1/2Kasallik nafaqasi ayrim fuqarolar uchun nega ko‘proq to‘lanadi?
❓Savol:
Ayrim toifalar uchun kasallik nafaqasini hisoblashdagi staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshirilishini bilasizmi?
✅ Javob:
Yangi tartibga ko‘ra, ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar uchun kasallik nafaqasini hisoblashda qo‘llaniladigan staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshiriladi.
Masalan:
✅ odatda 60 foizlik koeffitsiyent qo‘llanadigan bo‘lsa — 80 foiz;
✅ 80 foizlik koeffitsiyent qo‘llanadigan bo‘lsa — 100 foizgacha oshiriladi.
Bu qo‘shimcha kafolat:
✅ qaramog‘ida 18 yoshga to‘lmagan 4 nafar yoki undan ortiq farzandi bor sugʻurtalangan shaxslarga;
✅ qaramogʻida nogironligi boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan farzandi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga;
✅ I va II guruh nogironligi boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga.
Nafaqa tayinlash jarayoni proaktiv amalga oshiriladi, ya’ni fuqaro alohida ariza topshirishi talab etilmaydi. Zarur ma’lumotlar elektron tizimlar orqali olinadi.
To‘lov tartibi:
✅ bir kalendar yilda dastlabki 5 kun uchun — ish beruvchi;
✅ 6-kundan boshlab — Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi.
To‘lov muddatlari:
✅ oyning 1–15-sanalarida tayinlangan nafaqa — shu oyning 25-sanasigacha;
✅ 16–31-sanalarida tayinlangan nafaqa — keyingi oyning 10-sanasigacha moliyalashtiriladi.
Bu tartib kasallik davrida ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning daromadini yanada kuchliroq himoya qilishga xizmat qiladi.
🌐 Batafsil: baraka.gov.uz
📝 Davlat Ijtimoiy sug'urtasi
💬 Savol va javoblar uchun Telegram guruhi








![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)



