Janob Musayev | Engineering Life Telegram channel photo

Janob Musayev | Engineering Life

@janob_musayevPublic Channel

IT, Biznes va Menejment kesishgan nuqta - Dasturiy Muhandislik va Arxitektura - Raqamli Transformatsiya - Biznes tahlil - Product va Project Management - UX va CustDev - Marketing - StartUp Start Something Priceless!

Muhandisliko‘zbekOʻzbekiston

836

Last views

1.8k (1,784 subscribers)
A'zolar
—
Rating
31
Total Posts
Oct 17, 2026, 8:22 AM
Yangilangan
Apr 25, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameJanob Musayev | Engineering Life
Username@janob_musayev
CategoryMuhandislik
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,784
Channel TypePublic Channel
Created25-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#284648-522
Til reytingi
#1450-14
Toifa reytingi
#2197-6

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.8K30 Days growth: -181%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:20261,802
19:09:20261,804
20:09:20261,804
21:09:20261,804
22:09:20261,804
23:09:20261,804
24:09:20261,804
25:09:20261,804
26:09:20261,804
27:09:20261,804
28:09:20261,804
29:09:20261,804
30:09:20261,804
01:10:20261,804
02:10:20261,804
03:10:20261,804
04:10:20261,804
05:10:20261,804
06:10:20261,804
07:10:20261,804
08:10:20261,804
09:10:20261,804
10:10:20261,804
11:10:20261,804
12:10:20261,804
13:10:20261,804
14:10:20261,804
15:10:20261,804
16:10:20261,804
17:10:20261,784
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20261,830
Week of 27:04:20261,830
Week of 04:05:20261,828
Week of 11:05:20261,828
Week of 18:05:20261,828
Week of 25:05:20261,828
Week of 01:06:20261,828
Week of 08:06:20261,828
Week of 15:06:20261,828
Week of 22:06:20261,828
Week of 29:06:20261,828
Week of 06:07:20261,808
Week of 13:07:20261,808
Week of 20:07:20261,808
Week of 27:07:20261,808
Week of 03:08:20261,808
Week of 10:08:20261,808
Week of 17:08:20261,801
Week of 24:08:20261,801
Week of 31:08:20261,806
Week of 07:09:20261,802
Week of 14:09:20261,804
Week of 21:09:20261,804
Week of 28:09:20261,804
Week of 05:10:20261,804
Week of 12:10:20261,784
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,830
May 20261,828
June 20261,828
July 20261,808
August 20261,801
September 20261,804
October 20261,784
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,784

So'nggi postlar

💻 Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat IT sohasiga! Bugungi sessiyamizda Computer Science va IT Business yo‘nalishlarida DAAD grantini qo‘lga kiritgan Mavludabegim Mexrilloyeva va Ozodaxon Shahobiddinova bilan suhbatlashamiz. Suhbat davomida:…
971002
Photo1/2
💻 Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyasida navbat IT sohasiga!

Bugungi sessiyamizda Computer Science va IT Business yo‘nalishlarida DAAD grantini qo‘lga kiritgan Mavludabegim Mexrilloyeva va Ozodaxon Shahobiddinova bilan suhbatlashamiz.

Suhbat davomida:
— Computer Science va IT Business yo‘nalishlarida Germaniyada o‘qish tajribasi
— IT sohasida o‘qish va rivojlanish uchun qanday imkoniyatlardan foydalanish mumkinligi
— DAADga olib kelgan tajriba va tanlovlar haqida g‘olibalarning shaxsiy fikrlari
— IT yo‘nalishidagi nomzodlar uchun ariza va hujjatlarda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

🗓 26-sentabr, shanba | 21:00
📍 Maxsus Telegram kanalida
💰 Bepul ishtirok

🔔 Hali yopiq guruhga qo‘shilmagan bo‘lsangiz, guruhga qo‘shilib oling va bugungi masterklassni o‘tkazib yubormang.

👉 Masterklassga qo‘shilish

#magistratura #daad #computerscience #it #grant

MentorGO | GrantGO | EventGO
838003
Sun'iy intellekt bilan development vaqtini qanchalik tezlashtirmang baribir kompilyatsiya qachon tugashini soatlab kutishdan qochib bo'lmas ekan. Har holda o'n minglab fayllar bitta repository ichida yotadigan enterprise monolit loyihalarda.

Ish agentlarga topshirib qo'yilgan taqdirda ham ular ham baribir shu joyga kelganda qotib qoladi.

Bu huddi shahar ichidagi tirband ko'chalarda aravangni Matiz o'rniga Porshe bilan almashtirishga o'xshaydi. Svetaforlar o'rtasida qanchalik tez harakatlanma baribir tirbandlik ichida kutishga majbursan.

Xulosa:
Infrastrukturani optimallashtirish ish qurollarini optimallashtirishdan ko'ra samaradorlikni ko'proq oshiradi.

#engineering_life
2,2100030
Microsoft Claude Coworkga raqobatchi e'lon qildi — Copilot Cowork

Bugun Microsoft Claude Coworkga raqobatchi sifatida o'zining Copilot Cowork mahsulotini e'lon qildi. Claudedan nima farqi bor? Amalda hech qanday. UX tomonlama ham Claudedan "ilhom" olingan :)

Asosiy farq Microsoftning 400 mlndan ortiq korporativ foydalanuvchilari bor. Ularning ko'pchiligi Claude ishlatmaydi. Kompaniyalar uchun ham tayyor subscription ichida qo'shimcha xizmat olgani yaxshiroq yangi subscription olgandan ko'ra.

Yangilikni e'lon qilayotgan yigitcha esa Charles Lamanna, tez orada Microsoftning katta bir bo'limi C-level boshqaruvchisi bo'lishi kutilyapti. Hali 40 ga kirmagan bo'lsa kerak. U bilan men oramizda 7 ta menejment qavati bor 🥲

https://www.microsoft.com/en-us/microsoft-365/blog/2026/06/16/copilot-cowork-is-now-generally-available/

#news #microsoft_life
2,6100013
Photo
Microservislar asosiy xususiyati

Yaqinda Sam Newmanning Building Microservices kitobini o'qishni boshladim.

Kirish qismida mikroservislar o'zi nima ekani va ularning asosiy xususiyati qanday bo'lishi kerakligini yaxshi ochib bergan ekan.

Yuqoridan xulosa qilish mumkinki, qurayotgan tizimingizni qanchalik mayda bo'laklarga bo'lmang, agar ularni mustaqil deploy qilish imkonsiz bo'lsa, unda arxitekturani mikroservis deb atab bo'lmaydi.

#engineering_life #book_insights
1,940008
Ishga qaytsam kim ko'proq AI ishlatayotganini o'lchash yo'lga qo'yilibdi. Ishlatilgan tokenlar soni bilan! Bir vaqtlar qaysidir kompaniyalar dasturchilarga oylikni necha qator kod yozgani bo'yicha to'lagani esimga tushib ketdi. Shunda oddiy ishlar uchun…
1,9000034
Vayb-koderlar AI ga nima qilishni buyuradi. Muhandislar esa unga nimalar qilmaslik bo'yicha aniq chegaralar qo'yadi.

Ishdagi bilim ulashish sessiyalaridan biridagi Principal Engineer tomonidan bildirilgan fikr.

#engineering_life #AI #microsoft_life

@Janob_Musayev
1,9300028
Agar xizmat yoki mahsulot narxi qandaydir devorlar ortiga berkitilgan bo'lsa va uni ko'rish uchun shaxsiy ma'lumotlaringizni qaysidir tizimda doimiy qoldirishdan boshqa yo'l yo'q bo'lsa, unda bu narx adolat bilan qo'yilgan narx emas.

#startup_life

@Janob_Musayev
2,5000033
Timeweb rahmat

GrantGO, MentorGO va EventGO loyihalari saytlari ishga tushgandan beri server provayder sifatida TimeWebni ishlatib kelamiz. Servisi zo'r ishlaydi. Admin panel zamonaviy ko'rinishda va juda qulay. Narxlari ham judayam arzon, tahminan oyiga $10-15 (edi).

O'tgan 5 yil ichida deyarli uzilish bo'lmadi. Bo'lganda ham bizga ta'sir qiladigan darajada emasdi. Narxlarida ozroq o'zgarish bo'lganda ham boshqa bunday servis topish qiyinligi va serverni ko'chirish o'zi katta bosh og'riqligi sabab uni o'zgartirmay keldik.

Afsuski, tentak chol o'z manfaati uchun boshlagan urush shu yerga ham ta'sir qildi. 2022-yil o'rtalarida xorij kartalaridan to'lov qilish muammoga aylandi. Ammo oradan 2-3 oy o'tmasdan avvaliga Arabiston keyinroq Qozog'iston to'lov tizimi orqali to'lov qilish imkoniyatini qo'shishdi. Konversiyadan yana ozroq yutqazdik. Rubl o'ynashi ta'sir qilishni boshladi. Xarajatlarimiz oyiga $20 ga yaqinlashib qoldi.

Shunda ham shu yilgacha servisdan sodiqlik va mamnun holda foydalanib keldik. Toki sun'iy intellekt APIlariga zarurat tug'ilguncha. Lokal kompyuterda ishlab turgan Anthropic va Google APIlari serverga joylanganda "Bu hududdan bizga so'rov yuborish taqiqlangan" degan xato ko'rsatdi. O'ylaganimdek Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalar ta'siri ekan.

Qizig'i Timeweb bu paytgacha allaqachon bu tizimlarga o'zining Gateway xizmatini ishga ham tushirib ham ulguribdi. Lekin bu gateway orqali AI xizmatlariga murojaat qilish ancha qimmatroq hisoblanadi. Masalan, Sonnet 4.6 modeliga $3-$15 o'rniga rublda tahminan ~$5-$26ga teng qilib narx qo'yilgan.

Shundan keyin serverni Timeweb ichida Rossiyadan Niderlandiyaga ko'chirib o'tkazishga qaror qildik. Lekin u serverlarni katta ehtimol bilan o'zlari ham kimdandir ijaraga olishgani sababli oxirgi oyda bir oyga $33 to'lashga to'g'ri keldi.

Eng qizig'i 5 yil davomida muammosiz ishlagan xizmat aynan o'tgan oyda aynan Niderlandiyadagi serverlar qizib ketishi natijasida 2 kunga o'chib qoldi. Qo'shimcha kulerlar o'rnatish ham ancha cho'zildi.

Shundan keyin yakuniy qarorga keldik — serverni boshqa provayderga ko'chiramiz.

Ish ancha qiyin bo'ladi deb o'ylagandim. Lekin Claudening tan-joni sog' bo'lsin migratsiya rejasini tuzib, konteynerlarni yangilab, skriptlarigacha yozib berdi. Qo'shimchasiga SSH orqali ulagandim serverdagi xatoliklarni ham o'zi tahlil qilib konteynerlar sozlamalarini to'g'irlab ham chiqdi. Tahminan 4-5 soat aktiv vaqt sarflab bugun serverlarni yangi joyga ko'chirdik.

Timewebdagi serverimiz yana tahminan bir hafta, pulimiz tugaguncha turib turadi. Shundan keyin u bilan to'liq xayrlashamiz. Ammo yuqori darajadagi sifatli servis va 5 yillik hamkorlik uchun Timewebga rahmat aytmoqchiman.

#grantgo #mentorgo

@Janob_Musayev
2,1000021
Photo1/2
Zubayr har safar uydagi muzaltgich oldidan o'tganda shu magnitga qarab talpinadi.

Irlandiyada tug'ilgan bo'lsa ham qalban O'zbekistonlik baribir 🇺🇿

#polvon

@Janob_Musayev
1,7300055
Photo1/4
Birinchi rasmdagidek mashinalar ishlab chiqishdan ikkinchi rasmdagiga yetib kelish uchun qanchalik ahmoq bo'lish kerakligini hech tushunmayman.

Tarixdagi eng iconic bo'lgan logotiplardan birini ham o'ldirishdi.

#off_topic #cars #jaguar

@Janob_Musayev
1,7900014
GPT-5.6 faqat kod yoki matn yaratmaydi, balki natijani o‘zi tekshiradi, kamchiliklarini topadi va yakuniy ko‘rinishini yaxshilaydi.
2,1000023
G‘ayrat, avval jamoa qur. Tizim keyin keladi.

Bir tadbirkor tanishim ish jarayonlarini tartibga solish uchun tashqaridan “tizimlashtiruvchi” olib kelibdi.

Mutaxassis ishni CRM, ERP o‘rnatishdan boshlabdi.
1,8600011
Claude Code limiti uchun kichik "hack"

Claude Codedan foydalanib ko'rganlar biladiki uning 5 soatlik limiti tugab qolishi oson. Ayniqsa, kuchliroq modellar ishlatilganda.

Yashirin muammo

Lekin bu yerda muammo faqat limit ozligida emas, uning hisoblanishi qachon boshlanishida ham. Claude bu yerda rolling window usulidan foydalanadi.

Masalan, agar siz 9:00 dan kelib ish boshlasangiz, limitingiz 9:00 da boshlanadi va 14:00 gacha yetmasligi mumkin. Undan keyingi limitni oxirgacha yetkazish uchun esa 19:00 gacha ishda qolib ketib qolishingiz mumkin.

Agar shu rolling emas, fixed window bo'lib har kuni 6:00 yoki 7:00 dan boshlanganda edi, sizda kun davomida 2 ta emas, 3 ta window bo'lardi. Ishdan ham 16-17:00 oralig'ida bemalol bo'shar edingiz.


Yechim — Hack

Yaqinda bilib qoldimki, Claude limitini har kuni aniq vaqtda boshlashning yo'li oson ekan.

Buning uchun Cowork qismida har kuni ertalab o'zingizga ma'qul vaqtda ishlaydigan Scheduled Job yaratasiz. U judayam oddiy bo'lishi mumkin. Masalan, shahringizdagi bugungi havo harorati haqida ma'lumot berish yoki kunlik yangiliklar. Uni ishlatishda eng yengil Haiku modelini ishlatasiz.

Shunda sizda limit har kuni shu job ishga tushgandanoq boshlanadi. Ertalab 8-9 da ishga kelganingizda tushlikkacha ishlatishingiz uchun ko'proq limit bo'ladi.

Huddi shunday joblardan kun davomida 12:00 va 17:00 ga ham qo'yib qo'ysangiz bo'ladi.


Kamchilik

Agar yuqoridagi usulda har 5 soatlik limitingizni 100% ishlatsangiz, haftalik limitingiz bir haftaga qolmasdan tugab qolishi mumkin. Ammo hammasini ishlatmasangiz hech narsadan yutqazmaysiz.


Foydali bo'lgan bo'lsa do'stlaringizga ham yetkazib qo'yarsiz :)

#Claude #AI #tips

@Janob_Musayev
2,1900046
Kod hech qachon aldamaydi

Ishda koddagi deyarli hamma o'zgarishlar SI bilan qilinayotgani yoqmayotgan bir joyi hamma yerda ortiqcha kod izohlari ko'payib ketgani.

PRlarda bir qator o'zgarishga ham 5 qator izoh yozilyapti. Haqiqiy kodni o'qish qiyinlashib ketyapti.

