1/20#Buxoro_tumani
šXabar berganimizdek, Buxoro tumanining āSaxovatā mahallasida zamonaviy agrosanoat majmuasi hamda enoturizm markazini oāz ichiga olgan yirik investitsiyaviy loyiha izchil amalga oshirilmoqda.
āļøāBuxoro Agro Starā MCHJ va āGala Riverā MCHJ negizida tashkil etilgan āOŹ»lmas Goldā MCHJ tomonidan barpo etilayotgan mazkur majmua hududda qishloq xoājaligi va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, yangi turistik yoānalishlarni shakllantirish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun zamonaviy xizmatlarni yoālga qoāyishga qaratilgan.
ā”ļøLoyiha doirasida ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va xizmat koārsatish yoānalishlari oāzaro integratsiya qilinmoqda. Xususan, hududda yiliga 30 ming nafargacha mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat koārsatishga moāljallangan enoturizm markazi tashkil etilmoqda.
š„ļøMarkazda tashrif buyuruvchilar uchun ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, mahsulotlarni degustatsiya qilish, hududning qishloq xoājaligi salohiyati va mahalliy anāanalarini oārganish imkoniyatlarini yaratish koāzda tutilgan.
ā”ļøAyni paytda loyiha doirasidagi ishlar bir necha yoānalishda olib borilmoqda. Jumladan, plastik quti ishlab chiqarish sexi allaqachon ishga tushirilgan.
šShuningdek, sharbat ishlab chiqarish sexi, 500 tonna sigāimga ega sovutgichli ombor, restoran, muzey va boshqa obyektlarda qurilish-montaj ishlari jadal davom ettirilmoqda.
ā¬ļøMajmuaning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, obyektlarning barqaror faoliyat yuritishini taāminlash uchun elektr taāminoti tizimini yaxshilash, quyosh panellarini oārnatish hamda zarur muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
āMazkur loyihaning amalga oshirilishi Buxoro tumanining nafaqat agrosanoat, balki turizm salohiyatini ham yanada oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, qishloq xoājaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va turizm yoānalishlarining bir majmuada uygāunlashuvi hududda yangi sayyohlik mahsulotlarini yaratish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
š£Enoturizm markazining faoliyati orqali mahalliy va xorijiy sayyohlarga Buxoroning qishloq xoājaligi, uzumchilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish anāanalari bilan tanishish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bu esa hududga tashrif buyuruvchilar sonini koāpaytirish, xizmat koārsatish sohasini rivojlantirish va yangi ish oārinlari yaratishga ijobiy taāsir koārsatishi kutilmoqda.
š¼Viloyat hokimi Botir Zaripov hududda boālib, agrosanoat majmuasi va enoturizm markazidagi ishlar bilan tanishdi.
āļøOārganishlar davomida mazkur loyihani amalga oshirish jarayoni, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini yaratish ishlari koāzdan kechirildi.
š¬Yakunda tashabbus ijrosiga daxldor masāullarga tegishli tavsiyalar berilib, loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish boāyicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
šYirik agrosanoat va enoturizm majmuasining toāliq ishga tushirilishi Buxoro tumanida ishlab chiqarish va turizmni rivojlantirish, zamonaviy xizmatlar koālamini kengaytirish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube









