Uzbekistan Creative Association Telegram channel photo

Uzbekistan Creative Association

Uzbekistan Creative Association an'anaviy va raqamli kreativ iqtisodiyot sohalarida faoliyat yurituvchi birlashma bo'lib, tarmoq tashkilotlariga turli imkoniyatlar yaratish orqali sohani rivojlantirishni maqsad qilgan. [email protected] +99899-254-99-99

59

Last views

575 (575 subscribers)
A'zolar
—
Rating
21
Total Posts
Oct 18, 2026, 7:44 AM
Yangilangan
May 21, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameUzbekistan Creative Association
Username@uzbekistan_creative_association
CategoryDesi kontenti
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar575
Channel TypePublic Channel
Created21-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#378366-782
Til reytingi
#1867-4
Toifa reytingi
#15184-20

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 57530 Days growth: -142.4%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:2026589
20:09:2026582
21:09:2026582
22:09:2026582
23:09:2026582
24:09:2026582
25:09:2026582
26:09:2026582
27:09:2026582
28:09:2026582
29:09:2026582
30:09:2026582
01:10:2026582
02:10:2026582
03:10:2026582
04:10:2026582
05:10:2026582
06:10:2026582
07:10:2026582
08:10:2026582
09:10:2026582
10:10:2026582
11:10:2026582
12:10:2026582
13:10:2026582
14:10:2026582
15:10:2026582
16:10:2026582
17:10:2026582
18:10:2026575
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 18:05:2026698
Week of 25:05:2026698
Week of 01:06:2026698
Week of 08:06:2026698
Week of 15:06:2026698
Week of 22:06:2026698
Week of 29:06:2026698
Week of 06:07:2026646
Week of 13:07:2026646
Week of 20:07:2026646
Week of 27:07:2026646
Week of 03:08:2026646
Week of 10:08:2026646
Week of 17:08:2026596
Week of 24:08:2026596
Week of 31:08:2026590
Week of 07:09:2026589
Week of 14:09:2026582
Week of 21:09:2026582
Week of 28:09:2026582
Week of 05:10:2026582
Week of 12:10:2026575
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 2026698
June 2026698
July 2026646
August 2026596
September 2026582
October 2026575
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
2026575

So'nggi postlar

Photo1/2
Til — millat ruhi, ijod ilhomi.

Uzbekistan Creative Association jamoasi barchangizni 21-oktabr —O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaydi!

Ona tilimiz - tariximiz, o‘zligimiz va milliy tafakkurimiz ifodasi. Uning boyligi va jozibasini animatsiya, o‘yinlar, kino va raqamli san’at orqali yangi avlodga yetkazish, dunyoga tanitish ijodkorlar uchun ulkan imkoniyat va mas’uliyatdir.

O‘zbek tilida yaratilgan har bir hikoya, har bir asar va yangi loyiha tilimizning kelajagiga qo‘shilgan hissadir.

Ona tilimiz yangrasin, ijodimizda yashasin!
59006
Photo1/8
🎓 Fotograf va rassomlar uchun ikkita xalqaro grant

📸 Vital Impacts ekologik fotografiya
Tabiat va atrof-muhit haqidagi foto loyihalar uchun bitta 20 000 dollarlik va oltita 5 000 dollarlik grant beriladi, yana 10 nafar boshlovchi fotograf mentorlik dasturiga olinadi. Asosiy shart o‘z yurtingizni suratga olish, ya’ni O‘zbekiston tabiati haqidagi loyiha aynan mos keladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ariza bepul, ona tilida yozsa ham bo‘ladi. Muddat 30-noyabr.
Batafsil: 👈

🎨 Pollock-Krasner jamg‘armasi rassom va haykaltaroshlar uchun
Rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika ustalariga 50 000 dollargacha grant beradi, mablag‘ bir yil davomida istalgan maqsadga ishlatiladi. So‘nggi 10 yilda kamida 10 ta ko‘rgazmada qatnashgan professional rassomlar dunyoning istalgan mamlakatidan ariza topshirishi mumkin. Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

O‘z ishingizni xalqaro miqyosda ko‘rsatish uchun yaxshi fursat - omad tilaymiz!

Batafsil: 👈

Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn
93005
Photo1/12
🎬 Pixar, LAIKA, Sony Pictures, DNEG va dunyoning yetakchi ijodkorlari bir sahnada!

