🇸🇦 🇵🇰 🇹🇷 Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasidagi qo‘shma mudofaa kelishuvi tafsilotlari ma’lum qilindi
«Makka kelishuvi» deb nomlangan 16 moddadan iborat hujjat Turkiya parlamenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etilgani xabar qilinmoqda.
Kelishuvning asosiy shartlari:
▪️ Bir ishtirokchiga hujum barcha ishtirokchilarga hujum sifatida baholanadi.
▪️ Davlatlar bir-biriga qurol-yarog‘, o‘q-dori va harbiy jihozlar bilan ta’minot yordamini ko‘rsatadi.
▪️ Razvedka ma’lumotlari o‘zaro almashiladi, ammo uchinchi tomonlarga berilmaydi.
▪️ Mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlik, jumladan, qo‘shma ishlab chiqarish rivojlantiriladi.
▪️ Ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar va ishlanmalar amalga oshiriladi.
▪️ Qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar va tayyorgarlik o‘tkaziladi.
▪️ Uch davlatning tashqi ishlar va mudofaa vazirlaridan iborat mudofaa qo‘mitasi tuziladi.
▪️ Yangi a’zolar faqat uchala davlat roziligi bilan qabul qilinadi.
▪️ Ishtirokchi davlat kelishuvdan 10 yil o‘tgach chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
@Dunyo_Geosiyosati@Jahon_Geosiyosati@Dunyo_geosiyosati_Chat