#Imtiyoz #Chegirma
⚡️Farzandi nodavlat oliygohlarda oʻqiyotgan tibbiyot hodimlari diqqatiga!
📄Esingizda boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan edi.
Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravari (6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak.
✔️ Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagani haqida ma'lumotlar kelmoqda.
Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha:
▶️Subsidiya uchun arizalar yil davomida har oy oxirgi ish kuniga qadar qabul qilinadi;
▶️Subsidiya davlat va nodavlat oliygohi talabalariga toʻlanadi;
▶️Subsidiya bakalavriatdagi talabalar uchun ajratilgan;
▶️Subsidiya har bir farzand uchun kontrakt summasidan kelib chiqib ajratiladi;
▶️Subsidiya talaba oʻqishni tamomlaguncha (yoki talabalar safidan chetlashtirilguncha) har yili beriladi.
▶️Subsidiya super-kontrakt uchun ham amal qiladi.
▶️Subsidiya oliygoh hisob raqamiga tushadi;
▶️Talaba oʻqishdan chetlatilsa, u tomonidan subsidiya qaytarilmaydi.
@EduFikr - Ta’lim va tanqidiy fikrlash maydoni!