1/22026-yil 19-oktabr kuni Samarqand shahrida AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda O‘zbekiston–AQSh Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasidagi biznes uchrashuvlarida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari ham ishtirok etib, American Councils, Citibank, Oppenheimer, Mastercard, Visa, JPMorgan va boshqa tashkilotlar vakillari bilan individual uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar davomida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va kelgusidagi muloqotni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish hamda moliya va raqamli texnologiyalar sohalarida yangi imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan ushbu uchrashuvlar Jamg‘armaning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🤝 Maqsad — yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar yaratish.
🌐Telegram | 🌐 Instagram |🌐LinkedI



![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)