12–16-oktabr kunlari Turinda o‘tgan VIEW Conference 2026 xalqaro konferensiyasida Uzbekistan Creative Association (UzCA) vakillari ishtirok etdi. Asosiy dastur OGR Torino markazida o‘tkazildi.

57 mamlakat vakillari, 158 ma’ruzachi, ular orasida 12 nafar “Oskar” sovrindori.

Brad Bird “Ray Gunn” loyihasi haqida so‘zlab berdi. “Wildwood”, “Toy Story 5”, “Hoppers” va “Coyote vs. Acme” taqdimotlarida animatsiya, VFX va renderlashning yangi imkoniyatlari ko‘rsatildi.

Sony va Texas A&M universiteti virtual ishlab chiqarish maydonchasini namoyish etdi. NVIDIA va Runway vakillari ishtirokidagi suhbatda esa sun’iy intellekt, kino kelajagi va ijodkorning o‘rni muhokama qilindi.

🤝 Professional uchrashuvlar:

Bir qator soha yetakchilari bilan uchrashildi va ishlab chiqarish tajribasi va O‘zbekiston kreativ industriyasi bilan hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi:
🔹 Maria Elena Gutierrez - VIEW Conference bosh direktori;
🔹 Janet Lewin - Industrial Light & Magic (ILM) rahbari;
🔹 Michelle Grady - Sony Pictures Imageworks prezidenti;
🔹 Ron Frankel - Proof Inc. asoschisi va bosh direktori;
🔹 Dylan Sisson — Pixar Animation Studios’da RenderMan Creative Engagement yo‘nalishi rahbari.

Ijodkorlarimizda iste’dod ham, o‘z hikoyalari ham bor. Uzbekistan Creative Association sifatida maqsadimiz - shu salohiyatni zamonaviy texnologiyalar, kuchli ta’lim va xalqaro hamkorlik bilan rivojlantirib, O‘zbekiston loyihalarini jahon auditoriyasiga olib chiqishga ko‘maklashish.

📍 Turin, Italiya | Oktabr, 2026
119008
Photo1/2
🎮 GAME STUDIYALAR UCHUN XALQARO IMKONIYAT!

Uzbekistan Creative Association hamkori Firstpoint VC tomonidan Firstpoint Boost: Central Asia dasturiga arizalar qabuli boshlandi!

🌍 2–6-noyabr kunlari o‘tadigan bepul onlayn dastur Markaziy Osiyo game studiyalarining xalqaro bozorga chiqishiga yordam beradi.

🚀 Dastur imkoniyatlari:

🔹 GameDev ekspertlari, publisherlar va investorlar bilan sessiyalar.
🔹 Individual mentorlik va studiyalar tahlili.
🔹 Xalqaro networking, 40+ imtiyoz va kreditlar.

🇺🇸 AQSH IMKONIYATI!

Eng yaxshi natija ko‘rsatgan studiyalar AQSHdagi to‘liq moliyalashtiriladigan dasturga nomzod bo‘lishi mumkin. Unda rahbarlar bilan uchrashuvlar, studiya tashriflari, networking va yirik GameDev tadbirida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

📅 Arizalar muddati: 23-oktabr, 2026
🗓 Dastur: 2–6-noyabr, 2026
💻 Format: Onlayn | Ingliz tilida
🎮 Kimlar uchun: Markaziy Osiyodagi Mobile, PC va Console studiyalar

💰 Firstpoint VC tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.

🔗 Ariza topshirish: https://lnkd.in/dqH_zZFu
276007
Photo1/6
🎬 VIEW Conference 2026: animatsiya va VFX olamining 27-yig‘ini Turinda o‘tmoqda

Italiyaning Turin shahrida 12–16-oktabr kunlari animatsiya, vizual effektlar, o‘yinlar va sun’iy intellektga bag‘ishlangan VIEW Conference bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiya 2000-yildan beri har kuzda o‘tkaziladi, bu yil 27-bor.

Shu yillar ichida nimalarni ochdi
Virtual reallik haqidagi yig‘in sifatida boshlangan tadbir animatsiya, VFX va o‘yin sohalarini birlashtirgan xalqaro maydonga aylandi. Bugun bu yerda Gollivud studiyalari rahbarlari bilan yosh mutaxassislar bir zalda uchrashadi, ishtirokchilar uchun ish yarmarkasi o‘tkaziladi. 2005-yildan beri talabalar va yosh mualliflarning qisqa metrajli animatsiyalari uchun xalqaro VIEW Award tanlovi ishlaydi, bosh mukofot -2 000 yevro.

