1/20Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ona tilimiz ravnaqi yo‘lidagi muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Ushbu sana munosabati bilan Uychi tuman 2-son texnikumida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Tilim — boyligim” hamda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzularida ochiq dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Gulchehra Xamdamova hamda Komilaxon Nizamovalar tomonidan yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
Ochiq darslar davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar ifodali o‘qildi. Milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi maqollar, tez aytishlar va topishmoqli o‘yinlar orqali mashg‘ulotlar yanada qiziqarli va mazmunli tashkil etildi. Shuningdek, o‘zbek tilining boyligi, jozibasi va betakrorligini tarannum etuvchi videoroliklar namoyish qilindi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda davlat tiliga bo‘lgan ehtiromni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va o‘zligimiz timsolidir!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube









