Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат Telegram channel photo

Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат

@e8vizasiPublic Channel

@Hikmatillo0505 Ustozni tavsiya qilamiz. Eps-Topik (E-9) tayyorlovga murojaat qiling +998-90-200-56-00 Корея қишлоқ хўжалиги Е7 Е8 E9 имтиҳонидан ўтганлар ва энди қатнашмоқчи бўлганлар учун. 👇👇 https://t.me/joinchat/4mtWOlA5d0k1Y2Ri

227

Last views

3.6k (3,588 subscribers)
A'zolar
—
Rating
80
Total Posts
Oct 23, 2026, 3:17 AM
Yangilangan
Apr 9, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameЕ8, E7, E9 Виза Корея меҳнат
Username@e8vizasi
CategoryKoreys dramalari (K-Drama)
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar3,588
Channel TypePublic Channel
Created9-apr, 2026
Last Updated23-okt, 2026 • 23 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#450232-1240
Til reytingi
#2364-17
Toifa reytingi
#4611-8

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 3.6K30 Days growth: -1774.7%
09/2309/2810/0310/0810/1310/1810/22
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
23:09:20263,765
24:09:20263,765
25:09:20263,765
26:09:20263,765
27:09:20263,765
28:09:20263,765
29:09:20263,765
30:09:20263,765
01:10:20263,765
02:10:20263,765
03:10:20263,765
04:10:20263,765
05:10:20263,765
06:10:20263,765
07:10:20263,765
08:10:20263,765
09:10:20263,765
10:10:20263,765
11:10:20263,765
12:10:20263,765
13:10:20263,765
14:10:20263,765
15:10:20263,622
16:10:20263,622
17:10:20263,622
18:10:20263,622
19:10:20263,622
20:10:20263,622
21:10:20263,622
22:10:20263,588
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20264,543
Week of 13:04:20264,543
Week of 20:04:20264,543
Week of 27:04:20264,437
Week of 04:05:20264,437
Week of 11:05:20264,296
Week of 18:05:20264,296
Week of 25:05:20264,296
Week of 01:06:20264,296
Week of 08:06:20264,241
Week of 15:06:20264,241
Week of 22:06:20264,241
Week of 29:06:20264,087
Week of 06:07:20264,087
Week of 13:07:20264,087
Week of 20:07:20264,087
Week of 27:07:20264,087
Week of 03:08:20263,885
Week of 10:08:20263,885
Week of 17:08:20263,897
Week of 24:08:20263,848
Week of 31:08:20263,848
Week of 07:09:20263,799
Week of 14:09:20263,765
Week of 21:09:20263,765
Week of 28:09:20263,765
Week of 05:10:20263,765
Week of 12:10:20263,622
Week of 19:10:20263,588
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,437
May 20264,296
June 20264,241
July 20264,087
August 20263,848
September 20263,765
October 20263,588
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20263,588

Top 10 posts

Most viewed posts from this channel

By views
  1. #1🌟 Koreya hukumati ham ajoyibda! 2025 yilda 2 bor kichik bizneslarni q1.8K
  2. #2Миграция агентлиги Жаҳон матбуотида1.8K
  3. #3🌟 Кореяга ўқиш виза билан келиб пул топишни режа қилаётганлар учун, К1.8K
  4. #4🌟 Koreyaga ishga ketish uchun E9 vizasi bo‘yicha ishlab chiqarish soh1.7K
  5. #5🌟 Koreyada o‘qib yurgan yurtdoshlarimizga eslatma ☝1.7K
  6. #6🌟 Доимий равишда сўрайдиган саволларингиз жавоблари ушбу https://t.me1.7K
  7. #7📢 E-9 VA E-7 VIZASI ASOSIDA KOREYADA ISHLAMOQCHIMISIZ?1.6K
  8. #8📢 DIQQAT!1.6K
  9. #9🌟 E9 vizasi bo‘yicha yangilarga bo‘lib o‘tishi belgilangan nomzodlar 1.6K
  10. #10🌟 Janubiy Koreyada ishlagan yurtdoshlarimiz yaxshi bilishadi.1.6K

So'nggi postlar

Video
🌟 Koreyada viza qoidalarini buzgan chet ellik mamlakatiga qaytishga majbur bo‘ldi!

🌟 vizasida maʼlum bir shartlar bajarilsa E7-4 vizasiga o‘tishga ruxsat beriladi. E7-4 vizasi orqali ish almashtirishga majbur bo‘lsa E7 vizasidan chiqib, ish topib rasmiy kirguncha D-10 vizasi beriladi.

Koreyada E-7-4 vizasi bilan ishlagan chet ellik ishidan ketib, D-10 vizasiga o‘tgan. Dastlab unga 6 oylik D-10 vizasi berilgan.

Viza muddati tugashiga yaqin u immigratsiya idorasiga uzaytirish uchun hujjat topshirgan. Shunda immigratsiya xodimlari uning so‘nggi 6 oy davomida nima sababdan muntazam ish bilan band bo‘lmaganiga qiziqishgan.

Immigratsiya xodimi undan qaysi kompaniyada ishlagani, qanday alba (아르바이트 — vaqtinchalik ish) qilgani va buning sabablari haqida so‘ragan.

Shuningdek, D-10 vizasida ishlash uchun tegishli ruxsat kerakligini bilish-bilmasligini aniqlashtirgan. Chet ellik bu talabni bilganini tan olgan.

Natijada, viza qoidalarini buzganligi sababli uning D-10 vizasini uzaytirish rad etilgan. Unga bir oy ichida Koreyani tark etib, o‘z mamlakatiga qaytish talabi qo‘yilgan.

D-10 vizasi bilan istalgan joyda ishlash mumkin emas. Vaqtinchalik ishga kirishdan oldin tegishli ruxsat talab qilinishini aniqlang.

Immigratsiya tekshiruvida ehtiyot bo‘ling. Viza uzaytirilayotganda ish joyingiz, daromadingiz va faoliyatingiz haqida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

🌟D-10 vizasida ishlash imkoniyati shaxsning holati, ish turi va zarur ruxsatlarga bog‘liq. Ish boshlashdan oldin 1345 immigratsiya markazi orqali aniqlashtiring.


🌟Koreyada viza bilan yashashning o‘zi yetarli emas, uning shartlariga ham qat’iy rioya qilish kerak!



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

🔹 @epskorea1
🔹 @ishborkoreya1
🔹 @e8vizasi

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
227000
Photo1/16
🌟EPS TIZIMIDA ISHCHI TANLASHDA SAJANGA NIMALAR KO‘RINADI?
(Koreys tomonidan real ishchi tanlangan jarayon)

🌟 vizasi bo‘yicha koreyalik ish beruvchi (Sajang) sizni tanlash paytida kompyuterida aniq nimalarni ko‘ra oladi?

Ishchi tanlashni 2 usuli bor:
🌟Bandlik markaziga borib, u yerda nomzodlarning rezyumesini ko‘rib tanlash.
🌟EPS saytida onlayn tanlash
❤️Onlayn tanlashni ko‘rib chiqamiz.

Tanlov jarayoni: kompaniyaga 1 nafar ishchi kerak bo‘lgan tanlash jarayonini ko‘ramiz.

Ishchini qidirish va saralash tanlashdan avval Sajang tizimda nomzodlarni qidirayotganda, shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi sababli ma'lumotlar cheklangan bo‘ladi

❤️Yuqorida 2 va 3-rasmda ko‘rsatilgan bo‘yicha ish beruvchi o‘ziga kerakli davlatni, yoshini, jinsini va vaznni tanlaydi. Va shu tanlagani bo‘yicha keyingi oynada shu tanlaganiga mos keluvchi variantlar shakllanadi.

❤️Yoshi: Aniq yoshingiz ko‘rinmaydi! Sajang faqat yosh toifasini (masalan: 1980, 1990, 2000-yillarda tug‘ilganlar bo‘yicha tanlaydi.

❤️Jismoniy ko‘rsatkich: Faqatgina bo‘yi 160 sm dan baland va hokazo) ko‘rinishida filtrlanadi.

❤️Batafsil ma'lumotlar (상세 보기): 1 kishini tanlash uchun shu toifadagi nomzodlar ichidan 3 kishilik ro‘yxat shakllanadi. Siz bilgan «mediation»

❤️5-rasmga qarasangiz SPAS baʼzada turgan nomzodni qanday tanlayotgani ko‘ringan.

❤️Rasm va Video: Ushbu qidiruv va tanlov ekranida nomzodning surati va SKILL suhbat videosini ish beruvchi ko‘rolmaganini aytgan.
2-BOSQICH:
🌟"Tanlash" (채용) tugmasi bosilgandan keyin
Sajang 3 nafar nomzod ichidan quruq ma'lumotlariga qarab 1 kishini tanlab, tasdiqlaganidan keyingina tizimning boshqa oynasi ochiladi:

🌟"Alseon / Jeokgyeokja seonjeong" (알선/적격자 선정) oynasi: Shartnoma tuziladigan aynan o‘sha ishchining shaxsiy rasmi va to‘liq pasport ma'lumotlari (aniq tug‘ilgan kuni va yili) sajangga birinchi marta mana shu yerda ko‘rinadi.

🌟Ishchini tanlab bo‘lib keyin boshqasiga almashtirmoqchi bo‘lsa, hududidagi bandlik markaziga murojaat qilib "미채용" qildirish kerak, shundan keyin qayta qidirish mumkin. Bu vaqt oladi, shunga kam uchraydi

🌟Onlayn tizimda sajang sizni rasmga qarab emas, balki profilingizdagi yosh toifasi (90-yillar), bo‘y o‘lchami va Koreys tili imtihon balingizga qarab tanlaydi.
Rasmiz va qo‘shimcha maʼlumotlar faqat aniq  tanlab bo‘lgach ko‘rinadi.


Tanlovda tanlanib,tez fursatlarda Koreyaga borishlik, yaxshi ishlarda ishlab qaytishlik nasib qilsin 🤲


2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

🔹 @epskorea1
🔹 @ishborkoreya1
🔹 @e8vizasi

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
314000
Video
📌📌📌📌📌

❗️МУҲИМ ЯНГИЛИК: КОРЕЯГА ИШГА ЖОЙЛАШТИРИШ ХИЗМАТИ 80% АРЗОНЛАШДИ!

📌 Миграция агентлиги хорижда ишга жойлаштириш хизматлари учун тўловларни сезиларли даражада камайтирди. Айрим йўналишларда эса хизматлар бутунлай бепул!

Аввал 22 млн сўм
Ҳозир 4 млн 400 минг сўм
Фарқи 17 млн 600 минг сўм камроқ

📌 Янги тарифлар 2026 йил 20 октябрдан кучга кирди.

🎥 Қайси давлатга қанча тўлов белгиланди?

Батафсил — видеода.

📄 Матн шаклидаги тўлиқ маълумот, расмий буйруқ ва янги тарифлар жадвали билан танишинг👈
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

🔹 @epskorea1
🔹 @ishborkoreya1
🔹 @e8vizasi

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
308000
Video
✈️ Koreya aeroporti...

19-oktyabr dushanba kuni 🌟 vizasi va Koika o‘quv markazida o‘qib tugatgan 80 ga yaqin yurtdoshlarimiz Janubiy Koreyaga yetib kelishdi


Kelgusi ishlariga rivoj tilaymiz, yaxshi niyatlariga mehnatlari natijasida yetishsin 🤲


O‘sha gap: Niyat qilgan, harakat qilgan barchaga nasib qilsin 🌟




2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

🔹 @epskorea1
🔹 @ishborkoreya1
🔹 @e8vizasi

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
345000
Photo1/2
🌟Koreyada E-9 ishchilarining maoshi: 2026-yilgi yangi statistika qachon chiqadi?

Koreyada ishlayotgan minglab xorijliklarni qiziqtiradigan savol: 🌟 ishchilarining maoshi oshyaptimi va qancha ishchi oyiga 3 million vondan ko‘proq daromad topmoqda?

Hozircha mavjud so‘nggi rasmiy statistikaga ko‘ra:

💲68,8% — oyiga 2–3 million von maosh olgan.

💲30,5% — oyiga 3 million von yoki undan ko‘p maosh olgan.

🌟2026-yilgi yangi statistika  hali e’lon qilinmagan. Koreya Milliy ma’lumotlar idorasining rasmiy rejasiga ko‘ra, yangi tadqiqot natijalari 21-dekabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

🌟Bu statistik maʼlumotlar faqat rasmiy baʼzada ko‘ringan maʼlumotlar bo‘yicha. Odatda dam olish shanba, yakshanba kunlari dam bo‘lsa kunlik arbayt ishlariga chiqib norasmiy tarzda ham o‘z hisoblarini ( kunlik 130 ming wondan 200 ming wongacha) ko‘paytirishlari bu statistikaga kirmagan.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
315000
Video
🌟 So‘nggi vaqtlarda 🌟 ishchi vizasi bilan kirib kelayotganlar Koreyaning qaysi hududlarida oshib bormoqda?

🌟Janubiy Koreya chegarasidagi 🌟 ishchilari soni 52 foizga oshdi!

Janubiy Koreyaning Shimoliy Koreya bilan chegaradosh hududlarida 🌟 vizasi bilan ishlayotgan xorijliklar soni 2021-yil oxiridagi 23 480 nafardan 2026-yil avgustida 35 790 nafarga yetdi. Bu — 5 yilda 52,4 foiz o‘sish!

Qaysi hududlarda o‘sish eng yuqori?

🌟Inchon, Ongjin — 696,4%
🌟Gangwon, Yanggu — 434,4%
🌟Inje — 218,3%
🌟Hwachon — 197,9%

Aholisi kamayib borayotgan yoki kamayish xavfi mavjud 9 ta hududda E-9 ishchilari soni 118 foizga oshib, 3 307 nafarga yetgan.

Nima uchun xorijiy ishchilarga talab oshmoqda?

Sabablardan biri — mahalliy aholining qarishi va kamayishi. 2021-yildan 2026-yil avgustigacha ushbu hududlarda 15–64 yoshli koreyslar soni 2,6 foizga kamayib, 2,22 million kishini tashkil etdi.

Aholisi kamayib borayotgan hududlar — yoshlar boshqa shaharlarga ko‘chib ketishi, tug‘ilishning kamayishi va aholining qarishi sababli ishchi kuchi tanqisligiga duch kelayotgan joylardir. Koreya hukumati bunday hududlarni alohida belgilab, ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi. 2026-yil oktabrida mamlakat bo‘yicha aholi kamayish hududlari ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilib, 92 ta hudud belgilandi.
Migrantlar huquqlarini himoya qiluvchilar chegara hududlarida ishlayotgan xorijliklarning xavfsizligi va huquqlaridan xavotir bildirmoqda. Xususan, harbiy mashg‘ulotlar haqidagi ogohlantirishlar faqat koreys tilida berilsa, tilni yaxshi bilmaydigan ishchilar xavfni vaqtida anglamasligi mumkin.

🌟Mutaxassislar xavfsizlik ogohlantirishlarini xorijiy tillarda ham e’lon qilishni hamda migrantlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishni talab qilmoqda.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
336000
Photo1/4
#Maʼlumot

Ochilgan shaxsiy kabinetga kirolmay qolsangiz yoki login, parolni eslay olmasangiz qayta tiklash usuli. Bu avval ochilgan va kirolmay qolganlar uchun.

Employment Permit System EPS https://www.eps.go.kr/eo/EntProgCk.eo

📶 Saytga kirib 2 xil usulda qayta tiklash mumkin.

❤️ Rasmda ko‘rsatilgan ketma
-ketlikda belgilangan joylarni to‘ldirasiz.

❤️ 2 chi rasmda 1 raqami turgan joyda ID yaʼni loginni topasiz.

❤️ 2 turgan joyga topilgan ID orqali parolni topish qismiga o‘tasiz.

❤️ Belgilangan joylarni to‘ldirib "parolni topish" ni bossangiz keyingi oynaga o‘tadi.

❤️ U oynada telefoningizda aktiv bo‘lib turgan "gmail" ni kirgizsangiz shu gmail ingizga parol jo‘natiladi. Shu parolni kopiya qilib olasiz.

❤️ Va yuqoridagi ssilkaga qayta kirib topilgan ID ni loginga kelgan parolni PW qismiga yozasiz.

❤️ Kirgach sizdan yana tug‘ilgan sana so‘raladi
Masalan: 19990130 tug‘ilgan bo‘lsangiz 990130 qilib yozib OK ni bossangiz, shaxsiy kabinetingiz ochiladi. ✅




2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
408000
Video
Bugun 100 ga yaqin yurtdoshlarimiz 🌟viza bilan Koreyaga jo‘nashmoqda

Safarlari bexatar bo‘lsin, nimaniki yaxshi niyat qilib ketishayotgan bo‘lsa, mehnatlarini rohatida ko‘rishsin 🤲

Niyat qilgan, harakat qilgan barchaga nasib qilsin 🌟



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
443003
Video
🇳🇵🌟 Непалнинг Кореядаги "Яширин қуроли": NRNA ташкилоти Е9 ишчи визага нима беради ва бизга нима етишмаяпти?

Кореяда Непал ишчиларининг устунлиги фақатгина "инглиз тили" ёки "итоаткорлик" эмас. Уларнинг энг катта кучи — давлатдан мустақил равишда тузилган NRNA (Non-Resident Nepali Association) нодавлат улкан тармоғидир.

Ушбу ташкилот қиладиган ишларни ва унинг мигрантларга фойдасини оддий тилда солиштирсак:

🌟 NRNA қандай ишлайди ва фойдаси нимада?

🌟Муаммоларни тезкор ҳал қилиш: Агар непаллик ишчи заводда ҳаққини ололмаса, касал бўлса ёки ҳуқуқи бузилса — у ёлғиз қолмайди. Ташкилот зудлик билан маҳаллий адвокат ёллаб, ишчининг ҳуқуқини ҳимоя қилади.
🌟Ижтимоий суғурта ва кўмак: Дам олиш кунлари ишчилар учун бепул корейс тили, қонунчилик ва молиявий саводхонлик курслари ташкил этилади.
🌟Юмшоқ PR (Имиж яратиш): Корея ОАВ ва ҳокимиятлари билан ҳамкорликда йирик маданий фестиваллар ўтказади. Корейсларга ўз миллатини "фақат қора ишчи" эмас, "маданиятли ҳамкор" сифатида таништиради. Бу эса корейс бошлиқларининг уларга бўлган ишончини оширади.


Бугунги кунда Кореяда PR етишмаётган давлатлар (жумладан, Ўзбекистон) учун 3 та муҳим тавсия:

1. Бизга Кореянинг ичида расмий рўйхатдан ўтган, корейс қонунчилиги асосида иш юритадиган ягона Нодавлат Уюшма керак.
Айнан Е-9 ишчиларининг овозини Корея ОАВларига олиб чиқадиган, уларнинг ижобий имижини корейс тилида тарғиб қиладиган ягона кучли PR марказ йўқ.

2. Миллат Брендини Кўтариш: Фақатгина иш жойларини реклама қилиш эмас, корейс жамоатчилигига ўзбек йигитларининг меҳнатсеварлиги, ҳалоллиги ва маданиятини кўрсатувчи медиа-лойиҳаларни (корейс тилида) кўпайтириш шарт.
3. Ички Интеграция: Ишчилар, талабалар ва Кореяда ўз бизнесини бошлаган тадбиркор ватандошларни битта мақсад йўлида бирлаштира оладиган "соябон ташкилот" шаклланиши лозим.
Хулоса: Миграция — бу нафақат одам жўнатиш, балки халқаро бозорда ўз брендинг ва PR'ингни ушлаб туришдир. Непал буни аллақачон тушуниб етган.

П.С. Сизнингча, Кореядаги ватандошларимизни бирлаштирадиган, ишчиларнинг имиджи билан шуғулланадиган ва муаммоларини тизимли ҳал қиладиган мана шундай норасмий уюшмага эҳтиёж борми? Гуруҳларимизда фикрингизни ёзиб қолдиринг



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
514000
Photo1/6
🏗 БУГУН ЎЗБЕКИСТОНДА ТАЖРИБА, ЭРТАГА КОРЕЯДА КАРЬЕРА!

Миграция агентлиги директори Муҳсинхўжа Абдураҳмонов Кореянинг BOMI Engineering & Construction компанияси раиси Kim Deok Yeong билан учрашди.

🏗 Асосий мақсад — Ўзбекистонда халқаро стандартларга жавоб берадиган мутахассисларни тайёрлаш ва улар учун икки давлат меҳнат бозорига йўл очиш.

Бу қандай ишлайди?

🎓 1. ТАЙЁРГАРЛИК — ЎЗБЕКИСТОНДА. Корея стандартлари асосида касб, тил ва меҳнат хавфсизлигига ўқитиш тизимини йўлга қўйиш.

🏗 2. АМАЛИЁТ — ХАЛҚАРО ЛОЙИҲАЛАРДА. Тайёрланган мутахассислар BOMI компаниясининг Ўзбекистондаги қурилиш объектларида ишлаб, замонавий технологиялар ва халқаро иш стандартларини амалда ўзлаштириши мумкин.

🇰🇷 3. КЕЙИНГИ БОСҚИЧ — КОРЕЯ МЕҲНАТ БОЗОРИ. Ўзбекистонда касбий тажриба тўплаган, юқори малакага эга мутахассислар учун кейинчалик Кореяда ишлаш имкониятларини яратиш режалаштирилмоқда.

📌 Ҳамкорликнинг дастлабки амалий йўналишларидан бири — Урганч халқаро аэропортини реконструкция қилиш лойиҳаси.
Компания маълумотига кўра, мазкур лойиҳа учун 1 500 нафарга яқин ходим талаб этилади. Шу мақсадда Урганчда ўқув-ишлаб чиқариш майдончасини ташкил этиш масаласи муҳокама қилинди.

🤝 Учрашув якунида ўзаро англашув меморандуми имзоланди.
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
555000
Photo1/2
🇰🇷 KOREYANING SPAS BAZASIDAGI FUQAROLAR DIQQATIGA!

📢 Koreya Respublikasida SPAS bazasiga kiritilgan nomzodlar uchun ish beruvchilar tanlovi quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

🔹 19–23-oktabr — ishlab chiqarish va tog‘-konchilik;
🔹 26–30-oktabr — xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar.

❗️MUHIM YANGILIK!

Bu galgi tanlovda xizmat ko‘rsatish sohasiga ish beruvchilardan kutilganidan ko‘proq talabnomalar kelib tushgan.

Shu sababli HRD Korea tomonidan SPAS bazasida ishlab chiqarish sohasida ro‘yxatda turgan, bazadagi amal qilish muddati yakunlanayotgan va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tish imkoniyatiga ega nomzodlar ro‘yxati HRD Korea tomonidan Migratsiya agentligiga taqdim etildi.

📌 Ro‘yxatda bormisiz?

Agar ism-familiyangiz ro‘yxatda bo‘lsa va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tishni istasangiz, 18-oktabrga qadar Migratsiya agentligining yashash hududingizdagi filialiga murojaat qiling.

📍Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallari manzillari👈

👉 Ro‘yxatni tekshirish 👈

⚠️ Eslatma: Sohani o‘zgartirish istagini bildirgan nomzodlarning ma’lumotlari Koreya tomoniga taqdim etiladi. Bu ish beruvchi tomonidan tanlanish yoki Koreyada ishga joylashishni kafolatlamaydi. Yakuniy tanlov Koreya tomonining vakolatli tashkilotlari va ish beruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
⏰ Murojaatlar 2026-yil 18-oktabrga qadar qabul qilinadi!

📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqam - 243)
®uzmigration


2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
521000
Photo1/2
❗️❗️❗️

Ushbu maʼlumot 👈 bo‘yicha maslahat va ko‘rsatma. Bu tizim davomli ishlashi yoki to‘xtashidan menga biror manfaat yo‘q. Lekin, to‘xtagandan ko‘ra doimiy ishlab, umid qilib yurganlarga foydasi tegsa xursand bo‘lamizku. Shu sabab yozyapman.

Aynan shu xabardagi tizim Koreya tomoniga doimiy foyda keltirsa ketuvchilar davomli bo‘ladi. Agar foydasiz bo‘lsa, kimga kerak ortiqcha chiqim!?
O‘zini oqlashi bu — chaqiriluvchi ishchining chaqirgan kompaniyaga uzoq vaqt foydasi tegishi.
O‘zini oqlamasligi — yuqoridagini aksi.

Oddiy misol, deylik siz ishlab chiqaruvchisiz va qo‘shningiz o‘g‘lini ishga oldingiz. Avvaliga o‘zi qiladigan ish bo‘yicha 3 oy davomida to‘lovini qilib malakasini oshirtirdingiz. Ishga kelib sizni qo‘lingizda 1-2 oy ichida kamchiliklarini to‘ldirib haqiqiy usta ishchiga aylandi. Va to‘satdan sizda ishlamasligini aytib, yuqoriroq ish haqi beradigan narigi mahalladagi huddi shunday ishlab chiqarishga o‘tib ketdi. Ketgizgan vaqtiz va pulizga achinib turganizda yana shu qo‘shningizni kichik o‘g‘li ish so‘rab chiqdi. Qiziq akasi ketib qoldi, ukasiga ishonasizmi?
Kema ishi — og‘ir sanoat. Haqiqiy armiya, desa ham bo‘ladi. Maxsus kiyim, doimiy «qurol» lar, temirlar bilan «jang». Haqiqiy urushda hech kim qatnashmagan, qatnashmasin ham. Siz ham dastlab o‘zingizni shu urushga tushib qolganday his qilasiz. 3-6 oygacha «dux» i yetib chidab berganga keyin bu «urush» yoqa boshlaydi.

🌟Kema ishidagi «+» lar:
Ish vaqti juda tez o‘tadi, har 2 soatda dam olish vaqti. Ortingizdan yoki kuzatuv kameradan doimiy nazorat yo‘q. «Palli-palli» so‘zini deyarli eshitmaysiz. Mavsumiy kiyim kechak va ovqatingiz bepul. Malakaga qarab bonus pullari. Bayram sovg‘alari. Ayrim kemasozlikda shanba, yakshanba ishlaganiga 20 soatlik ish haqi. Ish qobiliyatingizga qarab o‘suvchi oylik haqi. Ishga borish va qaytish uchun bepul avtobus.

🌟Topshirishdan avval jismoniy holatizga, ruhiy holatizga qarang. "Kvota bo‘yicha bir o‘rinni band qildim. Mendan keyin ham men sabab aynan bir o‘rin saqlanib qoladimi yoki men sabab shu o‘rin rizqi yopiladimi?"
Rizq Allohdan, lekin sabablar orqali bir birini keltirib chiqaradiku.

Yaxshi niyat qiling va shu niyatingiz orqali qolganlar ham davomli yo‘lingizdan borsin. Kutish azobini bilasiz va qolganlarni ham o‘z o‘rningizga qo‘yib ko‘ring.
Yana bir narsa, Koreyada 99 foiz holatda boshqa ishga o‘tgandan keyin 1-chaqirilgan kompaniyadagichalik qadrli, oila aʼzosidek bo‘lolmaysiz.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
518000
Photo1/2
🇰🇷 MUHANDISLAR UCHUN KOREYADA E-7 VIZASI BO‘YICHA YANGI IMKONIYAT!

Siz elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha oliy ma’lumot va ish tajribasiga egamisiz?

Migratsiya agentligi va HD Hyundai Heavy Industries hamkorligida Koreyada E-7 malakali mutaxassis vizasi asosida ishlash uchun nomzodlar tanlovi o‘tkaziladi.


📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi
🏠 O‘qish va yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi.

💰 Minimal oylik ish haqi: 2,156 mln von (taxminan 1605 AQSH dollari)

❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin?

👉YONALISHLAR RO'YXATI BILAN TANISHING👈 (Eligible - to'g'ri keladi , Not elegible - to'g'ri kelmaydi)

▪️ elektr muhandisligi yoki kimyo muhandisligi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega; (bakalavr diplomi - ish tajribasi 1 yil va undan yuqori, mazkur sohalar bo'yicha kollej yoki texnikum diplomi - 5 + yillik ish tajribasi)
▪️ 22–35 yosh oralig‘ida;
▪️ sudlanmagan;
▪️ Koreya elchixonasidan viza rad javobini olmagan;
▪️ koreys tili bo‘yicha TOPIK, SKA yoki “Qirol Sejong” sertifikatiga ega nomzodlar.

📄 Kerakli hujjatlar:
▪️ 👉Anketa👈
▪️👉Tilxat👈
▪️ pasport nusxasi (rangli);
▪️ 2 dona foto (3,5×4,5);
▪️ koreys tili sertifikati;
▪️ bakalavr diplomi nusxasi;
▪️ soha bo‘yicha rasmiy mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat.

🗓
Muhim sanalar:

✅ Hujjatlar qabuli — 7–23-oktabr
✅Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar e’loni — 28-oktabr
✅ Test va suhbat — 2–6-noyabr
✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni — 11-noyabr
✅O‘qish muddati — 2026-yil 16-noyabr – 2027-yil 5-fevral
✅ Yakuniy baholash — 2027-yil 10-fevral
📍 Hujjatlar Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallarida👈 qabul qilinadi.

🚫 Eslatma:
Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi!

⚠️ Muhim:
Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi.

📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55
Ichki raqamlar: 241, 243, 244
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
568001
휴가허가원-Ta'til ruxsatnomasi.pdf67.5 KB
🌟🌟 E9 vizasida viza muddatingiz bo‘lsa ham O‘zbekistonga taʼtilga hotirjam borib kelish va Koreyaga qaytishda hech qanday muammosiz kirishni istasangiz (ishonch bo‘lmasa kompaniyangizga)

👉 🌟 vizasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz agar ta'tilga ketishda ish joyidan ta'til uchun olgan ruxsatlarini rasmiy qilib tasdiqlatib olishga extiyoj sezsalar, ushbu ta'til ruxsatnomasi na'munasidan foydalanishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, bu hamma ta'tilga borayotganlarga majburiy emas, ammo ish joyingizda holat beqaror bo'lsa, ya'ni agar Siz ta'tilga ketganizdan keyin ishdan bo'shatib yuborish havfi yoki shunga o'xshash holatlar bo'lishi ehtimoli bo'lsa, bu sizga asqotishi mumkin.


2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
427000
Photo1/2
🇺🇿Bugun katta futbol! Futbolga qiziqadigan aksar Koreyslar O‘zbek futbolini yaxshi ko‘rishadi. Negadir doim shularga yutkazib qo‘yaveramiz. Bugun O‘zbekiston uchun ijobiy natija bo‘lsa juda aʼlo bo‘lardi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

🇰🇷Janubiy Koreya — 🇺🇿O‘zbekiston
6-oktabr
Yongin Mireu stadioni
16:00 — Toshkent vaqti
20:00 — Koreya vaqti

Bugun Koreyada yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun ham alohida futbol oqshomi.

Olg‘a, O‘zbekiston!



@epskorea1
493000
Photo1/2
🇰🇷 KUTILGAN TANLOV: HD HYUNDAI BILAN KEMASOZLIK SOHASIDA YANGI IMKONIYAT!

Koreyada E-9 vizasi asosida ishlashni maqsad qilganlar uchun navbatdagi imkoniyat!
Migratsiya agentligi va HD Hyundai Heavy Industries hamkorligida kemasozlik sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslariga 2026-yildagi 3-tanlov e’lon qilinadi.

📍 O‘qish joyi: Farg‘ona shahridagi KOICA markazi
🏠 O‘qish va yotoqxona xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi.
💰 Minimal oylik ish haqi: 2,156 mln von (taxminan 1605 AQSH dollari)

❓ Kimlar ishtirok etishi mumkin?

▪️SPAS bazasidagi hujjatlarining amal qilish muddati 2027-yil 5-fevraldan keyin kamida 6 oy, ya’ni 2027-yil avgustgacha bo‘lgan;
▪️2026 EPS toppik testlaridan muvaffaqiyatli o'tgan va SPAS bazaga kirish uchun hujjatlarini topshirib va tasdiqlanish jarayonida turgan;
▪️ EPS-TOPIKning ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha imtihonida 80 va undan yuqori ball olgan;
▪️ 80 balldan kam olgan taqdirda TOPIK yoki “Qirol Sejong” sertifikatiga ega bo‘lgan;

❗️Yosh chegarasi:
▪️1992-yil 1- yanvardan keyin
▪️2006 -yil 31- dekabrgacha tug'ilganlar

📄 Kerakli hujjatlar:
▪️👉Anketa👈
▪️👉Tilxat👈
▪️ pasport nusxasi (rangli);
▪️ 2 dona foto (3,5×4,5);
▪️ til sertifikati (mavjud bo‘lsa).

TANLOVGA OLDINDAN TAYYORLANING!

Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida test va suhbat jarayonida berilishi mumkin bo‘lgan taxminiy savollar bilan oldindan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.

👉 Taxminiy savollar bilan tanishish👈

🗓 Muhim sanalar:

✅ Hujjatlar qabuli — 6–23-oktabr
✅ Hujjatlari tasdiqlangan nomzodlar e’loni — 28-oktabr
✅ Test va suhbat — 2–6-noyabr
✅ O‘qishga qabul qilinganlar e’loni — 11-noyabr
✅ O‘qish muddati — 2026-yil 16-noyabr – 2027-yil 5-fevral
✅ Yakuniy baholash — 2027-yil 10-fevral

📍 Hujjatlar Migratsiya agentligining 👉hududiy filiallarida👈 qabul qilinadi.

🚫 Eslatma:
Avval Koreyada qonunbuzarlik qilgan, jarimaga tortilgan, nolegal ishlagan yoki qalbaki hujjat sabab viza rad etilganlar hujjat topshira olmaydi!

⚠️ Muhim:
Minimal baholash mezonlariga javob bermaganlar HD Hyundai tomonidan loyihadan chiqariladi.

📞 Ma’lumot uchun: 71 202 33 55
Ichki raqamlar: 241, 243, 244
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
511000
Video
🌟 Ko‘pchilik ushbu video tarqalganda shaxslarni O‘zbeklarga o‘xshatgan edi. Hozircha tekshiruvlar natijasida Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lganligi aniqlandi, qochib ketganlar qidirilmoqda.

Koreyada  jahliz chiqib urushsangiz butun kelajakni buzishi mumkin

Pyontakda chet elliklar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv

3-oktabr kuni Gyonggi provinsiyasi Pyontak shahrining Posung-eup, Dogok-ri hududida chet elliklar ishtirokida ommaviy janjal yuz berdi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, voqeada taxminan 15 kishi qatnashgan bo‘lishi mumkin. Dastlab 40 ga yaqin kishi haqida xabar berilgan, ammo bu raqam tasdiqlanmagan.

🌟 Mojaro qozog‘istonlik va qirg‘izistonliklar guruhlari o‘rtasida bo‘lgan bo‘lishi ehtimoli tekshirilmoqda.
🌟 Voqea joyida Rossiya va Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan 20 yoshlar atrofidagi ikki erkak qo‘lga olingan.
🌟 Ularning Koreyada qonuniy yashayotgani, jumladan talabalik vizalariga ega ekani ma’lum qilingan.
🌟Jang vaqtida yog‘och tayoq va beysbol tayoqchasidan foydalanilgani aniqlangan. O‘qotar qurol yoki boshqa xavfli qurollar topilmagan.
🌟 Qo‘lga olinganlarning o‘zida ham jarohatlar bo‘lgan va ular shifoxonaga yuborilgan.
🌟 Qolgan ishtirokchilarni aniqlash va voqea oldindan rejalashtirilgan yoki yo‘qligini tekshirish davom etmoqda.

🌟 Politsiya hozircha bu hodisani uyushgan jinoyatchilik guruhlari to‘qnashuvi deb baholamagan.

Hududda xorijliklar ko‘p yashagani sababli 5-oktabrdan boshlab politsiya patrul xizmatini kuchaytirdi.


👣 Koreyaga ishlash, o‘qish va yaxshi kelajak qurish uchun kelgan har bir chet ellik buni unutmasligi kerak: bir necha daqiqalik janjal — yillar davomida qurgan hayotingizga zarar yetkazishi mumkin. O‘zizga o‘ziz chuqur qazimang!



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
528001
Video
🌟 8 chi oktabrdan boshlab ishchiga ish haqqi to‘lanmaslik holati bo‘yicha javobgarlik yanada kuchaytirilmoqda.

Koreyada ish beruvchi tomonidan maosh to'lanmasligi holatlarida, unga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin.

🌟 8-oktyabrdan boshlab, Janubiy Koreyada maosh to'lanmasligi uchun jazo sezilarli darajada kuchaytirilib, eng katta jazo, hozirgi 3 yil ozodlikdan mahrum etish yoki 30 million vongacha miqdorda jarima endi 5 yil ozodlikdan mahrum etish yoki 50 million vongacha miqdorda jarima qilishgacha oshiriladi.

Ishdan chiquvchiga berilishi kerak bo'lgan naqd pul to'lanmasligi holatlarida ham shunga o'xshash qat'iylashtirish 18-sentabrdan boshlab amalga kiritilgan.

Ishchi, jumladan, xorijlik, o'zining topgan puli to'lanmagan taqdirda, bandlik va mehnat vazirligining hududiy organiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
547000
Video
🌟 🌟 vizasida yurganizda viza va qonuniy ishlash bo‘yicha qattiq tartib qoidalar bor. Hammasini ham yoddan bilish qiyin, lekin muammo kelganda qayerga va qanday murojaat qilishni bilsangiz sizga yechim bo‘lishi mumkin.

Ish beruvchi xatosi sabab 🌟 vizasidagi ishchi otkazdan ishga kirishi 1 kun kechikib, Koreyadan ketish xavfi ostida qoldi. Ammo viza saqlanib qoldi

Tailandlik 🌟 ishchisi ish joyini o‘zgartirish uchun ariza berib, yangi ish topish jarayonidan o‘tayotgan (otkazda) edi. Yangi ish beruvchi kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda xato qilgani sababli ish qidirish uchun ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatdan atigi 1 kun o‘tib ketdi.

Shu bir kunlik kechikish sabab ishchining muddatidan o‘tgan deb hisoblanib, yangi ishga o‘tishi xavf ostida qoldi va hatto Koreyani tark etishga majbur bo‘lishi mumkin edi.

Ishchi bu holat bo‘yicha Fuqarolik huquqlari va korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasiga murojaat qildi.

Komissiya esa: kechikishga ishchining o‘zi emas, ish beruvchining ma’muriy xatosi sabab bo‘lgan. Shuning uchun ishchining o‘z aybisiz ish imkoniyatidan ayrilib, Koreyani tark etishga majbur bo‘lishi adolatli emas, degan xulosaga keldi.

Natijada Mehnat vazirligiga ishchining muddatini uzaytirish, yangi ishga o‘tish jarayonini davom ettirish va zarur ruxsatnomalarni berish bo‘yicha choralar ko‘rish tavsiya qilindi.

Bu barcha 🌟 ishchilariga muddat avtomatik uzaytirildi degani emas. Bu aynan ushbu holat bo‘yicha berilgan tavsiya. Ya’ni ishchining aybi bo‘lmagani va xatoga ish beruvchi sabab bo‘lgani hisobga olingan.
Demak, 🌟 ishchilar uchun: xato kim tomonidan qilinganiga qarab holat alohida ko‘rib chiqilishi kerak.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

@epskorea1 ⬅️
@ishborkoreya1⬅️
@e8vizasi ⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
673000
Video
🇺🇿🇰🇷 Уч томонлама шартнома тегишли ташкилотлар иштирокида кўриб чиқилди

Корея Республикасининг Улсан шаҳрида шаҳар ҳокимлиги, Касаба уюшмалари, Улсан мигрантлар маркази, нодавлат ташкилотлар, хорижлик ишчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилувчи тузилмалар ҳамда Hyundai корхонаси раҳбарияти вакиллари билан учрашувлар ўтказилди.

Учрашувларда Миграция агентлиги орқали Кореяга ишга жойлаштирилаётган фуқаро, унинг кафили ва Агентлик ўртасида тузиладиган уч томонлама шартноманинг барча бандлари бирма-бир кўриб чиқилди.
Муҳокамаларда ҳар бир томоннинг фикр ва таклифлари эшитилиб, шартноманинг айрим қоидаларини аниқлаштириш, батафсил ифодалаш ҳамда тегишли ўзгартиришлар киритиш бўйича тавсиялар берилди.

Асосий мақсад — фуқароларимизнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ишончли ҳимоя қилиш, меҳнат муносабатларида тушунмовчиликларнинг олдини олиш ва шартнома шартларининг барча томонлар учун аниқ ҳамда шаффоф бўлишини таъминлаш
®uzmigration


P. S. Yuqoridagi videoni ko‘rdim tekstni ham o‘qidim, lekin aynan ko‘tarilgan https://t.me/epskorea1 yechimi javobini tushunmadim, sizchi?



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
547000
Video
🌟 Janubiy Koreyaning Ulsan shahridagi Hyundai Heavy Industries korxonasida ishlayotgan o‘zbekistonlik 🌟 ishchilariga tegishli bo‘lgan bahsli $2 000 jarima bandi olib tashlangani haqida ma’lumot tarqaldi.

☝️Ma’lumotga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi va uning Koreyadagi vakolatxonasi mutasaddilari tomonidan Hyundai Heavy Industries’da ishlayotgan yurtdoshlarimiz uchun tashkil etilgan sayyor qabul davomida aytilgan.

🎙 Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi rahbari Nurmatjon Komilovning aytishicha, Agentlik rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida shartnomadagi oyiga $2 000 miqdoridagi jarimaga oid band olib tashlangan.

📌 Gap qaysi band haqida?

Ushbu shartga ko‘ra, ishchi vakolatxonaning yozma roziligisiz ish joyini o‘zgartirsa, noqonuniy maqomda bo‘lgan har bir oy uchun $2 000 neustoyka undirilishi ko‘zda tutilgan edi.
Mazkur talab O‘zbekistonda ham, Janubiy Koreyada ham katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

⚠️ Muhim: hozircha Migratsiya agentligi tomonidan ushbu band rasman olib tashlangani haqida alohida rasmiy bayonot e’lon qilingani ko‘rinmadi. Shu sababli ma’lumotni sayyor qabulda aytilgan xabar sifatida qabul qilish ma’qul.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
662000
Photo
📢 Ульсандаги ҳамюртларимиз диққатига!

Бугун, 27 август куни соат 19:00 да Hyundai Heavy Industries корхонасида меҳнат фаолиятини амалга ошираётган юртдошларимиз учун Миграция агентлиги томонидан сайёр қабул ўтказилади.

Қабул давомида фуқароларнинг меҳнат фаолияти, ҳуқуқий ҳимояси, иш ва яшаш шароитлари билан боғлиқ мурожаатлари ўрганилиб, зарур амалий чоралар кўрилиши режалаштирилган.

📍 Манзил: Ульсан шаҳри, Донг-гу тумани, Донгбу-донг 180-4, Hyundai Heavy Industries техник таълим маркази
🕖 Бошланиш вақти: 19:00

Барча ҳамюртларимизни сайёр қабулда фаол иштирок этишга таклиф қиламиз!
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
558000
Video
🇰🇷 E-8 дастури: фуқаролар мурожаати жойида ҳал этилди

2021 йилда Ўзбекистондан Кореяга E-8 визаси асосида 420 нафар фуқаро юборилган эди. Айрим ишчилар шартнома муддати тугагач, белгиланган вақтда Ватанга қайтмагани сабабли дастур Корея томонидан тўхтатилган.

Узоқ давом этган музокаралар натижасида 2025 йилда дастурни қайта тиклаш бўйича келишувга https://t.me/epskorea1

Мазкур келишув асосида Кореяга етиб келган дастлабки 3 нафар фуқаронинг яшаш шароитлари қониқарли эмаслиги аниқлангач, Миграция агентлиги масъуллари вазиятни жойида ўрганди. Корея томони билан музокаралар натижасида уларнинг иш ва яшаш жойлари ўзгартирилиб, муносиб шароит яратилди.
®uzmigration



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
596000
Photo
⚠️ ISH JOYIDA XAVFSIZLIKNI UNUTMANG!

Og‘ir sanoat sohalarida maxsus kiyimlar bilan birga quyidagilar ham qatʼiy talab qilinadi. Yirik kemasozlik kompaniyalarida alohida xavsizlik xodimlari bo‘lib ish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilayapsiz yoki yo‘q tekshirib yuradi. Foydalanish ularning ko‘zi uchun emas, o‘zingizni xavfsizligingiz uchun kerakligini qoida qiling.

Bir lahzalik beparvolik og‘ir baxtsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ish vaqtida shaxsiy himoya vositalaridan (SHV) doimo va to‘g‘ri foydalaning.

👷🌟 Himoya dubulg‘asi — 안전모 (안전 헬멧)
Boshni yuqoridan tushishi mumkin bo‘lgan buyumlar, zarbalar va ayrim elektr xavflaridan himoya qiladi.

🥾🌟Xavfsizlik poyabzali — 안전화
Oyoqlarni og‘ir yoki o‘tkir buyumlardan himoya qiladi va sirpanish xavfini kamaytiradi.

🧗🌟 Xavfsizlik kamari — 안전대
Balandlikda ishlaganda yiqilishning oldini olish uchun ishlatiladi. 2 metr va undan baland joylarda tegishli yiqilishdan himoyalanish choralariga rioya qilish juda muhim.

🛡️🌟Yuz va ko‘z himoyasi — 보안경 / 보안면
Payvandlash, kesish, silliqlash kabi ishlarda ko‘z va yuzni uchqun, zarracha va nurlanishdan himoya qiladi.

🎧🌟Quloq himoyasi — 귀마개 / 귀덮개
Kuchli shovqin mavjud bo‘lgan joylarda eshitish qobiliyatini himoya qilishga yordam beradi.

🧤🌟Izolyatsiyalovchi qo‘lqop va etik — 절연장갑 / 절연화
Elektr bilan bog‘liq ishlarda elektr toki urish xavfini kamaytirish uchun ishlatiladi.

😷🌟Nafas olishni himoya qiluvchi niqob — 방진마스크 / 방독마스크
Chang, zararli gaz va bug‘lardan nafas yo‘llarini himoya qilish uchun ishlatiladi. Ish turiga mos niqob tanlash kerak.

⚠️ ESDA TUTING!
Himoya vositasini shunchaki kiyib qo‘yishning o‘zi yetarli emas. Uni ish turiga mos tanlash, to‘g‘ri kiyish va to‘g‘ri foydalanish ham juda muhim.

