Ijtimoiy volontyorlar Telegram channel photo

Ijtimoiy volontyorlar

🤝 O’zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va O‘zbekiston volontyorlari Assotsiatsiyasi hamkorlikdagi loyihasi

632

Last views

1.2k (1,224 subscribers)
A'zolar
—
Rating
23
Total Posts
Oct 18, 2026, 3:18 PM
Yangilangan
Jul 26, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameIjtimoiy volontyorlar
Username@ijtimoiy_volontyorlar
CategoryKattalar uchun 18+
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,224
Channel TypePublic Channel
Created26-iyl, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#240743+188
Til reytingi
#1295-3
Toifa reytingi
#9913+2

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.2K30 Days growth: -60.5%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20261,230
20:09:20261,230
21:09:20261,240
22:09:20261,240
23:09:20261,240
24:09:20261,240
25:09:20261,240
26:09:20261,240
27:09:20261,240
28:09:20261,240
29:09:20261,240
30:09:20261,240
01:10:20261,240
02:10:20261,240
03:10:20261,240
04:10:20261,240
05:10:20261,240
06:10:20261,240
07:10:20261,240
08:10:20261,240
09:10:20261,240
10:10:20261,240
11:10:20261,240
12:10:20261,240
13:10:20261,240
14:10:20261,240
15:10:20261,240
16:10:20261,240
17:10:20261,240
18:10:20261,224
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:07:20261,232
Week of 27:07:20261,232
Week of 03:08:20261,232
Week of 10:08:20261,232
Week of 17:08:20261,232
Week of 24:08:20261,238
Week of 31:08:20261,222
Week of 07:09:20261,230
Week of 14:09:20261,230
Week of 21:09:20261,240
Week of 28:09:20261,240
Week of 05:10:20261,240
Week of 12:10:20261,224
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
July 20261,232
August 20261,238
September 20261,240
October 20261,224
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,224

So'nggi postlar

Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

06-okt, 2026, 23:28

Video
🧠 “Mehrli uy” loyihasi: keksalarga eʼtibor va mehr ulashib ularga yordam berish.

🧠 “Vatan mehri” ijtimoiy tashabbuslar tanlovi doirasida amalga oshirilayotgan “Mehrli uy” loyihasi keksalarga mehr va eʼtibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslarni birlashtirmoqda.

🧠 Jizzax viloyatining Jizzax shaharida ham “Inson” volontyorlari loyiha doirasida yolg‘iz va eʼtiborga muhtoj keksalar holidan xabar olindi va ularga yordam koʻrsatilindi.

👨‍🦯 Volontyorlar keksalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan samimiy suhbatlashdi, kundalik ehtiyojlari bilan qiziqdi va zarur amaliy yordam ko‘rsatdi.

💚 Samimiy suhbat, eʼtibor va mehr keksalarga o‘zlarini yolg‘iz his qilmaslik, jamiyat eʼtiborida va g‘amxo‘rligi ostida ekanini his etish imkonini beradi.

🤝 Zero, eʼzoz — eʼtibor, mehr va inson qadrini ulug‘lashdan boshlanadi.

📝 telegram   📝 uva_uz
💻 uva.uz
6320012
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

28-sen, 2026, 18:13

Photo1/2
🏡 MEHRLI UY — BIR UY, BIR QALB!

Ba'zan bir insonning uyiga kirib, oddiygina yordam berish — uning qalbiga katta mehr olib kirishdir.

🤝 Milliy volontyorlik tashabbuslari doirasida, 1-oktyabr — "Xalqaro keksalar kuni" munosabati bilan respublikamiz bo'ylab "Mehrli uy" loyihasiga start beramiz!

Loyihaning asosiy maqsadi — oila qaramog'isiz qolgan, yolg'iz va yordamga muhtoj keksalarni qo'llab-quvvatlash, ularning kundalik hayotini biroz bo'lsa-da yengillashtirish.

Loyiha doirasida volontyorlar:
🧹 uylarni tozalash va tartibga keltirishda;
🌿 hovli va tomorqa yumushlarida;
🛍 kundalik ehtiyojlari bilan bog'liq yumushlarda yordam beradi.

📍 Eng muhimi — buning uchun biror joyga borishingiz shart emas!

Siz o'z hududingizdan turib loyihada ishtirok etishingiz, atrofingizdagi yolg'iz keksalarga o'z ko'magingizni berishingiz mumkin.

Chunki mehrning manzili bir emas.
Mehr — har bir mahallada, har bir ko'chada, har bir uyda kerak.

1-oktyabrdan "Mehrli uy"ga birga kiramiz!

Loyihada ishtirok etishni xohlasangiz, Dilso'z No'monovaga (@Dilsar_3) murojaat qiling.

#MehrliUy #Volontyor #insonvolontyori

Bizni kuzatib boring:
📝 Telegram | 💻 Instagram | 📝 Facebook
1,340008
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

22-sen, 2026, 11:12

Photo1/2
Volontyor nafaqat yordam beradi, balki o'zi ham o'sib boradi 🤝

Agentligimizning «Inson qadri» Telegram kanaliga qo'shiling. Unda har kuni:
— o'zbek tili imlosi va so'z ma'nosi bo'yicha qisqa viktorinalar;
— mumtoz va zamonaviy she'rlar, adabiy durdonalar;
— hikmatli so'zlar va ochiq muloqot uchrashuvlari haqida xabarlar.
Ko'p o'qigan insonning so'zi ham, yordami ham chuqurroq bo'ladi. Kuniga bir necha daqiqa ajrating: bilimingizni sinang, yangi narsa o'rganing va jamoamiz bilan birga rivojlaning.

📲 Obuna bo'ling: @Ihma_manaviyat
t.me/Ihma_manaviyat

Do'stlaringiz va volontyor hamkasblaringizga ham ulashing.
#insonvolontyori

Bizni kuzatib boring:
📝 Telegram | 💻 Instagram | 📝 Facebook
1,1000010
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

22-sen, 2026, 00:25

Photo1/2
Yordam berish — bu faqat yaxshi niyat emas, bu mas'uliyat hamdir.

Keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar yoki ehtiyojmand oilalar oldiga borishdan oldin shu 5 qoidani eslab qoling:
Avval so'rang. Yordamni insonning roziligi bilan, u xohlagan tarzda bering. Uning o'rniga qaror qabul qilmang.

Maxfiylikni saqlang. Surat, manzil va shaxsiy ma'lumotlarni ruxsatsiz ijtimoiy tarmoqlarga joylamang.
Hurmat bilan gapiring. Achinish emas, teng muloqot kerak. "Nogiron" emas, "nogironligi bo'lgan shaxs" deng.
Va'dangizda turing. Sizni kutishadi. Kelolmasangiz, oldindan xabar bering.
Chegarangizni biling. Tibbiy yoki huquqiy masala chiqsa, o'zingiz hal qilishga urinmang, "Inson" markaziga yo'naltiring.

Shu qoidalarga amal qilgan volontyor yordamni ham, ishonchni ham olib boradi 🤝

Bizni kuzatib boring:
📝 Telegram | 💻 Instagram | 📝 Facebook
1,0400018
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

17-sen, 2026, 13:06

Photo1/2
🎥 SAMMIT MEDIA JAMOASIGA VOLONTYORLAR QABULI!

🌍 Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Butunjahon sammitini yoritishda media jamoamizga qo‘shiling!

📅 21–22-oktabr, 2026-yil
📍 Samarqand shahri

🖋 Talablar:
• Foto, video, SMM yoki jurnalistikaga qiziqish;
• Kreativlik, faollik va mas’uliyat;
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;
• Tadbir kunlari to‘liq vaqt ajrata olish;
• Media yoki yirik tadbirlarni yoritish tajribasi ustunlik beradi.

🎬 Vazifalar:
• Sammit jarayonlarini foto va videoga olish;
• Spiker va ishtirokchilardan intervyular olish;
• Ijtimoiy tarmoqlar uchun tezkor kontent tayyorlash;
• Media jamoa bilan birgalikda sammitni yoritish;
· Xalqaro OAVlarga hamrohlik qilish.

✨ Sizni kutadi:
• Xalqaro sammitning media jamoasida amaliy tajriba;
• Professional media mutaxassislari bilan ishlash;
• Tashakkurnoma yoki sertifikat.

📲 Media jamoamizning bir qismi bo‘lishni istasangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

‼️ @zilola_pr ga murojaat qiling
1,390006
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

07-sen, 2026, 18:09

Photo1/2
🧠 "INSON" ijtimoiy volontyorlik koordinatorlari jamoasi bilan tanishing!

O‘zbekiston bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash va ezgu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda hududiy koordinatorlarimiz o‘z faoliyatini qizg'in davom ettirmoqda. Yuqoridagi suratda jamoamizning tasdiqlangan faol a'zolari bilan tanishishingiz mumkin.

😊 Lekin safimiz hali to‘liq emas! Quyidagi 4 ta hududda koordinatorlik qilishga munosibman deb o'ylasangiz ro'yxatdan o'ting:
🥰 Xorazm viloyati
🥰 Buxoro viloyati
🥰 Andijon viloyati
🥰 Toshkent viloyati

Agar siz ushbu hududlardan birida istiqomat qilsangiz, yetakchilik qobiliyatiga ega faol volontyor bo‘lsangiz hamda hududingizdagi ijtimoiy loyihalarni muvofiqlashtirishga o'z hissangizni qo‘shishni istasangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun!

👇 Jamoamiz qatoriga qo'shilish uchun quyidagi havolaga o'tib, anketani to'ldiring:
https://tanlov.forms.app/insonkord

Katta ijtimoiy tashabbuslarda jamoamiz bilan birga bo'ling!

Bizni kuzatib boring:
📝 Telegram | 💻 Instagram | 📝 Facebook
4,5200019
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

04-sen, 2026, 14:22

🧠 Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

🌍 "Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo'l" Butunjahon sammiti uchun volontyorlar qabulini e'lon qilamiz.

📅 Sana: 2026-yil 21–22-oktabr
😲 Manzil: Samarqand shahri, O'zbekiston

🖋Volontyorlar uchun talablar:
Mas'uliyat, faollik va xushmuomalalik;
O'zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila olish (qo‘shimcha til bilganlarga ustunlik beriladi;
Xalqaro miqyosdagi tadbirlarda volontyor sifatida ishtirok etish tajribasi;
Tadbir kunlari to'liq vaqtini ajrata olish;
Tadbir kunlari Samarqand shahrida bo‘lish.

🖋Volontyor vazifalari:
Mehmonlarni kutib olish va ro'yxatdan o'tkazish;
Sessiyalar, yalpi majlislar va ko'rgazmalar davomida tashkiliy ishlarga ko'maklashish;
Xorijiy mehmonlarga yo'nalish berish va amaliy yordam ko'rsatish.

🖋Biz nima taklif qilamiz?
Xalqaro darajadagi nufuzli tadbirda qatnashib, katta tajriba orttirish;
Yangi do'stlar va foydali tanishlar tarmog'ini yaratish;
Maxsus volontyorlik formasi va tadbir davomida ovqatlanish;
Tadbir yakunida rasmiy tashakkurnoma yoki sertifikat.

🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun havola: ustiga bosing

⏳ So'nggi muddat: 8-sentyabr, 2026-yil

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
1,510009
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

30-avg, 2026, 08:54

“Eʼzoz” loyihasi: keksalarga eʼtibor va mehr ulashilmoqda

“Vatan mehri” ijtimoiy tashabbuslar tanlovi doirasida amalga oshirilayotgan “Eʼzoz” loyihasi keksalarga mehr va eʼtibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslarni birlashtirmoqda.

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ham “Inson” volontyorlari loyiha doirasida yolg‘iz va eʼtiborga muhtoj keksalar holidan xabar oldi.

Volontyorlar keksalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan samimiy suhbatlashdi, kundalik ehtiyojlari bilan qiziqdi va zarur amaliy yordam ko‘rsatdi.

Samimiy suhbat, eʼtibor va mehr keksalarga o‘zlarini yolg‘iz his qilmaslik, jamiyat eʼtiborida va g‘amxo‘rligi ostida ekanini his etish imkonini beradi.

Zero, eʼzoz — eʼtibor, mehr va inson qadrini ulug‘lashdan boshlanadi.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya
🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
914005
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

30-avg, 2026, 08:54

Ba’zan inson uchun eng katta madad qimmatbaho sovg‘a emas, balki samimiy e’tibor va mehrdir

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi volontyorlari ishtirokida boquvchisini yo‘qotgan otaxon holidan xabar olindi.

Tashrif davomida otaxonning hovlisi va uy-joyi tartibga keltirilib, kundalik yumushlarini bajarishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Yolg‘iz insonning ko‘ngliga yo‘l topish, unga “Siz yolg‘iz emassiz” degan tuyg‘uni ulashish – insonparvarlikning eng yuksak ko‘rinishlaridan biridir.

Mehr-oqibat va hamjihatlik ruhida amalga oshirilayotgan bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda inson qadrini ulug‘lash, o‘zaro g‘amxo‘rlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
839007
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

30-avg, 2026, 08:54

Photo
🧠 “Vatan mehri — ijtimoiy tashabbuslar” tanloviga g‘oyangiz bilan ishtirok etishingiz mumkin!

Mahallangiz uchun ijtimoiy loyihangiz bormi? Unda tezda ro'yxatdan o'ting!

🇺🇿 G‘oya taqdim etish: Agar tayyor ijtimoiy loyihangiz bo‘lsa, uni onlayn ariza shaklida yuboring. Bu toifada amaliy ish talab qilinmaydi!

🎁 30 ta eng yaxshi g‘oya mualliflari 20 nafar loyiha amalga oshirgan volontyorlar bilan birgalikda taqdirlanadi.

⏳ Oxirgi muddat: 15-avgust

✅ Loyiha haqida https://docs.google.com/document/d/1LUShxmSaYme6t6iVS5xhmwukrSQLhVgc/edit?usp=sharing&ouid=106294227401441449440&rtpof=true&sd=true.

📲 Hoziroq ariza topshiring: https://tanlov.forms.app/vatanmehrionlayn

Bizni kuzatib boring:
📝 | 💻 https://instagram.com/ijtimoiy_volontyorlar | 📝 https://facebook.com/share/15qzqdFUKZ/?mibextid=wwXIfr
8,320003
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

30-avg, 2026, 08:54

“Ziyolilar. Inson” – ezgulik, bilim va inson qadrini ulug‘lovchi loyiha

Inson qadrini yuksaltirish, ezgulik va ma’rifatni hayot mezoniga aylantirish, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlarni qo‘llab-quvvatlash – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi hamkorligida amalga oshirilgan “Ziyolilar.Inson” loyihasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha jamiyatimizda ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, ma’naviyat va jamoatchilik sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining ezgu tashabbuslari hamda faol fuqarolik pozitsiyasi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan insonlarni e’tirof etish va rag‘batlantirishga qaratildi.

Tantanali marosimda turli soha vakillari, ziyolilar, olimlar, pedagoglar, jamoatchilik faollari hamda loyiha ishtirokchilaridan iborat qariyb 200 nafar mehmon ishtirok etdi.

Tadbir davomida:
✅ 100 nafar ishtirokchi va jamoa tantanali ravishda taqdirlandi;
✅ 125 nafar ishtirokchiga maxsus sovg‘alar, sertifikatlar va loyihaning almanaxi topshirildi.

Loyiha yakunida shakllantirilgan maxsus almanax jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan insonlarning hayot yo‘li, amalga oshirgan ezgu tashabbuslari va erishgan yutuqlarini o‘zida mujassam etgan muhim nashr bo‘ldi.

Inson qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot, ezgulik va birdamlik yanada mustahkam bo‘ladi.

📝 https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi    💻 https://instagram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA==  
📝 https://www.facebook.com/profile.php?id=100093715955182&mibextid=LQQJ4d   🐧 https://twitter.com/ijtimoiyhimoya🎞 https://youtu.be/3qt-Pxn__G8     🎖 http://ihma.uz/
Video Thumbnail
1,070005
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

21-avg, 2026, 10:42

Mehr so‘zda emas, amalda!

🎅 Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Inson” markazi volontyorlari “E’zoz” loyihasi doirasida Nukus shahri, “Anasay” mahallasida yashovchi onaxon xonadoniga tashrif buyurdilar.

👩‍👩‍👧‍👦 Tashrif davomida onaxonning holidan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbatlashildi hamda uy yumushlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.

💚 Ba’zan birgina samimiy suhbat va ozgina e’tibor inson qalbiga olam-olam quvonch ulashadi.

🎬 Tashrif tafsilotlari va loyiha doirasidagi ezgu tashabbuslar haqida batafsil – videolavhamizda!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
1,490006
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

21-avg, 2026, 10:39

🖐🏼 Volontyorlik — ezgulik va birdamlik harakati!

👫 Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Xalqaro volontyorlar yili doirasida O‘zbekiston Yoshlar Qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

💻 Qurultoy doirasida volontyorlik sohasidagi ilg‘or loyihalar taqdimoti, faol volontyorlar bilan ochiq muloqot, Xalqaro Volontyorlar yili hamda O‘zbekistonning milliy volontyorlik dasturi taqdimotlari o‘tkazildi.

Volontyorlik — bu nafaqat ko‘ngilli yordam, balki jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shish, insonlarga ko‘mak berish va ezgu tashabbuslarni birlashtirish imkoniyatidir.

🧠 Ijtimoiy himoya sohasida ham volontyorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ezgu ishlarga keng jalb etish va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish muhim yo‘nalishlardan biridir.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Video Thumbnail
1,440002
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

14-avg, 2026, 19:37

Photo1/2
🇺🇿 Faol volontyorlarni safimizga chorlaymiz! 🤝

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun tashkil etilayotgan "MEHR ULASH" xayriya qon topshirish aksiyasiga volontyorlarni taklif etamiz!

📅 Sana: 15-avgust, 2026-yil (Shanba)
🖋 Tadbir vaqti: 09:30 – 12:40 (Volontyorlar tayyorgarlik ko'rishlari uchun soat 09:00 da kelishlari so'raladi)
🇺🇿 Manzil: Toshkent shahri, Sport tibbiyot markazi binosi (1-2-qavatlar).
❗️ Aniq manzil: Botir Zokirov ko'chasi, 6-uy.
😯 Mo'ljal: O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi binosi.

🛠 Volontyorlarning asosiy vazifalari:
Tadbir qatnashchilarini ro'yxatga olishda ko'maklashish;
Ishtirokchilarni gemoglobin tekshiruvi va qon topshirish xonalariga (1, 3 va 4-qavatlarga) to'g'ri yo'naltirish;
Esdalik rasmga tushish va qisqa muddatli tanaffus vaqtida tashkiliy ishlarga yordam berish.

🛠 Volontyorlarga beriladi:
Tasdiqlovchi sertifikat

💚 Tadbirda volontyor bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting: #yopildi

Joylar soni: 6 ta

Muddat: Joylar to'lganda yopiladi

Bizni kuzatib boring:
📝 Telegram | 💻 Instagram | 📝 Facebook
1,490005
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

26-iyl, 2026, 07:28

Photo
Davlatimiz rahbari Nurafshon shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligining yangi barpo etilgan Ijtimoiy himoya majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan https://president.uz/oz/lists/view/9430

Shuningdek, Toshkent viloyati Ijtimoiy volontyorlari tomonidan ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berildi.

🇺🇿 https://t.me/shmirziyoyev

#Mirziyoyev #safar #Nurafshon #ijtimoiyhimoya

Bizni kuzatib boring:
📝 | 💻 https://instagram.com/ijtimoiy_volontyorlar | 📝 https://facebook.com/share/15qzqdFUKZ/?mibextid=wwXIfr
443008
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

26-iyl, 2026, 07:28

Photo
🧠 Namanganda “Mehr” volontyorlari abituriyentlarga ko'maklashmoqda!

14-23-iyul kunlari bo'lib o'tayotgan test sinovlarida Namangan viloyatidagi volontyorlarimiz nogironligi bor abituriyentlarga beminnat yordam bermoqda.

🇺🇿 Ular abituriyentlarga:
Imtihon manzili va vaqti haqida aniq ma'lumot berish;
Testga borish va qaytishda bevosita hamrohlik qilish;
“Inson” markazlari bilan hamkorlikda aravachalar taqdim etish kabi ishlarga o'z hissalarini qo'shishmoqda.

📈 Ma'lumot o'rnida: Bu yil respublika bo'yicha 10 621 nafar nogironligi bor abituriyent hujjat topshirgan. Ularga ko'maklashish uchun jami 400 nafar volontyor oflayn va onlayn tarzda jalb etilmoqda.

Bizni kuzatib boring:
📝 | 💻 https://instagram.com/ijtimoiy_volontyorlar | 📝 https://facebook.com/share/15qzqdFUKZ/?mibextid=wwXIfr
919008
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

26-iyl, 2026, 07:28

Photo
🇺🇿 "Mehr volontyorlari" loyihasiga qabul ochildi!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan an'anaviy loyihamizni boshlamoqdamiz.

Maqsadimiz — nogironligi bor abituriyentlarga davlat test imtihonlariga borib-qaytishda hamrohlik qilish va ularga ko'maklashish. 🤝

📍 Loyihada O'zbekistonning barcha hududlaridan ishtirok etish mumkin.
Diqqat: har bir hududdan faqat 10 nafardan volontyor qabul qilinadi!

