ISHONCH ustozlari Telegram channel photo

ISHONCH ustozlari

@ishonch_ustozlariPublic Channel

Ushbu kanal ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli taʼlimni qo’llash orqali taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma dasturi doirasida ustozlarga ma'lumot berish berish uchun ochilgan.

441

Last views

1.8k (1,789 subscribers)
A'zolar
—
Rating
28
Total Posts
Oct 18, 2026, 3:25 AM
Yangilangan
May 15, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameISHONCH ustozlari
Username@ishonch_ustozlari
CategoryVeb-seriallar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,789
Channel TypePublic Channel
Created15-may, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 4 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#10610+21
Til reytingi
#118-2
Toifa reytingi
#296O'zgarish yo'q

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.8K30 Days growth: +45434%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20261,335
19:09:20261,335
20:09:20261,762
21:09:20261,762
22:09:20261,762
23:09:20261,762
24:09:20261,762
25:09:20261,762
26:09:20261,762
27:09:20261,762
28:09:20261,762
29:09:20261,762
30:09:20261,762
01:10:20261,762
02:10:20261,762
03:10:20261,762
04:10:20261,762
05:10:20261,762
06:10:20261,762
07:10:20261,762
08:10:20261,762
09:10:20261,762
10:10:20261,762
11:10:20261,762
12:10:20261,762
13:10:20261,762
14:10:20261,762
15:10:20261,762
16:10:20261,762
17:10:20261,789
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 11:05:20261,048
Week of 18:05:20261,048
Week of 25:05:20261,048
Week of 01:06:20261,048
Week of 08:06:20261,048
Week of 15:06:20261,048
Week of 22:06:20261,048
Week of 29:06:20261,048
Week of 06:07:20261,241
Week of 13:07:20261,241
Week of 20:07:20261,241
Week of 27:07:20261,241
Week of 03:08:20261,241
Week of 10:08:20261,241
Week of 17:08:20261,394
Week of 24:08:20261,394
Week of 31:08:20261,366
Week of 07:09:20261,335
Week of 14:09:20261,762
Week of 21:09:20261,762
Week of 28:09:20261,762
Week of 05:10:20261,762
Week of 12:10:20261,789
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
May 20261,048
June 20261,048
July 20261,241
August 20261,394
September 20261,762
October 20261,789
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,789

So'nggi postlar

ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

16-okt, 2026, 10:29

Video
ENGLISH

YUNESKO Raqamli ta’lim haftaligi 2026: ortga bir nazar

✨ Raqamli ta’lim haftaligi davomida dunyoning turli mamlakatlaridan pedagoglar, mutaxassislar, ta’lim sohasi rahbarlari va siyosat ishlab chiquvchilar sun’iy intellekt, raqamli ta’lim hamda ta’limning kelajagiga oid eng dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun bir joyga jam bo‘ldilar.

🇺🇿 O‘zbekistonda ISHONCH loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan mentor o‘qituvchilar ham dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan pedagoglar va mutaxassislar bilan birgalikda ta’lim bo‘yicha global muhokamalarda ishtirok etdilar. Ayniqsa, YUNESKO Raqamli ta’lim haftaligi tarixida ilk bor maktab o‘qituvchilari ta’lim vazirlari bilan bir qatorda panel sessiyalarida qatnashib, o‘qituvchilar ovozini xalqaro maydonga olib chiqdilar.

🎙 Ushbu videoda Durdona Boynazarovaning panel muhokamasidagi fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin. U o‘z chiqishida sun’iy intellektdan ta’limda foydalanish, sun'iy intellekt bilan bog‘liq ta’lim siyosatini shakllantirishda o‘qituvchilarning o‘rni, shuningdek, qarorlar qabul qilish jarayonlariga pedagoglarning qarashlari va amaliy tajribalarini kengroq jalb etish muhimligi haqida so‘z yuritdi.

#DigitalLearningWeek2026 #UNESCO #ISHONCH #AIinEducation #TeachersVoices #Vision2030 #UzbekistanTeachers
441003
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

15-okt, 2026, 11:10

Photo1/2
📊 ISHONCH loyihasida mentorlarni saralash jarayoni yakunlandi!

Yanvar oyidan oktabr oyiga qadar Buxoro, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridan mentor-o‘qituvchilarni saralash jarayoni olib borildi.

Ushbu davr mobaynida jamoamiz minglb arizalarni ko‘rib chiqdi, nomzodlarning tajriba va salohiyatini baholadi hamda 700dan ortiq o'qituvchilar bilan suhbatlar o‘tkazdi. Har bir bosqich nomzodlarning bilimlari, tajribasi va mentorlik faoliyatiga tayyorligini aniqlashga qaratildi.

📨Saralash natijalari barcha nomzodlarga elektron pochta orqali yuborildi.

Agar siz hali xatni olmagan bo‘lsangiz, elektron pochtangizning Spam papkasini ham tekshirib ko‘ring. Xat boshqa texnik sabablarga ko‘ra yetib bormagan bo‘lishi ham mumkin. Agar suhbatdan o‘tgan bo‘lsangiz, Siz bilan qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishadi.

🤝 Loyihamizga qiziqish bildirgan, vaqt ajratgan va saralash jarayonida ishtirok etgan barcha nomzodlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

ISHONCH loyihasi doirasidagi yangiliklarni kuzatib boring — oldinda yana ko‘plab imkoniyatlar va tashabbuslar bor. Kelgusidagi loyihalarimizda yana uchrashishdan mamnun bo‘lamiz!

#ISHONCH #Mentorlik #KasbiyRivojlanish
9270021
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

14-okt, 2026, 11:40

Photo1/18
#ISHONCH #XalqaroHamkorlik #Mentorlik #KasbiyRivojlanish

📚 MENTORLAR UCHUN METODIK QO‘LLANMA TAQDIM ETILDI

➖ Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan treningda “Mentorlar qo‘llanmasi” (Handbook) taqdim etildi.

📝 Mazkur qo‘llanma mentorlik faoliyatini samarali tashkil etish, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda maktablarda o‘zaro tajriba almashish va hamkorlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

✍️ Qo‘llanmada darslarni kuzatish va tahlil qilish, SMART maqsadlarni belgilash, refleksiya yuritish hamda kasbiy rivojlanishni rejalashtirish bo‘yicha samarali metodik vositalar yoritilgan.

📌 Loyiha doirasida tayyorlangan 100 ortiq mentor o‘z maktablarida 10 nafargacha hamkasbining kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashib, ularning individual maqsadlariga erishishi hamda professional ta’lim hamjamiyatlari (PLC) doirasidagi hamkorligini qo‘llab-quvvatlaydi.

✔️ Xalqaro ekspert ishtirokida aynan ISHONCH loyihasi uchun ishlab chiqilgan ushbu qo‘llanma maktablarda mentorlik madaniyatini rivojlantirish va pedagoglarning uzluksiz kasbiy o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.

🤔Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan.

🌀 Loyiha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bizning sahifalarimiz
✉️ Telegram     🌐 Web sayt   🗳Facebook
7010013
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

09-okt, 2026, 17:53

Video
ENGLISH

Termizda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan treninglar davom etmoqda

⚡️ Xalqaro ekspertlarni jalb etish bilan bir qatorda, mahalliy mentorlar uchun xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda trening mashg‘ulotlarini olib borish — co-facilitation imkoniyatlarini yaratmoqdamiz.

Bu shunchaki tajriba almashish emas. Bunday yondashuv mahalliy trenerlarga amaliy hamkorlik jarayonida o‘rganish, xalqaro tajriba va yondashuvlarni o‘zlashtirish hamda o‘z kasbiy salohiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlash imkonini beradi.

🌟 Natijada biz nafaqat alohida treninglar o‘tkazmoqdamiz, balki mahalliy trenerlarning salohiyatini oshirib, hududda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini yanada barqaror yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam poydevor yaratmoqdamiz.

Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda.

#ISHONCH #AKT #SuniyIntellekt #RaqamliTalim #KasbiyRivojlanish
1,0700016
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

05-okt, 2026, 16:34

Photo1/2
ENGLISH

📝 O‘qituvchilar ta’limning yuragidir. 2026-yilgi Butunjahon o‘qituvchilar kunida UNESCO o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va ularning fikr-mulohazalariga quloq tutadi — ularning ta’limdagi hissasini e’tirof etadi, kasbiy bilim va tajribasiga ishonch bildiradi hamda o‘z kasbida munosib faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu yil O‘qituvchilarning maqomi to‘g‘risidagi XMT/UNESCO tavsiyasining 60 yilligi nishonlanmoqda. Bu muhim sana o‘qituvchilar bilan birdam bo‘lish — ularni e’tirof etishni amaliy harakatlarga aylantirish demak ekanini yana bir bor eslatadi.

💡 O‘qituvchilar bilan birga: kasbni himoya qilish, uning maqomini yuksaltirish va kelajagimizni shakllantirishning 60 yilligi

Bugungi kunda bu majburiyat quyidagilarni anglatadi:
🔹 o‘qituvchilarning hissasini qadrlash
🔹 ularning kasbiy bilim va tajribasiga ishonish
🔹 ularning fikr va takliflariga quloq tutish
🔹 adolatli ish haqi va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash

O‘qituvchilarning mehnat sharoitlari — o‘quvchilarning ta’lim olish sharoitlaridir. Shu sababli o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash — ta’lim sifati va uning kelajagiga kiritilgan sarmoyadir.

#WorldTeachersDay #StandingWithTeachers #UNESCO
1,3700017
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

05-okt, 2026, 11:43

Video
ENGLISH

Soatmurod Xaydarov Surxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchisi va pedagog-trenerdir.

YUNESKOning ISHONCH loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan 400 dan ortiq mentorlardan biri bo‘lgan Soatmurod Xaydarov minglab o‘qituvchilarning kasbiy va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashib kelmoqda.

2026-yil 5-oktabr kuni O‘qituvchilarning maqomi to‘g‘risidagi 1966-yilgi XMT/YUNESKO Tavsiyasi qabul qilinganining 60 yilligi nishonlanmoqda. Bu sana “O‘qituvchilar bilan birgamiz: kasbni himoya qilish, uning nufuzini yuksaltirish va kelajagimizni shakllantirish yo‘lidagi 60 yil” shiori ostida e’tirof etilmoqda.

Butunjahon o‘qituvchilar kuni muborak bo'lsin!

#OqituvchilarKuni #TeachersDay2026 #StandingWithTeachers #Oqituvchilar #Talim #OqituvchiRivoji #UNESCO #IshonchUstozlari
1,2200042
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

03-okt, 2026, 13:19

📢 O‘qituvchilar liderligi orqali o‘qituvchilar ovozini kuchaytirish YUNESKOning Almata shahridagi Mintaqaviy ofisi Markaziy Osiyodagi o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillarini 2026-yilgi Butunjahon o‘qituvchilar kuni hamda O‘qituvchilarning maqomi to‘g‘risidagi…
1,340009
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

03-okt, 2026, 13:19

Photo1/2
📢 O‘qituvchilar liderligi orqali o‘qituvchilar ovozini kuchaytirish

YUNESKOning Almata shahridagi Mintaqaviy ofisi Markaziy Osiyodagi o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillarini 2026-yilgi Butunjahon o‘qituvchilar kuni hamda O‘qituvchilarning maqomi to‘g‘risidagi 1966-yilgi XMT/YUNESKO tavsiyasining 60 yilligiga bag‘ishlangan onlayn tadbirga taklif etadi.

Tadbir davomida Nopozitsion o‘qituvchilar liderligi (NPTL) yondashuvi hamda o‘qituvchilar ovozini kuchaytirish va o‘qituvchilar boshchiligidagi kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi materiallar taqdim etiladi.

💡 Nopozitsion o‘qituvchilar liderligi (NPTL) har bir o‘qituvchi rasmiy lavozimi yoki unvonidan qat’i nazar, ta’limdagi o‘zgarishlarni boshlashi va ularga yetakchilik qilishi mumkin degan g‘oyaga asoslanadi. Ushbu yondashuv kasbiy hamkorlik, tajriba almashish va maktab ehtiyojlariga javob beradigan o‘qituvchilar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan rivojlanish loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

📅 5-oktabr, 2026-yil
🕑 14:00–16:00 — Toshkent vaqti (UTC+5)
💻 Onlayn, Zoom platformasida
🌐 Ingliz, qozoq, qirg‘iz, rus va tojik tillarida, sinxron tarjima bilan.

📌 Tadbir dasturida:
• NPTL yondashuviga doktor David Frost tomonidan kirish;
• Qozog‘iston va Tojikistondagi tajribalar;
• NPTL materiallarining qozoq, qirg‘iz, rus va tojik tillaridagi tarjimalarini taqdim etish;
• Markaziy Osiyoda keyingi hamkorlik imkoniyatlari bo‘yicha savol-javob va muhokama.

🔗 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi: Zoom tadbiriga ro‘yxatdan o‘tish

#WorldTeachersDay #TeacherLeadership #NPTL #UNESCO #Education
1,060006
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

01-okt, 2026, 12:16

Video
✨ O‘qituvchi — bu biz o‘zimizga ishonishdan avval bizga ishonadigan insondir. Ular bilim beradi, orzularga qanot bag‘ishlaydi va ko‘plab insonlar hayotida unutilmas iz qoldiradi. Ular bizni har bir sinovdan o‘tishda qo‘llab-quvvatlaydi, yutuqlarimizni birga nishonlaydi va kelajakni har bir o‘quvchi orqali shakllantiradi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
_________________________
✨ A teacher is the person who believes in us before we believe in ourselves. They share knowledge, inspire dreams, and leave a lasting impact on countless lives. They guide us through challenges, celebrate our successes, and shape the future one student at a time.

Happy Teacher's Day!

📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
9020019
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

01-okt, 2026, 10:43

Photo1/2
ENGLISH

🏫 O‘qituvchi — ta’limning yuragi. Har bir o‘quvchining yutug‘i, har bir jamiyatning taraqqiyoti ortida bilim beradigan, yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydigan va yoshlarni o‘z salohiyatiga ishonishga ilhomlantiradigan o‘qituvchi turadi.

UNESCO uchun o‘qituvchilar bilan bir safda turish katta sharaf. Chunki ta’limdagi mazmunli va barqaror o‘zgarishlar, avvalo, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun imkoniyatga ega bo‘lgan, qo‘llab-quvvatlanadigan va mehnati qadrlanadigan o‘qituvchilardan boshlanadi.

🌍 #WorldTeachersDay — Butunjahon o‘qituvchilar kuni munosabati bilan UNESCO va Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilingan “O‘qituvchilarning maqomi to‘g‘risidagi tavsiya”ning 60 yilligini nishonlaymiz. Bu o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan sadoqatimizni yangilash uchun muhim imkoniyatdir.

Bugun biz A’zo davlatlar bilan birgalikda 1966-yilda qabul qilingan Tavsiyani qayta ko‘rib chiqish va uni XXI asrda o‘qituvchilik kasbining bugungi sharoitlari va ehtiyojlarini aks ettiradigan tarzda yangilash ustida ishlamoqdamiz. Shu bilan birga, uning asosiy maqsadi o‘zgarishsiz qolmoqda — o‘qituvchilik kasbini mustahkamlash va har bir ta’lim oluvchining sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Hurmatli o‘qituvchilar! Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, birgalikda o‘rganish, tajriba almashish va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratish ustida ishlamoqdamiz.

Dasturlarimiz doirasida 350 nafardan ortiq mentor-o‘qituvchi zamonaviy pedagogika, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha malaka oshirmoqda. Mentorlik dasturi orqali esa ular o‘z maktablarida 3 500 nafardan ortiq o‘qituvchini qo‘llab-quvvatlamoqda — bilim va tajribalarini ulashib, hamkasblari bilan fikr almashib, ta’lim berish amaliyotlarini yanada takomillashtirishga ko‘maklashmoqda.

O‘qituvchilar bilan bir safda turish — bu ularga o‘z bilim va salohiyatini to‘liq namoyon etish hamda kelajakni ishonch bilan shakllantirishlari uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish demakdir.

Bugun biz har bir o‘qituvchiga fidoyiligi, sabr-toqati va kasbiga sadoqati uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizning mehnatingiz har bir ta’lim oluvchi, har bir maktab va O‘zbekiston kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga ega.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Sara Noshadi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili

📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
9310011
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

28-sen, 2026, 17:56

Photo1/20
ENGLISH

📚Raqamli ta’lim sari: Farg‘onada mentor-o‘qituvchilar uchun trening

YUNESKO va Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi hamkorligida 14–18-sentabr kunlari 10 kunlik trening dasturining bir qismi sifatida mentor-o‘qituvchilar uchun AKT va sun’iy intellektga bag‘ishlangan besh kunlik trening o‘tkazildi.

💡 Trening davomida ishtirokchilar ta’lim jarayonida texnologiyalardan samarali va mas’uliyatli foydalanish, inklyuziv ta’lim uchun raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Ishtirokchilar interaktiv kontent yaratish, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish kabi amaliy yo‘nalishlarda ham ishladilar.

Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda.

#ISHONCH #AKT #SuniyIntellekt #RaqamliTalim #KasbiyRivojlanish

📱 Instagram | 📱 Facebook |📱 Website
1,6700029
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

02-sen, 2026, 15:10

Video
https://telegra.ph/Video-Highlights-from-the-Mentor-Teacher-Training-in-Fergana-08-18

Farg‘onadagi mentor-o‘qituvchilar treningidan videolavha

✅️13-15-avgust kunlari mentor-o‘qituvchilar ISHONCH loyihasi doirasida Farg‘ona Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan o‘quv dasturida ishtirok etdilar.

🔸 Uch kun davom etgan intensiv trening mobaynida ishtirokchilar 4C ko‘nikmalarini (Critical Thinking, Collaboration, Communication va Creativity) tushunish bilan cheklanib qolmay, ularni turli fanlar hamda real sinf jarayonlariga tatbiq etish ustida ishladilar. Amaliy mashg‘ulotlar, darslarni rejalashtirish va mentorlikka yo‘naltirilgan muhokamalar orqali ular bu ko‘nikmalarning amaliyotda qanday namoyon bo‘lishini hamda texnologik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda raqamli vositalar ta’lim jarayonini qanday samarali boyitishi mumkinligini o‘rgandilar.

✨ Trening yakunida ishtirokchilar barcha to‘rtta kompetensiyani o‘zida aks ettirgan dars ishlanmalarini tayyorlab, ularni hamkasblariga taqdim etdilar. Taqdimotlar ularning pedagogik o‘zgarishlarga yetakchilik qilish hamda o‘qituvchilarni yigirma birinchi asr ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim jarayonlarini tashkil etishda qo‘llab-quvvatlash salohiyati yanada mustahkamlanganini namoyon etdi.

Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda.

#ISHONCH #KasbiyRivojlanish #Talim #BarchaUchunTalim

🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

📱 https://www.instagram.com/unesco_uzbekistan?igsh=MTk0M3NqemRhdDFncA==| 📱 https://www.facebook.com/share/19cYFuRQRa/ |📱 https://www.unesco.org/en/fieldoffice/tashkent
5570020
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

02-sen, 2026, 15:10

Photo
https://telegra.ph/Training-for-Mentor-Teachers-in-Bukhara-08-18

Buxoro mentor-o‘qituvchilari uchun trening

📚 Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida ISHONCH loyihasi doirasida mentor-o‘qituvchilar uchun uch kunlik trening boshlandi.

Treningi birinchi kuni davomida ishtirokchilar uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonlarini samarali tashkil etish, kattalar ta’limining o‘ziga xos jihatlari, o‘qituvchilarning kasbiy o‘qishidagi motivatsiya va to‘siqlar, shuningdek, inklyuziv hamda gender-sezgir yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

🤝 Trening mentorlarning o‘z maktablarida kasbiy rivojlanish faoliyatlarini rejalashtirish, hamkasblari bilan tajriba almashish va amaliyotga yangi yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi trening davomida kattalar va yosh o‘quvchilarning o‘rganish ehtiyojlari va usullari bir-biridan farq qilishini yanada chuqurroq angladim. Ushbu farqlarni hisobga olgan holda yondashish bizga ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish va o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashishda yordam beradi,
dedi Makhliyo Soliyeva, mentor-o‘qituvchilardan biri.

Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda.

🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

📱 https://www.instagram.com/unesco_uzbekistan?igsh=MTk0M3NqemRhdDFncA==| 📱 https://www.facebook.com/share/19cYFuRQRa/ |📱 https://www.unesco.org/en/fieldoffice/tashkent
5970012
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

02-sen, 2026, 15:10

Photo
https://telegra.ph/Training-for-new-selected-mentors-was-held-in-Fergana-08-13

Farg‘onada yangi mentorlar uchun trening

📚YUNESKO va Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi hamkorligida 10–12-avgust kunlari saralab olingan mentor-o‘qituvchilar uchun pedagogika va andragogikaga oid uch kunlik trening o‘tkazildi.

Trening davomida ishtirokchilar uzluksiz kasbiy rivojlanish, kattalar ta’limining asosiy tamoyillari, o‘qituvchilarning kasbiy o‘qishidagi motivatsiya va to‘siqlar bilan tanishdilar.

💡Treningning muhim yo‘nalishlaridan biri mentor-o‘qituvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirishi va ularni boshqa pedagoglar bilan samarali ulashish uchun zarur ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Mazkur faoliyatlar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda.

#ISHONCH #KasbiyRivojlanish #Talim #BarchaUchunTalim

🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

📱 https://www.instagram.com/unesco_uzbekistan?igsh=MTk0M3NqemRhdDFncA==| 📱 https://www.facebook.com/share/19cYFuRQRa/ |📱 https://www.unesco.org/en/fieldoffice/tashkent
9110018
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

02-sen, 2026, 15:10

Photo
https://telegra.ph/A-series-of-extended-training-on-ICT-and-AI-under-the-ISHONCH-project-has-successfully-concluded-in-Bukhara-Surkhandarya-and-Fer-08-03

ISHONCH loyihasi doirasida AKT va sun’iy intellekt bo‘yicha treninglar Buxoro, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida muvaffaqiyatli yakunlandi

💻 So‘nggi haftalar davomida mazkur viloyatlardagi mentorlar yangi raqamli vositalarni o‘zlashtirib, ularni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Treninglar ularga nafaqat yangi bilimlar berdi, balki tajriba almashish va kasbdoshlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ham imkon yaratdi. Eng muhimi, ular ta’limda yangiliklarni joriy etish va doimiy rivojlanishga intilayotgan pedagoglar tarmog‘iga qo‘shildilar.

🌍 Treninglarning ushbu bosqichi yakuniga yetgan bo‘lsa-da, uning natijalari hali uzoq vaqt davomida o‘z samarasini beradi. AKT va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida 332 nafar mentorning tayyorlangani o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini yanada kengaytirish uchun muhim zamin yaratdi. Maktablardagi mentorlik faoliyati va professional o‘rganish hamjamiyatlari orqali ular qariyb 3 350 nafar o‘qituvchini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Treninglar davomida olingan bilim va ko‘nikmalar, ilgari surilgan g‘oyalar hamda shakllangan hamkorlik aloqalari Buxoro, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi maktablar va o‘qituvchilar orasida keng tarqalishda davom etadi.

🔹 Mazkur treninglar ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli ta’limni qo‘llash orqali ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO tomonidan amalga oshirilmoqda.


#ISHONCH #TeacherDevelopment #ProfessionalDevelopment #DigitalLearning #ICTinEducation #AI #EducationInnovation #Uzbekistan #LearningForAll

🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

📱 https://www.instagram.com/unesco_uzbekistan?igsh=MTk0M3NqemRhdDFncA==| 📱 https://www.facebook.com/share/19cYFuRQRa/ |📱 https://www.unesco.org/en/fieldoffice/tashkent
1,5600019
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Video
Kasbiy rivojlanish jimlikda sodir bo‘lmaydi.

U ba’zan shovqinli bo‘ladi —
fikrlar almashuvi bilan,
savollar bilan,
bahslar bilan,
hissiyotlar bilan.

O‘rganish har doim jamoada yuz beradi.
Va eng muhimi o‘rganish har doim

ISHONCH

bo‘lgan joyda sodir bo‘ladi.


#ISHONCH #Mentorlar #Ustozlar #ProfessionalRivojlanish
5560020
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Photo
Arizalar qabuli – UNESCO Digital Learning Week (DLW) 🌍

AI yordamida ta’limni yangi bosqichga olib chiqing!

Ishonch Mentorlarini 60–80 daqiqalik interaktiv seminar o‘tkazishga taklif qilamiz.

🎯 Mavzular: AI, raqamli vositalar, ijodiy darslar, baholash va innovatsiya

👩‍🏫 Kimlar uchun: DLW xalqaro ishtirokchilari

✅ Kimlar topshira oladi: faqat Ishonch Mentorlari

📌 Jarayon: Ariza → Suhbat → Tanlov

O‘z tajribangizni dunyo bilan bo‘lishing! https://forms.office.com/e/igcfqE3wBt https://forms.office.com/pages/responsepage.aspx?id=Uq5PHbM5-kuwswIpVrERlISTRh4G-shKilRwSKOudJZUQVdXRzNaUFowU1pTUjlXVE1WRk1WTVhTNC4u&route=shorturl

#ISHONCH #Mentorlar #Ustozlar #ProfessionalRivojlanish
5590011
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Video
Farg‘ona pedagogik mahorat markazida ISHONCH loyihasi doirasidagi trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Bu galgi treninglarda yana 80 nafar ustoz ishtirok etdi. Ular — Farg‘ona viloyatining turli tumanlaridan ikki bosqichli tanlov asosida saralab olingan mentor-o‘qituvchilar.

Bu ustozlar nafaqat o‘z ustida ishlamoqda, balki kelajakda yuzlab hamkasblariga ilhom va ko‘mak beradigan yetakchilarga aylanmoqda. 🌱

✨ Bilim ulashilganda kuchayadi.
✨ Ishonch esa o‘zgarishni boshlaydi.

Ushbu jarayon ISHONCH jamg'armasi tomonidan molivalashtirilayotgan BMTning "AKT va raqamli ta'limni ao'llash orgali ta'lim imkonivatlarini kengaytirish" qo'shma dasturi doirasida, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda YUNESKO hamkorligida amalga oshirilmoqda.

#ISHONCH #Mentorlar #Ustozlar #ProfessionalRivojlanish
1,3500030
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Photo
📢 Qo‘shimcha qabul ochildi!

Katta qiziqish sabab Buxoro, Surxondaryo va Farg'ona pedagoglari uchun yana bir imkoniyat!

Agar hali ulgurmagan bo‘lsangiz — hoziroq harakat qiling 👇

✨ Ilg‘or pedagogika
✨ AKT va sun’iy intellekt
✨ Mentorlik ko‘nikmalari

📆 Arizalar 15-iyungacha qabul qilinadi.

👉 https://forms.office.com/Pages/ResponsePage.aspx?id=Uq5PHbM5-kuwswIpVrERlISTRh4G-shKilRwSKOudJZUN0xQRVJUNk9JRzRXREZEMlZOQ0JWREhUNy4u

🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

✨ Agar loyihamiz haqida ko‘proq bilishni istasangiz, kanalimizga qo‘shiling:
931007
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Photo
📢 Additional Call Now Open!

Due to high demand, we’re opening one more chance for teachers from Bukhara, Surkhandarya and Fergana!

Missed it before? This is your moment 👇

✨ Advanced pedagogy
✨ ICT & AI skills
✨ Mentorship development

🗓 Apply by 15 June

👉 https://forms.office.com/Pages/ResponsePage.aspx?id=Uq5PHbM5-kuwswIpVrERlISTRh4G-shKilRwSKOudJZUN0xQRVJUNk9JRzRXREZEMlZOQ0JWREhUNy4u

🚀 Don’t miss your chance!

✨ If you want to know more about our project, join our channel:
1,230000
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Photo
✨ Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ta’limni tubdan o‘zgartirmoqda

YUNESKO esa bu jarayonni axloqiy, inklyuziv va inson markazidagi yondashuv asosida boshqarishda yetakchi rol o‘ynaydi.

📌 YUNESKO nimalar qiladi?

• Ta’limda AI’dan mas’uliyatli foydalanish uchun global axloqiy me’yorlarni ishlab chiqishga yordam beradi
• Ta’lim tizimlarida AI va AKT integratsiyasi bo‘yicha siyosatlarni qo‘llab-quvvatlaydi
• O‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalari va AI savodxonligini rivojlantirishga ko‘maklashadi
• Raqamli tafovutni kamaytirish va teng imkoniyatlarni ta’minlash ustida ishlaydi
• AI’dan xavfsiz va inklyuziv foydalanishni targ‘ib qiladi

🎓 Har yili YUNESKO tomonidan o‘tkaziladigan Digital Learning Week (DLW) — bu global muloqot, innovatsiyalar vatajriba almashish uchun muhim platformadir.

🚀 Aytgancha, Ishonch mentorlar uchun ajoyib yangiliklarimiz bor!

Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting, eng muhim imkoniyatlar oldinda.




#IshonchUstozlari #TeachWithIshonch
1,7800030
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Video
ISHONCH mentorlari kim?

Ular ISHONCH loyihasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, bu tajribani boshqalar bilan ulashishga tayyor, ilhomlantiruvchi ustozlardir.

📈 Ishonch bilan o‘rganamiz,
🌱 Ishonch bilan birga o‘samiz




#IshonchUstozlari #TeachWithIshonch
15,2000017
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Video
https://telegra.ph/Video-Highlights-from-the-Mentor-Training-under-the-ISHONCH-Programme-05-06

ISHONCH dasturi doirasida mentorlar uchun trening jarayonidan videolavhalar

✅ Buxoro shahridagi Pedagogik mahorat markazida, 27–28-aprel kunlari ISHONCH dasturi doirasida YUNESKO tomonidan mentorlar uchun tashkil etilgan trening jarayonidan qisqa videolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Trening davomida ishtirokchilar mentorlarning maktabdagi roli, uzluksiz kasbiy rivojlanish hamda kattalar taʼlimi tamoyillarini amaliy misollar asosida muhokama qildilar. Jonli muloqot, tajriba almashish va refleksiya mashg‘ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etdi.

📌 Mentorlarning maktabdagi roli
📌 Uzluksiz kasbiy rivojlanish
📌 Kattalar ta’limiga asoslangan yondashuvlar

🔹 Ushbu jarayon ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli taʼlimni qo‘llash orqali taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma dasturi doirasida, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda YUNESKO hamkorligida amalga oshirilmoqda.

🖥 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:

📱 https://www.instagram.com/unesco_uzbekistan?igsh=MTk0M3NqemRhdDFncA==| 📱 https://www.facebook.com/share/19cYFuRQRa/ |📱 https://www.unesco.org/en/fieldoffice/tashkent
1,4200026
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Photo
Buxoro | 27–28-aprel

Ishonch dasturi mentorlari uchun treningning dastlabki kunlari juda faol va foydali ruhda o‘tmoqda!

💬 Ishtirokchilar uzluksiz kasbiy rivojlanish, mentorlarning maktabdagi roli hamda kattalar ta’limi tamoyillarini real misollar orqali muhokama qilishmoqda. Tajriba almashish, refleksiya va bir-biridan o‘rganish jarayonning markazida turibdi

🎯 Aniq maqsad qo‘yish

💡 Motivatsiya va mavjud to‘siqlar

🤝 Inklyuziv va gender sezgir yondashuvlar

Bularning barchasi ochiq va qiziqarli muhokama qilinmoqda.

Trening davom etmoqda va oldinda yana ko‘plab yangi bilimlar, g‘oyalar va amaliy xulosalar bor!




#IshonchUstozlari #TeachWithIshonch
1,7300022
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

22-may, 2026, 16:02

Photo
Andragogika nima?

Andragogika — bu kattalar o‘qishi va o‘rganish jarayonini tushuntiradigan yondashuvlar majmui.

Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, kattalar tayyor “bo‘sh idish” emas, balki o‘z tajribasi, qarashlari va ehtiyojlariga ega bo‘lgan faol o‘rganuvchilardir. Shuning uchun o‘qish jarayoni ham bir tomonlama emas, balki hamkorlikka asoslanadi.

Andragogik yondashuvda:
✔️ o‘rganuvchining tajribasi resurs sifatida qadrlanadi
✔️ o‘rganish maqsadi amaliy hayot va ish bilan bog‘lanadi
✔️ mustaqillik va mas’uliyat markaziy o‘rinda turadi
✔️ savol berish, tahlil qilish va muhokama qilish muhim rol o‘ynaydi

Mentorlikda andragogikani bilish juda muhim, chunki bu sizga “o‘rgatuvchi” rolidan chiqib, “fikrlashni rivojlantiruvchi hamkor” bo‘lishga yordam beradi.

Shunda o‘rganish jarayoni nafaqat bilim olish, balki haqiqiy o‘zgarish va rivojlanish jarayoniga aylanadi.




#IshonchUstozlari #TeachWithIshonch
1,2900017
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

15-may, 2026, 18:41

Video
https://telegra.ph/40-mentor-teachers-came-together-at-the-Surkhandarya-Centre-of-Pedagogical-Excellence-04-23

21–23-aprel kunlari ISHONCH tomonidan moliyalashtirilgan treningda ishtirok etish uchun 40 nafar mentor-o‘qituvchi Surxondaryo Pedagogik mahorat markazida bir joyga jamlandi. Ular viloyatning turli hududlaridan, jumladan uzoq va chekka qishloq maktablaridan kelgan bo‘lib, o‘z maktablarida va hamkasblari bilan birgalikda o‘zgarish yaratishga katta ishtiyoq bilan intilayotgan fidoyi pedagoglardir.

Trening davomida asosiy e'tibor quyidagilarga berildi:

✔️ kuchli mentorlik ko‘nikmalari
✔️ andragogika (kattalar ta’limi) tamoyillari
✔️ inklyuziv va gender sezgir muloqot
✔️ samarali fikr-mulohaza berish va qabul qilish

Loyihaning maqsadi O‘zbekiston maktablarida ta’lim sifatini oshirish va inklyuziv muhitni yaratish.

Ushbu jarayon ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTning “AKT va raqamli taʼlimni qo’llash orqali taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma dasturi doirasida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda YUNESKO hamkorligida amalga oshirilmoqda.



#IshonchUstozlari #TeachWithIshonch
8620019
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

15-may, 2026, 18:41

Video
— Bitta so‘z bilan trening muhitini tasvirlab bo‘ladimi?
— Hmm… qiyin-ku!
— Kani, ketdik! 🎬



#IshonchUstozlari #TeachWithIshonch
2,3500018
ISHONCH ustozlari logo
ISHONCH ustozlari

15-may, 2026, 18:41

Photo
📢 Qo‘shimcha qabul ochildi!

Katta qiziqish sabab Buxoro va Surxondaryo pedagoglari uchun yana bir imkoniyat!

Agar hali ulgurmagan bo‘lsangiz — hoziroq harakat qiling 👇

✨ Ilg‘or pedagogika
✨ AKT va sun’iy intellekt
✨ Mentorlik ko‘nikmalari

📆 Faqat 1 hafta!
Arizalar 28-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 https://forms.office.com/Pages/ResponsePage.aspx?id=Uq5PHbM5-kuwswIpVrERlISTRh4G-shKilRwSKOudJZUN0xQRVJUNk9JRzRXREZEMlZOQ0JWREhUNy4u

🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

✨ Agar loyihamiz haqida ko‘proq bilishni istasangiz, kanalimizga qo‘shiling:
795001

Showing 28 of 28 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

ISHONCH ustozlari Telegram kanali nima haqida?+

ISHONCH ustozlari (@ishonch_ustozlari) — tgdio da Veb-seriallar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 789 obunachi bor.

ISHONCH ustozlari (@ishonch_ustozlari) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @ishonch_ustozlari ga bepul obuna bo‘ling.

ISHONCH ustozlari yaxshi Veb-seriallar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin ISHONCH ustozlari reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 789 obunachi bor. O‘xshash Veb-seriallar kanallar bilan solishtiring.

ISHONCH ustozlari statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @ishonch_ustozlari sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.