Oʻzbekiston delegatsiyasi Olmaotaga xizmat safari bilan tashrif buyurdi 🇺🇿🇰🇿
🤝 Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik qurilish kompaniyalarining qurilish ishlari va xizmatlari eksportini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – D.Adilov;
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi –D.Vaxabov;
Oʻzbekiston Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi – M. Niyazmuxamedov;
LAND HOUSE, MURAD BUILDINGS, Nau Homes, SOLIDEX, TREST-12, UET Construction, O`ZSHAHAR QURILISH INVEST kompaniyalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
🏗 Tashrif doirasida Olmaota shahri hokimi bilan uchrashuv oʻtkazilib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, qurilish xizmatlari eksportini rivojlantirish hamda oʻzbekistonlik kompaniyalarning istiqbolli investitsiya va qurilish loyihalaridagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.
📌 Mazkur xizmat safari Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va oʻzbekistonlik qurilish kompaniyalarining Qozogʻiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
Делегация Узбекистана посетила Алматы с рабочим визитом 🇺🇿🇰🇿
🤝 В целях развития международного сотрудничества, расширения экспорта строительных работ и услуг узбекских компаний делегация Республики Узбекистан посетила город Алматы Республика Казахстан с рабочим визитом.
В состав делегации вошли:
Заместитель министра строительства и жилищно-коммунального хозяйства Республики Узбекистан —Д.Адилов;
Председатель Торгово-промышленной палаты Республики Узбекистан — Д.Вахабов;
Председатель Ассоциации строителей Узбекистана — М.Ниязмухамедов;
Руководители и представители компаний:
LAND HOUSE, MURAD BUILDINGS, Nau Homes, SOLIDEX, TREST-12, UET Construction, O'ZSHAHAR QURILISH INVEST.
🏗 В рамках визита состоялась встреча с акимом города Алматы, в ходе которой были обсуждены перспективы двустороннего сотрудничества, развитие экспорта строительных услуг, а также участие узбекских компаний в реализации инвестиционных и строительных проектов на территории Казахстана.
📌 Рабочий визит стал важным шагом в укреплении узбекско-казахстанского сотрудничества, расширении деловых связей и создании новых возможностей для продвижения строительных компаний Узбекистана на рынке Казахстана.
☎️ +998 90-830-44-48
😁
https://t.me/office_azu🌐 Website 🌐 Instagram 😁 Telegram 📹 YouTube