Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy Telegram channel photo

Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy

@buxoroshahhokimligiPublic Channel

Rasmiy Web-sayt: https://gov.uz/uz/buxoroshahar Мурожаатлар учун: +998 65 221-00-81 +998 65 223-11-39 @buxoroshaharmurojaatbot

147

Last views

5.9k (5,861 subscribers)
A'zolar
—
Rating
64
Total Posts
Oct 22, 2026, 8:18 PM
Yangilangan
Apr 8, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameBuxoro shahar hokimligi | Rasmiy
Username@buxoroshahhokimligi
CategoryDavlat imtihonlari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar5,861
Channel TypePublic Channel
Created8-apr, 2026
Last Updated22-okt, 2026 • 23 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#278962-49528
Til reytingi
#1433-197
Toifa reytingi
#999-215

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 5.9K30 Days growth: -560.9%
09/2309/2810/0310/0810/1310/1810/22
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
23:09:20265,917
24:09:20265,917
25:09:20265,917
26:09:20265,917
27:09:20265,917
28:09:20265,917
29:09:20265,917
30:09:20265,917
01:10:20265,917
02:10:20265,917
03:10:20265,917
04:10:20265,917
05:10:20265,917
06:10:20265,917
07:10:20265,917
08:10:20265,917
09:10:20265,917
10:10:20265,917
11:10:20265,917
12:10:20265,917
13:10:20265,917
14:10:20265,895
15:10:20265,895
16:10:20265,895
17:10:20265,895
18:10:20265,895
19:10:20265,895
20:10:20265,895
21:10:20265,895
22:10:20265,861
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20265,900
Week of 13:04:20265,900
Week of 20:04:20265,900
Week of 27:04:20265,912
Week of 04:05:20265,912
Week of 11:05:20265,902
Week of 18:05:20265,902
Week of 25:05:20265,902
Week of 01:06:20265,955
Week of 08:06:20265,955
Week of 15:06:20265,955
Week of 22:06:20265,955
Week of 29:06:20265,993
Week of 06:07:20265,993
Week of 13:07:20265,993
Week of 20:07:20265,993
Week of 27:07:20265,993
Week of 03:08:20265,886
Week of 10:08:20265,886
Week of 17:08:20265,886
Week of 24:08:20265,937
Week of 31:08:20265,937
Week of 07:09:20265,917
Week of 14:09:20265,917
Week of 21:09:20265,917
Week of 28:09:20265,917
Week of 05:10:20265,917
Week of 12:10:20265,895
Week of 19:10:20265,861
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20265,912
May 20265,902
June 20265,955
July 20265,993
August 20265,937
September 20265,917
October 20265,861
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20265,861

So'nggi postlar

Photo1/10
#shaxsiy_qabul

Bugun shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Gulhayo Haydarovaning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masala bo‘yicha tegishli tartibda tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, murojaatlarning ijrosi nazoratga olinib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Veb-sayt | Telegram |Facebook | You Tube | Instagram
147003
Photo1/2
Buxoroda Fransiya madaniyati oyligi davom etmoqda

Buxoro shahrida Fransiya madaniyati oyligi doirasida fransiyalik rassom-muhandis Maksim Turot tomonidan “Painting Mirror” (Rasm ko‘zgusi) nomli interaktiv san’at dasturi namoyish etiladi.

Dastur davomida tashrif buyuruvchilar sun’iy intellekt yordamida o‘z qiyofalarini mashhur rassomlar uslubidagi san’at asarlariga aylantirish va ularni katta ekranda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📅 Sana: 23–25-oktabr, 2026-yil
🕡 Vaqt: 18:30–21:00
📍 Manzil: Buxoro shahri, Ark qo‘rg‘oni yonida

🎟 Kirish bepul!

San’at va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligini his etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Veb-sayt | Telegram |Facebook | You Tube | Instagram
370002
Photo1/2
✔️Bugun, 23-oktabr (juma) kuni shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Gulhayo Haydarovaning shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.

📝Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga oid taklif va murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqiladi.

📆Sana: 23-oktabr;
⏱️Vaqti: soat 15:00 – 17:00 gacha;
🏫Manzil: Buxoro shahar Xalq qabulxonasi (Davlat xizmatlari markazi) binosi.

Veb-sayt | Telegram |Facebook | You Tube | Instagram
411001
Photo1/2
Mavsumiga tayyorgarlik ko’rish hamda elektr tarmoqlari va qurilmalarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida “Saodat” elektr uzatish tarmog’ida tamirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan Buxoro shahrining “Behishtiyon”, “Amir Temur”, “Navro’z”, “Bunyodkor” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta’minodida 2026-yilning 23-oktabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzulishlar kuzatilishi mumkin.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

Veb-sayt | Telegram |Facebook | You Tube | Instagram
448002
Video
💙💙💙

Buxoro viloyatining ba'zi hududlarida 23-oktabr kuni tabiiy gaz ta'minoti vaqtinçalik töxtatiladi

Buxoro şahrining Dilkuşo, M.Narshaxiy, Guliston, Sa'diy Sheroziy, Sobir Rahimov, Ğafur Ğulom, Yangiobod, Furqat, Kökaldoş, Mirzo Uluğbek, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Fayzulla Xöjayev va Muxtor Aşrafiy mahallalarida yangi qurilgan gaz quvurini işga tuşiriş hamda Kogon tumanining Beklar, Istiqbol, Nurafşon, Örtaçöl, Tutkunda mahallalarida, Buxoro tumanining Xumin va Gulşanobod mahallalarida kesimi 159, 219 mmli örta bosimli yer osti gaz quvurlarini ta’mirlaş maqsadida soat 9:00 dan to 18:00 ga qadar (aholi xonadonlar soni 15100 ta);

Buxoro tumanining Köçkömar va Şexonça mahallalarida, Buxoro şahrining Otbozor va Gulçorboğ mahallalarida kesimi 89, 100 mmli örta bosimli yer usti va yer osti gaz quvurlarini ta’mirlaş maqsadida soat 8:00 dan to 17:00 ga qadar (aholi xonadonlar soni 512 ta);

Ğijduvon tumanining Beştuva mahallasi, Qumoq mahallasi Kelaçi qişloği va Havzak mahallasi Qatağan qişloğida kesimi 57, 76 mmli örta bosimli yer usti gaz quvurlarini ta’mirlaş maqsadida soat 9:00 dan 17:00 ga qadar (aholi xonadonlar soni 441 ta);

Jondor tumanining Zarafşon, Köliyon va Xumdonak mahallalarida kesimi 57, 159 mmli örta bosimli yer usti gaz quvurlarini ta’mirlaş maqsadida soat 9:00 dan to 17:00 ga qadar (aholi xonadonlar soni 897 ta).

✍️ "Hududgaz Buxoro" GTF matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
401002
Video
Aziz yurtdoshlar!

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan salbiy illatdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilingan.

Korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz – befarq bo‘lmang. Bu kabi holatlar haqida Bosh prokuraturaning “1161” raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiling.

Shuningdek, Siz prokuratura, shu jumladan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish hamda boshqa korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari haqida ham murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaatingiz tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi hamda shaxsingiz oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

Halollik va adolat – taraqqiyot garovidir.

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

🌎Veb-sayt  📱Telegram 📱 Facebook 📱 You Tube 📱 Instagram
315001
Video
Buxoro viloyatidan E-auksion.uz savdolarida bo'lgan mol-mulklar bilan tanishing!

➖ Davlat aktivlari ➖ 73 tа
➖ Davlat mulki ijarasi ➖ 148 ta
➖ Ko'chmas mulk ➖ 306 ta
➖ Tijorat bank mulklari ➖ 199 ta
➖ Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ➖ 390 ta
➖ Qishloq xo‘jaligiga yuritish uchun ➖ 20 ta
➖ Yer uchastkalari ➖ 5508 ta
➖ Avtotransport ➖ 418 ta
➖ Ko'chma savdo joylari ➖ 1862 ta
➖ "Oʻzagrokimyohimoya" AJ mulklari ➖ 3 ta
➖ Bankrot korxona mulklari ➖ 336 ta
➖ Buyurtmachilar mulklari ➖ 9 ta
➖ Boshqa mulklar ➖ 517 ta
➖ Chorvachilik ➖ 2 ta

+998992072604 +998992073604 +998773757420

🌎Veb-sayt  📱Telegram 📱 Facebook 📱 You Tube 📱 Instagram
283001
Photo1/2
Mavsumiga tayyorgarlik ko’rish hamda elektr tarmoqlari va qurilmalarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida “Nizomiy” va “Yog’ zavodi 2” elektr uzatish tarmog’ida tamirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan Buxoro shahrining “Alisher Navoiy”, “Furqat”, “Dilkusho”, “Sa’diy Sheroziy”, “Ko’kaldosh”, “Jalol Ikromiy”, “Ibn Sino” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta’minodida 2026-yilning 19-oktabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzulishlar kuzatilishi mumkin.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

🌎Veb-sayt  📱Telegram 📱Facebook📱You Tube📱Instagram
424001
Photo1/2
Buxoro shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali tasdiqlandi

📝Ulug'bek Zadayev— shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i qabuli har haftaning seshanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha;

📝Vakant — shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i qabuli har haftaning dushanba kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha;

📝Feruz Hamroyev — shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari qabuli har haftaning chorshanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha;

📝Sharofiddin Xusenov — shahar hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qabuli har haftaning payshanba kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha;

📝Gulhayo Haydarova— shahar hokimining o'rinbosari- Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i qabuli har haftaning juma kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha;

➡️Eslatib o‘tamiz, fuqarolar qabuli Buxoro shahar Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladi.

🔼Muammo, taklif va murojaati bo‘lgan barcha fuqarolarni qabulda ishtirok etishga taklif etamiz.

🌎Veb-sayt  📱Telegram 📱Facebook📱You Tube📱Instagram
338001
Video
💙💙💙

Buxoro viloyatining ba’zi hududlarida 19-oktabr kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik toʻxtatiladi

Buxoro shahrining Behishtiyon, Guliston va Muhammad Narshaxiy mahallalarida kesimi 100 mmli boʻlgan o‘rta bosimli yer usti va yer osti gaz quvurlarini ta’mirlash maqsadida soat 9:00 dan to 18:00 ga qadar (aholi xonadonlar soni 610 ta);

Buxoro tumanining Zarmanoq va Istiqbol mahallalarida kesimi 89 va 100 mmli boʻlgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurlarini ta’mirlash maqsadida soat 9:00 dan 17:00 gacha (aholi xonadonlar soni 428 ta).

“Hududgaz Buxoro” GTF matbuot xizmati
407001
Photo1/6
Buxoro shahridagi PMK buyum bozorida yer osti suv olgichlari tashkil etildi

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Buxoro shahrida joylashgan "Markaziy" dehqon bozoriga qarashli "PMK" buyum bozori hududida yer osti suv olgichlari qurildi.

Mazkur tadbir yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan taqdirda zarur suv zaxirasidan tezkor va samarali foydalanish, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Tashkil etilgan suv olgichlari favqulodda vaziyatlarda tegishli kuch va vositalarning samarali faoliyat yuritishi hamda yong‘inlarni tezkor bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌎Veb-sayt  📱Telegram 📱Facebook📱You Tube📱Instagram
462003
Video
#yashirin_iqtisodiyot

🔵Soliqchi  tadbirkorga jazodan oldin maslahat, muammodan oldin yechim bermoqda!

Mo‘may pul topaman deb qonunni chetlab o‘tish oson tuyulishi mumkin. Ammo bugungi oson yo‘l ertangi katta muammoga aylanmasin! Oxir-oqibat, topgan foydangizdan ko‘ra zararingiz ko‘proq bo‘lib qolishi mumkin.

Yashirin iqtisodiyot — bu shunchaki qoidani buzish emas, balki o‘z biznesingizni xavf ostiga qo‘yishdir.

Ayniqsa, fiskal belgilar, avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha talablarga beparvo qarash ham qonunbuzarlikka olib kelishi mumkin.

Shunday ekan, soliqdan qochish evaziga ko‘proq daromad topish deb yillar davomida mehnat qilib qurgan biznesingizni xavf ostiga qo‘ymang.

Chunki soliqdan qochib topilgan foyda emas, qonuniy yo‘l bilan topilgan daromad barakali bo‘ladi.

Buning oqibatlari va tadbirkorlarni nimalar kutayotganini esa videorolikni oxirigacha ko‘rib, o‘zingiz xulosa qiling.

🌎Veb-sayt  📱Telegram 📱Facebook📱You Tube📱Instagram
625001
Photo1/18
⚡️Buxoro shahrida turizm rivoji va aholi bandligiga xizmat qiluvchi yangi loyiha

📍Buxoro shahrining "Hamid Olimjon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, turizm salohiyatini yuksaltirish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

📌Xususan, mahallaning Namozgoh ko‘chasida joylashgan “Shamsobod Hotel” mehmonxonasi hududda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalardan biri hisoblanadi. 11 ta xonadan iborat bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida 22 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega mazkur mehmonxona sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda shaharning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

🖥Loyihaning muhim jihatlaridan biri shundaki, mehmonxona faoliyati natijasida yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu esa mahalliy aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va oilalar farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shadi.

