Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi Telegram channel photo

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61586971388441 Veb-sayt: http://urganch-xdk.uz/ Murojaat uchun tel: 62-35-21-818

27

Last views

1.6k (1,614 subscribers)
A'zolar
—
Rating
44
Total Posts
Oct 18, 2026, 4:45 AM
Yangilangan
May 17, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameXalq deputatlari Urganch tumani Kengashi
Username@xalq_deputatlari_urganch_tuman
CategoryKuzatuv kameralari (Spy Cam)
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,614
Channel TypePublic Channel
Created17-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#74020+275
Til reytingi
#576+2
Toifa reytingi
#854-2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.6K30 Days growth: +543.5%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20261,560
19:09:20261,560
20:09:20261,485
21:09:20261,485
22:09:20261,485
23:09:20261,485
24:09:20261,485
25:09:20261,485
26:09:20261,485
27:09:20261,485
28:09:20261,485
29:09:20261,485
30:09:20261,485
01:10:20261,485
02:10:20261,485
03:10:20261,485
04:10:20261,485
05:10:20261,485
06:10:20261,485
07:10:20261,485
08:10:20261,485
09:10:20261,485
10:10:20261,485
11:10:20261,485
12:10:20261,485
13:10:20261,485
14:10:20261,485
15:10:20261,485
16:10:20261,485
17:10:20261,614
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 11:05:20261,402
Week of 18:05:20261,402
Week of 25:05:20261,402
Week of 01:06:20261,402
Week of 08:06:20261,402
Week of 15:06:20261,402
Week of 22:06:20261,402
Week of 29:06:20261,402
Week of 06:07:20262,176
Week of 13:07:20262,176
Week of 20:07:20262,176
Week of 27:07:20262,176
Week of 03:08:20262,176
Week of 10:08:20262,176
Week of 17:08:20261,627
Week of 24:08:20261,627
Week of 31:08:20261,589
Week of 07:09:20261,560
Week of 14:09:20261,485
Week of 21:09:20261,485
Week of 28:09:20261,485
Week of 05:10:20261,485
Week of 12:10:20261,614
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20261,402
June 20261,402
July 20262,176
August 20261,627
September 20261,485
October 20261,614
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,614

So'nggi postlar

Photo1/4
#Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish

🏘 AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Q.Usmonov saylov okrugi hududidagi Zargarlar mahallasida sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning holati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida deputat Y.Atajanova moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaroning xonadoniga borib, oilaning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi.
💬 Fuqaro bilan suhbat davomida mavjud muammolar tinglanib, uning ehtiyoj va takliflari o‘rganildi. Murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning holidan xabar olish va ularning muammolarini joyida o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
34000
Photo1/4
#Sessiya_oldi_oʻrganish


🏛 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Masharipov boshchiligida kotibiyat xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
🔹 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
🔹 Shuningdek, mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar yo‘nalishlarida mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda mas’ul tashkilotlar oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
📌 Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni puxta tayyorlash, ularni atroflicha o‘rganish hamda tegishli takliflarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.


Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
24001
Photo1/2
ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ G‘URURI!

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho ma’naviy merosimiz timsolidir. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, uning sofligini asrash, boy imkoniyatlarini kelajak avlodga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Tilimizni e’zozlash, uni qadrlash va ravnaqiga hissa qo‘shish orqali milliy qadriyatlarimizni, tariximiz va madaniyatimizni asrab-avaylaymiz.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik va ishlaringizga muvaffaqiyat tilayman!
Ona tilimiz hamisha barhayot, nufuzi va mavqei yanada yuksak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Kengashi raisi SH.Q.Xudayberganov

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
27000
Video
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

SOG‘LOM TURMUSH TARZI — SALOMATLIK GAROVI!

Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri D.Iskandarova o‘zi saylangan hududdagi G‘alaba mahallasida xotin-qizlar bilan birgalikda piyoda yurish hamda sport tadbirlarida ishtirok etdi.
Tadbir tuman hokimi o‘rinbosari, oil ava xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganova bilan hamkorlikda tashkil etilib, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratildi.
 Sog‘lom hayot sari birgalikda!

