
🧠 “Vatan mehri” ijtimoiy tashabbuslar tanlovi doirasida amalga oshirilayotgan “Mehrli uy” loyihasi keksalarga mehr va eʼtibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbuslarni birlashtirmoqda.
🧠 Jizzax viloyatining Jizzax shaharida ham “Inson” volontyorlari loyiha doirasida yolg‘iz va eʼtiborga muhtoj keksalar holidan xabar olindi va ularga yordam koʻrsatilindi.
👨🦯 Volontyorlar keksalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan samimiy suhbatlashdi, kundalik ehtiyojlari bilan qiziqdi va zarur amaliy yordam ko‘rsatdi.
💚 Samimiy suhbat, eʼtibor va mehr keksalarga o‘zlarini yolg‘iz his qilmaslik, jamiyat eʼtiborida va g‘amxo‘rligi ostida ekanini his etish imkonini beradi.
🤝 Zero, eʼzoz — eʼtibor, mehr va inson qadrini ulug‘lashdan boshlanadi.
📝 telegram 📝 uva_uz
💻 uva.uz



![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)