✔️Mazkur tashabbus xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahallada iqtisodiy faollikni oshirish hamda Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi va turistik imkoniyatlarini keng targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.

📊"Hamid Olimjon" mahallasida tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Zero, har bir yangi loyiha hudud taraqqiyoti, aholi farovonligi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🌎Veb-sayt  📱Telegram 📱Facebook📱You Tube📱Instagram
500003
Photo
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari F. Xamroev tomonidan "M. Narshaxiy" mahallasi binosida "M. Narshaxiy" hamda "Dilkusho" mahallalari fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida jami 11 nafar fuqaro 14 ta masala yuzasidan murojaat qildi. Fuqarolarning murojaatlari asosan ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, turli masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Murojaatlarning 4 tasi bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar tegishli mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, murojaatlarni tezkor hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🌎 https://gov.uz/oz/buxoroshahar  📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=100090400832933 📱 https://www.youtube.com/@buxoroshaharhokimligi3717 📱 https://www.instagram.com/buxoro_shahar_hokimligi/
118001
Photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga https://president.uz/oz/lists/view/9584
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича https://president.uz/ru/lists/view/9584 в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
270001
Photo
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar, 6-mikrorayonda joylashgan 30-sonli ko‘p qavatli uy qarshisida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari yuzasidan yo‘llagan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur obyekt bo‘yicha 2025-yil 5-mart kuni Buxoro shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi tomonidan obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga 178671573-sonli ruxsatnoma berilgan.

Shuningdek, Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yil 23-iyul kuni ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida 1706401/Y-24002832-sonli davlat reyestridan ko‘chirma olingan.

2025-yil 13-mart kuni Buxoro viloyati arxitektura va qurilish boshqarmasi tomonidan obyekt bo‘yicha loyiha oldi hujjati — 1706-1706401-217110-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan.

Obyekt qurilishi bo‘yicha loyiha ishlari «Buxoro Me'mor Qurilish Plus» MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, obyektning bosh rejasi hamda fasad ko‘rinishlari Buxoro viloyati Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan ko‘rib chiqilgan va 2025-yil 26-mart kuni 265513277-sonli xulosa olingan.

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Olim Xo‘jayev MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 796-uy manzilida yashovchi fuqaro Yadgarov Sulaymon Solixovich buyurtmachiligida amalga oshirilayotgan «1-qavatida savdo do‘koni, yuqori qavatlarida ofis» binosi qurilishi obyektining loyiha ishlari bo‘yicha «Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi» DMning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2026-yil 7-iyul kuni 288420-sonli yig‘ma ekspert xulosasi olingan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi «Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 200-son qarori 5-ilovasiga muvofiq, Buxoro viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2026-yil 14-iyul kuni mazkur obyekt qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan hamda 310822796-sonli ro‘yxatga olish amalga oshirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur obyektda qurilish-montaj ishlari tegishli ruxsat beruvchi, loyiha va ekspertiza hujjatlari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda obyekt qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ro‘yxatga olinganidan so‘ng boshlanganligini ma’lum qilamiz.
276003
Photo
🔼O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi "Tuman va shahar budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Qarorining talablaridan kelib chiqqan holda Buxoro shahrida 2026-yil 1-sentabr holatida "Fuqarolar tashabbusli jamg'armasi"dan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilgan mablag'lar to'g'risida ma'lumot.

🌎 https://gov.uz/oz/buxoroshahar  📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=100090400832933 📱 https://www.youtube.com/@buxoroshaharhokimligi3717 📱 https://www.instagram.com/buxoro_shahar_hokimligi/
344001
Photo
⚡️Hurmatli buxorolik tadbirkorlar!

🔵Yangi biznes tashabbusiga ega yurtdoshlar!

➡️Sizlarning talab va istaklaringizdan kelib chiqib, bugun, 7-sentabr kuni soat 19.30dan boshlab, sizlar bilan an’anaviy onlayn muloqotimizni davom ettiramiz.

📽️ Muloqot manzili: https://us06web.zoom.us/j/8809697375?pwd=nu5oYmzU65B4jQDxklY1IwGi61wIsT.1 havolasi orqali.

📌Sizlarning qonuniy talab va takliflaringizni tinglash, mavjud muammolarga yechim topish hamda biznes tashabbuslaringizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz!

