
🌟 vizasida maʼlum bir shartlar bajarilsa E7-4 vizasiga o‘tishga ruxsat beriladi. E7-4 vizasi orqali ish almashtirishga majbur bo‘lsa E7 vizasidan chiqib, ish topib rasmiy kirguncha D-10 vizasi beriladi.
Koreyada E-7-4 vizasi bilan ishlagan chet ellik ishidan ketib, D-10 vizasiga o‘tgan. Dastlab unga 6 oylik D-10 vizasi berilgan.
Viza muddati tugashiga yaqin u immigratsiya idorasiga uzaytirish uchun hujjat topshirgan. Shunda immigratsiya xodimlari uning so‘nggi 6 oy davomida nima sababdan muntazam ish bilan band bo‘lmaganiga qiziqishgan.
Immigratsiya xodimi undan qaysi kompaniyada ishlagani, qanday alba (아르바이트 — vaqtinchalik ish) qilgani va buning sabablari haqida so‘ragan.
Shuningdek, D-10 vizasida ishlash uchun tegishli ruxsat kerakligini bilish-bilmasligini aniqlashtirgan. Chet ellik bu talabni bilganini tan olgan.
Natijada, viza qoidalarini buzganligi sababli uning D-10 vizasini uzaytirish rad etilgan. Unga bir oy ichida Koreyani tark etib, o‘z mamlakatiga qaytish talabi qo‘yilgan.
D-10 vizasi bilan istalgan joyda ishlash mumkin emas. Vaqtinchalik ishga kirishdan oldin tegishli ruxsat talab qilinishini aniqlang.
Immigratsiya tekshiruvida ehtiyot bo‘ling. Viza uzaytirilayotganda ish joyingiz, daromadingiz va faoliyatingiz haqida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
🌟D-10 vizasida ishlash imkoniyati shaxsning holati, ish turi va zarur ruxsatlarga bog‘liq. Ish boshlashdan oldin 1345 immigratsiya markazi orqali aniqlashtiring.
🌟Koreyada viza bilan yashashning o‘zi yetarli emas, uning shartlariga ham qat’iy rioya qilish kerak!
2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar
Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
🔹 @epskorea1
🔹 @ishborkoreya1
🔹 @e8vizasi
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024









