Davlat Ijtimoiy sug'urtasi Telegram channel photo

Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida sugʻurta badallari va stajlari hisobini yuritish, sugʻurtalangan shaxslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash va toʻlash tartibi bo'yicha yangiliklar

4k

Last views

2.2k (2,246 subscribers)
A'zolar
—
Rating
32
Total Posts
Oct 16, 2026, 10:19 AM
Yangilangan
Apr 15, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameDavlat Ijtimoiy sug'urtasi
Username@davlat_ijtimoiy_sugurtasi
CategoryKreditlar va sug'urta
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,246
Channel TypePublic Channel
Created15-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 7 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#32150+147
Til reytingi
#300+2
Toifa reytingi
#24O'zgarish yo'q

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.2K30 Days growth: +21110.4%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20262,035
18:09:20262,035
19:09:20262,108
20:09:20262,108
21:09:20262,108
22:09:20262,108
23:09:20262,108
24:09:20262,108
25:09:20262,108
26:09:20262,108
27:09:20262,108
28:09:20262,108
29:09:20262,108
30:09:20262,108
01:10:20262,108
02:10:20262,108
03:10:20262,108
04:10:20262,108
05:10:20262,108
06:10:20262,108
07:10:20262,108
08:10:20262,108
09:10:20262,108
10:10:20262,108
11:10:20262,108
12:10:20262,108
13:10:20262,108
14:10:20262,108
15:10:20262,108
16:10:20262,246
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:20261,443
Week of 20:04:20261,443
Week of 27:04:20261,466
Week of 04:05:20261,466
Week of 11:05:20261,466
Week of 18:05:20261,466
Week of 25:05:20261,466
Week of 01:06:20261,466
Week of 08:06:20261,466
Week of 15:06:20261,466
Week of 22:06:20261,466
Week of 29:06:20261,666
Week of 06:07:20261,666
Week of 13:07:20261,666
Week of 20:07:20261,666
Week of 27:07:20261,666
Week of 03:08:20261,666
Week of 10:08:20261,666
Week of 17:08:20261,950
Week of 24:08:20261,950
Week of 31:08:20262,021
Week of 07:09:20262,035
Week of 14:09:20262,108
Week of 21:09:20262,108
Week of 28:09:20262,108
Week of 05:10:20262,108
Week of 12:10:20262,246
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,443
May 20261,466
June 20261,466
July 20261,666
August 20262,021
September 20262,108
October 20262,246
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,246

So'nggi postlar

Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

09-okt, 2026, 14:59

Photo1/2
#Bilasizmi?

Kasallik nafaqasi ayrim fuqarolar uchun nega ko‘proq to‘lanadi?

❓Savol:

Ayrim toifalar uchun kasallik nafaqasini hisoblashdagi staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshirilishini bilasizmi?

✅ Javob:
Yangi tartibga ko‘ra, ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar uchun kasallik nafaqasini hisoblashda qo‘llaniladigan staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshiriladi.
Masalan:
✅ odatda 60 foizlik koeffitsiyent qo‘llanadigan bo‘lsa — 80 foiz;
✅ 80 foizlik koeffitsiyent qo‘llanadigan bo‘lsa — 100 foizgacha oshiriladi.

Bu qo‘shimcha kafolat:
✅ qaramog‘ida 18 yoshga to‘lmagan 4 nafar yoki undan ortiq farzandi bor sugʻurtalangan shaxslarga;
✅ qaramogʻida nogironligi boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan farzandi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga;
✅ I va II guruh nogironligi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga.

Nafaqa tayinlash jarayoni proaktiv amalga oshiriladi, ya’ni fuqaro alohida ariza topshirishi talab etilmaydi. Zarur ma’lumotlar elektron tizimlar orqali olinadi.

To‘lov tartibi:
✅ bir kalendar yilda dastlabki 5 kun uchun — ish beruvchi;
✅ 6-kundan boshlab — Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi.

To‘lov muddatlari:
✅ oyning 1–15-sanalarida tayinlangan nafaqa — shu oyning 25-sanasigacha;
✅ 16–31-sanalarida tayinlangan nafaqa — keyingi oyning 10-sanasigacha moliyalashtiriladi.

Bu tartib kasallik davrida ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning daromadini yanada kuchliroq himoya qilishga xizmat qiladi.

🌐 Batafsil: baraka.gov.uz

📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
3,950004
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

08-okt, 2026, 11:42

Photo1/2
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025-yildagi 796-sonli qarori (https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab sug'urta qilingan shaxslarga yuzaga kelgan sug'urta hodisasiga nisbatan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan to'lanishi belgilangan. 🏛

📆 2026-yilning 16—30-sentabr sanalari oralig'ida sug'urta qilingan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Kasallik" bo'yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar (birinchi navbatda sug'urta qilingan shaxsning ijtimoiy kartasiga, ijtimoiy kartasi mavjud bo'lmaganda, virtual ijtimoiy karta ochilib, ushbu virtual kartaga) o'tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma'lum qilamiz. 💳💰

📲 Virtual karta ma'lumotlari uchun "Baraka" ilovasini yuklab olish havolasi

📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: baraka.gov.uz

📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
2,470002
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

08-okt, 2026, 11:41

Photo1/2
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025-yildagi 796-sonli qarori (https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sug'urta qilingan shaxslarga yuzaga kelgan sug'urta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tug'ish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan to'lanishi belgilangan. 🏛

📆 2026-yilning 16—30 sentabr sanalari oralig'ida sug'urta qilingan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Homiladorlik va tug'ish" bo'yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar (birinchi navbatda sug'urta qilingan shaxsning ijtimoiy kartasiga, ijtimoiy kartasi mavjud bo'lmaganda, virtual ijtimoiy karta ochilib, ushbu virtual kartaga) o'tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma'lum qilamiz. 💳💰

📲 Virtual karta ma'lumotlari uchun "Baraka" ilovasini yuklab olish havolasi

📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: baraka.gov.uz

📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
2,400000
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

07-okt, 2026, 12:28

Photo1/12
Ijtimoiy sug‘urta: 9 oyda 235 201 nafar fuqaroga 1,43 trillion so‘m nafaqa to‘landi

2026-yilda davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida nafaqalarni tayinlash va to‘lashni fuqarolar uchun yanada qulay, shaffof va kafolatli qilishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etildi.

Endilikda homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali proaktiv, ya’ni fuqaroning alohida murojaatisiz tayinlanmoqda.

❗️ 2026-yilning to‘qqiz oyida davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi orqali 235 201 nafar fuqaroga jami 1,43 trillion so‘m nafaqa to‘lab berildi.

Shundan:
✅ 111 689 nafar ayolga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi sifatida 1 trillion 269,5 milliard so‘m to‘landi;
✅ 123 512 nafar fuqaroga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi sifatida 159,2 milliard so‘m to‘landi.

Yangi tizimning asosiy maqsadi — ish beruvchilarni ortiqcha moliyaviy yukdan ozod qilish hamda ishlayotgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini davlat tomonidan kafolatlash.

Shu bilan birga, ijtimoiy nafaqalarni to‘lashni ish beruvchining xohishi yoki moliyaviy imkoniyatiga bog‘liq holatdan chiqarish, jarayonlarni raqamlashtirish va fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Raqamlar ortida bitta maqsad bor — insonning ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlash va zarur paytda davlat ko‘magini o‘z vaqtida yetkazish.

🎖 ihma.uz

📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
2,420001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

06-okt, 2026, 15:12

Video
Kasallik nafaqasi qanday tayinlanadi?

Kasallik nafaqasi miqdori barcha uchun bir xil emas. Uni hisoblashda xodimning sug‘urta staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega.

Elektron kasallik varaqasi shakllantirilgach, zarur ma’lumotlar tizim orqali olinadi va nafaqani tayinlash jarayoni avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Agar ma’lumotlarda xatolik yoki kamchilik aniqlansa, ularni tegishli tartibda to‘g‘rilash mumkin.

Eng muhimi, endi kasal bo‘lib qolganingizda ortiqcha hujjat ko‘tarib, idorama-idora yurishingiz shart emas. Tizim zarur ma’lumotlarni avtomatik ravishda oladi.

❗️ O‘z huquqingizni biling va ma’lumotlaringiz to‘g‘ri kiritilganini tekshirib boring.

🎖 ihma.uz

📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
2,310001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-okt, 2026, 10:37

Photo1/10
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi qanday o‘zgardi?

Avvallari vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa tayinlash va hisob-kitob jarayonlarida ish beruvchi hamda buxgalteriya mexanizmlari asosiy o‘rin tutgan.

Bugun esa bu jarayonlar to’liq raqamlashtirilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi yagona tizimi asosida ishlamoqda.

2026-yildan boshlab:
✅ ma’lumotlar elektron tizimlar orqali olinadi;
✅ nafaqalar proaktiv tarzda tayinlanadi;
✅ sug‘urta staji va to‘langan badallar hisobga olinadi;
✅ vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining bir yilda dastlabki 5 kuni uchun to‘lov ish beruvchi, 6-kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ya’ni, o‘zgarish faqat to‘lov manbasida emas.

Bu qog‘ozbozlikdan raqamli axborotga, murakkab hisob-kitoblardan shaffof timizga, alohida jarayonlardan markazlashgan mexanizmga, murojaat asosidagi xizmatdan proaktiv xizmatga o‘tishdir.

Tarix va bugun o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, tizim endi inson uchun yanada sodda, qulay, tushunarli va raqamli shaklda ishlashga yo‘naltirilgan.

🎖 ihma.uz

📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
2,370002
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

03-okt, 2026, 12:19

Photo1/2
#savol_javob

Kasallik nafaqasi bo‘yicha eng ko‘p beriladigan 5 savol

❓Savol:

Kasallik nafaqasining dastlabki 5 kuni har bir kasallik holati uchun alohida hisoblanadimi?

✅ Javob:
Yo‘q. Dastlabki 5 kun har bir kasallik varaqasi uchun emas, bir yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha bo‘lgan qismi ish beruvchi tomonidan, oltinchi kundan boshlab esa to‘lov Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.

❓Savol:

Xodim bir yil davomida bir necha marta kasal bo‘lsa, nafaqani kim to‘laydi?

✅ Javob:
Tegishli kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha bo‘lgan qismi— ish beruvchi hisobidan to‘lanadi. Keyingi kasallik kunlari esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi. Nafaqa, bir kalendar yilida jami 182 kalendar kungacha to‘lanadi. Yakshanba va bayram kunlari uchun nafaqa hisoblanmaydi.
Misol: xodim birinchi marta 3 kun kasal bo‘ldi — 3 kunni ish beruvchi to‘laydi. Ikkinchi marta 4 kun kasal bo‘lsa, uning dastlabki 2 kunini ish beruvchi, qolgan 2 kunini Jamg‘arma to‘laydi. Keyingi kasallik kunlari esa Jamg‘arma hisobidan to‘lanadi.

❓Savol:

Kasallik nafaqasi miqdori qanday aniqlanadi va undan daromad solig‘i ushlab qolinadimi?

✅ Javob:
Nafaqa miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqi va sug‘urta stajiga qarab hisoblanadi. Sug‘urta staji 6 oydan 8 yilgacha bo‘lsa — o‘rtacha oylik ish haqining 60 foizi, 8 yildan ortiq bo‘lsa — 80 foizi miqdorida hisoblanadi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, qaramog‘ida 18 yoshga to‘lmagan to‘rt yoki undan ortiq farzandi bo‘lgan yoxud qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lgan sug‘urtalangan shaxslarga staj koeffitsienti 20 foiz bandga oshirilgan holda hisoblanadi. Hisoblangan nafaqadan jismoniy shaxslar daromad solig‘i ushlab qolinadi.

❓Savol:
Nafaqa kechiksa yoki tizimda uning holati ko‘rinmasa, qayerga murojaat qilish kerak?

✅ Javob:
Avvalo ish beruvchining kadrlar yoki buxgalteriya bo‘limiga murojaat qilib ish haqi hamda mehnat stajiga oid ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilganini tekshirish lozim.  Kasallik varaqasi bo‘yicha muamma bo‘lsa ushbu kasallik varaqasini rasmiylashtirilgan tibbiyot muassasasiga, nafaqa holatini my.gov.uz orqali ham ko‘rish va qo‘shimcha ma’lumot uchun 1070 call-markaziga murojaat qilish mumkin.

❓Savol:

Xodim bir nechta tashkilotda yoki to‘liq bo‘lmagan ish vaqtida ishlasa, nafaqa qanday hisoblanadi?

✅ Javob:
O‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodim uchun ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan qism, ya’ni kalendar yilidagi dastlabki 5 kun har bir ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.
To‘liq bo‘lmagan ish vaqtida ishlovchi xodimning nafaqasi esa haqiqatda hisoblangan o‘rtacha ish haqi va sug‘urta stajidan kelib chiqib aniqlanadi.

❗️ Kasallik nafaqasi bo‘yicha tartiblarni bilish — to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilishiga yordam beradi. Nafaqangiz bilan bog‘liq savollar bo‘lsa, rasmiy manbalardan ma’lumot oling yoki 1070 call-markaziga murojaat qiling.


🎖 ihma.uz

📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
2,140001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

01-okt, 2026, 16:44

Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar!
Qadrli ustozlar!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi nomidan sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish, ularning bilim olishi, qobiliyatini rivojlantirishi va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdek mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajarib kelayotganingizni yuksak qadrlaymiz.

Ayniqsa, har bir bolaning, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi va rivojlanishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi mehnatingiz alohida e’tirofga loyiq.

Sizlarning bilim, tajriba, mehr va sabringiz kelajak avlodning kamol topishida muhim o‘rin tutadi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
1,670001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

30-sen, 2026, 21:23

Photo1/2
📢 Homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bo‘yicha e’lon!

🗓 2026-yilda mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan 5 mingga yaqin fuqaroning Soliq qo‘mitasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining (my.mehnat.uz) axborot tizimlaridagi ma’lumotlari to‘g‘riligi ta’minlanganligi natijasida ularga “Homiladorlik va tug‘ish” nafaqalari tayinlanib, to‘lovlar amalga oshirildi.

📱 Nafaqa tayinlanganligini va ijtimoiy kartangiz holatini “Baraka” mobil ilovasi orqali tekshirishingiz mumkin.


📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
2,970003
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

30-sen, 2026, 21:23

Photo1/16
Stajingiz bor, ammo kasallik nafaqasi tayinlanmadimi?

❗️ Bunday holatda sabab faqat ish stajiga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Nafaqa tayinlashda sug‘urta staji, ish haqi va tizimdagi ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilgani ham muhim ahamiyatga ega.

Kasallik nafaqasi bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javoblarni bir joyga jamladik:
1️⃣ Nafaqa nega tayinlanmasligi mumkin?
2️⃣ Nafaqa miqdori qanday hisoblanadi?
3️⃣ Dastlabki 5 kun uchun kim to‘laydi?
4️⃣ Mehnat yoki sug‘urta staji tizimda ko‘rinmasa, kimga murojaat qilish kerak?
5️⃣ Kasallik varaqasida xato bo‘lsa, uni kim to‘g‘rilaydi?

📌 Karuselni ko‘rib chiqing va kerakli ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashing.

🖋 Ma’lumotlaringizni oldindan tekshirish ortiqcha ovora bo‘lishning oldini oladi.


🎖 ihma.uz

📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi
2,070001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

✅ Agar siz Telegram Premium foydalanuvchisi boʻlsangiz, kanalimizni rivojlanishi uchun o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.

👉 Har bir Premium foydalanuvchi kanalga ovoz berib, qancha koʻp ovoz yigʻsak, shuncha yuqori darajaga erishamiz va yangi imkoniyatlar ochiladi!

🎁 Ochiladigan yangi imkoniyatlar!
Telegram shuningdek, kanallarga sovgʻa oʻyinlari (giveaway) oʻtkazish imkonini ham beradi. Oʻyin natijasida tanlangan gʻoliblar Telegram Premium sovgʻa sifatida olishadi.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
2,380001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

Baraka kartasiga buyurtma berish tartibi — videoqo'llanma

💳Baraka karatsiga Baraka ilovasi orqali buyurtma berish va to'lov qilish usullari haqida videoqo'llanma tayyorladik.

Videoda Baraka kartasiga to'lovni Baraka, Click va Paynet ilovalari orqali to'lash usullarini qadamma-qadam ko'rsatdik.

Baraka'ning https://www.youtube.com/@BarakaKarta videoni yaqinlaringizga ulashing.

📹Videoga havola👇

https://youtu.be/wEY7h-1Zatk

https://barakakarta.onelink.me/b513/5hvxv58a

📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: https://baraka.gov.uz/ijtimoiy-sugurta/

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Video Thumbnail
4,950001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

Photo
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash tartibi yanada takomillashtirilmoqda

🖋 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-avgustdagi 440-son qarori bilan homiladorlik va tug‘ish – “dekret”, shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik – “kasallik” nafaqalarini tayinlash tartibi takomillashtirildi.

✅ Eng muhim o‘zgarishlar:

✅ 6 oylik uzluksiz sug‘urta stajini hisoblash tartibi yengillashtirildi. Endi mehnat munosabatlari saqlangan holda ish haqi to‘lanmagan oylar, jumladan o‘z hisobidan olingan ta’til, shuningdek kasallik davri sug‘urta stajining uzilishiga sabab bo‘lmaydi.

✅ Kam maosh oluvchi va to‘liq bo‘lmagan stavkada ishlovchilar uchun ham sug‘urta staji hisoblanadi. Oylik ish haqi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari va undan ko‘p bo‘lsa – 1 oy, bir baravardan kam bo‘lsa – yarim oy sug‘urta staji sifatida hisobga olinadi.

✅ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda dekret ta’tili uzaytirilsa, qo‘shimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bu nafaqa miqdorining asossiz kamayib ketishining oldini oladi.

📌 Eng asosiy natija: yangi tartib natijasida qo‘shimcha 3 000 nafarga yaqin ayolda dekret nafaqasini olish huquqi paydo bo‘ladi.

✅ Muhimi, ushbu o‘zgarishlar 2026 yil 13 maydan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalariga ham tatbiq etiladi.

❗️ Yani, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimidagi har bir yangi qadam orqali ko‘proq fuqaroni qamrab olish, past daromadli xodimlar va onalarning huquqini himoya qilish, ortiqcha cheklovlarni kamaytirish hamda nafaqalarni adolatli va shaffof tayinlash imkoniyatlari kengaymoqda.

🎖 http://ihma.uz/

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
45,6000011
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

Photo
📢 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi — nafaqa olish uchun asosiy hujjat!

Hurmatli fuqarolar! Sizga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlanishi va to‘lanishi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi muhim ahamiyatga ega ekanligini eslatib o‘tamiz.

📜 Qonunchilik asoslari
1. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori ( https://lex.uz/docs/-7926684)
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq:
- 2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
- 2026-yil 1-iyuldan boshlab esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) nafaqasi - Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan to‘lab borilmoqda.

👉 Qarorning 4-ilovasi bilan tasdiqlangan (Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida) Nizomning 5-bandiga asosan:
“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos hisoblanadi.”

2. Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i (17.04.2015, ro‘yxat raqami 2667, https://lex.uz/docs/-2625878)
Mazkur buyruqda mehnatga layoqatsizlik varaqasi va maʼlumotnomasining huquqiy maqomi quyidagicha belgilangan:
1. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi — shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlash uchun asos boʻladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.
2. Mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi — shaxsni ishdan (oʻqishdan) ozod qilish uchun asos boʻladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.

❗️ Nima uchun bu muhim?
Nafaqa olish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga etibor bering.
Varaqa:
✅ Ishdan ozod qilish uchun asos;
✅ Nafaqa miqdorini hisoblash uchun manba;
✅ Sug‘urta hodisasini tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir.

📌 Eslatma
Nafaqa holati va miqdori haqidagi barcha maʼlumotlar “Yagona tibbiy” axborot tizimida qayd etilgan mobil telefon raqamingizga SMS-xabarnoma shaklida yuboriladi.


📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
6,020001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

Photo
#savol_javob

❔Savol:
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlanganligi, uning miqdori yoki rad etilganligi haqidagi SMS-xabar qaysi raqamga keladi?

✅Javob:
Siz tibbiy muassasada mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirganingizda “Yagona tibbiy” axborot tizimiga kiritilgan mobil telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi!


🔔 Tibbiyot muassasasida raqamingizni tekshirib, to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling!:
👉 Varaqani rasmiylashtirayotganda o‘zingizning faol, ishlatayotgan telefon raqamingizni to‘g‘ri va aniq kiritishingizni so‘raymiz.
Agar raqam noto‘g‘ri bo‘lsa, sizga nafaqa holati, miqdori haqida muhim SMS-xabarda yetib bormasligi mumkin.

📆 Eslatib o‘tamiz:
✅ 2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
✅ 2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) nafaqasi -
Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lab berilmoqda. Barcha jarayonlar “Ijtimoiy sug‘urta” axborot moduli orqali avtomatik boshqariladi.


📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
2,150001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

Photo
Kasallik va homiladorlik nafaqalarini “Baraka” virtual kartasiga o‘tkazish tartibi

📱Agar sizga kasallik yoki homiladorlik nafaqasi tayinlangan bo‘lsa, bu mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkazib beriladi.

💳Avtomatik o‘tkazma: Sizda “Baraka” kartasi allaqachon mavjud bo‘lsa(!), nafaqangiz hech qanday qo‘shimcha harakatlarsiz avtomatik ravishda shu kartaga tushadi.

💱Virtual karta ochish: Agar sizda hali “Baraka” ijtimoiy kartasi bo‘lmasa(!), “Baraka” mobil ilovasi orqali siz uchun avtomatik tarzda virtual ijtimoiy karta ochiladi va nafaqa to‘lovi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shunga yo‘naltiriladi.

💡Muhim eslatma: VIRTUAL KARTAGA EGA BO‘LISH UCHUN BANKKA BORISH SHART EMAS.

💵Nafaqa tayinlangach, “Baraka” ilovasini oching— virtual kartangiz va tushgan mablag‘lar ekranda darhol ko‘rinadi.

“ https://barakakarta.onelink.me/b513/5hvxv58a https://onelink.to/54geza oling va nafaqangizni tekshiring.

📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: http://baraka.gov.uz/

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
3,040002
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

Photo
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025-yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab sug'urta qilingan shaxslarga yuzaga kelgan sug'urta hodisasiga nisbatan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan to'lanishi belgilangan. 🏛

📆 2026-yilning 16—31-iyul sanalari oralig'ida sug'urta qilingan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Kasallik" bo'yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar (birinchi navbatda sug'urta qilingan shaxsning ijtimoiy kartasiga, ijtimoiy kartasi mavjud bo'lmaganda, virtual ijtimoiy karta ochilib, ushbu virtual kartaga) o'tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma'lum qilamiz. 💳💰

📲 https://onelink.to/54geza

📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: http://baraka.gov.uz/

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
4,240001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

Photo
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025-yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sug'urta qilingan shaxslarga yuzaga kelgan sug'urta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tug'ish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan to'lanishi belgilangan. 🏛

📆 2026-yilning 16—31-iyul sanalari oralig'ida sug'urta qilingan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Homiladorlik va tug'ish" bo'yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha to'lovlar (birinchi navbatda sug'urta qilingan shaxsning ijtimoiy kartasiga, ijtimoiy kartasi mavjud bo'lmaganda, virtual ijtimoiy karta ochilib, ushbu virtual kartaga) o'tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma'lum qilamiz. 💳💰

📲 https://onelink.to/54geza

📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: http://baraka.gov.uz/

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
29,200000
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

05-sen, 2026, 23:48

Photo
📌 Hurmatli fuqarolar!

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalari bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, 2026-yil 1-iyuldan boshlab esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi.

📆 2026-yilning 16–31-iyul kunlari oralig‘ida sug‘urta qilingan shaxslarga rasmiylashtirilgan “Homiladorlik va tug‘ish” hamda “Kasallik” bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari asosida tayinlangan nafaqalarni to‘lash uchun fuqarolar nomiga virtual ijtimoiy kartalar ochish jarayoni yakunlanmoqda.

💳 Nizomning (Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi) 34-bandiga muvofiq, oyning 16-sanasidan oy oxirigacha tayinlangan davlat ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotlar keyingi oyning 10-sanasiga qadar shakllantiriladi va to‘lov ro‘yxati tuziladi.

💰 Nizomning 37-bandiga muvofiq, shakllantirilgan to‘lov ro‘yxati asosida nafaqalar 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

❗️Shu munosabat bilan, 2026-yil 16–31-iyul kunlari tayinlangan nafaqalar bo‘yicha virtual ijtimoiy kartalarni ochish hamda nafaqa mablag‘larini to‘lash jarayonlari belgilangan tartibda davom etayotganini ma’lum qilamiz.

📞 Ishonch telefoni: 1070
🌐 Batafsil ma’lumot: http://baraka.gov.uz/⁠


📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
4,830005
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Photo
#savol_javob

❔Savol:

Ijtimoiy sug‘urta tizimi doirasida qanday kafolatlar va to‘lovlarni olaman?

✅Javob:

Fuqarolar majburiy va ixtiyoriy asoslarda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinadi.

❔Savol:

Kimlar majburiy sug‘urtalanuvchilar?

✅Javob:

- Mehnat shartnomasi asosida band bo‘lgan xodimlar;
- Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida ishlovchilar;
- Yuridik shaxslarning rahbarlari sifatida faoliyat yuritadigan fuqarolar;



❔Savol:

Kimlar ixtiyoriy sug‘urtalanuvchilar?

✅Javob:

- O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandlik sub’ektlari;
- Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a’zolari;
- O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan savdo uylarida, vakolatxonalar va tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- Chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- Ishlamaydigan fuqarolar, agar ular uchun sug‘urta badali eri (xotini) tomonidan to‘lansa;
- Yuridik shaxs muassislar (ishtirokchilar) sifatida daromad oladigan fuqarolar;
- Qonunchilikka muvofiq soliqlarni hisoblash va ushlab qolish majburiyati ish beruvchiga yuklatilmagan manbalardan daromad oladigan fuqarolar;
- O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari;
- O‘zbekiston hududida daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
1,300004
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Photo
#nafaqa

📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 - yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalangan shaxslarga yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan toʻlanishi belgilangan.

📆 2026-yilninig 1—15-aprel sanalari oraligʻida sugʻurtalangan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Homiladorlik va tugʻish" bo’yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar fuqarolarning bank kartalariga o’tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
7,360005
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan https://president.uz/oz/lists/view/9116 bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился https://president.uz/ru/lists/view/9116 по поддержке социально уязвимых категорий населения, расширению и повышению качества социальных услуг, укреплению законодательной базы в сфере.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #ijtimoiyxizmat
https://x.com/president_uz https://president.uz/ https://www.facebook.com/Mirziyoyev/ https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/ https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg https://x.com/president_uz
716000
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

✅ Agar siz Telegram Premium foydalanuvchisi boʻlsangiz, kanalimizni rivojlanishi uchun o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.

👉 Har bir Premium foydalanuvchi kanalga ovoz berib, qancha koʻp ovoz yigʻsak, shuncha yuqori darajaga erishamiz va yangi imkoniyatlar ochiladi!

🎁 Ochiladigan yangi imkoniyatlar!
Telegram shuningdek, kanallarga sovgʻa oʻyinlari (giveaway) oʻtkazish imkonini ham beradi. Oʻyin natijasida tanlangan gʻoliblar Telegram Premium sovgʻa sifatida olishadi.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
1,660005
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Photo
#Hisobot

2026-yil boshidan 33,3 ming nafar ayolga 378,6 mlrd so‘m nafaqa berildi

2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tugʻish nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan proaktiv shaklda tayinlanishi yoʻlga qoʻyldi.

Davlat va nodavlat sektorlardagi ish beruvchilar ushbu homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlashdan toʻliq ozod etilib, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan nafaqalar toʻlanmoqda.

2026-yilning oʻtgan 1-choragi davomida homiladorlik va tugʻish boʻyicha 33,3 mingta kasallik varaqalari uchun 378,6 mlrd.soʻm nafaqa toʻlab berildi.

2025-yilning 1-choragida xususiy sektorda ishlovchi 2,8 ming nafar ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlangan boʻlsa, 2026-yil 1 choragida ushbu koʻrsatkich 2,0 baravarga oshib, 5,6 ming nafarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, 2025-yilda bir nafar ayolga oʻrtacha 2,6 mln. soʻmdan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlangan boʻlsa, joriy yilning mos davrida 6,1 baravarga oshib har bir ayolga oʻrtacha 14,6 mln. soʻmdan nafaqa toʻlandi.

Buning natijasida xusuiy sektorda ishlovchi ayollarga 2025-yilda jami 7,2 mlrd. soʻm nafaqa toʻlangan, 2026-yilda esa 11,3 baravarga oshib, 81,7 mlrd. soʻm nafaqalar toʻlab berildi.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
1,700003
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Video
#Real_keys

Ijtimoiy sug‘urta – himoya va barqarorlik kafolati

↗️ Buxoro shahrida bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “The End Lotos” textile korxonasi bugungi kunda xotin-qizlar bandligini ta’minlashda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Ayni paytda ushbu korxonada 10 nafar xotin-qiz mehnat qilib, o‘z oilasi farovonligiga hissa qo‘shmoqda.

Avvalgi yillarda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi kabi to‘lovlar ayrim hollarda ish beruvchilar zimmasiga yuklatilgan edi. Bu esa tadbirkorlar uchun qo‘shimcha moliyaviy yuklama bo‘lib, ba’zi holatlarda xodimlar manfaatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. Bugungi kunda esa tizim tubdan o‘zgardi. Endilikda bunday turdagi barcha nafaqalar to‘liq Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilmoqda. Bu esa nafaqat xodimlar, balki ish beruvchilar uchun ham qulaylik yaratmoqda.
🇺🇿 Buxoro viloyati misolida ko‘radigan bo‘lsak, hozirgi kunga qadar homiladorlik va tug‘ish nafaqasi bo‘yicha jami 2995 ta ariza kelib tushgan. Shundan 1782 nafar fuqaroga nafaqalar to‘lab berilgan.

😮 Umuman olganda, ijtimoiy sug‘urta tizimidagi ushbu yangiliklar aholi ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ayniqsa xotin-qizlar bandligini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
1,560000
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Photo
#nafaqa

📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 - yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalangan shaxslarga yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan toʻlanishi belgilangan.

📆 2026-yilninig 16—31-mart sanalari oraligʻida sugʻurtalangan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Homiladorlik va tugʻish" bo’yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar fuqarolarning bank kartalariga o’tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
1,490003
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Video
#seminar

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tashkilot va muassasalar xodimlari uchun seminarlar tashkil etilmoqda.

💻 Unda davlat ijtimoiy sug‘urtasining mazmun-mohiyati jumladan, homiladorlik va tug'ish nafaqasi hamda mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlash hamda to'lash tizimida bo'lgan yangiliklar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

🖋 Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar oldilar.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
1,570001
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Video
#Real_keys

Yangi imkoniyat — yangi ishonch!

Yurtimizda davlat ijtimoiy sug‘urta tizimi yangi bosqichga chiqmoqda. Endi nafaqat davlat, balki xususiy sektorda ishlayotgan fuqarolar ham homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish imkoniyatiga ega.

Oddiy ishchi — Nilufar Beknazarova homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘liq davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali oldi.

Shu bilan birga, yangi tizim tadbirkorlar uchun ham katta yengillik yaratmoqda — ortiqcha moliyaviy yuklamalar qisqarmoqda, eng muhimi esa rasmiy mehnat munosabatlari rag‘batlantirilmoqda.

Bu o‘zgarishlar:
✅ aholini ijtimoiy himoya qiladi
✅ rasmiy bandlikni oshiradi
✅ “konvert” usulida ish haqi to‘lashni kamaytiradi
✅ iqtisodiyotda shaffoflikni taʼminlaydi

🎬 Batafsil videoda...


📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
2,300002
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi logo
Davlat Ijtimoiy sug'urtasi

29-apr, 2026, 00:22

Photo
Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yo‘lida muhim qadam!

💻 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar o‘rtasida davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi haqida keng targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

🖋 Jumladan, hududlarda aholi bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi, uning afzalliklari hamda fuqarolarga beriladigan kafolatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Fuqarolarga:
✅ vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi,
✅ homiladorlik va tug‘ish nafaqasi,
✅ sug‘urta staji va to‘lovlar tartibi,
✅ majburiy va ixtiyoriy sug‘urta imkoniyatlari bo‘yicha sodda va tushunarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxsus flayerlar tarqatildi.

👥 Targ‘ibot davomida fuqarolarning savollariga mutaxassislar tomonidan aniq va huquqiy asoslangan javoblar berilib, ijtimoiy sug‘urtaning har bir inson hayotidagi ahamiyati alohida ta’kidlanmoqda.

🔮Eng muhimi, bu kabi targ‘ibotlar aholining ishonchini oshirib, imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga yordam bermoqda.

🤝 Eslatib o‘tamiz, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bu fuqarolarni turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlovchi muhim ijtimoiy kafolat tizimidir.

📝
https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
1,630006

Showing 30 of 32 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Davlat Ijtimoiy sug'urtasi Telegram kanali nima haqida?+

Davlat Ijtimoiy sug'urtasi (@davlat_ijtimoiy_sugurtasi) — tgdio da Kreditlar va sug'urta toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 246 obunachi bor.

Davlat Ijtimoiy sug'urtasi (@davlat_ijtimoiy_sugurtasi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @davlat_ijtimoiy_sugurtasi ga bepul obuna bo‘ling.

Davlat Ijtimoiy sug'urtasi yaxshi Kreditlar va sug'urta kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Davlat Ijtimoiy sug'urtasi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 246 obunachi bor. O‘xshash Kreditlar va sug'urta kanallar bilan solishtiring.

Davlat Ijtimoiy sug'urtasi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @davlat_ijtimoiy_sugurtasi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.