🤝 Barchangizni onlayn muloqotga taklif etamiz!

https://www.youtube.com/@bvhrasmiy
269001
Photo
📍Qarovsiz xonadon zamonaviy mehmonxonaga aylantirildi

Buxoro shahrida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. https://gov.uz/oz/buxoroshahar/news/view/215608

https://gov.uz/uz/buxoroshahar/news/view/215608

🌎 https://gov.uz/oz/buxoroshahar  📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=100090400832933 📱 https://www.youtube.com/@buxoroshaharhokimligi3717 📱 https://www.instagram.com/buxoro_shahar_hokimligi/
435004
Video
🔵Buxoro shahrida zamonaviy tibbiyot maskanlari barpo etilmoqda

Buxoro shahrida aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish maqsadida keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning https://t.me/SShMirziyoyeva belgilangan dasturga kiritilgan loyihalar asosida shahardagi qator oilaviy poliklinikalar uchun zamonaviy, barcha zarur sharoitlarga ega yangi binolar barpo etilmoqda.

Yil yakuniga qadar shahar aholisi zamonaviy tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan sifatli va qulay tibbiy xizmatlardan foydalanishi kutilmoqda.

Xususan, “To‘qimachi” MFY hududida 9-sonli oilaviy poliklinika uchun yangi bino qurilmoqda. Mazkur muassasa 46 ming nafarga yaqin aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Hozirda poliklinika 1972-yilda qurilgan, tibbiy standartlarga to‘liq javob bermaydigan moslashtirilgan binoda — kam ta’minlangan fuqarolar uchun mo‘ljallangan yotoqxona binosida faoliyat yuritib kelmoqda.

Yangi loyiha doirasida 5 qavatli, umumiy maydoni 2 760 kvadrat metr bo‘lgan zamonaviy tibbiyot maskani barpo etilmoqda. Qurilish ishlariga 22 mlrd so‘m, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash uchun 2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shu bilan birga, amaldagi yotoqxona binosi ham to‘liq ta’mirlanib, unda yashayotgan fuqarolar uchun munosib va qulay sharoitlar yaratiladi.

“Shirbudin” MFY hududida 6-sonli oilaviy poliklinika uchun ham yangi bino barpo etilmoqda. 35 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur muassasa uchun yangi ob’yekt qurilishiga 22 mlrd so‘m, tibbiy jihozlar bilan ta’minlashga esa 2 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Ayni paytda qurilish maydonida kotlovan qazish ishlari yakunlanib, poydevor qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shuningdek, “Amir Temur” MFY hududida 3-sonli oilaviy poliklinikaning yangi binosi barpo etilmoqda. 1967-yilda qurilgan mavjud bino o‘rniga 4 qavatli, umumiy maydoni 2 760 kvadrat metr bo‘lgan zamonaviy tibbiyot muassasasi quriladi.

Obyekt qurilishiga 17 mlrd so‘m, tibbiy jihozlar bilan ta’minlashga 2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirda eski binoda demontaj ishlari olib borilib, yangi qurilish uchun hudud tayyorlanmoqda.

Yangi poliklinikalarda oilaviy shifokorlar va tor soha mutaxassislari qabul xonalari, telemedisina imkoniyatlari, markaziy sterilizatsiya bo‘limlari hamda bemorlar uchun zarur barcha qulayliklar yaratiladi.

Eng muhimi, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish imkoniyatlari kengayadi. Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish uchun uzoq masofaga borishiga ehtiyoj kamayadi, zarur mutaxassislar qabuli va zamonaviy tibbiy xizmatlar aholi yashash hududlariga yanada yaqinlashadi.

Bunyodkorlik ishlari nafaqat yangi tibbiyot binolarini barpo etish, balki shahar tibbiyot tizimini zamonaviy talablar asosida yangilash, tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholi uchun qulay tibbiy muhit yaratishga qaratilgan.

🌎 https://gov.uz/oz/buxoroshahar  📱 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=100090400832933📱 https://www.youtube.com/@buxoroshaharhokimligi3717📱 https://www.instagram.com/buxoro_shahar_hokimligi/
741005

Showing 30 of 64 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy Telegram kanali nima haqida?+

Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy (@buxoroshahhokimligi) — tgdio da Davlat imtihonlari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 5 861 obunachi bor.

Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy (@buxoroshahhokimligi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @buxoroshahhokimligi ga bepul obuna bo‘ling.

Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy yaxshi Davlat imtihonlari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 5 861 obunachi bor. O‘xshash Davlat imtihonlari kanallar bilan solishtiring.

Buxoro shahar hokimligi | Rasmiy statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @buxoroshahhokimligi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.