Innovatsiyalar Ofisi Telegram channel photo

Innovatsiyalar Ofisi

@innovatsiyalar_ofisiPublic Channel

Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

3.8k

Last views

2.8k (2,831 subscribers)
A'zolar
—
Rating
26
Total Posts
Oct 18, 2026, 6:08 PM
Yangilangan
Aug 3, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameInnovatsiyalar Ofisi
Username@innovatsiyalar_ofisi
CategoryKattalar uchun 18+
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,831
Channel TypePublic Channel
Created3-avg, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#454194-541
Til reytingi
#2407-12
Toifa reytingi
#16902-18

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.8K30 Days growth: -1485%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20262,979
20:09:20262,979
21:09:20262,931
22:09:20262,931
23:09:20262,931
24:09:20262,931
25:09:20262,931
26:09:20262,931
27:09:20262,931
28:09:20262,931
29:09:20262,931
30:09:20262,931
01:10:20262,931
02:10:20262,931
03:10:20262,931
04:10:20262,931
05:10:20262,931
06:10:20262,931
07:10:20262,931
08:10:20262,931
09:10:20262,931
10:10:20262,931
11:10:20262,931
12:10:20262,931
13:10:20262,931
14:10:20262,931
15:10:20262,931
16:10:20262,931
17:10:20262,931
18:10:20262,831
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 03:08:20262,228
Week of 10:08:20262,228
Week of 17:08:20262,228
Week of 24:08:20262,912
Week of 31:08:20262,969
Week of 07:09:20262,979
Week of 14:09:20262,979
Week of 21:09:20262,931
Week of 28:09:20262,931
Week of 05:10:20262,931
Week of 12:10:20262,831
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
August 20262,912
September 20262,931
October 20262,831
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,831

So'nggi postlar

Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

19-okt, 2026, 10:59

Photo1/2
🤖🔥 ROBO WAR va ROBO WAR MINI — 2026

Robototexnika va muhandislikka qiziqasizmi? Unda o‘z robotingizni jang maydonida sinab ko‘rish vaqti keldi!

📅 27–28-oktabr 2026-yil
📍 CAEx majmuasi

⚡️ InnoWeek–2026 innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida
Musobaqalar Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etiladi.

⚔️ ROBO WAR
Jamoalar tomonidan yaratilgan jangovar robotlar maxsus arenada 1×1 formatida o‘zaro kuch sinashadi. Robotning maksimal vazni — 100 kg, o‘lchami — 100×100×100 sm.

🏆 ROBO WAR sovrin jamg‘armasi:
🥇 1-o‘rin — 20 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m


🤖 ROBO WAR MINI
10–17 yoshdagi yosh robototexniklar uchun mo‘ljallangan yo‘nalish. Ishtirokchilar yakka tartibda yoki 3 nafargacha bo‘lgan jamoa bilan qatnashishi mumkin. Robot vazni 1.5 kg gacha, o‘lchami esa 30×30×30 sm gacha bo‘lishi lozim.

🎁 ROBO WAR MINI g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar:
🥇 1-o‘rin — noutbuk
🥈 2-o‘rin — planshet
🥉 3-o‘rin — smartfon

💥 Muhandislik mahoratingiz, texnik yechimlaringiz va jangovar strategiyangizni namoyish eting!
🚀 Robotingizni yarating. Arenaga chiqing. G‘alaba uchun kurashing!

📌 Ro‘yxatdan o‘tish: robowar.yito.uz

⏳ Arizalar qabuli: 26.10.2026

✅Telegram | ✅Instagram
3,790006
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

17-okt, 2026, 15:32

Photo1/20
🇺🇿🇨🇳O‘zbekiston xalqaro muhandislik va robototexnika hamjamiyatidagi o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda

🇺🇿Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahriga tashrifi doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim natijalarga erishdi.

Xususan, Ofis Xalqaro robototexnika assotsiatsiyalari alyansi (IARA) a’zoligiga qabul qilindi.

Shuningdek, Xitoyning Zhejiang Qingshanhu Sci-tech City Management Committee tashkiloti bilan innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro bitim imzolandi.
Tashrif davomida xitoylik investorlar bilan O‘zbekistonga investitsiyalar jalb etish, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma texnologik tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Erishilgan natijalar yosh innovatorlar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish, ilg‘or texnologiyalar almashinuvini rivojlantirish hamda mamlakatimizning innovatsion salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
✅Telegram | ✅Instagram
1,530006
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

15-okt, 2026, 20:49

Photo1/8
#Seminar

Samarqandda xalqaro miqyosdagi muhim tadbirlar o‘tkaziladi

Yaqin kunlarda Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi butunjahon sammiti hamda Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha ikkinchi xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha xorijiy va mahalliy ishtirokchilarga zarur tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish, tadbirlar jarayonining muvofiqlashtirilgan holda tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ullari tomonidan tarjimon-volontyor talabalar bilan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Xususan, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan maxsus saralab olingan, talabalar ishtirok etishdi. Yoshlarni muhim xalqaro anjumanlarga tayyorlash, ularga xorijiy mehmonlar bilan ishlash protokollari va xavfsizlik qoidalarini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan ushbu treningda sohaning yetakchi mutaxassislari va mas’ul rahbarlar ma'ruza qildilar.

Qizg‘in savol-javob va ochiq muloqot formatida o‘tgan seminarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegatsiyalar tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov volontyorlarning asosiy vazifalari, mehmondo‘stlik madaniyati, kutilmagan vaziyatlarda operativ harakat qilish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari batafsil tushuntirildi.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1,040009
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

13-okt, 2026, 21:55

Video
Erkinjon Turdimov: Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak!

Koreyaning Incheon shahrida 190 ta davlat ishtirok etgan “FIRST Global Challenge — 2026” musobaqasida O‘zbekiston jamoasi g‘olib alyans tarkibida oltin medalni qo‘lga kiritdi va eng ko‘p ball to‘plab, xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.

Bugun “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Prezident Farmoniga asosan g‘oliblar va ularning murabbiylariga yuksak davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1,1500016
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

11-okt, 2026, 17:22

Photo1/2
🇺🇿CHEMPIONLARNI TABRIKLAYMIZ!

O‘zbekiston robototexnika terma jamoasi Koreada bo'lgan FIRST Global Challenge 2026 jahon chempionatida tarixiy natijaga erishdi!

🥇 3 ta oltin medal!
🏆 Mutlaq chempionlik!
🚀 16 ta o‘yinda 16 ta g‘alaba!
📈 637 ball — musobaqa rekordi!

Ushbu ulkan muvaffaqiyat yoshlarimizning yuksak muhandislik salohiyati, innovatsion tafakkuri, bilim va mahoratining yorqin namunasidir.

Terma jamoamiz a’zolarini, murabbiylarni hamda ushbu g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan barcha fidoyilarni samimiy muborakbod etamiz!

Bu g‘alaba — nafaqat sport va texnologiya sohasidagi yutuq, balki O‘zbekiston yoshlari salohiyatining jahon miqyosidagi e’tirofidir.

Hurmat bilan,
🇺🇿Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi

✅Telegram | ✅Instagram
1,6900040
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

05-okt, 2026, 21:56

Photo1/2
🚀 MUDOFAA SOHASIDAGI IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN AKSELERATSIYA DASTURI!

🇺🇿 Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida yosh harbiy xizmatchilarning innovatsion va muhandislik loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan Akseleratsiya dasturi start oladi.

📅 6-oktabrdan
⏳ 1 oy davomida
📍 INNO Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki

🎯 Dastur doirasida:
🔹 innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish
🔹 muhandislik loyihalarini takomillashtirish
🔹 amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
🔹 mentorlik va ekspert ko‘magini olish
🔹 loyihalarni prototiplash va rivojlantirish
🔹 yakuniy taqdimotga tayyorlash

✅Telegram | ✅Instagram
2,6000014
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

29-sen, 2026, 22:56

Video
INTIZORLIK BILAN KUTILGAN ONLAR!

🚀“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining 1-o‘rin sohiblari uchun 9 ta BYD Chazor o‘z egalarini kutayotgan edi.

🎉Taqdirlash marosimidan so‘ng 1-o‘rin g‘oliblari o‘z avtomobillarini qabul qilib, Yangi marralar sari yo‘l oldilar.

💡Bu — yoshlarning bilim, izlanish, innovatsion g‘oya va muhandislik salohiyatiga berilgan yuksak e’tirofning yorqin ifodasidir.

➡️9 nafar 1-o‘rin sohibi. 9 ta BYD Chazor. Yangi marralar sari yangi yo‘l.

🚀“Kelajak muhandislari” — kelajak bunyodkorlari sari muhim qadam.

✅Telegram | ✅Instagram
2,270009
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

30-avg, 2026, 02:39

Video
#KelajakMuhandislari #Ishlanmalar

Harbiy sohalar uchun muhandislik loyihalari

“Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovida yosh muhandislar tomonidan harbiy sohalarda qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion muhandislik loyihalari namoyish etildi.

- Zamonaviy texnologiyalar
- Innovatsion ishlanmalar
- Amaliy muhandislik yechimlari

Yosh muhandislarning ilg‘or g‘oyalari mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash va texnologik taraqqiyotga xizmat qiladi.

#KelajakMuhandislari #Ishlanmalar

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
2,550008
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

30-avg, 2026, 02:39

Video
Sun’iy intellekt va lazer texnologiyasi asosida uchuvchisiz uchish apparatlariga (UAV) qarshi kurashuvchi yangi tizim taqdim etildi

«Kelajak muhandislari» respublika koʻrik-tanlovi doirasida yosh ixtirochi-muhandis Ikromjon Moʻydinjonov tomonidan ARGUS-SYS anti-UAV tizimi loyihasi taqdim etildi.

Ushbu zamonaviy ishlanma uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlarni) tez va samarali neytrallashtirishga qaratilgan. Tizim YOLOv8 AI algoritmi va optik uzatgichlar yordamida dronlarni avtomatik aniqlaydi hamda nishonga oladi. 500W quvvatli (405 nm) lazer nuri orqali 1000 metrdan ortiq masofada 2 soniyadan kam vaqt ichida nishonni bartaraf etadi.

#KelajakMuhandislari #Ishlanmalar

✅ | ✅ https://www.instagram.com/innovatsiyalar_ofisi?igsh=aWw4ZjIxZjNwNnJl
2,8300010
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

30-avg, 2026, 02:39

Video
Uch kun. Yuzlab g‘oyalar. Bitta katta maqsad.

5–7-avgust kunlari “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini taqdim etib, hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini himoya qildilar.

Qizg‘in bahslar, hayajonli daqiqalar, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar — tanlovning uch kunlik tafsilotlari bir videoda.

#KelajakMuhandislari #Final

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
1,8100012
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

30-avg, 2026, 02:39

Video
“Kelajak muhandislari”: Suvni tozalash uchun mahalliy membrana texnologiyasi yaratildi

Termiz davlat universiteti (TerDU) Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchisi hamda loyiha rahbari Botir Jumayev tomonidan suv resurslarini tozalash va sifatini oshirishga qaratilgan «UZECOMEM» (Water Technology) loyihasi taqdim etildi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi suvni tozalashda ishlatiladigan yuqori samarali membrana filtrlarini mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ishlab chiqilgan filtrlar kimyoviy hamda mexanik ta’sirlarga o‘ta chidamli bo‘lib, suv tarkibidagi turli moddalar va tuzlarni samarali ushlab qoladi.

#KelajakMuhandislari #ishlanmalar

✅ | ✅ https://www.instagram.com/innovatsiyalar_ofisi?igsh=aWw4ZjIxZjNwNnJl
2,480008
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

30-avg, 2026, 02:39

Video
#KelajakMuhandislari #3_kun

🎥 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining uchinchi kuni “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishida o‘tkazilgan bahslarning eng yorqin lahzalari videolavhada.

Quyidagi havola orqali tadbirni toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

👉 https://youtube.com/live/SIAPY8n3Nhc?feature=share

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
1,580001
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

30-avg, 2026, 02:39

Photo
Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi davom etmoqda

Bugun tanlovning uchinchi kuni doirasida “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchi, amaliyotchi muhandis va talabalar o‘rtasida bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Final bosqichida akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan va eng yuqori natijalarni qayd etgan 90 nafar eng kuchli ishtirokchi bosh sovrin uchun o‘z innovatsion g‘oyalari va ixtirolari bilan bellashmoqda.

