Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc Telegram channel photo

Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc

@ilm_nur_2020Public Channel

@ILM_NUR_2020 - илм-фан ва тадқиқотларга оид маълумотлар билан танишиб боришингиз мумкин. Биз билан алоқа учун - @Ilmga_yordam_bot

Tibbiyoto‘zbekOʻzbekiston

1.3k

Last views

24.6k (24,585 subscribers)
A'zolar
—
Rating
66
Total Posts
Oct 24, 2026, 5:41 AM
Yangilangan
Apr 17, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameDoktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc
Username@ilm_nur_2020
CategoryTibbiyot
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar24,585
Channel TypePublic Channel
Created17-apr, 2026
Last Updated24-okt, 2026 • 6 soat oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#128152-19505
Til reytingi
#856-83
Toifa reytingi
#3170-515

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 24.6K30 Days growth: +2260.9%
09/2509/3010/0510/1010/1510/2010/24
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
25:09:202624,359
26:09:202624,359
27:09:202624,359
28:09:202624,359
29:09:202624,359
30:09:202624,359
01:10:202624,359
02:10:202624,359
03:10:202624,359
04:10:202624,359
05:10:202624,359
06:10:202624,359
07:10:202624,359
08:10:202624,359
09:10:202624,359
10:10:202624,359
11:10:202624,359
12:10:202624,359
13:10:202624,359
14:10:202624,359
15:10:202624,359
16:10:202624,564
17:10:202624,564
18:10:202624,564
19:10:202624,564
20:10:202624,564
21:10:202624,564
22:10:202624,564
23:10:202624,564
24:10:202624,585
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:202623,564
Week of 20:04:202623,564
Week of 27:04:202623,564
Week of 04:05:202623,605
Week of 11:05:202623,605
Week of 18:05:202623,605
Week of 25:05:202623,605
Week of 01:06:202623,605
Week of 08:06:202623,605
Week of 15:06:202623,605
Week of 22:06:202623,605
Week of 29:06:202623,605
Week of 06:07:202624,178
Week of 13:07:202624,178
Week of 20:07:202624,178
Week of 27:07:202624,178
Week of 03:08:202624,178
Week of 10:08:202624,178
Week of 17:08:202624,170
Week of 24:08:202624,170
Week of 31:08:202624,131
Week of 07:09:202624,189
Week of 14:09:202624,359
Week of 21:09:202624,359
Week of 28:09:202624,359
Week of 05:10:202624,359
Week of 12:10:202624,564
Week of 19:10:202624,585
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 202623,564
May 202623,605
June 202623,605
July 202624,178
August 202624,131
September 202624,359
October 202624,585
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
202624,585

So'nggi postlar

Photo1/2
🍀HAYOTDA OMADNING O‘RNI QANCHALIK MUHIM?

🇬🇧Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillning bir fikri bor:

“Men sizlarga sog‘liq yoki boylik emas, balki omad tilashni afzal ko‘raman!

Axir, «Titanik» yo‘lovchilarining ko‘pchiligi sog‘lom va badavlat edi. Ammo ularning hammasiga ham omad kulib boqmagan”.

🌐Ilmda ham shunday.

Bilim, mehnat, sabr va qat’iyat — muvaffaqiyatning asosi. Ammo ba’zan kerakli vaqtda kerakli insonni uchratish, yaxshi ilmiy rahbarga duch kelish yoki tadqiqotingiz uchun kutilmagan imkoniyat paydo bo‘lishi ham taqdiringizni o‘zgartirishi mumkin.

🔺Shunday ekan, ilm yo‘lida barchangizga mustahkam sog‘liq, tinimsiz izlanish va, albatta, omad yor bo‘lishini tilaymiz!

📉Kanalga ulanish: @ILM_NUR_2020🔗
1,2700020
Photo1/2
Kuniga 137 ta ajrim. Bu mavzuni kim tadqiq qiladi?

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida 24,8 mingta ajrim qayd etilgan. Kuniga o‘rtacha 137 ta.
Bu raqam ortida insonlar, bolalar, buzilgan rejalar va murakkab hayotiy vaziyatlar bor.

Bu — ilmiy tadqiqot talab qiladigan ijtimoiy muammo.

Psixologlar, sotsiologlar, iqtisodchilar, pedagoglar, ijtimoiy ish yo‘nalishidagi tadqiqotchilar — mavzu izlayotgan bo‘lsangiz, shu masalaga ham e’tibor qarating.

Oilalar nega ajrashyapti? Qaysi omillar birgalikda ta’sir qilyapti? Qanday yordam oilaviy nizolarni kamaytirishi mumkin?
“Yoshlar sabrsiz bo‘lib ketgan”, degan gap ilmiy javob bo‘la olmaydi. Buni dalil bilan tekshirish kerak.

Magistrlik yoki doktorlik tadqiqoti uchun aniq savollar bor:
— Uy-joy muammosi va qarzdorlik yosh oilalardagi nizolar bilan qanday bog‘liq?
— Mehnat migratsiyasi er-xotin munosabatlariga qanday ta’sir qilmoqda?
— Qarindoshlarning aralashuvi qachon yordam, qachon nizoga sabab bo‘lmoqda?
— Ota-onaning ajrashishi jarayonida bolalarga maktab va psixolog qanday yordam bera oladi?
— Oilaviy maslahat xizmatlarining qaysi usullari amalda natija bermoqda?
Faqat so‘rovnoma tarqatib, foiz chiqarish bilan cheklanmaylik. Oilalar bilan suhbatlashaylik, turli holatlarni taqqoslaylik, vaqt davomida kuzataylik. Taklif qilayotgan yordam usulimizni sinab, natijasini baholaylik.
Albatta, maqsad har qanday nikohni har qanday narxda saqlash emas. Zo‘ravonlik mavjud vaziyatlarda inson xavfsizligi va bolalar manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak.

Mavzu izlayotgan tadqiqotchilar, ajrim masalasini jiddiy o‘rganing. Bizga uning sabablarini tushuntiradigan, oldini olish mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlaydigan va oilalarga amaliy yordam beradigan ilmiy ishlar kerak.

Manba: Milliy statistika qo‘mitasi.

📌 @ILM_NUR_2020
3,4100031
Photo1/2
🎓 ILMIY XIZMATLAR — PROFESSIONAL YONDASHUV

📚 ILMIY MAQOLALAR
▪️ Ilmiy maqolalarni tayyorlash va tahrirlash
▪️ OAK jurnallarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak
▪️ IMRAD talablari asosida rasmiylashtirish

📑 ILMIY TEZISLAR
▪️ Respublika va xalqaro konferensiyalar uchun tezislar tayyorlash
▪️ Konferensiya to‘plamlarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak


✅ Sifat • Aniqlik • Mas’uliyat

📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

ILMIY FAOLIYATINGIZDA ISHONCHLI HAMKOR!
2,690003
Photo1/4
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun Davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi!

🗓 Hujjatlarni taqdim etishning oxirgi muddati — 2026-yil 31-oktabr.

Davlat stipendiyalarida ishtirok etish istagida bo‘lgan doktorantlardan belgilangan muddatgacha ariza topshirish so‘raladi.
https://my.edu.uz

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
2,830007
Photo1/2
Ilmiy unvon olish uchun umumiy talablar

Ilmiy unvonga talabgor shaxs:

— ilmiy loyiha, davlat granti, xo‘jalik shartnomasi yoki boshqa loyihalar doirasida ilmiy natijaga ega bo‘lishi;

— ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali ishtirok etishi;

— oxirgi 2 yil ichida attestatsiya jarayonlarida qatnashgan bo‘lishi;

— zamonaviy o‘qitish usullari, pedagogik va AKT vositalaridan foydalangan holda dars va seminarlarni yuqori saviyada olib borishi kerak.

Asos: 2793-son, 03.06.2016-yil, “Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
3,310008
Photo1/2
#XalqaroYutuq #IlmFan #TOP2

💠O‘zbekiston Milliy universiteti olimlari "World's Top 2% Scientists 2026" reytingiga kiritildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yana bir bor e’tirof etildi. Jahonning eng yetakchi 2% olimlari reytingi ("World's Top 2% Scientists 2026" (TOPSCINET) yangi natijalari e’lon qilindi. Havola: https://topscinet.com/

🔻Har yili Stenford universiteti va Elsevier nashriyoti tomonidan dunyo olimlarining iqtiboslik ko'rsatkichlari asosida eng nufuzli top 2% olimlar ro‘yxati yangilab boriladi. O‘zbekistonlik olimlarning standartlashtirilgan xalqaro metrikalar bo‘yicha bunday nufuzli reytingdan joy olishi mamlakatimiz ilmiy salohiyati yildan-yilga oshib borayotganini ko‘rsatadi.

