🇰🇷🇺🇿Koreyaga magistratura va Phdga grant
Chet elliklar Koreyashunoslik akademiyasida bepul o’qishlari mumkin. Academy of Korean studies (AKS) akademiyasi 2027-yil Bahorgi semester uchun ro'yxatdan o'tish talablarini e’lon qildi.
Bu akademiyaning yaxshi tomoni:
1) Chet elliklar uchun o’qish bepul
2) Shu bilan birga oyiga 800 000 won (650$) stipendiya va boshqa stipendiyalarni ham olishlari mumkin.
3) Arzon yotoqxona puli va bepul Koreys tili darslari
Bu o’qishda o’qiydigan chet ellik talabalarning 76.5% i stipendiyalar olayotgani ham quvonarli.
Bu o’qishga 2027-yil Bahorgi semestr uchun online ro’yxatdan o’tish shu yilning 18-Sentabrgacha davom etadi.
Ro’yxatdan o’tish sayti:
http://www.studyinkorea.go.kr/Siz ham bu akademiyaga o’qishga topshirib bepul o’qish imkoniyati va yuqoridagi stipendiyalarni olishingiz mumkin.
Eng asosiy talab sizda bakalavr diplomi va TOPIK(kamida 4-daraja) yoki IELTS sertifikati bo'lishi kerak.
Bu akademiyada:
1) Gumanitar yo’nalish – Koreya tarixi, Eski qo’lyozmalarni saqlash, Filasofiya va Koreys tili va madaniyati fakultetlari;
2) San’at yo’nalishi – Folklorshunoslik, Din asoslari, Musiqashunoslik, San’atshunoslik, Adabiyotshunoslik fakultetlari;
3) Jamiyatshunoslik yo’nalishi – Siyosatshunoslik, Jamiyatshunoslik, Ta’lim fakultetlari bor.
4) Xalqaro Koreyashunoslik
Agar sizda muddati o’tmagan TOPIK yoki IELTS sertifikati bo’lmasa, o'qishga hujjat topshira olmaysiz:(
Faqatgina Xalqaro Koreyashunoslik fakultetiga IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 bilan hujjat topshirish mumkin!
Keyin TOPIK 4-darajadan past bo’lgan(3 yoki 2-daraja) sertifikat bilan bu o’qishga hujjat topshirish mumkin emas.
Sizga kerakli boshqa ma’lumotlar quyidagi fayllarda.
P.s. GKS GKS dib etvurasila mana silaga Koreyaga magistratura va PhD uchun grant:)
#aks #grant