EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni Telegram channel photo

EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni

@edufikrPublic Channel

“Ta’lim tizimidagi muammolarni ochiq tahlil qilamiz. Ko‘r-ko‘rona o‘qish kelajak uchun xavf, haqiqiy bilim va tanqidiy fikrlash muhim! Biz bilan ta’limning real qiyofasini oching, fikrlang va rivojlaning!” Murojaat uchun: @EduFikr_bot

4.6k

Last views

15.1k (15,108 subscribers)
A'zolar
—
Rating
71
Total Posts
Oct 21, 2026, 8:56 PM
Yangilangan
Apr 4, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameEduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni
Username@edufikr
CategoryElektron kitoblar va o'quv materiallari
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar15,108
Channel TypePublic Channel
Created4-apr, 2026
Last Updated21-okt, 2026 • 4 daqiqa oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#495882-193
Til reytingi
#2914-8
Toifa reytingi
#3655+1

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 15.1K30 Days growth: -2.8K15.4%
09/2209/2710/0210/0710/1210/1710/21
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
22:09:202617,860
23:09:202617,860
24:09:202617,860
25:09:202617,860
26:09:202617,860
27:09:202617,860
28:09:202617,860
29:09:202617,860
30:09:202617,860
01:10:202617,860
02:10:202617,860
03:10:202617,860
04:10:202617,860
05:10:202617,860
06:10:202617,860
07:10:202617,860
08:10:202617,860
09:10:202617,860
10:10:202617,860
11:10:202617,860
12:10:202617,860
13:10:202615,546
14:10:202615,546
15:10:202615,546
16:10:202615,546
17:10:202615,546
18:10:202615,546
19:10:202615,546
20:10:202615,546
21:10:202615,108
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:202613,823
Week of 06:04:202613,446
Week of 13:04:202612,970
Week of 20:04:202612,970
Week of 27:04:202612,416
Week of 04:05:202612,416
Week of 11:05:202611,804
Week of 18:05:202611,804
Week of 25:05:202611,804
Week of 01:06:202618,884
Week of 08:06:202618,884
Week of 15:06:202618,884
Week of 22:06:202618,884
Week of 29:06:202619,174
Week of 06:07:202619,174
Week of 13:07:202625,322
Week of 20:07:202625,322
Week of 27:07:202625,322
Week of 03:08:202622,491
Week of 10:08:202622,491
Week of 17:08:202626,107
Week of 24:08:202623,481
Week of 31:08:202623,481
Week of 07:09:202621,949
Week of 14:09:202617,860
Week of 21:09:202617,860
Week of 28:09:202617,860
Week of 05:10:202617,860
Week of 12:10:202615,546
Week of 19:10:202615,108
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202612,416
May 202611,804
June 202619,174
July 202625,322
August 202623,481
September 202617,860
October 202615,108
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202615,108

So'nggi postlar

Photo1/6
TEZKOR!

Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlandi

Imtiyoz davlat OTMlarida bakalavriat kunduzgi ta’limida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi.

Ariza kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi va 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Bir nechta farzand o‘qisa, chegirma har biriga alohida qo‘llanadi.

Imtiyoz har o‘quv yili uchun bir marta beriladi.

Kimlarga berilmaydi?
nodavlat va xorijiy OTMlar, ularning filiallari, harbiy OTMlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotganlarga.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,640000
Photo1/4
Demak, gov.uz/edu domeni, ya’ni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sayti yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligi sayti etib qoldiriladi.

Hukumat portalidan esa maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining gov.uz/uzedu sayti butunlay olib tashlandi.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,280000
Video
❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda unga rahbar etib tayinlangan Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,740000
Photo1/2
Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi.

U bunga qadar Sirdaryo viloyati hokimi edi.

Ushbu mas’uliyatli vazifada Erkinjon Oqbutayevichga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
3,480000
Photo1/2
⚡️Xushxabar: Endi pedagoglar chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonini 50% chegirma bilan topshirishlari mumkin!

Imtihonda ishtirok etish uchun my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida toʻlovga imtiyoz berilganlar qatoriga pedagoglar ham qoʻshildi.

Ushbu bandni tanlash orqali pedagoglar imtihonlar uchun: 594 000 so‘m o‘rniga 297 000 so‘m miqdorida to‘lov cheki shakllanadi.

