1/20#Buxoro_tumani
📍Xabar berganimizdek, Buxoro tumanining “Saxovat” mahallasida zamonaviy agrosanoat majmuasi hamda enoturizm markazini o‘z ichiga olgan yirik investitsiyaviy loyiha izchil amalga oshirilmoqda.
✔️“Buxoro Agro Star” MCHJ va “Gala River” MCHJ negizida tashkil etilgan “Oʻlmas Gold” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan mazkur majmua hududda qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni shakllantirish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
➡️Loyiha doirasida ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari o‘zaro integratsiya qilinmoqda. Xususan, hududda yiliga 30 ming nafargacha mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan enoturizm markazi tashkil etilmoqda.
🖥️Markazda tashrif buyuruvchilar uchun ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, mahsulotlarni degustatsiya qilish, hududning qishloq xo‘jaligi salohiyati va mahalliy an’analarini o‘rganish imkoniyatlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
⚡️Ayni paytda loyiha doirasidagi ishlar bir necha yo‘nalishda olib borilmoqda. Jumladan, plastik quti ishlab chiqarish sexi allaqachon ishga tushirilgan.
📈Shuningdek, sharbat ishlab chiqarish sexi, 500 tonna sig‘imga ega sovutgichli ombor, restoran, muzey va boshqa obyektlarda qurilish-montaj ishlari jadal davom ettirilmoqda.
⬇️Majmuaning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, obyektlarning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash uchun elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, quyosh panellarini o‘rnatish hamda zarur muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
⌛Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Buxoro tumanining nafaqat agrosanoat, balki turizm salohiyatini ham yanada oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va turizm yo‘nalishlarining bir majmuada uyg‘unlashuvi hududda yangi sayyohlik mahsulotlarini yaratish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
📣Enoturizm markazining faoliyati orqali mahalliy va xorijiy sayyohlarga Buxoroning qishloq xo‘jaligi, uzumchilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish an’analari bilan tanishish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bu esa hududga tashrif buyuruvchilar sonini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
🔼Viloyat hokimi Botir Zaripov hududda bo‘lib, agrosanoat majmuasi va enoturizm markazidagi ishlar bilan tanishdi.
✔️O‘rganishlar davomida mazkur loyihani amalga oshirish jarayoni, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini yaratish ishlari ko‘zdan kechirildi.
💬Yakunda tashabbus ijrosiga daxldor mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
🔖Yirik agrosanoat va enoturizm majmuasining to‘liq ishga tushirilishi Buxoro tumanida ishlab chiqarish va turizmni rivojlantirish, zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube









