1/2✅ Safarni rejalashtirish aniq ma’lumotdan boshlanadi. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning 1005 qisqa raqamli call-markazi yo‘lovchilar uchun kerakli ma’lumotni olish va savollariga javob topishda muhim aloqa kanalidir.
Call-markazga kuniga o‘rtacha 1 000 ta qo‘ng‘iroq kelib tushadi. Yo‘lovchilar, asosan, kerakli yo‘nalish va sanaga chiptalar mavjudligi hamda poyezdlarning qatnov yo‘nalishlari haqida murojaat qilishadi. Operatorlar ushbu savollar bo‘yicha ma’lumot berib, yo‘lovchilarga safarlarini rejalashtirishda ko‘maklashmoqda.
➡️1005 — shunchaki qisqa raqam emas. Bu temir yo‘l va yo‘lovchi o‘rtasidagi bevosita muloqot, har kuni mingga yaqin murojaat bilan ishlaydigan jamoa va aholiga axborot xizmati ko‘rsatish tizimidir. Har bir qo‘ng‘iroq ortida esa alohida savol, safar rejasi va ishonch turadi.
Yo‘nalishlar va chiptalar mavjudligi bo‘yicha savolingiz bormi? 1005 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — safaringizni birgalikda rejalashtiramiz!
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook