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida imtiyoz bo‘limida aynan “Pedagoglar” bandi belgilanganligiga e’tibor bering.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,840000
#Imtiyoz #Chegirma

⚡️Farzandi nodavlat oliygohlarda oʻqiyotgan tibbiyot hodimlari diqqatiga!

📄Esingizda boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan edi.


Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravari (6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak.

✔️ Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagani haqida ma'lumotlar kelmoqda.

Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha:

▶️Subsidiya uchun arizalar yil davomida har oy oxirgi ish kuniga qadar qabul qilinadi;
▶️Subsidiya davlat va nodavlat oliygohi talabalariga toʻlanadi;
▶️Subsidiya bakalavriatdagi talabalar uchun ajratilgan;
▶️Subsidiya har bir farzand uchun kontrakt summasidan kelib chiqib ajratiladi;
▶️Subsidiya talaba oʻqishni tamomlaguncha (yoki talabalar safidan chetlashtirilguncha) har yili beriladi.
▶️Subsidiya super-kontrakt uchun ham amal qiladi.
▶️Subsidiya oliygoh hisob raqamiga tushadi;
▶️Talaba oʻqishdan chetlatilsa, u tomonidan subsidiya qaytarilmaydi.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,370000
ПФ-213.pdf661.8 KB
🇺🇿 Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birlashtirilib, yagona — Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilmoqda.

Yangi vazirlik:

• maktabgacha va maktab ta’limi;
• umumiy va o‘rta maxsus ta’lim;
• kasbiy ta’lim;
• oliy ta’lim;
• oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
• kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
• qo‘shimcha va norasmiy ta’lim

sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

📌 Vazirlikning yangi tashkiliy tuzilmasi 1 hafta ichida ishlab chiqiladi.
📌 Qonunchilikka zarur o‘zgartirishlar 2 oy ichida kiritiladi.
📌 Farmon ijrosi ustidan nazorat Bosh vazir Abdulla Aripov zimmasiga yuklatilgan.

Asosiy maqsad: ta’limning barcha bosqichlarini yagona tizimga birlashtirish va ularni o‘zaro uzviy bog‘lash.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,840000
Asosiy yangiliklar:

➖ Ta'lim va ilm-fan vazirligi davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlarini akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanadi;

Avval akkreditatsiya Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan amalga oshirilar edi.

➖ Oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartiradi;

➖ Oliygohlar mustaqilligini kengaytiradi va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratiladi;

➖ Qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko'ra aniqlanadi;

➖ Yil yakuniga qadar xususiylashtiriladigan davlat oliygohlari roʻyxati e'lon qilinishi kutilmoqda.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,870000
Photo1/4
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Karimova E’zozxon G‘apirjonovna ham lavozimidan ozod qilingan.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
2,520000
❗️Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.

Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.

Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,910000
Photo1/2
⚡️Rasman: 17 ta oliygoh Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga oʻtkazildi.

Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,870000
Photo1/2
⚡️DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI AKADEMIYASIGA QABUL BOSHLANDI

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar 1-oktabridan 20-oktabriga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi (my.uzbmb.uz).


@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,680000
Photo1/2
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi:

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalo, oʻz hayotini dunyodagi eng ulugʻ va sharafli ishga – yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlab kelayotgan sizdek moʻtabar zotlarni, yurtimizdagi barcha pedagog xodimlarni 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman.

Maktab kelajak bogʻi boʻlsa, muallim shu maskanda umid nihollarini oʻstiradigan mohir bogʻbondir. Oʻqituvchi – mehr daryosi, ezgulik bulogʻi, maʼrifat quyoshidir. Shu bois, bu masʼuliyatli soha xodimlarining mehnatini ulugʻlash va qadrlashdan hech qachon charchamaymiz.

Gʻoyat sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda doimo zafarlar yor boʻlsin, aziz ustozlar!

Shavkat Mirziyoyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
5,700000
❗️Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan faqat 1 kun dam olinadi, boshqa qo’shimcha dam olish nazarda tutilmagan.

1-oktyabr, payshanba kuni barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo’ladi.

2-oktyabr, juma kuni esa barcha uchun ish kuni.

Shanba kuni esa odatdagidek, 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
2,980000
Video
⚡️Yilning eng namunali nodavlat oliygohlaridan biri taqdirlandi

Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2025/2026-o'quv yili yakuni bo'yicha “Nodavlat ta'lim” ijtimoiy loyihasi tashabbusi bilan “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi — 2026” ko'rik-tanlovi tashkil etilgan edi.

