ZakAdabiyot Telegram channel photo

ZakAdabiyot

@zakadabiyotPublic Channel

📌 ZakAdabiyot bilan siz o'zbek va jahon adabiyoti olamiga sayr qilishingiz va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. ZakAdabiyot — biz bilan vaqtingiz unumli o'tishi kafolatlanadi... Savol va takliflar uchun: @ZakAdabiyotBot

0

Last views

6 (6 subscribers)
A'zolar
—
Rating
24
Total Posts
Oct 22, 2026, 6:31 PM
Yangilangan
Apr 8, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameZakAdabiyot
Username@zakadabiyot
CategoryVeb-seriallar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar6
Channel TypePublic Channel
Created8-apr, 2026
Last Updated22-okt, 2026 • 8 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#21284+53
Til reytingi
#227+1
Toifa reytingi
#609-9

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 630 Days growth: +00%
09/2309/2810/0310/0810/1310/1810/22
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
23:09:20266
24:09:20266
25:09:20266
26:09:20266
27:09:20266
28:09:20266
29:09:20266
30:09:20266
01:10:20266
02:10:20266
03:10:20266
04:10:20266
05:10:20266
06:10:20266
07:10:20266
08:10:20266
09:10:20266
10:10:20266
11:10:20266
12:10:20266
13:10:20266
14:10:20267
15:10:20267
16:10:20267
17:10:20267
18:10:20267
19:10:20267
20:10:20267
21:10:20267
22:10:20266
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20263,025
Week of 13:04:20263,025
Week of 20:04:20263,025
Week of 27:04:20263,038
Week of 04:05:20263,038
Week of 11:05:20262,996
Week of 18:05:20262,996
Week of 25:05:20262,996
Week of 01:06:20262,962
Week of 08:06:20262,962
Week of 15:06:20262,962
Week of 22:06:20262,962
Week of 29:06:20268
Week of 06:07:20268
Week of 13:07:20268
Week of 20:07:20268
Week of 27:07:20268
Week of 03:08:20266
Week of 10:08:20266
Week of 17:08:20266
Week of 24:08:20267
Week of 31:08:20267
Week of 07:09:20266
Week of 14:09:20266
Week of 21:09:20266
Week of 28:09:20266
Week of 05:10:20266
Week of 12:10:20267
Week of 19:10:20266
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20263,038
May 20262,996
June 20262,962
July 20268
August 20267
September 20266
October 20266
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20266

So'nggi postlar

ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

Q

Qoʻlga qalam qoʻndi qalbim qaʼrida,
Qasddanmi, qiyofang quvnab qaraydi?!
Qiyomat qoʻpadi qosh qoraygʻanda,
Qarshingda qaroliq... Qamar qoraydi!

Qayrilib qoshlaring quvar qayoqqa,
Qachon qutulaman qiynoqlaringdan?
Qodirsan qalbimni qaro qilmoqqa,
Qosirman, qoʻrqaman qarogʻlaringdan!

Qaragin, qon qalbim qiynalar qattiq,
Qushman — qanotlari qayrilgan qadim.
Qasoskor qarogʻing qiymalar qattiq,
Qochib qutulmoqqa qani quvvatim...

Qaroshing qarshida quvvatsiz quyosh,
Qoshimga qor qoʻnar, quvnar qargʻalar.
Qiblamga qayrilib qayt, qayrilmaqosh,
Qasd qilma, qasdingdan qalbim qargʻalar!

Qoyasan, qoldim-ku qudrat qarshida,
Qanoti qayriliq qalb qaldirgʻochim.
Qalamim qonidan qordim qasida,
Qaytaqol qoshimga, qaytgil, Quvonchim!

©️ Xayrulla Hamidov

📚 - Adabiyot ummoni
1,4700040
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

Photo
✨Oddiy so‘zlar bilan butun bir xalqning yuragi gapira boshlaydi, satrlar esa qo‘shiqdek dillarga kirib boradi, Vatanga muhabbat har bir misrada yangraydi. Bu — Muhammad Yusuf yaratgan samimiy va unutilmas olamdir.

💫 Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. U dastlab qishloq maktabida tahsil olib, keyinchalik Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida o‘qigan. Talabalik yillaridan boshlab adabiyotga bo‘lgan qiziqishi kuchayib, ijod bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan.

Mehnat faoliyati davomida u turli nashriyot va tahririyatlarda ishlagan, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, respublika radiosida muharrir bo‘lib ishlagan va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U nafaqat iste’dodli shoir, balki jurnalist va jamoat arbobi sifatida ham elga tanilgan.

Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari:
„Tanish teraklar“ (1985)
„Bulbulga bir gapim bor“ (1987)
„Iltijo“ (1988),
„Uyqudagi qiz“ (1989)
„Halima enam allalari“ (1989)
„Ishq kemasi“ (1990)
„Koʻnglimda bir yor“ (1991),
„Bevafo koʻp ekan“ (1993)
„Yolgʻonchi yor“ (1993)
„Erka kiyik“ (1995)
„Osmonimga olib ketaman“ (1998)
Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida 2001-yil 29-iyulda yurak xuruji tufayli vafot etgan.

Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.

📚 - Adabiyot ummoni
1,3700014
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

✨Quote of the day✨

Dunyodagi eng zo'r kino zali-bu miyadir. Buni sen yaxshi kitob o'qiyotganingda tushunib yetasan.

📝Otabek Hasanov

📚 - Adabiyot ummoni
1,6300042
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

Shamollar uyg‘ondi. Barg – hayajonda…
Hatto yer tagida qo‘zg‘aldi ilon.
Dunyo tirilayotgan shu toza tongda
O‘lgim kelmayapti, onajon.

O‘ngirlarda kezar muzday havolar,
Ishqalab qobog‘in ko‘tarar osmon.
Dunyo ko‘zlarini ochayotganda
Men ko‘z yumayinmi, onajon?!

Qayerdadir silkinar tomchidek o‘tlar,
Bargida chumoli kezadi hayron.
Hali men ko‘rmagan bog‘lar bor ekan,
O‘lgim kelmayapti, onajon.

Qizlarning ovozi jaranglar munis,
Ishq desam – daftarga sachrab ketdi qon.
Sevmasa sevmabdi meni bitta qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon?!

Qayoqqa qochadi bu issiq qonim,
Qo‘llarni sog‘inib sochlarim g‘ujgon.
Kimga kerak bo‘ldi mening yosh jonim,
O‘lgim kelmayapti, onajon.

Begunoh bittadir – u ham osmonda,
Qo‘lga chivin qo‘ndi, quvmoqqa yo‘q jon.
Chivinlar, chumchuqlar yurgan jahonda
Menga joy yo‘qmikan, onajon?!

Quyoshga termuldim – ko‘zim qamashdi,
Kiprikdan shabnamday yosh oqdi marjon.
Nurlarni sog‘inib qaqshar qovurg‘am,
O‘lgim kelmayapti, onajon!

Garchand men qayg‘uli she’rlar to‘qidim,
Garchand azob ko‘rdim mudom bepoyon–
Men hali dunyoga to‘ygan yo‘q edim,
Dunyo to‘ydimikin mendan, onajon…

©️Karim Bahriyev

📚 - Adabiyot ummoni
2,8300056
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

✨Quote of the day✨

“Kelajak ko‘p jihatdan bugungi harakatlarimizga bog‘liq. Har bir kichik qadam — ertangi buyuk o‘zgarishlarning boshlanishidir.”

🪶Victor Hugo

Xo'sh,bugun siz o'zingiz,kelajakingiz uchun nima qila oldingiz?Javoblarni izohlarda kutamiz.

📝 - Adabiyot ummoni
2,5200022
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

✨Quote of the day✨

Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo'q.
"Nega arrang tishi yo'q?"-deb
So'raydigan kishi yo'q.
Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko'zimiz.
Arra tushgan o'sha shoxda
O'tiribmiz o'zimiz.

🪶Erkin Vohidov

📝 - Adabiyot ummoni
2,6800038
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

Meni qabrda yo‘qlab bormang

🪶Muallif:Quvonchbek Akbarov (obunachimizdan)


Meni qabrda yo‘qlab bormang,
Tiriklikda yo‘qlang, ey do‘stlar.
Ko‘zim yumuq, eshitmas quloq,
Kechikkan u mehrga zorlar...

Gullar tutmang sovuq toshimga,
Tikan sanchmang tirik bag‘rimga.
Ko‘z yosh to‘kmang qabrim qoshida,
Kelib turing bir bor yo‘qlovga.

Menga endi kerakmas dunyo,
Na hashamat, na zarli qafas.
Sizdan bitta iltimos ammo:
Tiriklikda oling bir nafas...

Bir piyola choyga kelingiz,
Dardim bo‘lsa, baham ko‘ringiz.
O‘lganimda yig‘lab turguncha,
Tiriklikda kulib turingiz.

Meni qabrda yo‘qlab bormang,
U yerlarda topolmaysiz sog‘.
Sizga kerak bo‘lgan u inson,
Tiriklikda sizga ko‘zmunchoq...

📝 - Adabiyot ummoni
2,7200019
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

Photo
💡Tasavvur qiling: yomg‘ir yillar davomida yog‘adi, o‘liklar tiriklar bilan suhbatlashadi, sevgi esa yarim asr kutadi. Bu — Gabriel Garsiya Markes yaratgan sehrli olamdir.

✨Gabriel Garsiya Markes 1927-yil 6-martda Kolumbiyaning Arakataka shahrida tug‘ilgan. 2014-yilda Meksikada vafot etgan. U nafaqat yozuvchi, balki jurnalist va siyosiy fikr bildiruvchi ziyoli ham bo‘lgan. Lotin Amerikasi adabiyotini dunyoga tanitgan eng buyuk ijodkorlardan biri hisoblanadi.

🖌Markes faol jurnalist bo‘lgan. U haqiqatni yozishdan qo‘rqmagan. Siyosiy qarashlari sabab ba’zi davlatlarda tanqid ostida ham qolgan.

🎆1982-yilda u Nobel Prize in Literature bilan taqdirlangan. Nobel nutqida u Lotin Amerikasi tarixidagi og‘riq, mustamlakachilik va kurash ruhini tasvirlagan.


Asarlari:⤵️

🤩Barglar bo‘roni (1955)
🤩Polkovnikka hech kim xat yozmaydi (1961)
🤩Yomon soat (1962)
🤩Yolg‘izlikning yuz yili (1967)
🤩Patriarxning kuzi (1975)
🤩E’lon qilingan o‘lim qissasi (1981)
🤩Vabo davridagi muhabbat (1985)
🤩General o‘z labirintida (1989)
🤩Muhabbat va boshqa jinlar haqida (1994)

💥Yolg‘izlikning yuz yili- insoniyat taqdiri, yolg‘izlik va vaqt aylanishi haqida yozilgan betakror roman. Gabriel Garsiya Markes Makondo shaharchasi va Buendía oilasi misolida avlodlar xatolari qanday takrorlanishini tasvirlaydi. Asarda sehrli realizm orqali hayot va mo‘jiza uyg‘unlashadi. Bu asar shuni eslatadi: inson o‘tmishidan saboq olmasa, tarix yana va yana takrorlanadi.

🚨Qiziqarli faktlar⤵️

🤩U yoshligida huquqshunoslikni o‘qigan, lekin adabiyotga mehr qo‘yib, jurnalistikaga o‘tgan.

🤩Bolaligida buvisi unga g‘ayritabiiy voqealarni juda tabiiy ohangda aytib bergan — sehrli realizmga ilhom shu yerda boshlangan.

🤩Uning asarlari 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

📝 - Adabiyot ummoni
2,4500017
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

✨Quote of the day✨

Tashqaridagi mavjudotlar bir odamlarga,bir cho'chqalarga boqishardi.Ular shu zaylda juda ko'p qarab turishdi va nihoyat ko'rayotganlari cho'chqa yoki odam ekanligini ajratib bo'lmaydigan holga yetib kelishdi.

🪶Jorj Oruell

📝 - Adabiyot ummoni
1,5500022
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

20-may, 2026, 23:34

✨Quote of the day✨

Inson tarixni yarataman deb o‘ylaydi, ammo tarixni millionlab odamlarning irodasi va ichki harakati yaratadi. Har bir inson o‘zini kichik deb bilsa ham, u umumiy oqimning ajralmas qismidir.

🪶Lev Tolstoy "Urush va tinchlik"

📝 - Adabiyot ummoni
2,1800018
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

06-may, 2026, 10:28

✨Quote of the day✨

Nodonga iltifot qilmoq ne kerak,
Johilni dilbar so'z hurkitar ayon.
Dumini tarasang tepadi eshak,
Boshini silasang nish urar chayon.

🪶Erkin Vohidov

📝 - Adabiyot ummoni
2,2300020
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

06-may, 2026, 10:28

💡🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❓

Dunyoda shunday mualliflar borki, ularning kitoblari yuz millionlab, xatto milliardlab nusxada sotilgan. Ishonchli manbalarga ko‘ra, eng ko‘p o‘qilgan mualliflar orasida quyidagilar bor:⤵️


📍 William Shakespeare — ~4 milliard nusxa
📍 — ~2–4 milliard nusxa
📍 Barbara Cartland — ~1 milliard nusxa
📍 Danielle Steel — ~800 million nusxa
📍 Harold Robbins — ~750 million nusxa
📍 Georges Simenon — ~700 million nusxa
📍 Enid Blyton — ~600 million nusxa
📍 Sidney Sheldon — ~600 million nusxa
📍 — ~500 million nusxa
📍 Lev Tolstoy — ~400 milliondan ortiq nusxa

✨Bu raqamlar aniq hisob emas, balki, ishonchli manbalarga tayangan holda berilgan taxminiy ko‘rsatkichlardir. Faqat 100 milliondan ortiq sotuvga ega mualliflar ushbu ro‘yxatga kiritiladi.⤵️

⁉️Qizig‘i shundaki, ba’zi buyuk yozuvchilar — masalan, Jane Austen yoki Victor Hugo — aniq raqamlar topilmagani sababli ushbu ro‘yxatga kiritilmagan. Ammo, ularning asarlari ham millionlab, ehtimol yuz millionlab nusxada tarqalgan.⤵️

⭐️ Adabiyot — vaqtni yengadigan kuch.
Kitoblar millardlab nusxada sotilishi mumkin, ammo ularning haqiqiy qiymati inson qalbiga ta’siridadir.

📝 - Adabiyot ummoni
2,6500017
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

06-may, 2026, 10:28

✨Quote of the day✨

Urush — bu bir-birini bilmaydigan va bir-biridan nafratlanmaydigan yoshlar bir-birini o‘ldiradigan joy, lekin bu qarorlarni bir-birini biladigan va bir-biridan nafratlanadigan, lekin o‘ldirmaydigan odamlar qabul qiladi.

🪶Paul Valéry

📝 - Adabiyot ummoni
1,8500023
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

06-may, 2026, 10:28

🔊Quote of the day🔊

Insonning hayoti — bu o‘zini anglash yo‘lidir. Kim yashash sababini topsa, u har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladi.

🪶Lev Tolstoy "Iqrornoma" asaridan

📝 - Adabiyot ummoni
2,0200018
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

01-may, 2026, 04:37

Photo
💡Tog'ay Murod:U uchun ijodning qadri ko‘plab asarlar yozishda emas, balki har bir asarni mukammal darajaga yetkazishda edi.

✨Togʻay Murod asl ismi Mengnorov Togʻaymurod 1948-yil 3-fevral Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Xoʻjasoat qishlog'ida tug'ilgan.⤵️

🛁Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan.U Respublika radiosida muharrir (1972–1976), „Oʻzbekiston fizkulturachisi“ gazetasida tarjimon (1976–1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982–1984) boʻlgan. 1985–1987-yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan.⤵️

➡️Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari eʼlon qilingan. 1976-yilda bosilgan „Yulduzlar mangu yonadi“ nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979-yilda „Ot kishnagan oqshom“, 1980-yilda „Oydinda yurgan odamlar“, 1985-yilda yozuvchining „Momo yer qoʻshigʻi“ qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.

🤩Asarlari:⤵️

🤩"Otamdan qolgan dalalar"
🤩"Ot kishnagan oqshom"
🤩"Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi"
🤩"Yulduzlar mangu yonadi"
🤩"Oydinda yurgan odamlar"
🤩"Ko'ngil so'zi"

📍Togʻay Murod tarjimonlik sohasida ham ijod qilgan. U Jek Londonning „Boyning qizi“ dramasi va hikoyalarini, E. Seton Tompsonning „Yovvoyi yoʻrgʻa“ qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

🚨Otamdan qolgan dalalar“ (1993) romanida Oʻzbekistonning mustamlakaga aylanishi hamda kecha-yu kunduz mehnat qilib, yashayotgan oʻzbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi ogʻir va qiyin hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy tasvirlab berilgan.

➡️2003-yil 27-may – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod vafot etdi. U o‘zining asarlari bilan o‘zbek adabiyotida yorqin iz qoldirdi va qalblarimizda doimo esda qoladi.

📚 - Adabiyot ummoni
2,1000019
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

01-may, 2026, 04:37

⭐️Quote of the day⭐️

Oshqozon miyadan aqlliroq.
Chunki u qayt qilishni biladi.
Miya esa har qanday chiqindini qabul qilishi mumkin.

🖌Chingiz Aytmatov

📚 - Adabiyot ummoni
1,6200030
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

01-may, 2026, 04:37

⭐️Quote of the day⭐️

Yaxshi odamlarni izlang dunyoda,
Shu maqsad yo'lida dunyo kezingiz.
Topa olmasangiz uni mabodo,
O'sha yaxshi odam bo'ling o'zingiz.

🖌Erkin Vohidov

📚 - Adabiyot ummoni
1,8700032
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

01-may, 2026, 04:37

Photo
✏️Mario Pyuzo: tirikchilik uchun yozilgan roman va abadiylikka aylangan ism👾

#️⃣ Afsonaviy asar "Cho‘qintirgan ota(The Godfather)" romani muallifi Mario Pyuzo haqida⤵️

Toʻliq ismi Mario Fransis Pyuzo boʻlib, 1920-yil 15-oktyabrda AQSh ning Nyu-York shahrida italiyalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. Ota-onasi Italiyadan AQShga ko‘chib kelgan bo‘lib, oilasi kambag‘al sharoitda yashagan.
Mario Pyuzo Nyu-Yorkning muhojirlar yashaydigan hududida ulg‘aygan. U bolaligidan kambag‘allik,
jinoyatchilikka yaqin muhit,
kuchli oilaviy rishtalar
ichida yashagan. Keyinchalik uning asarlarida aynan shu muhit kuchli aks etadi.

🪖Harbiy xizmat⤵️

Ikkinchi jahon urushi davrida Mario Pyuzo AQSh armiyasida xizmat qilgan, sog‘lig‘i sabab jangovar hududlarga yuborilmagan. Asosan Germaniyada joylashgan bo‘lgan. Harbiy hayot unga insoniy munosabatlar va hokimiyat haqida chuqurroq tushuncha bergan.

🎓Taʼlim ⤵️

Urushdan so‘ng u:
Kolumbiya universiteti da o‘qigan. Adabiyot va ijod bilan jiddiy shug‘ullangan

✍🏻Yozuvchilik faoliyati⤵️

Pyuzo dastlab yozgan asarlari moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan bo‘lsa ham,
unga yetarli daromad keltirmagan. U qarzga botgan va moliyaviy qiyinchiliklar ichida yashagan.

The Dark Arena (1955)
The Fortunate Pilgrim (1965)
The Runaway Summer of Davie Shaw (1966)
Six Graves to Munich (1967)(Mario Cleri taxallusi ostida)
The Godfather (1969)
Fools Die (1978)
The Sicilian (1984)
The Fourth K (1990)
The Last Don (1996)
Omertà (2000)
The Family (2001) (Carol Gino tomonidan tugallangan)

📕“The Godfather” romanining yaratilishi⤵️

Moliyaviy muammolar sabab Pyuzo ommabop va sotiladigan roman yozishga qaror qiladi. Shunda umafiyaga oid mavzuni tanlaydi va bu mavzuni oilaviy drama bilan birlashtiradi. Soʻng 1969-yilda “The Godfather” romani chop etiladi. Roman favqulodda yirik muvaffaqiyat qozonadi. Eʼlon qilinganidan soʻng 2 yil ichida 9 million nusxada sotiladi va New York Times Best Seller lari roʻyxatida 67 hafta turadi. Shunday qilib ushbu asar uni dunyoga mashhur qilib yuboradi.
Roman asosida 1972-yilda film suratga olinadi. Ssenariyni Mario Pyuzo va Frensis Ford Koppola (film rejissori) birga yozgan. Film jahon kinosining eng buyuk asarlaridan biri deb tan olingan va bir nechta “Oscar” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

📍Shaxsiy hayoti⤵️

U oilali bo‘lgan va besh nafar farzandi boʻlgan. Hayoti davomida qimor o‘yinlariga qiziqqan (bu ham moliyaviy muammolariga sabab bo‘lgan). 1999-yil 2-iyul kuni AQSh da yurak xurujidan vafot etgan.

Mario Pyuzo jinoyat adabiyotini yangi bosqichga olib chiqqan. U mafiya mavzusini romantizatsiyasiz, insoniy drama sifatida ko‘rsatgan. Shu bilan birga, asarlari hozirgacha eng ko‘p o‘qiladigan yozuvchilardan biri hisoblanadi.

📚 — Adabiyot ummoni
1,9500024
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

19-apr, 2026, 09:09

⭐️Kun iqtibosi⭐️

Hammasidan ham nimasi alam qiladi, deng, bu turmush – azob chekishlar badaliga mukofot bilanmas, yoki operadagi kabi tantana bilanmas, oʻlim bilan boʻladi-ya..

🪶– Anton Chexov "Oltinchi palata" asaridan

📚 — Adabiyot ummoni
1,4400017
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

19-apr, 2026, 09:09

Photo
📢Qisqa umr, katta meros: 25 yoshida dunyoni tark etgan adabiy tanqidchi…

🪶Nikolay Aleksandrovich Dobrolyubov 1836-yil 5-fevralda Nijniy Novgorod shahrida ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Bolaligidan kitobga mehr qo‘ygan, zukko va mustaqil fikrlovchi bola bo‘lgan. Dastlab diniy seminariyada tahsil olgan Dobrolyubov keyinchalik Sankt-Peterburg pedagogika institutida o‘qishni davom ettiradi. Talabalik davridayoq u adabiyot va falsafaga qiziqib, jamiyatdagi ijtimoiy masalalarga faol munosabat bildiradi. Aynan shu davrda u Belinskiy g‘oyalari ta’sirida shakllanib, adabiyotning jamiyatni uyg‘otishdagi roli haqida qat’iy qarashlarga ega bo‘ladi.⤵️