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
30001
Photo1/2
#Kengash_faoliyatiga_oid_hujjatlar

QARORLAR OCHIQLIGI — QONUNIYLIK TALABI

⚖️ Xalq deputatlari Kengashlari qarorlarini qabul qilish, rasmiylashtirish, e’lon qilish va kuchga kiritish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi zarur.

Ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarni belgilangan tartibda e’lon qilish, cheklangan axborot bilan bog‘liq holatlarda esa qonuniy talablarni hisobga olish muhimdir.

Maqsad — qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning axborot olish huquqini hurmat qilish va Kengash faoliyati shaffofligini mustahkamlash.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
30000
Photo1/2
#Kengash_faoliyatiga_oid_hujjatlar

KENGASH QARORLARI USTIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI

🔎 Ochiq e’lon qilingan qarorlar jamoatchilikka ularning mazmuni va ijrosini kuzatish imkonini beradi.

Fuqarolar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda belgilangan doirada qarorlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishi mumkin.

Jamoatchilik nazorati mas’uliyat, hisobdorlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
28000
Photo1/2
#Kengash_faoliyatiga_oid_hujjatlar

FUQAROLAR KENGASH QARORLARI BILAN TANISHISH HUQUQIGA EGA

👥 Fuqarolarning davlat organlari faoliyati haqida axborot olish imkoniyati ochiq va shaffof boshqaruvning muhim qismidir.

Xalq deputatlari Kengashlari qarorlari va faoliyatiga oid ochiq ma’lumotlar bilan tanishish aholiga hududda amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatish imkonini beradi.

Axborot olish qonunchilikda belgilangan tartib va cheklovlarga rioya etgan holda ta’minlanadi.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
17000
Photo1/2
#Kengash_faoliyatiga_oid_hujjatlar

YOPIQ MAJLIS VA OCHIQ AXBOROT: FARQI NIMADA?

📌 Masalaning yopiq majlisda ko‘rib chiqilishi bilan qaror matnining yopiq saqlanishi bir xil tushuncha emas.

Majlisning yopiq o‘tkazilishi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar va tartibga muvofiq hal qilinadi. Qarorning e’lon qilinishi esa hujjatga nisbatan amal qiladigan alohida huquqiy talablarga bog‘liq.

Shu sababli har bir holat qonunchilik asosida baholanishi lozim.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
20000
Photo1/2
#Kengash_faoliyatiga_oid_hujjatlar

KENGASH QARORLARINING RASMIY E’LON QILINISHI

📄 Qarorlarning rasmiy e’lon qilinishi ularning mazmunini fuqarolarga yetkazishning muhim vositasidir.

Qonunchilikka muvofiq e’lon qilinishi shart bo‘lgan hujjatlar belgilangan rasmiy manbalarda joylashtirilishi kerak.

Qarorlarni e’lon qilish tartibi va ularning kuchga kirish sanasi hujjatning turi hamda tegishli qonunchilik talablariga bog‘liq.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
23000
Photo1/2
#Kengash_faoliyatiga_oid_hujjatlar

OCHIQLIK — JAMOATCHILIK ISHONCHI ASOSI

🤝 Kengash faoliyati qanchalik ochiq bo‘lsa, fuqarolarning mahalliy boshqaruvga bo‘lgan ishonchi shunchalik mustahkamlanadi.

Qarorlar haqida o‘z vaqtida va tushunarli ma’lumot berish aholining hudud rivojiga daxldor masalalardan xabardor bo‘lishiga yordam beradi.

Ochiqlik — samarali boshqaruv va jamoatchilik bilan muloqotning muhim shartidir.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

📱 Telegram 📱 Facebook 📱YuoTube 📱 Instagram
20000
📌 XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHI DEPUTATLARINING HAFTALIK ISH REJASI
📅 2–5-sentabr
Joriy hafta davomida Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda aholi bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlar sifati, bandlik, tibbiy xizmat va infratuzilma masalalarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.
🔹 2-SENTYABR | CHORSHANBA
🏛 Deputat F. Quronboyev “Yoshlik” mahallasida “Ijtimoiy reyestr”da turgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganadi.
🤝 Deputat Y. Atajanova “Zargarlar” mahallasida davlat ta’minotidagi oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rganadi.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis H. Jumaniyozov
🔹 3-SENTYABR | PAYSHANBA
🏛 Deputat Q. Yo‘ldoshev “Uyshin” mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilli bajarilishi holatini o‘rganadi.
🛣 Deputat M. Ro‘zmetova “Qoramon” mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini joyiga borib o‘rganadi.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis M. Masharibov
🔹 4-SENTYABR | JUMA
💼 Kengash raisi Sh. Xudayberganov “Yangiobod” mahallasida ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganadi.
👤 Mas’ul: bosh mutaxassis H. Jumaniyozov
🔹 5-SENTYABR | SHANBA
🏥 Deputat S. Samandarova “Beruniy” mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rganadi.
👤 Mas’ul: Kengash kotibiyati mudiri D. Iskandarova
📌 Hafta davomida deputatlar tomonidan mahallalarda aholi manfaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.



📱 📱 https://www.facebook.com/XDUTKK 📱 https://www.youtube.com/@XDUTKK 📱 https://www.instagram.com/xdutk2026?igsh=dGplajNvdHp3eW9n
34000
📊 XALQ DEPUTATLARI URGANCH TUMANI KENGASHI: HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI
📅 24–29-avgust
🏛 Joriy hafta davomida Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputatlari va kotibiyati tomonidan hududlarda ijtimoiy obyektlarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, davlat dasturlari ijrosini monitoring qilish, aholi bilan ochiq muloqotlar hamda amaliy o‘rganishlar olib borildi.
🔹 24-AVGUST
🤝 Kotibiyat mudiri D. Iskandarova hamda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Xudayberganova Oq maktab mahallasida aholi vakillari bilan uchrashdi.
📋 Shuningdek, kotibiyat mudiri D. Iskandarova deputat M. Babayev saylov okrugidagi Oq maktab mahallasida fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
🔹 25-AVGUST
🤝 Deputat S. Samandarova Beruniy mahallasida aholi vakillari bilan uchrashib, fuqarolarning murojaat, muammo va takliflarini o‘rgandi.
🧹 Kotibiyat mudiri D. Iskandarova Oq maktab mahallasida aholi vakillari va ko‘chaboshilar bilan uchrashib, hudud obodonchiligi, ozodaligi va tadbirkorlik obyektlari old qismini tartibga keltirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
🔹 26-AVGUST
🏠 Deputat S. Samandarova Yuqorijirmaz mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning holidan xabar oldi.
📋 Oq maktab mahallasida deputat M. Babayev saylov okrugi hududidagi aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
📚 Xorazm viloyati Kengashida kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hudud barpo etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish hamda shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari xodimlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
🔹 27-AVGUST
🌾 Deputat Q. Sobirov hamda Kengash kotibiyati xodimlari aholi bandligini ta’minlash, dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga bag‘ishlangan yarmarkada ishtirok etdi.
🤝 Deputat Yu. Atajanova Zargarlar mahallasida aholi vakillari bilan uchrashdi.
🏠 Xonadonlarga tashrif buyurilib, aholi bandligi, mahalla obodonchiligi va hududdagi mavjud masalalar o‘rganildi.
🔹 28-AVGUST
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tumanda tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman Kengashi deputatlaridan bir guruhi «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🏥 Xorazm viloyati Kengashi deputati Sh. Qurbonsaidova hamda Kengash kotibiyati xodimi H. Jumaniyozov Turkmanlar mahallasidagi 25-sonli oilaviy poliklinikada olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini o‘rgandi.
🏃 Deputat D. Xudayberganova va H. Jumaniyozov Turkmanlar mahallasida yangi barpo etilgan sport maydonchasi ochilishida ishtirok etdi.
🏫 Deputat Yu. Atajanova Oq yop mahallasidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat dasturi asosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini o‘rgandi.
🔹 29-AVGUST
🏀 Kotibiyat xodimi H. Jumaniyozov Tandirchi mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabi hududida yangidan bunyod etilgan strit-workout sport maydonchasi ochilish marosimida ishtirok etdi.
💪 Tashrif davomida mahallada yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi.
📌 HAFTA SARHISOBI:
Aholi murojaatlari • Bandlik • Obodonchilik • Ijtimoiy himoya • Qishloq xo‘jaligi • Ta’lim • Sport • Davlat dasturlari ijrosi
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi — aholi manfaatlari yo‘lida!



📱 📱 https://www.facebook.com/XDUTKK 📱 https://www.youtube.com/@XDUTKK 📱 https://www.instagram.com/xdutk2026?igsh=dGplajNvdHp3eW9n
70000
Photo
🔐 KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
👤 Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati S.Samandarova Beruniy mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-764-son, 2022-yil 15-aprelda qabul qilingan) ijrosini o‘rgandi.
📌 O‘rganish davomida mahallada mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik, internet va axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish, turli kiberxavflardan himoyalanish bo‘yicha olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari holatiga alohida e’tibor qaratildi.
💻 Jumladan, fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalar va xabarlarni ochmaslik, firibgarlikning internet orqali sodir etilayotgan turlaridan ehtiyot bo‘lish, shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berilayotgani o‘rganildi.



📱 📱 https://www.facebook.com/XDUTKK 📱 https://www.youtube.com/@XDUTKK 📱 https://www.instagram.com/xdutk2026?igsh=dGplajNvdHp3eW9n
53000
Photo
🏀 YOSHLAR UCHUN YANGI SPORT MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
📍 Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati xodimi H. Jumaniyozov “Tandirchi” mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabi hududida yangidan bunyod etilgan strit-workout sport maydonchasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
💪 Tashrif davomida mahalla hududida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi.
🏆 Mazkur sport inshooti “Tandirchi” mahalla jamoasining stritbol bo‘yicha musobaqada 2-o‘rinni egallagani munosabati bilan Sport vazirligi tomonidan bunyod etildi.



📱 📱 https://www.facebook.com/XDUTKK 📱 https://www.youtube.com/@XDUTKK 📱 https://www.instagram.com/xdutk2026?igsh=dGplajNvdHp3eW9n
58003
Photo
📢 VETERINARIYA VA CHORVACHILIK SOHASIDAGI ISHLAR DOIMIY KOMISSIYADA MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📊 2026-yilning 6 oyi davomida:
7 214 bosh qoramol va 796 bosh it namunalarida tekshiruvlar o‘tkazilib, ijobiy natijalar aniqlanmagan;
52 306 bosh yirik shoxli, 33 830 bosh mayda shoxli mollar hamda boshqa hayvonlar turli kasalliklarga qarshi emlangan;
3 689 bosh itda gijjasizlantirish tadbirlari amalga oshirilgan.
🛡 Eng muhimi, 2026-yilning 6 oyida hayvonlar va parrandalar o‘rtasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar qayd etilmagan.
📌 Komissiya qaroriga ko‘ra, sohadagi ishlarni o‘rganish va nazorat qilish deputatlarga yuklatildi hamda mazkur masala navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi.



📱 📱 https://www.facebook.com/XDUTKK 📱 https://www.youtube.com/@XDUTKK 📱 https://www.instagram.com/xdutk2026?igsh=dGplajNvdHp3eW9n
83000
Photo
🏗 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish ishlari o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Y.Atajanova Oq yop mahallasida bo‘lib, davlat dasturi asosida rekonstruksiya qilinayotgan 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida obyektning qurilish jarayoni va ishlarning borishi bilan yaqindan tanishildi.
🏗 Ayni kunda obyekt hududida qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
📌 Deputat tomonidan qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.



📱 📱 https://www.facebook.com/XDUTKK 📱 https://www.youtube.com/@XDUTKK 📱 https://www.instagram.com/xdutk2026?igsh=dGplajNvdHp3eW9n
58000
Photo
🏟 YANGI SPORT MAYDONCHASI YOSHLAR IXTIYORIGA TOPSHIRILDI
🏓 Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati D.Xudayberganova hamda Kengash kotibiyati xodimi H.Jumaniyozov Turkmanlar mahallasida yangi barpo etilgan sport maydonchasining ochilish marosimida ishtirok etdilar.
🏫 Turkmanlar mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabi hududida barpo etilgan universal sport maydonchasi 2025-yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika bosqichida 27–30 yosh toifasida stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan Masharipova Mehribon tomonidan mahalla yoshlariga tuhfa etildi.
🎉 Ochilish marosimida mahalla faollari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yangi sport inshootining imkoniyatlari bilan tanishdilar.
⚽️ Mazkur sport maydonchasi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



