🎓 NEXT GEN YOKI UNIFY: Nordikda talabalar saylovi — tanlov sizdan!
Talabalar ovozi, tashabbusi va tanlovi muhim!
Student Union (Talabalar ittifoqi) — talabalar saylaydigan va ularning manfaatini himoya qiladigan, universitet hayotini yanada faol, mazmunli hamda qiziqarli qilishga xizmat qiladigan talabalar ittifoqi.
🚀 Student Union nimalarga qodir?
🗣 Sizning ovozingiz — talabalar fikri, taklif va muammolarini rahbariyatga yetkazadi.
🎉 Unutilmas lahzalar — festivallar, bayramlar, sport musobaqalari va talabalar uchrashuvlarini tashkil etadi.
💡 Yangi imkoniyatlar — klublar, loyihalar, ko‘ngillilik tashabbuslari va shaxsiy rivojlanish uchun yo‘l ochadi.
🤝 Kuchli hamjamiyat — talabalarni birlashtiradi, yangi do‘stliklar va hamkorliklarga zamin yaratadi.
📢 Muhim yangiliklar — talabalar hayotiga oid xabarlar va imkoniyatlarni yetkazadi.
🗳 Nega sizning ovozingiz muhim?
Chunki Student Union kelgusi bir yil davomida talabalik hayotining qanday kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Sizning ovozingiz — qanday tashabbuslar amalga oshishi, qaysi g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanishi va talabalar manfaatlari qay darajada ifodalanishida muhim qadam!
🔥 Student Union saylovi-2026:
NEXT GEN yoki UNIFY?
Ikki jamoa. Ikki xil yondashuv. Yangi g‘oyalar va umumiy maqsad — Nordik talabalar hayotini yanada yaxshilash!
📅 Ovoz berish vaqti:
🟢 Boshlanishi: 25-oktabr, soat 00:00
🔴 Yakunlanishi: 26-oktabr, soat 12:00
🔗 Ovoz berish:
vote.nordicuniversity.org💙💜 SAYLOVDA FAOL BO‘LING!
📲 Do‘stlaringizga ham ulashing!
🌐 Web-site