Jarayon bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov yaqindan tanishib, ishtirokchilar hamda tashkiliy jamoa bilan muloqot qildi. U tanlovning shaffof va yuqori saviyada tashkil etilayotgani, yosh muhandislar hamda innovatorlarning ilmiy-texnik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

✅ | ✅ https://www.instagram.com/innovatsiyalar_ofisi?igsh=aWw4ZjIxZjNwNnJl
1,840003
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

03-avg, 2026, 13:01

Video
🌟 Abduqodir Husanov ham “35 000 tashabbus” loyihasiga qo‘shildi! 🇺🇿

Sizda ham jamiyat, ta’lim, texnologiya, ekologiya yoki boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus bormi?

Unda uni “35 000 tashabbus” platformasi orqali yuboring va O‘zbekiston kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing!

Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish!

📲 Tashabbus qoldiring va o‘z nomingizni ezgu tashabbuslar safidan joy oling! ➡️ https://tashabbus.yito.uz/

#35000Tashabbus #AbduqodirHusanov

✅ | ✅ https://www.instagram.com/innovatsiyalar_ofisi?igsh=aWw4ZjIxZjNwNnJl
1,2500032
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

03-avg, 2026, 13:01

Photo
😅 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy (final) bosqichi

Akseleratsiya bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatgan 90 nafar ishtirokchi 5–7-avgust kunlari tanlovning yakuniy bosqichida g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Final bahslari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

5-avgust — “Eng yaxshi g‘oya”
6-avgust — “Eng yaxshi loyiha”
7-avgust — “Eng yaxshi ixtiro”

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar o‘z ishlanmalarining amaliy va iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan ekspertiza oldida himoya qiladilar.

Taqdimotlar yakuniga ko‘ra tanlovning 9 nafar mutloq g‘olibi aniqlanadi va bosh sovrin — BYD avtomobili bilan taqdirlanadi.

✅ | ✅ https://www.instagram.com/innovatsiyalar_ofisi?igsh=aWw4ZjIxZjNwNnJl
1,5000032
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

03-avg, 2026, 13:01

Video
🚀 "35 000 tashabbus" umummilliy dasturiga start berildi

🇺🇿 Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan "35 000 tashabbus" umummilliy yoshlar tashabbuslari dasturi rasman ishga tushirildi. Loyiha O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ijtimoiy tashabbuslarini yagona tizimga jamlashga qaratilgan.

💡 Dastur doirasida ekologiya, ta'lim, fan va innovatsiyalar, muhandislik, raqamli texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy tashabbuslar, madaniyat, sport va turizm kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 35 mingta tashabbus qabul qilinadi. Eng yaxshi loyihalar davlat dasturlariga integratsiya qilinib, mualliflari yirik loyihalar va stajirovkalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📲 Tashabbuslarni maxsus platforma orqali yuborish mumkin: http://tashabbus.yito.uz/. Loyiha yakunida yoshlar g‘oyalarining "Ideas Bank" yagona elektron bazasi shakllantiriladi.

Sahifalarimizga obuna bo‘ling:
📱 https://t.me/qisqasitv 📱 https://www.instagram.com/qisqasitv/ 📱 https://www.tiktok.com/@qisqasitv?_r=1&_t=ZS-91MV6EE7Yll 📱 http://www.youtube.com/@qisqasitv
7930012
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

03-avg, 2026, 13:01

Video
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: http://tashabbus.yito.uz/⁠

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.

✅ | ✅ https://www.instagram.com/innovatsiyalar_ofisi?igsh=aWw4ZjIxZjNwNnJl
4,6500012
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

03-avg, 2026, 13:01

Photo
😅 “Kelajak muhandislari” Respublika ko‘rik-tanlovining akseleratsiya bosqichi natijalari e’lon qilindi

Akseleratsiya bosqichi yakunlariga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida ishtirok etgan talabalar, amaliyotchi-muhandislar hamda professor-o‘qituvchilar kategoriyalaridagi loyihalar ishchi guruh tomonidan baholandi.