💡Dobrolyubovning dunyoqarashi ijtimoiy-demokratik ruhda shakllangan edi. U krepostnoylik, ijtimoiy tengsizlik, ayollarning huquqsizligi va xalqning savodsizligi kabi muammolarga keskin qarshi chiqqan. Adabiyotning vazifasi, uning fikricha, hayotni bezash emas, balki uni o‘zgartirishdir. Shu sababli u “sof san’at” tarafdorlarini qattiq tanqid qilgan.⤵️

✨Uning ijodi asosan adabiy-tanqidiy maqolalardan iborat bo‘lib, u “Sovremennik” jurnalida faoliyat yuritgan. Dobrolyubov yozuvchilarning asarlarini faqat badiiy bezak yoki syujet nuqtai nazaridan emas, balki ijtimoiy mazmun nuqtai nazaridan tahlil qilgan. Uning eng mashhur maqolalaridan biri “Что такое обломовщина?” bo‘lib, Goncharovning Oblomov romanidagi loqaydlik va harakatsizlikni fosh qiladi. Shu orqali “oblomovchilik” tushunchasi butun bir davr muammosining nomiga aylangan. Shuningdek, “Луч света в тёмном царстве” maqolasida Ostrovskiy asarlaridagi ayol obrazini tahlil qilib, rus jamiyatidagi zulmga qarshi umid ramzini ko‘rsatadi. “Когда же придёт настоящий день?” asarida esa u jamiyatda haqiqiy o‘zgarish qachon va qanday bo‘lishi kerakligi haqida falsafiy-ijtimoiy mulohazalar bildiradi.⤵️

⚠️Doimiy mehnat, kambag‘allik, ochlik va ruhiy zo‘riqish Dobrolyubovning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U sil kasalligidan aziyat chekib, atigi 25 yoshida 1861-yilda hayotdan ko‘z yumadi.⤵️

📍Qisqa umriga qaramay, Dobrolyubov rus adabiy tanqidini yangi bosqichga olib chiqishga ulgurgan. U adabiy tanqidni ijtimoiy mas’uliyat darajasiga ko‘tardi, realizm rivojiga katta hissa qo‘shdi va keyingi tanqidchilar va yozuvchilarga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois uning nomi Belinskiy va Chernyshevskiy bilan bir qatorda adabiyot tarixida tilga olinadi.

📚 - Adabiyot ummoni
1,6200012
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

19-apr, 2026, 09:09

⭐️Quote of the day⭐️

Sog'lik va boylik tilamang, omad tilang, axir Titanikda barcha boy va sog'lom edi, ammo omad esa kamchilikka kulib boqdi!

🖋Uinston Cherchill

📚 - Adabiyot ummoni
1,4900036
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

19-apr, 2026, 09:09

⭐️Quote of the day⭐️

Daho va ahmoqlik o'rtasidagi farq shundaki, daholikning chegarasi bor

©️Albert Eynshteyn

📚 - Adabiyot ummoni
1,8200025
ZakAdabiyot logo
ZakAdabiyot

19-apr, 2026, 09:09

⭐️Kun iqtibosi⭐️

So'zning ta'siri gapirayotgan tildan ko‘ra eshitayotgan quloqqa ko‘proq bog‘liq.

©️ Uilyam Shekspir

📚 - Adabiyot ummoni
1,6700017

Showing 24 of 24 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

ZakAdabiyot Telegram kanali nima haqida?+

ZakAdabiyot (@zakadabiyot) — tgdio da Veb-seriallar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 6 obunachi bor.

ZakAdabiyot (@zakadabiyot) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @zakadabiyot ga bepul obuna bo‘ling.

ZakAdabiyot yaxshi Veb-seriallar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin ZakAdabiyot reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 6 obunachi bor. O‘xshash Veb-seriallar kanallar bilan solishtiring.

ZakAdabiyot statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @zakadabiyot sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.