“VIEW Conference’ni yildan yilga muvaffaqiyatli qilayotgan narsa odamlar”, deydi konferensiya direktori Mariya Elena Gutierres.

Bu yilgi mehmonlar
“Oskar” sovrindori, rejissyor Brad Bird, operator Rojer Dikins, “Toy Story 5”, “Hoppers” va “GOAT” ijodkorlari. Disney’ning “Hexed” filmi Italiyada ilk bor taqdim etiladi, “Angry Birds 3” taqdimoti esa jahonda birinchi marta shu yerda o‘tadi. NVIDIA va Runway sun’iy intellekt haqida, “Marvel’s Wolverine” va “God of War Ragnarök” jamoalari o‘yinlar haqida so‘zlaydi.

Bir sahnada “Oskar” sovrindorlari, yirik studiyalar va AI kompaniyalari sohaning bugungi manzarasi aynan shu yerda ko‘rinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn
1980010
Photo1/2
🎹 Musiqachilar uchun bepul vosita: Bubblegum har bir notani alohida tahrirlaydi

Vokal yoki cholg‘u yozuvidagi notalarni qo‘lda to‘g‘rilash uchun ko‘pchilik Melodyne dasturidan foydalanadi. Uning to‘liq versiyasi taxminan 399 dollar turadi. Endi shunga o‘xshash ishni bepul bajaradigan plagin paydo bo‘ldi.

Bubblegum audioni alohida notalarga ajratib, ularni pianino tasmasi ko‘rinishida rangli shakllar qilib ko‘rsatadi. Har bir notani yuqoriga yoki pastga surib balandligini, yon tomonga tortib vaqti va uzunligini o‘zgartirish mumkin. Eng muhimi, plagin akkord ichidagi notalarni ham alohida tahrirlay oladi.

Plaginni Your Smile Is Art nomi ostida ishlaydigan dasturchi yaratgan. U macOS va Windows uchun VST3 va AU formatlarida chiqdi, Linux versiyasi sinov bosqichida.

MusicRadar ta’kidlashicha, Bubblegum’da Melodyne’dagi barcha imkoniyatlar yo‘q, lekin eng asosiy vazifani bajaradi. Uy studiyasida ishlaydigan aranjirovkachi va ovoz rejissyorlarimiz uchun sinab ko‘rishga arziydigan vosita.

Manba: MusicRadar
177006
Video
🎮 Uzbekistan Creative Association — jahon o‘yin industriyasining markazida!

26–28-avgust kunlari Germaniyaning Kyoln shahrida dunyodagi eng yirik o‘yin industriyasi tadbirlaridan biri https://www.gamescom.global/en ko’rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillari ham ishtirok etdi.

Asosiy maqsad — o‘zbekistonlik game developerlar va mahalliy o‘yin studiyalari salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etish, O‘zbekistonda yaratilayotgan o‘yinlarni jahon bozoriga olib chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratish.

Ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar haqida keyingi postlarimizda batafsil ma’lumot beramiz. Bizni kuzatib boring!
155004
Photo
🕯 Xotira — abadiy.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.

O‘tgan avlodning og‘ir qismati, millat ozodligi va Vatan ravnaqi yo‘lida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi qalblarimizda hamisha yashaydi.

Ularning xotirasi — biz uchun muqaddas.

#Mirziyoyev #ShahidlarXotirasi #Qatag‘onQurbonlari #Xotira #Vatan
100000
Photo
HUMO o‘zining venchur fondini ishga tushirdi! 🚀💼

O‘zbekistonning milliy to‘lov tizimi HUMO tarkibida muhim yangilik — HUMO Ventures venchur kompaniyasi o‘z faoliyatini boshladi.

OpenInfo ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida ro‘yxatdan o‘tgan bu kompaniyaning 100% ulushi to‘g‘ridan-to‘g‘ri HUMO’ga tegishli.

Asosiy yo‘nalish:
Kompaniya venchur fondlari va ilg‘or moliyaviy tashkilotlar faoliyati bilan shug‘ullanib, raqamli iqtisodiyot hamda startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Hozircha fondning investitsiya strategiyasi va ajratiladigan mablag‘lar hajmi sir saqlanayotgan bo‘lsa-da, bu mamlakatimiz moliyaviy texnologiyalar (Fintech) bozori uchun katta qadam ekani aniq.

Sizningcha, bu fond birinchi navbatda qaysi sohadagi startaplarga investitsiya kiritadi? 🤔
109000
Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash https://president.uz/oz/lists/view/9539 boʻlib oʻtdi.
—
С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась https://president.uz/ru/lists/view/9539 награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
107000
Video
O‘zbekistonda gamedev qanday rivojlanmoqda? 🎮

UZCA sahifasida navbatdagi qiziqarli suhbat! Bu safar mehmonimiz — o‘yin sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Grimoire Entertainment studiyasi.

Intervyudan asosiy qiziqarli jihatlar:
Noldan boshlab to‘liq siklgacha: O‘yin yaratish jarayoni g‘oyadan tortib tayyor mahsulotgacha qanday bosqichlardan o‘tadi?
Mahalliy bozor va muammolar: O‘zbekistonda o‘yin Industriyasini rivojlantirishdagi imkoniyatlar va qiyinchiliklar.
Kelajakdagi rejalar: Studiyaning yangi loyihalari va yosh dasturchilar uchun maslahatlar.

Suhbatning to‘liq versiyasini o‘tkazib yubormang!

#UZCA #GrimoireEntertainment #GameDev #Oyinlar #CreativeTech #Uzbekista
125000
Video
🎮 GameDev olamiga qadam qo'yayotganlar uchun yo'riqnoma!

O'yin yaratish (Game Development) jarayoni murakkab tuyulishi mumkin, lekin uni to'g'ri bosqichlarga bo'lsak, hamma narsa o'z o'rnini topadi. Ushbu videoda keltirilgan asosiy yo'nalishlarga qisqacha to'xtalib o'tamiz:
1️⃣ Game Engines (O'yin dvigatellari): Loyihangizning yuragi. Dunyoda eng ommabop va kuchli bo'lgan Unity va Unreal Engine muhitlari tanlanadi.
2️⃣ Programming Languages (Dasturlash tillari): O'yinga jon kiritish uchun asosiy tillar — C# va C++.
3️⃣ Game Assets (Resurslar): Vizual jozibadorlik uchun 2D/3D modellar va jonlantirish (Animations) elementlari.
4️⃣ Tools (Asbob-uskunalar): Ishni osonlashtiruvchi Blender, Visual Studio va versiyalarni boshqarish uchun Git.
5️⃣ Game Development Process

(Jarayon bosqichlari):
📋 Plan (Rejalashtirish)
🎨 Design (Dizayn)
💻 Develop (Dasturlash)
🧪 Test (Sinovdan o'tkazish)
🚀 Publish (Chiqarish)

💡 O'zingiz ilk o'yiningizni yaratishda qaysi dvigatel yoki dasturlash tilidan foydalanyapsiz? Fikrlar bilan izohda bo'lishi mumkin! 👇
121000
Photo
🚀 O'zbekistonda kreativ soha: Bugungi imkoniyatlar va kelajak sari qadam!

So'nggi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot, xususan, o'yin sanoati (GameDev), animatsiya va vizual effektlar (VFX) yo'nalishi jadal rivojlanmoqda. Bu esa yosh iste'dodlar va studiyalar uchun yangi eshiklarni ochmoqda.

Nima uchun aynan hozir harakat qilish kerak?
Infratuzilma va qo'llab-quvvatlash: Kreativ industriyani rivojlantirish yo'lida maxsus tashabbuslar va assotsiatsiyalar o'z yordamini taqdim etmoqda.
Xalqaro bo'lib chiqish imkoniyati: Mahalliy mutaxassislarimiz yaratayotgan mahsulotlar asta-sekin global bozor e'tiborini tortmoqda.
Tarmoqlararo hamkorlik: IT va san'atning qo'shilish nuqtasida noyob startaplar va studiyalar paydo bo'lmoqda.

Siz qaysi yo'nalishda (o'yinlar yaratish yoki animatsiya) o'z kuchingizni sinab ko'rmoqchisiz? Fikrlar izohda bo'lishi mumkin! 👇
111000
Photo
https://t.me/GAMEFESTUZ festivali doirasida mamlakatimizda ilk bor tashabbusi bilan Urugvay bilan hamkorlikda qo‘shma o‘yin studiyasi - UYZ GAMES tashkil etildi.