Akseleratsiya dasturi yakunida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini ekspertlar hamjamiyati oldida taqdimot shaklida himoya qildilar. Baholash jarayonida ishlanmalarning innovatsionligi, ilmiy-texnik asoslanganligi, amaliy va iqtisodiy samaradorligi, taqdimot sifati hamda loyihani himoya qilish ko‘nikmalari asosiy mezonlar sifatida belgilandi.

Akseleratsiya bosqichi natijalariga ko‘ra, tanlovning “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarining har bir kategoriyasidan (talaba, amaliyotchi-muhandis, professor-o‘qituvchi) 10 nafardan, jami 90 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi.

Tanlovning yakuniy bosqichida ishtirokchilar o‘z loyihalarini kengaytirilgan ekspertiza va baholash jarayonida taqdim etib, g‘oliblik uchun kuch sinashadilar.

Yakuniy bosqichga o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
“Eng yaxshi g‘oya” — https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/07/31/d5b85328-13ab-a5b7-24f8-fb7f34e044d0_media_.pdf
“Eng yaxshi loyiha” — https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/07/31/23089d8f-92ff-3a9e-03a5-8821404e8527_media_.pdf
“Eng yaxshi ixtiro” — https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/07/31/4a109042-1dc0-8526-2a03-457cb2c6f688_media_.pdf
3,4000023
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

03-avg, 2026, 13:01

Video
😅”Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining III bosqichi — Akseleratsiya dasturi Demo Day: 3-kun

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilayotgan “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining III bosqichi — Akseleratsiya dasturi Demo Dayning yakuniy, uchinchi kuni bugun INNO Texnoparkda bo‘lib o‘tdi.

Demo Dayning uchinchi kuni amaliyotchi muhandis kategoriyasi ishtirokchilarining innovatsion loyiha va ishlanmalari taqdimotlariga bag‘ishlandi. Muhandis ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy ishlanmalari, texnologik yechimlari hamda tijoratlashtirish salohiyatiga ega innovatsion loyihalarini ekspertlar hay’ati oldida himoya qildilar.

Akseleratsiya dasturi davomida loyihalar texnik, ilmiy, iqtisodiy va amaliy jihatdan yanada takomillashtirildi. Demo Day jarayonida esa muhandislar o‘z ishlanmalarining natijalari, istiqbollari hamda amaliy ahamiyatini taqdim etib, ekspertlar tomonidan baholandi.

Shu bilan uch kunlik Demo Day dasturi o‘z yakuniga yetdi.

🏆Eslatib o‘tamiz! Tanlovning mutlaq g‘oliblari Prezident sovg‘asi — elektromobillar bilan taqdirlanadi. Yaqin orada g‘oliblar e’lon qilinadi.

✅ | ✅ https://www.instagram.com/innovatsiyalar_ofisi?igsh=aWw4ZjIxZjNwNnJl
1,270005
Innovatsiyalar Ofisi logo
Innovatsiyalar Ofisi

03-avg, 2026, 13:01

Photo
Poytaxt yoshlari uchun ilmiy shou tashkil etildi

🇺🇿 Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida poytaxt yoshlari uchun fizika va kimyo yoʻnalishida qiziqarli ilmiy shou tashkil etildi.

🧑‍🔬 Tadbir davomida ishtirokchilar turli ilmiy tajribalar, yorqin reaksiyalar va interaktiv namoyishlar orqali fizika hamda kimyoning qiziqarli jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va innovatsion fikrlashini rivojlantirishga xizmat qildi.

✅ | ✅ https://www.instagram.com/innovatsiyalar_ofisi?igsh=aWw4ZjIxZjNwNnJl
863002

Showing 26 of 26 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Innovatsiyalar Ofisi Telegram kanali nima haqida?+

Innovatsiyalar Ofisi (@innovatsiyalar_ofisi) — tgdio da Kattalar uchun 18+ toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 831 obunachi bor.

Innovatsiyalar Ofisi (@innovatsiyalar_ofisi) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @innovatsiyalar_ofisi ga bepul obuna bo‘ling.

Innovatsiyalar Ofisi yaxshi Kattalar uchun 18+ kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Innovatsiyalar Ofisi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 831 obunachi bor. O‘xshash Kattalar uchun 18+ kanallar bilan solishtiring.

Innovatsiyalar Ofisi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @innovatsiyalar_ofisi sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.