To'liq jamoatchilik fikriga asoslangan ushbu tanlovda Toshkent va Namangan shahrida faoliyat olib borayotgan "University of Business and Science" faol ishtiroki uchun “Nodavlat ta'lim” mamuriyati tomonidan “namunali nodavlat oliygoh” maqomi hamda maxsus sovg'alar bilan taqdirlandi.

Universitet jamoasi kelgusida ham eng yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
2,550000
Photo1/2
Saida Mirziyoyeva Namangandagi voqea yuzasidan: “Bunday holatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak”, — dedi.

U amaldagi qonunchiligimizda o‘lim jazosi mavjud emasligini qayd etib, pedofillarning bunday jinoyatlari uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish kerakligini bildirdi.

@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
3,970000
⚡️Oʻqishni koʻchirish imtihonlaridan oʻtgan talabalar diqqatiga!

Agar test sinovlarida belgilangan talabni bajargan va yetarli ball to‘plagan bo‘lsangiz, endi siz quyidagilarni bosqichma-bosqich bajaring:

1⃣ Oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga qoʻngʻiroq qiling va qachon borishingiz mumkinligini soʻrang;

2⃣ Oliygoh rasmiylari aytgan sanada pasport, transkript hamda titul varagʻingiz bilan boring.

3⃣ U yerda sizning fanlar farqingiz hisoblab beriladi va 1-kurs 1-semestrdan qarzdorligingiz bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agarda fanlar farqi haqida ma'lumot berishmasa, rasmiylardan fanlar-farqini hisoblab berishlarini soʻrang.

4⃣ Agarda kursingiz pastlasa va shu sababli oʻqishni koʻchirishni istamasangiz bu haqida ularga ayting hamda hozirgi oʻqish joyingizda darslarga qatnashishda davom eting. (Kursi pasaysa, oʻqishini koʻchirishni istamaganlar uchun)

5⃣ Shundan so‘ng oʻqishingiz koʻchirayotgan oliygohingiz hozirgi ta’lim olayotgan OTMingizga “Sizning falonchi talabangizning oʻqishi bizga koʻchirishga tavsiya etilibdi, uning mana bu hujjatlarini bizga yuboring” degan mazmunda kerakli hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan aloqa xati yuboriladi.

6⃣ Keyin siz oʻqiyotgan oliygohingizga borib, talabalar safidan chetlashtirish toʻgʻrisida ariza yozasiz va sizga bir necha kun ichida kerakli hujjatlar asl nusxalari taqdim etiladi. (Eslatma, aloqa xatisiz sizga hech qanday hujjat berilmaydi)

7⃣ Agarda siz 1-semestrdan qarzdor boʻlsangiz, avval shu qarzdorlikni bartaraf etib keyin, kerakli hujjatlarni olasiz. Oʻqishingizni koʻchirgan oliygoh 1-semestrdagi qarzdorlik bilan sizni qabul qilmaydi. Boshqa semestrdagi qarzdorliklarni esa oʻqishingizni koʻchirilgan oliygohda topshiriladi.

8⃣ Hujjatlaringizni oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga taqdim etasiz. Mas'ullar sizga fanlar farqi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi. Ushbu fanlar farqini aynan yangi universitetingizda yopasiz.

9⃣ Fanlar farqi 4 tadan oshsa kursingiz pasayadi, shu narsani inobatga oling. Fanlar farqini topshirish uchun oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga ular hisoblab bergan kredit summasini ham toʻlaysiz.

🔟 Darslar qachondan boshlanishi har bir oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi. Xoxlasa siz hujjatlarni toʻliq olib kelganingizdan keyin qaysidir guruhga qoʻshib yuboradi, xoxlasa siz kabi boshqa "perevodchilar" ham hujjatlarni toʻliq olib kelgach yangi guruh ochib keyin darslarga qoʻyadi.

💲 Siz bu orada agarda oddiy kontrakt asosida oʻqishni koʻchirgan boʻlsangiz 25%, super kontrakt asosida boʻlsa 50% summasini ham toʻlashingiz lozim boʻladi.

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,340000
⚡️Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:

➖ o’tgan yili magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochilgan edi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;

➖ magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilishi kutilmoqda. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning haqiqiy xarajat summasini to‘lasa kifoya.

❓Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.

Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kvotaga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 7 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q;

➖ Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Ular ikki yil haqiqiy xarajatni to‘laydi, ikkinchi kursga o‘tganda oddiy kontrakt to‘layman, deb o‘ylashmasin. Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi;

➖ joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan. - Xushnudbek

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
5,990000
Photo
⚡️To'lov-kontrakt shartnomasini ikki tomonlama tanlash kerakmi yoki uch tomonlama?

