Xalqaro hamkorlikka yangi qadam
Bugun O‘zbekiston davlat drama teatrida Xitoyning Appotronics Corporation Limited kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda teatr faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, sahna imkoniyatlarini kengaytirish hamda spektakllarda raqamli tasvir va multimedia yechimlaridan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.
Lazerli proyeksiya texnologiyalari sohasida xalqaro tajribaga ega kompaniya mutaxassislari bilan teatrning texnik imkoniyatlarini rivojlantirish, sahna jihozlarini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ishlar olib borilmoqda.
Mazkur hamkorlik teatr san’atiga innovatsion yondashuvlarni olib kirish, tomoshabinlarga yanada ta’sirchan va zamonaviy sahna asarlarini taqdim etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
📝O‘zbekiston davlat drama teatri matbuot xizmati.
Murojaat uchun telefon:
☎️ 712441170; 712441169
📱 +998994825001
O’zbekiston davlat drama teatrining rasmiy internet sahifalari:
Instagram |
Facebook |
YoutubeTelegram |
Website |
Manzil