🔹Ushbu nufuzli ro‘yxatdan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining quyidagi olimlari o‘rin oldi:

Dilfuza Egamberdiyeva, Biologiya va ekologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professori (Mikrobiologiya);

Bobomurod Ahmedov, O‘zMU qoshidagi Nazariy fizika instituti direktori (Fizika-astronomiya);

Elyor Berdimurodov, Kimyo fakulteti Fizikaviy kimyo kafedrasi professori (Fizikaviy kimyo);

Javlon Rayimbayev, Fizika fakulteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi professori (Fizika-astronomiya);

Ahmadjon Abdujabborov, Fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi professori (Fizika-astronomiya);

Yusufjon Gʻaffarov, Biologiya va ekologiya fakulteti Botanika va genetika kafedrasi dotsenti (Mikologiya va parazitologiya).

Kanal jamoasi yetuk olimlarimizni erishilgan ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi va ularga yangi ilmiy zafarlar tilaydi.

Manba

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
1,2500014
💼 Ilmiy portfolio yaratishni bugundan boshlang

Ko‘pchilik portfolio kerak bo‘lganda uni yig‘ishni boshlaydi. Bu esa vaqt yo‘qotishga olib keladi.

Bitta papkada saqlang:

📄 diplomlar;
📜 sertifikatlar;
📚 ilmiy maqolalar;
🏅 grant va tanlov natijalari;
🎤 konferensiya sertifikatlari;
📝 tavsiyanomalar.

Bir kun kelib sizdan “Portfolioingizni yuboring” deyishadi. O‘shanda uni bir necha daqiqada yubora olishingiz kerak.

📌 Tartibli tadqiqotchi har doim bir qadam oldinda bo‘ladi.

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
3,3800010
Video
‼️Yosh olimlar nega ilm-fandan bezib qolmoqda?

“Umrimda birinchi va oxirgi marta dissertatsiya yozishim. Qaytib yozmayman! DSc degan baloga yaqinlashmayman. Undan ko‘ra, kitob yozib yuraman. Eson-omon PhDni himoya qilib olsam bo‘ldi. Qasam!”

💠Ijtimoiy tarmoqlarda bir yosh tadqiqotchining shu gaplarini o‘qib qoldim.

Bu yigitni shaxsan taniyman. Ilmi bor, salohiyatli, fanimiz uchun kerakli yosh izlanuvchilardan biri.

🔺O‘qib, bir narsani o‘yladim: ilmga qiziqib kirgan, yillarini tadqiqotga bag‘ishlagan yosh olim qanday qilib ilmiy faoliyatni davom ettirmaslikka qasam ichadigan darajaga kelib qoldi?

Menimcha, buning asosiy sabablaridan biri — ilm-fan tizimidagi ortiqcha byurokratiya.

Dissertatsiya yozishning o‘zi murakkab jarayon. Ilmiy muammo topish, tadqiqot o‘tkazish, natijalarni asoslash, maqolalar chop ettirish — bularning barchasi katta mehnat talab qiladi. Bunga hech kim e’tiroz bildirmaydi.

Lekin tadqiqotchi ilmiy izlanishdan ko‘ra ko‘proq hujjat tayyorlash, ma’lumotnoma yig‘ish, turli bosqichlardan o‘tish, takroriy rasmiyatchiliklar va ayrim hollarda subyektiv munosabatlar bilan kurashishga majbur bo‘lsa-chi?

Eng yomoni, yosh olim ilmiy muammoni yechishdan emas, ilmiy tizimning o‘zidan charchab qolsa-chi?

Albatta, ilmiy daraja olishda talabchanlik, xolis ekspertiza va qat’iy ilmiy mezonlar bo‘lishi shart. Lekin talabchanlik bilan byurokratiyani bir-biriga aralashtirmasligimiz kerak.

Biz ko‘pincha yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, PhD va DSc darajasiga ega tadqiqotchilar sonini ko‘paytirish haqida gapiramiz.

Ammo bir savolni kamroq beramiz: ilm-fanga kirib kelgan iqtidorli yoshlarni tizimda saqlab qola olyapmizmi?

Axir bitta PhD himoyasidan keyin ilmni tark etishga qaror qilgan salohiyatli tadqiqotchi — shunchaki bitta yo‘qotilgan DSc emas. Balki kelajakdagi o‘nlab ilmiy maqolalar, yangi g‘oyalar, ilmiy maktab va shogirdlar imkoniyatining ham boy berilishidir.

Menimcha, ilm-fandagi islohotlarning muhim mezonlaridan biri ham shu bo‘lishi kerak: tadqiqotchi ilmiy darajani olganidan keyin ilmga bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qotmasligi kerak.

Ilmiy tizim olimni saralashi kerak, lekin uni ilm-fandan bezdirib qo‘ymasligi kerak.

Sizningcha, yosh tadqiqotchilarni ko‘proq nima charchatyapti: ilmiy ishning murakkabligimi yoki uning atrofidagi byurokratik jarayonlarmi?

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
3,3000070
Photo1/2
Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi

Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi:

🔵O‘ o‘ → Ö ö
🔵G‘ g‘ → Ğ ğ
🔵Sh sh → Ş ş
🔵Ch ch → Ç ç
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva alifbodagi özgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va özbek tilining raqamli makondagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.

“Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi”, — dedi u.

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
6,2600016
Photo1/2
🎓 ILMIY XIZMATLAR — PROFESSIONAL YONDASHUV

📚 ILMIY MAQOLALAR
▪️ Ilmiy maqolalarni tayyorlash va tahrirlash
▪️ OAK jurnallarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak
▪️ IMRAD talablari asosida rasmiylashtirish

📑 ILMIY TEZISLAR
▪️ Respublika va xalqaro konferensiyalar uchun tezislar tayyorlash
▪️ Konferensiya to‘plamlarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak


✅ Sifat • Aniqlik • Mas’uliyat

📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

ILMIY FAOLIYATINGIZDA ISHONCHLI HAMKOR!
3,050002
Photo1/2
#XalqaroYutuq #IlmFan #TOP2

💠O‘zbekiston Milliy universiteti olimlari "World's Top 2% Scientists 2026" reytingiga kiritildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yana bir bor e’tirof etildi. Jahonning eng yetakchi 2% olimlari reytingi ("World's Top 2% Scientists 2026" (TOPSCINET) yangi natijalari e’lon qilindi. Havola: https://topscinet.com/

🔻Har yili Stenford universiteti va Elsevier nashriyoti tomonidan dunyo olimlarining iqtiboslik ko'rsatkichlari asosida eng nufuzli top 2% olimlar ro‘yxati yangilab boriladi. O‘zbekistonlik olimlarning standartlashtirilgan xalqaro metrikalar bo‘yicha bunday nufuzli reytingdan joy olishi mamlakatimiz ilmiy salohiyati yildan-yilga oshib borayotganini ko‘rsatadi.

🔹Ushbu nufuzli ro‘yxatdan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining quyidagi olimlari o‘rin oldi:

Dilfuza Egamberdiyeva, Biologiya va ekologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professori (Mikrobiologiya);

Bobomurod Ahmedov, O‘zMU qoshidagi Nazariy fizika instituti direktori (Fizika-astronomiya);

Elyor Berdimurodov, Kimyo fakulteti Fizikaviy kimyo kafedrasi professori (Fizikaviy kimyo);

Javlon Rayimbayev, Fizika fakulteti Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi professori (Fizika-astronomiya);

Ahmadjon Abdujabborov, Fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi professori (Fizika-astronomiya);

Yusufjon Gʻaffarov, Biologiya va ekologiya fakulteti Botanika va genetika kafedrasi dotsenti (Mikologiya va parazitologiya).

Kanal jamoasi yetuk olimlarimizni erishilgan ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi va ularga yangi ilmiy zafarlar tilaydi.

Manba

📌 Batafsil: @Scopus_Academy
2,5700015
Photo1/2
Бу 1000 грамм оғирликдаги темир бўлак. Унинг хом ашё сифатидаги қиймати тахминан 100 доллар атрофида.

Агар ундан от учун тақа ясалса, нархи 250 долларгача ошади.

Агар эса ундан тикув игналари ясалса — қиймати тахминан 70 000 долларга етади.

Агар ундан соат учун пружина ва шестернялар ишлаб чиқарилса, унинг баҳоси тахминан 6 миллион доллар бўлади.

Лекин агар ундан литография каби жараёнлар учун аниқ лазер деталлари тайёрланса, унинг нархи 15 миллион долларгача чиқади.

Сенинг қийматинг фақат сен нимадан яратилганингда эмас, балки энг аввало, ўз имкониятларингни қай даражада тўғри ва самарали ишлата олишингдадир.

✅ @ILM_NUR_2020 🔗
4,6800028
Photo1/2
🎓 ILMIY XIZMATLAR — PROFESSIONAL YONDASHUV

📚 ILMIY MAQOLALAR
▪️ Ilmiy maqolalarni tayyorlash va tahrirlash
▪️ OAK jurnallarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak
▪️ IMRAD talablari asosida rasmiylashtirish

📑 ILMIY TEZISLAR
▪️ Respublika va xalqaro konferensiyalar uchun tezislar tayyorlash
▪️ Konferensiya to‘plamlarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak


✅ Sifat • Aniqlik • Mas’uliyat

📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

ILMIY FAOLIYATINGIZDA ISHONCHLI HAMKOR!
1,340000
Photo1/2
Ta’lim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qat’i nazar, barcha o‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

-muayyan fanning mohiyati, mazmuni va mavzularini fan dasturida belgilangan hajmlarda izchillik bilan yoritilishi, o‘quv materiallarining mazkur fan orqali ta’lim oluvchilarga berilishi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tartibda tizimli bayon qilinishi;

-yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy bilimlarga asoslangan ma’lumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar va hokazo)dan tashkil topishi, illyustratsiyalarga boy, zamonaviy ko‘rgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy faoliyatga qaratilgan bo‘lishi;

-bilimlarning mutlaqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi;
👉BATAFSIL👈

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
2,210001
Magistratura talabasi qachondan 1 stavkada ishlay oladi?

Assalomu alaykum! 2-kurs magistratura talabasiman. Qachondan 1 stavka ishlasa bo‘ladi? Asosiy ishini o‘qishga kirganda 0,75 stavka qilishgan ekan.

JAVOB:

Bakalavriatda o‘qiydigan talaba ham, magistraturada o‘qiydigan talaba ham ishlashga haqli. Qonunchilik talabalarning mehnat qilish huquqini cheklamaydi, aksincha, qonunchilikda talabalarning ishlashga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Talaba ekan deb sizning mehnat qilish huquqingizni cheklab qo‘yishlari qonunchilikka ziddir. Xohlasangiz, 1 stavka ishlang. Xohlasangiz, 0,75 stavka ishlang. Xohlasangiz, 0,5 stavka ishlang. Xohlasangiz, 0,25 stavka ishlang. Xohlamasangiz, ishlamang.

E’tibor bering! Mehnat qilish – bu Sizning xohishingizga bog‘liq, siz o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi rahbarining xohishiga emas! Lekin...

Lekin Sizga, agar Siz mehnat qilar bo‘lsangiz, birgina talab qo‘yiladi: MEHNAT FAOLIYATINGIZ O‘QISH FAOLIYATINGIZGA SALBIY TA’SIR ETMASLIGI KERAK. QOLGAN MASALALARNI, XUSUSAN MEHNAT QILISH VA DAM OLISH MASALALARINI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH LOZIM BO‘LADI.

Manbalar:

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi;

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;

Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020
3,240008
Adolat qilishning o‘zi yetarli emas, adolat qilinayotgani ham ko‘rinib turishi kerak.

Bu tamoyil ilm-fan uchun ayniqsa muhim.

Eng kuchli tadqiqot ham shaffof ekspertiza va xolis baholashsiz o‘z qadrini yo‘qotishi mumkin. Ilmiy kengashlar, taqriz jarayonlari, grant tanlovlari va maqolalar ekspertizasida nafaqat adolat bo‘lishi, balki uning mezonlari ham ochiq va tushunarli bo‘lishi ishonchni mustahkamlaydi.
Chunki ilm-fan faqat natija bilan emas, balki unga olib kelgan jarayonning halolligi bilan ham qadrlanadi.

Adolat ishonchni, ishonch esa ilm taraqqiyotini yaratadi.