🟠Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida http://kontrakt.edu.uz/ sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu haqida qisqacha tushuntirib o'tamiz:

🟠Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

✍️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o'tirmang.

🟠Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak.

📱Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
5,880000
Photo
🎓 1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling!

Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.

🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!

🎓 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishlari

💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi

📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun:
https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

📲 +998 55 588 33 81
5,840000
⚡️Toshkentda ijarada turadigan talabalarga 440 ming, viloyatlardagilarga esa 220 ming so‘m to'lab beriladi!

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.

▶️ Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi.

🔹Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (440 ming so‘m);
🔹qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming so‘m).

❗️Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

📝 Talaba http://my.gov.uz/ portali orqali ushbu xizmatdan foydalanib, ariza yuborishi mumkin.

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,160000
Photo
⚡️DTM balingiz bilan talaba bo’ling!

2026/2027-o‘quv yili uchun Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda!

🎓 Universitetda 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishi mavjud:
— Kunduzgi
— Kechki
— Masofaviy ta’lim shakllari

💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi!

Agar bu yil talaba bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

📲 +998555883381
5,880000
⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi

📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.

👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini http://my.uzbmb.uz/ saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.

📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
5,990000
Video
⚡️Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar nechta?

Bugungi kunda 106 ta nodavlat (xususiy 74 ta, xorijiy 32 ta) OTM oliy ta'lim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 106 ta oliygohlar diplomi Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,430000
⚡️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha http://my.edu.uz/ elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ( http://my.gov.uz/) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni http://my.edu.uz/ elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
7,240000
Video
#SavolJavob

🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob

Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan savollarni bir joyga jamladik. 👇

❓ Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

❓ 1-kurs talabasi qancha miqdorda ta’lim krediti olishi mumkin?

❓ 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun kredit miqdori qancha?

❓ Ta’lim krediti qaysi ta’lim shakllariga beriladi?

❓ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi?

❓ Qaysi ta’lim tashkilotlari talabalari
ta’lim krediti olishi mumkin?

🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
18,600000
⚡️Talabalikga tavsiya etilganlarquyidagi hujjatlarni OTMga taqdim etadi.

➖ Rektor nomiga ariza (OTMda yoziladi);
➖ Pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatilgan holda);
➖ Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
➖ Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
➖ 3,5x4,5 foto surat 6 ta;
➖ Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
➖ Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi;
➖ Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
➖ Konvert A5 formatida.

❗️Hujjatlarni rangli printirdan chiqarilgan nusxasi so‘ralmoqda.

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,340000
#SavollargaJavob

O‘zim xohlamagan ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etildim. Yo‘nalishimni o‘zgartirib berish mumkinmi?

Amaldagi qonunchilikda tanlov natijalariga ko‘ra abituriyent ma’lum bir ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etilganidan so‘ng, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan uning tavsiya etilgan yo‘nalishini boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib berish vakolati mavjud emas.

Shuning uchun abituriyentlar tanlov jarayonida ta’lim yo‘nalishlari va ularning ustuvorligini belgilashda o‘z xohish-istaklarini puxta o‘ylab, tanlovni mas’uliyat bilan amalga oshirishlari muhim.

- Muhim: talabgorlarning huquq va imkoniyatlari, tanlov tartibi bo‘yicha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy axborot kanallarida muntazam e’lon qilib boriladi.

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
4,660000
Photo
⚡️ Rasman: Qabul jarayonlari yakunlanmoqda!

2026/2027-o‘quv yili uchun Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda!

🎓 Universitetda 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishi mavjud:
— Kunduzgi
— Kechki
— Masofaviy ta’lim shakllari

💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi!

Agar bu yil talaba bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl

📲 +998555883381
4,140000
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi

2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan https://t.me/eduuz.

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

- Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!
6,950000

Showing 30 of 71 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni Telegram kanali nima haqida?+

EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni (@edufikr) — tgdio da Elektron kitoblar va o'quv materiallari toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 15 108 obunachi bor.

EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni (@edufikr) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @edufikr ga bepul obuna bo‘ling.

EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni yaxshi Elektron kitoblar va o'quv materiallari kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 15 108 obunachi bor. O‘xshash Elektron kitoblar va o'quv materiallari kanallar bilan solishtiring.

EduFikr – Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @edufikr sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.