Samarqandda og‘ir xastalikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Global tarmoq tuzilishi e’lon qilindi
Global tarmoq tuzilishini bugun AQShning “St. Jude” bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasi vitse-prezidenti, “St. Jude Global” direktori Karlos Rodriges-Galindo e’lon qildi.
Global tarmoq og‘ir va hayot uchun xavfli, jumladan, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida xalqaro hamkorlik va tajriba almashish uchun birinchi xonimlar hamda davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini birlashtiradi.
O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga Global tarmoq raisi bo‘ldi. Uning raislikka kirishish marosimi Bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro kongress doirasida o‘tkazildi.
Bu qaror O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar, shuningdek, Ziroat Mirziyoyevaning saratonga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy yordamdan foydalanishini ta’minlash hamda hayotiy holaridan qat’i nazar, har bir bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishdagi faol va yetakchi o‘rnining e’tirofidir.
—
В Самарканде объявили о создании Глобальной сети по поддержке детей с тяжёлыми заболеваниями
О создании Глобальной сети сегодня объявил вице-президент Детской исследовательской больницы St. Jude, директор St. Jude Global (США) Карлос Родригес-Галиндо.
Глобальная сеть объединит первых леди и супругов глав государств для международного сотрудничества и обмена опытом в целях поддержки детей с тяжёлыми и угрожающими жизни заболеваниями, в том числе онкологическими.
Председателем Глобальной сети сроком на два года стала Первая леди Узбекистана Зироат Мирзиёева. Церемония вступления в должность состоялась в рамках Международного конгресса по детскому раку.
Данное решение отражает признание достижений Узбекистана в развитии детской онкологической службы, а также активной и ведущей роли Зироат Мирзиёевой в поддержке детей с онкологическими заболеваниями, обеспечение их доступа к качественной медицинской помощи и создании условий для роста и развития ребёнка, независимо от жизненных обстоятельств.
Facebook |
Instagram