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
3,4100010
Photo1/2
🎓 ILMIY XIZMATLAR — PROFESSIONAL YONDASHUV

📚 ILMIY MAQOLALAR
▪️ Ilmiy maqolalarni tayyorlash va tahrirlash
▪️ OAK jurnallarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak
▪️ IMRAD talablari asosida rasmiylashtirish

📑 ILMIY TEZISLAR
▪️ Respublika va xalqaro konferensiyalar uchun tezislar tayyorlash
▪️ Konferensiya to‘plamlarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak


✅ Sifat • Aniqlik • Mas’uliyat

📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

ILMIY FAOLIYATINGIZDA ISHONCHLI HAMKOR!
3,520001
Photo1/2
Макс Планк физика бўйича Нобел мукофотини қўлга киритгандан сўнг, сафарга чиққан ва ҳамма жойда бир хил маъруза қилган. Унинг залда ўтирган ҳайдовчиси ҳам маъруза матнини ёдлаб олган ва кейин унга бир ҳазил қилишни таклиф қилган: у Планк ўрнига маъзура ўқишни, унга эса ҳайдовчи кийимини кийиб залда ўтиришни таклиф қилган. Бу фикр Планкни кулдирган ва у рози бўлган.

Кейинги сафар ҳайдовчи квант механикаси бўйича маъруза қилаётган пайтда, битта физика профессори унга савол беради. Ҳайдовчи уни тинглайди ва шундай деб жавоб беради: "Бундай илғор шаҳарда менга шундай оддий савол беришади, деб ўйламаган эдим. Рухсатингиз билан ҳайдовчимдан ушбу саволга жавоб беришини сўрайман".

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
3,5500053
Photo1/2
🎓Maqola yoki dissertatsiyangiz tayyormi? Topshirishdan oldin bir ko‘rib chiqaylik.

📞Uzbek scientists quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

🔸Maqola tahlili — jurnalga yuborishdan oldin mazmuni, metodologiyasi va xulosalarini ko‘rib chiqamiz. (Scopus / WoS)

🔎PhD va DSc dissertatsiyasi tahlili — ilmiy va mantiqiy kamchiliklarni aniqlaymiz.

🔵Dissertatsiya va avtoreferat — natijalar, ilmiy yangiliklar va xulosalarning o‘zaro mosligini tekshiramiz.

💬Himoyaga tayyorgarlik — ishingiz bo‘yicha savol-javob va taqdimot ustida ishlaymiz.

📩Murojaat uchun:

Operator-1😀: @uzbek_scientist

Operator-2😀: @mumtoz_21

⚠️Har bir aniqlangan kamchilik bo‘yicha tuzatish tavsiyasini beramiz.

Batafsil: 👉 @uzbekscientists⁠
2,850007
Video
📌 Bugungi O‘zbekiston sharoitida ilmiy savodxonlikni oshirish nega muhim?

So‘nggi paytlarda bitta narsani ko‘p o‘ylayapman: bugun bizga ilmiy savodxonlik shunchaki olimlar uchun emas, butun jamiyat uchun zarur bo‘lib qoldi. Chunki axborot juda ko‘p, lekin uning hammasi ham ishonchli emas. Kim nimani xohlasa, yozayapti, aytayapti, lekin har bir fikr ilmiy asosga ega emas.

Fikrimcha, ilmiy savodxonlik — bu faqat maqola yozishni bilish emas. Bu manbani ajrata olish, dalil bilan fikr yuritish, hissiyotga berilmasdan xulosa chiqarish madaniyatidir. Bugungi O‘zbekistonda islohotlar jadallashgan bir paytda qabul qilinayotgan qarorlar, bahslar, tahlillar ilmiy yondashuvga tayansa, natija ham barqaror bo‘ladi.

Yana bir muhim jihat — yoshlar masalasi. Yosh tadqiqotchilar xalqaro ilmiy maydonga chiqishi uchun nafaqat til, balki ilmiy fikrlash va metodologiyani ham puxta bilishi kerak. Aks holda, biz ilmda faqat iste’molchi bo‘lib qolishimiz mumkin.

Xullas, bugun ilmiy savodxonlikni oshirish — bu alohida soha muammosi emas. Bu ta’lim sifati, davlat boshqaruvi va jamiyat tafakkurining kelajagi bilan bog‘liq masala. Shu sababli bu mavzu hammamizni birdek o‘ylantirishi kerak.

💠A.Axmedov

🔬Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
3,0500011
Photo1/2
🎓 ILMIY XIZMATLAR — PROFESSIONAL YONDASHUV

📚 ILMIY MAQOLALAR
▪️ Ilmiy maqolalarni tayyorlash va tahrirlash
▪️ OAK jurnallarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak
▪️ IMRAD talablari asosida rasmiylashtirish

📑 ILMIY TEZISLAR
▪️ Respublika va xalqaro konferensiyalar uchun tezislar tayyorlash
▪️ Konferensiya to‘plamlarida nashr etish bo‘yicha ko‘mak


✅ Sifat • Aniqlik • Mas’uliyat

📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

ILMIY FAOLIYATINGIZDA ISHONCHLI HAMKOR!
4,540008
Dissertatsiya mavzusi bo'yicha e'lon qilinаdigan ilmiy ishlarga qo'yiladigan talablar

1. E'lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o'tkazilgan ilmiy konferentsiyalarda va seminarlarda aprobatsiyadan (muhokamadan) o'tkazilishi shart.

Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e'lon qilinishi lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e'lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan bo'lishi kerak (arxeologiya ixtisosligi bundan mustasno).

2. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo'yicha e'lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo'lmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) OAKning dissertatsiyalarni asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga (bundan buyon matnda Ro'yxat deb yuritiladi) kiritilgan nashrlarda chop etilishi lozim.

Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma'ruza yoki ma'ruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari to'plamida e'lon qilingan bo'lishi shart.

(2-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 29 noyabrdagi 245/7-sonli (ro'yxat raqami 2894-1, 22.12.2017 y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017 y., 10/17/2894-1/0445-son)

каналга уланиш👇
@ILM_NUR_2020
3,3500011
Photo1/2
#ILM_NUR #PhD_velosiped

🧬PhD — velosiped minishni o‘rganishga o‘xshaydi.

Doktoranturaga kirgan ko‘pchilikda bir xil bosim bo‘ladi: “Darhol kuchli olim bo‘lishim kerak”, “katta yangilik qilishim kerak”. Aslida esa PhD boshidan mukammal bo‘lishni talab qilmaydi.

Bir ustozim menga shunday degan edi: “Sen bu yerga velosiped ixtiro qilish uchun emas, uni haydashni o‘rganish uchun kelganan.” Ilm ham shunday jarayon. Avval muvozanatni topasiz, keyin metodni tushunasiz. Yozasiz, xato qilasiz, tanqid eshitasiz va yana davom etasiz. Shu jarayonda ilmiy fikrlash va mustaqil tadqiqot qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Shuning uchun PhDda qiynalish — muvaffaqiyatsizlik emas, bu tabiiy holat. Velosipedni ham hech kim birinchi kundanoq mukammal haydamaydi. Eng muhimi — o‘zingizdan darhol “tayyor olim” bo‘lishni emas, har kuni biroz yaxshiroq tadqiqotchi bo‘lishni talab qiling.

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
4,0200026
Video
Yevropada PhD darajasini olganlarning 68 foizi 40 yoshida ham turmush qurmagan

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Yevropada PhD darajasiga ega har o‘n kishidan qariyb yettitasi 40 yoshga kelib ham turmush qurmagan bo‘ladi. Natijalar akademik hayot talablari, uzoq davom etadigan tadqiqotlar va kasbiy kelajakdagi noaniqliklar shaxsiy munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, yuqori ilmiy malakaga erishishga intilish ko‘pincha nikoh yoki uzoq muddatli juftlik munosabatlarini kechiktiradi. Ko‘plab ilmiy daraja egalari oilaviy hayotdan ko‘ra tadqiqot, ilmiy nashrlar va kasbiy faoliyatda o‘z o‘rnini topishga ustuvor ahamiyat beradi.

Sotsiologlar ushbu tendensiya, ayniqsa, demografik muammolar mavjud mamlakatlarda uzoq muddatli ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
5,3000015
Photo1/2
🔍 Ilmiy maqola yozishni nimadan boshlagan ma’qul?

Ilmiy maqolaning dolzarbligi, avvalo, uning insoniyat oldida turgan real muammolar bilan qanchalik bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari tadqiqot mavzusini asoslashda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu maqsadlar qashshoqlikni kamaytirish, ochlikka barham berish, sifatli ta’lim, sog‘liqni saqlash, gender tengligi, toza suv, arzon energiya, iqtisodiy o‘sish, innovatsiya, tengsizlikni kamaytirish, barqaror shaharlar, iqlim o‘zgarishi, ekotizimlarni asrash, tinchlik va samarali boshqaruv kabi global masalalarni qamrab oladi.

Tadqiqotchi o‘z maqolasini yozishda mavzuni ushbu maqsadlardan biri bilan bog‘lay olsa, ishning ilmiy va amaliy ahamiyati yanada aniqroq ko‘rinadi. Chunki kuchli maqola faqat nazariy fikr emas, balki jamiyat, tabiat yoki inson taraqqiyoti uchun muhim muammoga berilgan ilmiy javobdir.

✅Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020 🔗
4,680002
‼️PhD himoyasida ekspertiza sifatini kuchaytirish kerak

Matematik olim G‘olibjon Botirovning har bir dissertatsiya uchun alohida shakllantiriladigan 7 kishilik PhD himoya komissiyasi haqidagi g‘oyasi — muhokama qilish va tajribada sinab ko‘rishga arziydigan o‘rinli taklif.

Uning asosiy afzalligi tadqiqot mavzusi va metodlarini chuqur biladigan mutaxassislarni bir komissiyaga jamlash imkoniyatidir. Ayniqsa, fanlararo tadqiqotlarda ekspertlarning mavzuga mosligi ilmiy yangilik va natijalarning asoslanganligini baholash uchun muhim.

Xalqaro tajribada ham turli yondashuvlar mavjud. Masalan, London universitet kollejida — UCLda dissertatsiyani kamida ikki ekspert baholaydi: biri universitet tashqarisidan, ikkinchisi odatda universitetning o‘zidan tayinlanadi. Helsinki universitetida esa har bir dissertatsiya uchun opponent, himoya raisi va fakultet vakillari ishtirokida baholash komissiyasi shakllantiriladi.

Bu misollar aynan yetti kishilik tarkib eng maqbul ekanini isbotlamaydi. Ammo dissertatsiyaga mos, ixcham ekspertlar tarkibi orqali ilmiy baholashni tashkil etish mumkinligini ko‘rsatadi.
Taklifning samarasi uni amalga oshirish tartibiga bog‘liq. Ekspertlarni tanlash mezonlari, ularning talabgor va ilmiy rahbar bilan aloqalarini tekshirish hamda bunga mas’ul mustaqil tuzilma aniq belgilanishi zarur. Har bir a’zoning asoslantirilgan yozma xulosasi va e’tirozlarni ko‘rib chiqish tartibi ham tizimning ajralmas qismi bo‘lishi kerak.

Shu shartlar bilan modelni ayrim ixtisosliklarda tajriba tariqasida joriy etish maqsadga muvofiq. Natijalar baholash sifati, xolislik, sarflangan vaqt va tashkiliy xarajatlar asosida tahlil qilinsa, uni kengaytirish haqida dalillarga tayangan qaror qabul qilish mumkin.

Fikrimcha, Botirov taklifining qimmatli jihati — har bir dissertatsiyani uning mazmuniga mos ekspertiza bilan ta’minlashga e’tibor qaratayotganidir.

📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Telegram

BOTIROV G‘OLIBJON ISROILOVICH

❓PhD himoyasi uchun 21 kishilik ilmiy kengash shartmi?PhD dissertatsiyasining ilmiy saviyasini baholashda kengash a’zolari sonidan ko‘ra, ularning aynan tadqiqot mavzusi bo‘yicha malakasi va mustaqilligi muhimroq.Xorijiy universitetlarda PhD dissertatsiyalarini…

VIEW CHANNEL
4,4700015

Showing 30 of 66 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc Telegram kanali nima haqida?+

Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc (@ilm_nur_2020) — tgdio da Tibbiyot toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 24 585 obunachi bor.

Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc (@ilm_nur_2020) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @ilm_nur_2020 ga bepul obuna bo‘ling.

Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc yaxshi Tibbiyot kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 24 585 obunachi bor. O‘xshash Tibbiyot kanallar bilan solishtiring.

Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar | PhD, DSc statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @ilm_nur_2020 sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.