1/2📌Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etiladi.
🔺Uchrashuvda Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari – Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shayzokov Farxod Xolbekovich bilan birgalikda loyihaning maqsad va vazifalari, asosiy yo‘nalishlari hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilinadi.
🔺Uchrashuv doirasida “Yo‘lovchi” loyihasini hududda samarali va tizimli yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish hamda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha qo‘shma ishlarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolanishi ko‘zda tutilgan.
📍Uchrashuv bugun 22-oktabr soat 14-00 da Oziq ovqat texnologiyasi va muhandisligi institutida bo‘lib o‘tadi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube









