
YUNESKO Raqamli ta’lim haftaligi 2026: ortga bir nazar
✨ Raqamli ta’lim haftaligi davomida dunyoning turli mamlakatlaridan pedagoglar, mutaxassislar, ta’lim sohasi rahbarlari va siyosat ishlab chiquvchilar sun’iy intellekt, raqamli ta’lim hamda ta’limning kelajagiga oid eng dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun bir joyga jam bo‘ldilar.
🇺🇿 O‘zbekistonda ISHONCH loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan mentor o‘qituvchilar ham dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan pedagoglar va mutaxassislar bilan birgalikda ta’lim bo‘yicha global muhokamalarda ishtirok etdilar. Ayniqsa, YUNESKO Raqamli ta’lim haftaligi tarixida ilk bor maktab o‘qituvchilari ta’lim vazirlari bilan bir qatorda panel sessiyalarida qatnashib, o‘qituvchilar ovozini xalqaro maydonga olib chiqdilar.
🎙 Ushbu videoda Durdona Boynazarovaning panel muhokamasidagi fikr-mulohazalari bilan tanishishingiz mumkin. U o‘z chiqishida sun’iy intellektdan ta’limda foydalanish, sun'iy intellekt bilan bog‘liq ta’lim siyosatini shakllantirishda o‘qituvchilarning o‘rni, shuningdek, qarorlar qabul qilish jarayonlariga pedagoglarning qarashlari va amaliy tajribalarini kengroq jalb etish muhimligi haqida so‘z yuritdi.
#DigitalLearningWeek2026 #UNESCO #ISHONCH #AIinEducation #TeachersVoices #Vision2030 #UzbekistanTeachers









