⚡️ 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonaga ariza berish boshlandi
1-kurs talabalari davlat OTTlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali —
https://my.gov.uz/uz/service/870 orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin.
✅ Talabalar uchun yotoqxonada joylar quyidagicha taqsimlanadi:
➖ 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
➖ 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
➖ 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
❗️Xavotir olmang! “Birinchi ro‘yxatdan o‘tdi” degani — birinchi yo‘llanma beriladi degani emas. Barcha arizalar belgilangan
https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=5.Imtiyozliro‘yxatgaquyidagimezonlarningbirigamoskeluvchitalabalarkiritiladi: asosida ko‘rib chiqiladi.
❓Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
✅ JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
1️⃣ Yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi:
➖ ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
➖ chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
➖ mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
➖ hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
2️⃣ Umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
➖ umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
➖ vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan yuqori kurslar uchun talabalar turar joyiga ariza yuborish jarayonlari ham davom etmoqda.
- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!