📢 Iste’molchilar bilan aloqa kanallari faoliyatiga oid qo’shimcha ma’lumot
Ba'zi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyaga tegishli dispetcherlik xizmati Telegram-guruhining yopilgani yuzasidan savollar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan, Veolia Energy Tashkent quyidagilarni ma’lum qiladi:
📞 1347 raqamli Koll-markaz odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda.
Biz aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yopmaymiz. Kompaniyaning 1347 qisqa raqamli Koll-markazi iste’molchilarning barcha telefon orqali murojaatlarini qabul qilishda davom etmoqda.
🤖
https://t.me/vet_pokazaniya_bot chat-boti — bu imkoniyatlarni kengaytirish vositasi, operatorlarning o‘rnini bosuvchi xizmat emas.
Rasmiy Telegram-bot odatiy so‘rovlarni (balansni tekshirish, ko‘rsatkichlarni yuborish, ko'p uchraydigan savollar) qayta ishlashni tezlashtirish va telefon liniyalarini shoshilinch qo‘ng‘iroqlar uchun bo‘shatish maqsadida yaratilgan.
📝 Bot orqali yuborilgan ariza yo‘qolib qolmaydi.
Chat-bot orqali kelib tushgan murojaatlar avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi va telefon orqali qabul qilingan arizalar kabi tuman avariya-dispetcherlik brigadalariga ishga yo‘naltiriladi.
⚙️ Telegram-guruhining yopilishi murojaatlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga o‘tish bilan bog‘liq. Ushbu tizimda har bir murojaat raqam berilgan holda qayd etiladi va bajarilish muddatlari qat’iy nazorat qilinadi. Oddiy chat formati esa bunday imkoniyatni ta’minlamagan.
🤝 Aholiga fikr-mulohazalari uchun minnatdorlik bildiramiz va xizmat ko‘rsatish hamda kommunikatsiya sifatini yaxshilash ustida ishlashda davom etamiz.
____________
📢 Разъяснение Veolia Energy Tashkent относительно работы каналов связи с потребителями
В связи с публикациями в СМИ и социальных сетях о закрытии Telegram-группы Диспетчерской службы, Veolia Energy Tashkent разъясняет следующее:
📞 Колл-центр 1347 работает в штатном режиме.
Мы не закрываем прямую связь с жителями. Колл-центр компании по короткому номеру 1347 продолжает принимать все телефонные обращения потребителей.
🤖 Чат-бот
https://t.me/vet_pokazaniya_bot — это расширение возможностей, а не замена операторов.
Официальный Telegram-бот создан для того, чтобы ускорить обработку типовых запросов (проверка баланса, передача показателей, базовые вопросы) и разгрузить телефонные линии для действительно экстренных звонков.
📝 Подача заявки через бот не теряется.
Обращения, поступившие в чат-бот, автоматически регистрируются и передаются в работу районным аварийно-диспетчерским бригадам так же, как и заявки, принятые по телефону.
⚙️ Закрытие Telegram-группы связано с переходом на автоматизированную систему учета заявок, где каждое обращение фиксируется с присвоением номера и жестким контролем сроков выполнения, чего не позволял формат обычного чата.
🤝 Мы благодарим жителей за обратную связь и продолжаем работать над улучшением качества сервиса и коммуникации.