Ushbu hamkorlik shunchaki bitta studiyaning ochilishi emas, balki O‘zbekistonni mintaqaviy geymdev (game development) xabiga aylantirish yo‘lidagi muhim burilish nuqtasidir.
Quyida ushbu loyihaning asosiy yo‘nalishlari, maqsadlari va kutilayotgan natijalari bilan batafsilroq tanishishingiz mumkin:

🚀 1. Mahalliy yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va bandlik
O‘zbekistonda yoshlar aholining katta qismini tashkil etadi va ularning zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi yuqori. UYZ GAMES studiyasi:
• Yuqori daromadli ish o‘rinlari: Mahalliy dasturchilar, 3D-rassomlar, geym-dizaynerlar va ssenaristlar uchun xalqaro standartlarga mos ish joylarini yaratadi.
• "Brain Drain" (Kadrlar oqimi)ning oldini olish: Iqtidorli yoshlarning xorijga ketmasdan, o‘z vatanida turib dunyo miqyosidagi loyihalarda ishtirok etishiga imkon beradi.

📚 2. Ta’lim va malaka oshirish (Academy)
Geymdev - bu juda murakkab va multidissiplinar soha. Urugvaylik mutaxassislar o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari bilan o‘rtoqlashish uchun maxsus mentorlik dasturlarini joriy etishadi.
• Mentorlik va Workshoplar: Urugvaylik tajribali o‘yin ijodkorlari o‘zbekistonlik yoshlarga zamonaviy o‘yin dvigatellari (Unreal Engine, Unity) bilan ishlashni o‘rgatishadi.
• Tajriba almashinuvi: Ikki davlat mutaxassislari o‘rtasida doimiy aloqa yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma o‘quv lagerlari (Bootcamps) tashkil etiladi.

🌍 3. Xalqaro darajadagi loyihalar va Eksport potentiali
Urugvay Lotin Amerikasida o‘yin sanoati bo‘yicha yetakchi tajribaga ega davlatlardan biri hisoblanadi. UYZ GAMES studiyasining asosiy maqsadi faqat ichki bozor uchun emas, balki global geyming bozoriga (Steam, PlayStation, Xbox, App Store, Google Play) mo‘ljallangan o‘yinlarni ishlab chiqishdir.
• Bu orqali O‘zbekiston milliy brendini xalqaro miqyosda tanitish va mamlakatga xorijiy valyuta oqimini (IT-eksport) ko‘paytirish rejalashtirilgan.


🤝 4. Kreativ industriya va IT-hamkorlikning yangi bosqichi
Ushbu loyiha O‘zbekiston va Urugvay o‘rtasidagi diplomatik va iqtisodiy munosabatlarda mutlaqo yangi sahifa ochadi.
• Raqamli madaniyat sintezi: O‘yinlar orqali o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, tarixi va madaniyatini zamonaviy formatda dunyoga taqdim etish imkoniyati tug‘iladi.
• Ekotizimni rivojlantirish: Studiya atrofida boshqa mayda startaplar, frilanserlar va kontent yaratuvchilar jamoasi shakllanadi, bu esa umumiy IT-ekotizimni jonlantiradi.

Xulosa:
UYZ GAMES oddiy o‘yin yaratadigan kompaniya emas. Bu O‘zbekiston yoshlarining intellektual salohiyatini global miqyosda namoyish etish uchun ochilgan raqamli ko‘prikdir.

Tez orada ushbu studiya tomonidan taqdim etiladigan ilk loyihalar nafaqat respublikamizda, balki xalqaro geymerlar hamjamiyatida ham shov-shuvlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

📱 https://t.me/GAMEFESTUZ | 📱 https://www.instagram.com/gamefest.uz?igsh=OTllNndvOGV0Nm9o
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61559159820667 | 📱 https://www.linkedin.com/company/106436645/admin/dashboard/
66001
Video
Gaming and animation industry is another growth opportunity in Uzbekistan!

Driven by the visionary policy of President Shavkat Mirziyoyev and the high attention given to the gaming and animation sector, Uzbekistan is rapidly emerging as the region's largest industrial hub. Over the past three years, our video game industry exports have surged 21-fold, reaching $200 million. The number of IT Park resident companies has tripled to 75. Today, with the support of the Ministry of Digital Technologies, more than 2,000 youth are receiving free training in game development and animation.

These current achievements and future goals were vividly highlighted at the "GameFest-2026" international game and animation festival held on May 15-16. The event welcomed over 100 companies from more than 40 countries, gathering over 10,000 participants, professionals, and speakers over two days. The festival featured vibrant cosplay shows and a Game Jam with a prize pool of 125 million UZS. Most importantly, a historic signing ceremony was held to establish the "World GameDev and Animation Association."

As part of the festival, the "Strategy for the Development of the Game and Animation Sector until 2030" was presented to the public. According to this strategy, by 2030, the number of IT Park resident companies will reach 400, and sector exports will hit $1 billion. Special conditions will be created in the regions to train 10,000 specialists by 2030. By the end of 2026, a 4,532 sq.m professional GameDev-Hub, equipped with Motion Capture and Lidar studios, will be established in the center of our capital. Furthermore, $100 million in venture capital is planned to be allocated to support startups and projects.

Uzbekistan is the next big destination on the global GameDev map. Explore investment opportunities, partner with us, and co-create the future of gaming!

More about opportunities: http://outsource.gov.uz/
More about startups: http://startupbase.uz/
More about Gamefest: http://gamefest.uz/
74002
Photo
GLOBAL KREATIV IQTISODIYOTNI QURISH: XALQARO TAJRIBA VA HAMKORLIK 🌍🤝

Game Fest 2026 sahnasida geymdev ekotizimlarini barpo etishda uyushmalarning roli va xalqaro aloqalar muhokama markazida bo‘ldi.

Fidan Rustamli (DIGIAGE) moderatorligida o‘tgan panel sessiyasida turli qit’alardan kelgan yetakchilar jam bo‘lishdi:
• Bekzod Buronov (O‘zbekiston Creative Association): O‘zbekistonda kreativ sanoatni tizimlashtirish va mahalliy studiyalarni jahon bozoriga tayyorlash strategiyalari haqida.
• Hugo Abel Castro (GDMEX, Meksika): Lotin Amerikasi tajribasi va meksikalik ijodkorlarning global bozorga integratsiyasi.
• Marija Ilic (Serbian Games Association): Serbiyaning geymdev mo‘jizasi - qanday qilib kichik davlat yirik o‘yin markaziga aylandi?
• Anatoly Strutinsky (Xsolla): O‘yin loyihalarini tijoratlashtirish va xalqaro darajaga olib chiqishda global platformalarning ko‘magi.

Sessiya davomida O‘zbekistonning jahon geymdev xaritasidagi o‘rni va UzCA (O‘zbekiston Creative Association) orqali xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari tahlil qilindi.

Bu kabi "raqamli ko‘priklar" mahalliy studiyalarimiz uchun yangi investitsiya va eksport yo‘llarini ochadi.

#GameFest2026 #UzCA #GlobalGamedev #CreativeEconomy #Xsolla #SGA #GDMEX #TashkentTech
173000
Photo
🔥 START BERILDI: Game Fest 2026 Ochiq deb e’lon qilinadi! 🚀
Sarlavha: Kutish tugadi - biz boshladik! Renessans Hall hozirda geymerlar va kreativ energiya bilan to‘la!

Yilning eng yirik festivali o‘z eshiklarini ochdi. Hozirda tadbir markazida atmosferaning qaynoq nuqtasidamiz! Agar siz turli sabablarga ko‘ra bizning safimizda bo’lmasangiz tushkunlikka tushmang.

Biz sizga jarayonlarni onlayn kuzatish imkonini beramiz‼️
Festivalning eng hayajonli lahzalarini, katta sahnadagi janglarni va ekspertlar chiqishlarini https://youtube.com/live/uJSICcIn7ig?feature=share kuzatib borishingiz mumkin.

📺 Efirda nimalarni ko‘rasiz?
• Xalqaro spikerlarning chiqishlari;
• Festivalning eng qiziqarli lahzalari va intervyular.
Hech narsani o‘tkazib yubormang! Hozirning o‘zida quyidagi havola orqali efirga qo‘shiling:

👉 https://youtube.com/live/uJSICcIn7ig?feature=share https://youtube.com/live/uJSICcIn7ig?feature=share] https://youtube.com/live/uJSICcIn7ig?feature=share
Geyming olami sizni kutyapti! Izohlarda bizga onlayn qo‘shilganlarni ko‘raylik - kimlar efirda? 👇
139000

Showing 21 of 21 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Uzbekistan Creative Association Telegram kanali nima haqida?+

Uzbekistan Creative Association (@uzbekistan_creative_association) — tgdio da Desi kontenti toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 575 obunachi bor.

Uzbekistan Creative Association (@uzbekistan_creative_association) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @uzbekistan_creative_association ga bepul obuna bo‘ling.

Uzbekistan Creative Association yaxshi Desi kontenti kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Uzbekistan Creative Association reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 575 obunachi bor. O‘xshash Desi kontenti kanallar bilan solishtiring.

Uzbekistan Creative Association statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @uzbekistan_creative_association sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.