📱 📱 https://www.facebook.com/XDUTKK 📱 https://www.youtube.com/@XDUTKK 📱 https://www.instagram.com/xdutk2026?igsh=dGplajNvdHp3eW9n
61000
Photo
🏥 25-SONLI OILAVIY POLIKLINIKADA REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Sh.Qurbonsaidova hamda Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati xodimi H. Jumaniyozov tomonidan Turkmanlar mahallasida joylashgan 25-sonli oilaviy poliklinikada olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, obyektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
📅 Mazkur obyektni oktabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
🛏 Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, poliklinikadagi o‘rinlar soni 50 taga ko‘payadi hamda tibbiyot muassasasi zamonaviy usulda jihozlanadi.



📱 📱 https://www.facebook.com/XDUTKK 📱 https://www.youtube.com/@XDUTKK 📱 https://www.instagram.com/xdutk2026?igsh=dGplajNvdHp3eW9n
68000
Photo
URGANCH TUMANIDA DEPUTATLAR TASHABBUSI BILAN AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA!

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining qarori bilan tumanimizda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.

✅ Deputatlar tashabbusi bilan ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari
✅ Eskirgan suv quvurlarini yangilash
✅ Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash

📍 Jami 1,5 km ichki yo‘l asfaltlanadi
💧 Bir qator mahallalarda suv ta’minoti yaxshilanadi
💰 Umumiy ajratilgan mablag‘: 747,8 mln so‘m

Bu ishlar natijasida:
✔️ Xavfsiz muhit yaratiladi
✔️ Ichki yo‘llar holati yaxshilanadi
✔️ Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi
✔️ Aholi uchun yanada qulay va farovon sharoitlar yaratiladi

🤝 Xalq manfaati yo‘lidagi bunday tashabbuslar hududlarimiz obodligi va aholi turmush sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.




📱 http://urganch-xdk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61586971388441 📱
43000
Photo
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayoti sifatini yaxshilash masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda muhokama etilayotgan masalalarning muhimligini inobatga olgan holda, sohaga mas’ul bo‘lgan quyidagi idora va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar:
·   Suv ta’minoti korxonasi vakillari;
·   Moliya bo‘limi rahbariyati;
·   Qurilish bo‘limi mas’ullari;
·   GAZ ta’minoti korxonasi mutasaddilari;
Yig‘ilish davomida asosiy e’tibor mahallalarda to‘planib qolgan va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etishga qaratildi:
1.     Infratuzilmani yaxshilash: Ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish (shpes tashlash) ishlariga Qurilish bo‘limi va Moliya bo‘limi tomonidan mablag‘ ajratilishi hamda ishlarning tizimli tashkil etilishi;
2.     Kommunal sohadagi muammolar: Mahallalarda toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, suv tarmoqlarini tortish va ta’mirlash masalalari;
3.     Energiya ta’minoti: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va mahallalardagi gaz bosimini me’yorlashtirish, suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazish masalalari.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi har bir masala yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, muammolarni bartaraf etishning aniq muddatlari belgilandi.
Mahallalardagi bunyodkorlik va ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi Doimiy komissiya va Kengash deputatlari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.



📱 http://urganch-xdk.uz/ 📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61586971388441 📱
45001

Showing 30 of 44 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi Telegram kanali nima haqida?+

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi (@xalq_deputatlari_urganch_tuman) — tgdio da Kuzatuv kameralari (Spy Cam) toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 614 obunachi bor.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi (@xalq_deputatlari_urganch_tuman) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @xalq_deputatlari_urganch_tuman ga bepul obuna bo‘ling.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi yaxshi Kuzatuv kameralari (Spy Cam) kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 614 obunachi bor. O‘xshash Kuzatuv kameralari (Spy Cam) kanallar bilan solishtiring.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @xalq_deputatlari_urganch_tuman sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.