‘nalishi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Tyutorlar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Ijtimoiy fanlar kafedrasining “Olimpik” jamoasi
🥉 3-o‘rin — Iqtisodiyot kafedrasining “Iqtisodchilar” jamoasi

Bu bellashuvlar nafaqat sport maydonidagi kurash, balki birdamlik, do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviy ruhning yorqin namoyishi bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.

🇺🇿 RANCH universiteti jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etadi!

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
5,0200030
RANCH university logo
RANCH university

09-sen, 2026, 18:26

Photo
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan RANCH universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilariga esdalik nishonlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi PF–118-son „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi“ esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmoniga binoan Xorazm viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan soha vakillaridan J. Boltayev, B.Allaberganov, M. Yakubov, S. Otamuratov, T.Xudayberganov, Sh.Otaboyeva, I. Xajiyeva, N. Djabbarova, X.Nyutonovalarning xizmatlari alohida e’tirof etildi.

💐 Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
7,0700058
RANCH university logo
RANCH university

25-avg, 2026, 14:58

Video
Language is more than a subject. It’s a skill that opens doors.

At RANCH University, you can study language teaching in Russian, English, or Uzbek, while gaining practical experience in education.

You won’t just learn a language. You’ll learn how to teach it, communicate effectively, and build a career around it.

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
3,3900015
RANCH university logo
RANCH university

25-avg, 2026, 14:58

Video
RANCH universiteti Nukus kampusida qurilish ishlari avjida!

Nukusdagi yangi kampusda talabalar uchun zamonaviy ta’lim muhiti va barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

🎓 Endi Nukusda ham zamonaviy va sifatli ta’lim olish imkoniyati mavjud.

📚 Qabul davom etmoqda! Hujjatlaringizni topshiring va RANCH universiteti talabasi bo‘ling.

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
3,6800014
RANCH university logo
RANCH university

25-may, 2026, 03:54

Photo
RANCH GANDBOLCHI QIZLARI QUVONCHLI LAHZALAR OG‘USHIDA

🏆RANCH Universiteti sporti tarixi yana zarhal harflar bilan yoziladigan bo‘ldi. Hafta boshida universitetning gandbolchi qizlari ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishgandi.

🌟Buni qarangki, ular yana quvonchli lahzalar og‘ushida. Termiz shahrida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi - 2026” sport musobaqasining respublika bosqichida ham yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatib, chempionlikni nishonlashdi.

🥇RANCH gandbolchilari ayollar birinchiligining guruh o‘yinlarida Shahrisabz DPI (43:6), SamDU (25:8), Jizzax DPI (18:6), yarim finalda TerDU (16:10), finalda esa O‘zDJTSU (35:27) jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, haqli ravishda shohsupaning “oltin” pog‘onasidan joy olishdi.

🏅Besh uchrashuvda - besh g‘alaba!
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida jamoaning barcha a’zosi tashkilotchilar tomonidan hurmat va ehtiromga loyiq ko‘rildi. Ulkan g‘alaba muborak!

🎓 Unleash your potential with RANCH

http://www.instagram.com/utu_ranch | | https://fb.com/uturanch | https://www.youtube.com/@uturanch| https://ranch.university/
1,0400013

Showing 30 of 80 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

RANCH university Telegram kanali nima haqida?+

RANCH university (@utu_ranch) — tgdio da Veb-seriallar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 8 378 obunachi bor.

RANCH university (@utu_ranch) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @utu_ranch ga bepul obuna bo‘ling.

RANCH university yaxshi Veb-seriallar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin RANCH university reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 8 378 obunachi bor. O‘xshash Veb-seriallar kanallar bilan solishtiring.

RANCH university statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @utu_ranch sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.