#Amir_Temur_690
#Aprel_Amir_Temur_oyligi
Idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari o‘rtasidagi sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikamizda “Aprel – Amir Temur oyligi” o‘tkazilmoqda.
🫥 “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida ushbu oylik doirasida 2-3-aprel kunlari Jamiyat tasarrufidagi idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida ilk bor yirik sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqaning birinchi kunida ishtirokchilar qisqa masofaga yugurish, turnikda tortilish, tibbiy tayyorgarlik me’yorlari hamda test sinovlari bo‘yicha bellashdilar. Ikkinchi kun dasturidan esa 3 km masofaga yugurish, elektron trenajor to‘pponchasidan otish, tosh ko‘tarish mashqlari o‘rin oldi.
Musobaqa yakunida hakamlar hay’ati tomonidan natijalar sarhisob qilinib, g‘olib va sovrindorlar maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari kesimida:
1-o‘rin – “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi” filiali jamoasi;
2-o‘rin – “To‘polang GES” filiali jamoasi;
3-o‘rin – “Chirchiq GESlar kaskadi” filiali jamoasi.
Idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari kesimida:
1-o‘rin – “Samarqand GESlar kaskadi” filiali jamoasi;
2-o‘rin – “Norin GESlar kaskadi” filiali jamoasi;
3-o‘rin – “Binolardan foydalanish direksiyasi” MChJ jamoasi.
Shaxsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha:
1-o‘rin – Abdushohid Bobosharipov – “To‘polang GES” filiali;
2-o‘rin – Nodir Hojimurotov – “Norin GESlar kaskadi” filiali;
3-o‘rin – Zoxid Gaipov – “Farhod GES” hamda Akmal Akramov – “Chirchiq GESlar kaskadi” filiallari.
Musobaqa ishtirokchilari yuqori sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda jamoaviy birdamlikni namoyon etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda faol ishtirok etdilar.
Bunday tadbirlar tizim xodimlarining jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, jamoaviylikni rivojlantirish hamda Amir Temur merosiga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
———
✅ Победители спортивных соревнований среди сотрудников ведомственных подразделений охраны награждены
———
✅ Winners of Sports Competitions Among Departmental Security Units Awarded
👍 Batafsil |Подробно: 👉
https://uzgidro.uz/news/view/9856"O‘zbekgidroenergo" AJ rasmiy sahifalari 👇
https://t.me/uzgidrouz |
https://www.facebook.com/uzbekgidroenergo.uz |
https://www.instagram.com/uzgidrouz/ |
https://www.youtube.com/channel/UCOt57JO9fEq3kPL--R_kRLw