1/2Robototexnika va muhandislikka qiziqasizmi? Unda o‘z robotingizni jang maydonida sinab ko‘rish vaqti keldi!
📅 27–28-oktabr 2026-yil
📍 CAEx majmuasi
⚡️ InnoWeek–2026 innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida
Musobaqalar Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etiladi.
⚔️ ROBO WAR
Jamoalar tomonidan yaratilgan jangovar robotlar maxsus arenada 1×1 formatida o‘zaro kuch sinashadi. Robotning maksimal vazni — 100 kg, o‘lchami — 100×100×100 sm.
🏆 ROBO WAR sovrin jamg‘armasi:
🥇 1-o‘rin — 20 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
🤖 ROBO WAR MINI
10–17 yoshdagi yosh robototexniklar uchun mo‘ljallangan yo‘nalish. Ishtirokchilar yakka tartibda yoki 3 nafargacha bo‘lgan jamoa bilan qatnashishi mumkin. Robot vazni 1.5 kg gacha, o‘lchami esa 30×30×30 sm gacha bo‘lishi lozim.
🎁 ROBO WAR MINI g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar:
🥇 1-o‘rin — noutbuk
🥈 2-o‘rin — planshet
🥉 3-o‘rin — smartfon
💥 Muhandislik mahoratingiz, texnik yechimlaringiz va jangovar strategiyangizni namoyish eting!
🚀 Robotingizni yarating. Arenaga chiqing. G‘alaba uchun kurashing!
📌 Ro‘yxatdan o‘tish: robowar.yito.uz
⏳ Arizalar qabuli: 26.10.2026
✅Telegram | ✅Instagram


![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)






