🥛 Xomashyodan — chuqur qayta ishlashga o‘tish
Avvallari hududda asosan qishloq xo‘jaligi xomashyosini yetishtirish ustun bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda asosiy e’tibor chuqur qayta ishlashga qaratilmoqda. Ayniqsa, chorvachilik (qoramol, qo‘y-echki va tuya) mahsulotlarini qayta ishlash orqali yarim tayyor va tayyor mahsulotlar (quruq sut, pishloq, yogurt) ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda.
🐪 Bunga yorqin misol — Mo‘ynoqdagi innovatsion loyiha: Tuya sutidan noan’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda!
📍 Mo‘ynoq tumanida loyiha rahbari Abbaz Jarimbetov boshchiligida "Noan’anaviy nordon sut mahsulotlarini ishlab chiqarish" tijoratlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
💰 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash:
Loyiha doirasida kerakli asbob-uskunalar xaridi uchun Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 1 mlrd 63 mln 272 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.
📦 Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar:
🔹 Quritilgan tuya suti kukuni;
🔹 Shubat (qumron) tuya suti;
🔹 Tuya sutidan tayyorlangan barcha sut va kosmetika mahsulotlari.
📈 Ish o‘rinlari va loyihani kengaytirish:
Hozirgi kunda loyiha doirasida 5 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, Bo‘zatov tumanida ishlab chiqarishni kengaytirish va qo‘shimcha tarmoq yaratish ishlari olib borilmoqda. Ushbu kengaytirish hisobiga ish o‘rinlari sonini 10 taga yetkazish rejalashtirilgan.
💸 Sotuv hajmi:
Loyiha doirasidagi umumiy sotuv hajmi 1 mlrd 250 ming so‘mni tashkil etmoqda.
❗️ Ahamiyati: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha qiymat yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari shakllantirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos iqlimi va ekologik sharoiti oziq-ovqat sanoatiga an’anaviy emas, balki innovatsion yondashuvlarni joriy etishni talab qiladi.
Hududda iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlashda qator ko‘rsatkichlar va yangi trendlar kuzatilmoqda.
🐪
Tuya sutining shifobaxsh xususiyatlari va foydalari:
👁🗨Imunitetni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda muhim yordamchi hisoblanadi.
👁🗨Ichak, jigar, qandli diabet, jig‘ildon qaynashi hamda teri kasalliklariga qarshi ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
👁🗨O‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi, yosharishga va bo‘y o‘stirishga yordam beradi.
👁🗨Qon bosimi va nafas a'zolari funksiyalarini normallashtiradi.
👁🗨Jarohat va operatsiyalardan so‘ng organizmning tez tiklanishiga ko‘maklashadi.
Ma'lumot uchun 02.09.2026 yil xolatiga mahsulotlar narxlari:
1) 500 grammlik tuya suti kukuni - 500 ming so'm.
2) 1 litr shubat - 35 ming so'm.
Buyurtma asosida: yogurt, tvorog, pishloq, qaymoq.
Shuningdek, tuya sutidan sutli sovun, krem va shampun kosmetik vositalari ishlab chiqariladi.
Bog'lanish uchun
https://t.me/tuyasuti_apasiak murojaat qilishingiz mumkin.
😎 😎
https://www.youtube.com/@IRAQaraqalpaqstan