✅ Volontyorlarga qo'yiladigan talablar:
🇺🇿2 hafta davomida bo'sh vaqt va doimiy aloqada bo'lish
🇺🇿Xushchaqchaqlik, moslashuvchanlik va stressga chidamlilik
🇺🇿Rus yoki Qoraqalpoq tilini bilish (ustunlik beradi)

🎁 Volontyorlar uchun imkoniyatlar:
🇺🇿Tushlik xarajatlari (imkoniyatga qarab)
🇺🇿Tashakkurnoma (Onlayn)

📅 Loyiha sanalari: 14–25-iyul
⏳ Dedlayn: 13-iyul, 23:59

Ushbu ezgu ishda jamoamiz safida bo'lishni xohlasangiz, shoshiling:
🖋 https://tanlov.forms.app/mehr2026

Bizni kuzatib boring:
📝 | 💻 https://instagram.com/ijtimoiy_volontyorlar | 📝 https://facebook.com/share/15qzqdFUKZ/?mibextid=wwXIfr
6,0300017
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

26-iyl, 2026, 07:28

Photo
🔔 Diqqat, ajoyib xabar! "Vatan mehri" tanlovi muddati uzaytirildi va sovrinlar ko‘paydi!

Ko‘plab talab va istaklarni inobatga olib, "Vatan mehri — Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus" tanlovida qatnashish istagida bo‘lgan volontyorlar uchun qabul muddatini 15-iyulga qadar uzaytirishga qaror qildik!

🎉 Eng zo‘r yangilik esa — g‘oliblar soni oshdi!
Endilikda 20 emas, naq 50 nafar eng faol va tashabbuskor volontyor qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritadi. Biz sizlar uchun quyidagi yutuqlarni tayyorlab qo'ydik:
📱 10 ta zamonaviy telefon
🚲 10 ta velosiped
🎁 30 ta maxsus sirli sovg‘a

🗓 Yangi muddatlar bilan tanishing:
🇺🇿 Arizalar qabul qilishning oxirgi kuni: 15-iyul
🇺🇿 Loyihani amalga oshirish davri: 15-iyul — 15-avgust

✅ Eslatib o‘tamiz, shartlar o‘zgarishsiz qoladi:
🇺🇿 O‘z mahallangizda 30 kun kichik ijtimoiy loyiha amalga oshirasiz.
🇺🇿 Har kuni qilgan ishingizni Instagramda Post yoki Reels qilib joylab borasiz.
🇺🇿 Majburiy heshteglar: #ijtimoiyvolontyorlar2026 #mahalladabirkun
🇺🇿 Sahifalarni belgilash: https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi @ http://uva.uz/ https://t.me/yoshlaragentligi

30 kun davomida to‘liq qatnashgan barcha ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

👉 Ariza topshirish uchun https://tanlov.forms.app/vatanmehri

Bizni kuzatib boring:
📝 | 💻 https://instagram.com/ijtimoiy_volontyorlar | 📝 https://facebook.com/share/15qzqdFUKZ/?mibextid=wwXIfr
23,2000015
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

26-iyl, 2026, 07:28

Photo
“Biz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan hech bir o‘g‘il-qizimiz chetda qolmasligi kerak”,
– dedi Prezidentimiz.

Yoshlar ishlari agentligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bu yil “Vatan mehri – ijtimoiy tashabbuslar” tanlovini o‘tkazib, aholi muammolari bo‘yicha eng yaxshi yechim bergan volontyorlar va 50 ta ijtimoiy loyiha muallifini taqdirlash topshirildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Qanot” loyihasini ishga tushiradi.

Ushbu loyiha bunday yoshlarni ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, sport, musiqa va san’atga yo‘naltirib, qayta huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatib boring:
📝 | 💻 https://instagram.com/ijtimoiy_volontyorlar | 📝 https://facebook.com/share/15qzqdFUKZ/?mibextid=wwXIfr
1,600003
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

26-iyl, 2026, 07:28

Video
“Siz hech qachon, hech kimdan kam bo’lmaysiz”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada ishtirok etib, bir guruh faol va izlanuvchan yoshlar bilan https://president.uz/oz/lists/view/9366.