🏠 Ishga sog‘lom boring — uyga sog‘-omon qayting!

Xavfsizlik — shunchaki qoida emas, hayotingizni himoya qiladigan eng muhim choradir.

2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
588000
Photo
🌟 2026 йилги ишлаб чиқариш ва сервис соҳалари бўйича топширган анкетангиз Миграция агентлигига етиб бориб баъзага жойланганини https://t.me/epskorea1 қандай билса бўлади?

Аввало шахсий кабинет очиб оласиз https://t.me/epskorea2👈 уриниб кўринг, бемалол уддалайсиз.

1. Очгач "иммиграцион жараёнини кўриб чиқиш" га кирсангиз "No data" бўлса демак ҳали анкетангиз баъзага жойланмаган. Миграция агентлиги томонидан жойланишини кутасиз.

2. "No data" кўринмай исм фамилия, отангиз исми ва имтихон топширилди қатори чиқса жойланган лекин ҳали Кореяга жўнатилмаган.

3. "жўнатилганлар" қатори ҳам бўлган бўлса энди Корея томонидан текширилиб тасдиқланишини кутасиз. (хатолик ёки камчилик билан баъзага жойланган анкета қайтарилади ва Миграция агентлиги томонидан хатолик тўғирланиб қайта жўнатилади)

4. "Тасдиқланганлар" бўлган фуқаро танловларда иштирок этади.


Анкетани баъзага жойлаш ва жўнатиш Миграция агентлиги зиммасида. Анкетани қандай тартибда, кимникини аввал киргизиш бўйича аниқ ўлчам ва меъёр ҳали ишлаб чиқилмаган.


2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
702000
"Nasib qilaman desa, O‘zi oyog‘ing ostiga olib kelib qo‘yadi" degani shu bo‘lsa kerak.

Koreyada qiruvchi samolyot halokatga uchradi va uchuvchi dengizda qoldi. Ikki Shri-Lankalik 🌟 ishchisi yordam qo'lini cho'zgani uchun E7-4 vizalari bilan taqdirlandi.

Janubiy Koreyaning F-4E Phantom qiruvchi samolyoti Xvasong dengizining suviga quladi. Bortdagi ikki uchuvchi samolyotdan sakrab katapulta qilib, dengizga tushib ketdi.

Ularning ko‘rgan Shri-lankalik ikki 🌟 ishchisi FVV ga yordam so'rab telefonda murojaat qilishadi.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi qutqaruvdagi jasorati uchun Koreyada uzoq muddatli qolish uchun E-7-4 vizalari berilishini e'lon qildi.

Ikki Shri-Lankalik 🌟 ishchisi yordam qo'lini cho'zgani uchun E7-4 vizalari bilan taqdirlandi.


«Faxriy yorliq» dan ko‘ra yaxshida. Nima dedingiz?



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
711007
Photo
O‘zbekistonlik 🌟 ishchilariga $2 000 jarima: kasaba uyushmasi uni darhol bekor qilishni talab qilmoqda

🌟 HD Hyundai Heavy Industries ichki pudratchi ishchilari kasaba uyushmasining 19-avgust kuni chop etilgan 768-sonli gazetasida Ulsandagi o‘zbekistonlik 🌟 ishchilarining ish joyini almashtirganda oyiga 2 ming dollar jarima to‘lashi bilan bog‘liq bahsli kelishuvlar yuzasidan yangi ma’lumotlar e’lon qilindi.

🔴 Kasaba uyushmasiga ko‘ra, Janubiy Koreya Bandlik va mehnat vazirligi O‘zbekiston tomonidan mazkur amaliyotni zudlik bilan o‘zgartirishni talab qilganiga qaramay, masala hanuz to‘liq hal etilmagan.


Yaxshi xabarlar ulashish nasib qilsin 🤲


2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
811000
#Kerakli_mavzu

Ish beruvchining xatosi sabab noqonuniy qolib ketgan 🌟 ishchiga qanday yechim berildi?

Janubiy Koreya Milliy Inson huquqlari komissiyasi muhim qaror chiqardi.

🌟 vizali xorijlik ishchining ish beruvchisi hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirmagani sabab ishchi noqonuniy maqomga tushib qolgan. Natijada uning qayta ishga qabul qilish arizasi ham rad etilgan.

Komissiya esa shuni ta'kidladi:
Agar ishchining aybi bo‘lmasa, unga qayta ishga joylashish imkoniyati berilishi kerak.

⚠️ Bu voqeadan hamma E-9 vizasi egalari xulosa qilishi kerak.

Viza muddatini uzaytirishning o‘zi yetarli emas. Ishlash ruxsati va yashash muddatiga oid barcha hujjatlar ham o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi shart.

❗️Shuning uchun hujjatlarni faqat ish beruvchiga tashlab qo‘ymang. Jarayonni o‘zingiz ham kuzatib boring va onlayn tekshirib turing.

Bu kabi xatolar ishchining aybisiz ham ishidan ayrilishiga va noqonuniy maqomga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
920001
Photo
🌟 17-avgust — Koreyada dam olish kuni. Bugun ishlagan bo‘lsangiz, maoshingizni tekshiring!

Yaʼni bugun Koreyada 광복절 (Gwangbokjol — Ozodlik kuni) munosabati bilan berilgan o‘rnini bosuvchi dam olish kuni.

Agar siz 5 yoki undan ortiq xodim ishlaydigan korxonada ishlasangiz, bu kun qonun bo‘yicha pullik dam olish kuni hisoblanadi

🌟Agar bugun ishga chiqqan bo‘lsangiz, maoshingizda bayram kuni ishlaganlik uchun belgilangan ustama haq to‘langanini tekshirib ko‘ring.

Muhimi, bu qoida xorijlik ishchilarga ham tegishli. Ya’ni, “chet ellik ishchi” degan sabab bilan bayram kuni uchun kamroq haq to‘lash mumkin emas.

⚠️ Lekin kichik korxonalarda (5 kishidan kam) bu qoidalar boshqacha bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun bugun ishlagan bo‘lsangiz, avgust oyi maosh varaqangizni olganingizda bayram kuni uchun to‘lovni albatta tekshiring.



2026 ishlab chiqarish imtixondan o‘tganlar

Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh

https://t.me/epskorea1 ⬅️
https://t.me/ishborkoreya1⬅️
⬅️

Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024
1,110000

Showing 30 of 80 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат Telegram kanali nima haqida?+

Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат (@e8vizasi) — tgdio da Koreys dramalari (K-Drama) toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 588 obunachi bor.

Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат (@e8vizasi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @e8vizasi ga bepul obuna bo‘ling.

Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат yaxshi Koreys dramalari (K-Drama) kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 588 obunachi bor. O‘xshash Koreys dramalari (K-Drama) kanallar bilan solishtiring.

Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @e8vizasi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.