Jumladan, davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Vobkent tumanidan bo’lgan, jismoniy imkoniyati cheklangan bo’lishiga qaramay, uyda taʼlim olayotgan bolalar uchun “Oʻqi va yuksal” loyihasini amalga oshirib kelayotgan Chinora G’ulomovani shu yerning o’zida “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlash to’g’risida topshiriq berdi.

Bizni kuzatib boring:
📝 | 💻 https://instagram.com/ijtimoiy_volontyorlar | 📝 https://facebook.com/share/15qzqdFUKZ/?mibextid=wwXIfr
1,430000
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

26-iyl, 2026, 07:28

Photo
🇺🇿 Toshkent volontyorlari, navbat sizda!

Har bir marafonda yuzlab volontyorlarning ko'zlarida bir xil yonish bor — boshqalarga yordam berish, bir jamoa bo'lib katta ishni amalga oshirish hissi. Endi bu hissni Toshkentda ham his qilamiz!

🤝 Volontyor bo'lish — bu shunchaki yordam berish emas, bu tajriba, do'stlik va xotiralar to'plamiga aylanadi.
🥰 Birinchi marta qadam qo'yayotgan bo'lsangiz — xavotir olmang, jamoamiz har doim yoningizda
🥰 Tajribali volontyor bo'lsangiz — bilimingiz va energiyangiz bizga juda kerak
Ikkalasiga ham — jamoamizda joy tayyor! 💪

📍 https://maps.app.goo.gl/dLFskHGhjff9dt5P9
⏰ Bugun, soat 16:00

Keling, Toshkentni birga harakatga keltiramiz! ⚡️

👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿
Volontyorlar uchun saralangan
yangiliklar ⬇️

https://t.me/uva_uz | https://instagram.com/uva.uz?igshid=14d50h5n4dtmt | https://m.facebook.com/uva.uz | https://volontyor.uz/
1,350004
Ijtimoiy volontyorlar logo
Ijtimoiy volontyorlar

26-iyl, 2026, 07:28

Photo
📣 DIQQAT, VOLONTYORLAR QIDIRILMOQDA!

"Ijtimoiy Hamroh - Faol uzoq umr" loyihasi doirasida o'tkaziladigan navbatdagi ajoyib tadbirimizga faol va mas'uliyatli volontyorlarni taklif qilamiz! Keksalarimizga hurmat ko'rsatib, ularni xushkayfiyatda qarshi olish istagida bo'lgan yoshlarni kutib qolamiz.

📌 Tadbir tafsilotlari:
Vaqti: Ertaga, soat 09:00 dan 14:00 gacha.
Asosiy vazifa: Tadbirga tashrif buyuradigan aziz mehmonlarimizni milliy kiyimlarda, o'zbekona lutf bilan kutib olish va yo'naltirish.
Kerakli volontyorlar soni: 5 nafar qiz bola va 1 nafar o'g'il bola (jami 6 ta joy).
👘 Kiyinish tartibi (Dress-code):
Qizlar uchun: Tadbir davomida kiyiladigan chiroyli milliy liboslar tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladi (o'zingiz bilan olib kelish shart emas).
Yigitlar uchun: Tadbirga albatta do'ppida kelish qat'iy talab etiladi.
Muhim: Ushbu tadbirda qatnashib, siz nuroniylarimizning duosini olasiz va ajoyib jamoamiz bilan vaqtingizni juda mazmunli o'tkazasiz. Joylar soni qat'iy cheklangan, shuning uchun tezroq aloqaga chiqing!

Ro'yxatdan o'tish uchun: https://t.me/jdureport

Bizni kuzatib boring:
📝 | 💻 https://instagram.com/ijtimoiy_volontyorlar | 📝 https://facebook.com/share/15qzqdFUKZ/?mibextid=wwXIfr
1,140001

Showing 23 of 23 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Ijtimoiy volontyorlar Telegram kanali nima haqida?+

Ijtimoiy volontyorlar (@ijtimoiy_volontyorlar) — tgdio da Kattalar uchun 18+ toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 224 obunachi bor.

Ijtimoiy volontyorlar (@ijtimoiy_volontyorlar) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @ijtimoiy_volontyorlar ga bepul obuna bo‘ling.

Ijtimoiy volontyorlar yaxshi Kattalar uchun 18+ kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Ijtimoiy volontyorlar reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 224 obunachi bor. O‘xshash Kattalar uchun 18+ kanallar bilan solishtiring.

Ijtimoiy volontyorlar statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @ijtimoiy_volontyorlar sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.