Linus akaning 26 yil oldin aytgan gaplarini qayta trendga chiqarish kerak bo'lgan zamondamiz.

#engineering_life

@Janob_Musayev
1,9800017
Bugun dam olish kuni oilam bilan aylangani chiqdik.

Ketishdan oldin Claudega 4-5 ta ishni qator qilib tayinlab, har biriga "Savol so'ramasdan bajar" deb qo'shib, elevated rejimga qo'yib keldim. Eng muhimi "Make no mistakes!" deb tayinladim.

Uyga borgandan keyin qilgan ishlarini tekshirib olaman. Yaxshi qilmagan bo'lsa gap eshitadi :)

@Janob_Musayev
1,7000057
15 million fuqaro ma'lumotlari: Xavf ostonadamizmi? 🚨

Bugun tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining 15 millionga yaqin shaxsiy ma'lumotlari sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu raqam - shunchaki statistika emas, bu har birimizning xavfsizligimiz masalasi.

Nega bu qo‘rqinchli? Chunki bu ssenariyni shaxsan o‘zim boshimdan o‘tkazganman. Oldinroq menga begona raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgandi: go‘shakni ko‘tarishim bilan ism-familiyamni aytib, bittasida juda ishonchli ohangda "kredit rasmiylashtirish jarayoni ketyapti" va keyingisida "telefon raqamingiz muddati tugadi, to‘lov qiling" deb tahdid qilishgan. Ular mening kimligimni bilishardi. Bu — ma'lumotlarimiz qayerdandir sizib chiqqanining yaqqol isboti.

IT mutaxassisi va Software Architect sifatida shuni ayta olamanki, xavfsizlik - bu shunchaki kuchli parol qo‘yish degani emas. Bu - tizimning poydevori. Afsuski, ko‘p hollarda tezroq natija ko‘rsatish yoki reliz qilish poygasida xavfsizlik masalalari ikkinchi darajaga tushib qoladi. Lekin bugungi voqea isbotlayaptiki, raqamli dunyoda arxitekturada qoldirilgan bitta kichik teshik (vulnerability) butun bir millatning shaxsiy ma'lumotlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Sifat va xavfsizlik - bu tanlov emas, bu majburiyat.

2026-yil prognozi: Kiber-hujumlar yili. Agar bugungi xabar rost bo‘lsa va aholining yarmini ma’lumotlari (pasport, manzil, telefon) g‘arazli niyatli shaxslar qo‘liga tushsa, 2026-yilda "ijtimoiy muhandislik" (social engineering) asosidagi jinoyatlar keskin ko‘payadi. Firibgarlar endi shunchaki "bankdanmiz" deyishmaydi. Ular sizning barcha ma'lumotlaringizni pesh qilib, ishonchingizga kirishadi, qo'rqitishadi va osonlikcha chuv tushirishadi.

Yechim bormi? Texnik himoyadan tashqari, eng kuchli qurol - bu xalqning savodxonligi. Odamlarga firibgarlarning psixologiyasini, ularning sxemalarini o‘rgatish kerak.

Yaqin qo‘shnimiz Qozog‘iston bu borada juda aqlli yo‘l tutdi: ular o‘tgan yili "Moshenniki" (Firibgarlar) serialini ishlab chiqib, katta muvaffaqiyatga erishdi. Ular quruq ma'ruza o‘qishmadi, balki real voqealar orqali xalqqa xavfni ko‘rsatib berishdi.

Bizning hukumatimizdan ham shunday zamonaviy, kreativ va xalqchil ogohlantirish usullarini kutib qolamiz. Ungacha esa, hushyorlikni yo‘qotmang. Agar kimdir sizning hamma ma'lumotingizni bilib turgan bo‘lsa ham - bu unga ishonish kerak degani emas!

#безопасность #имхо #ИТ

https://t.me/dev_story
2,3900023
Algoritmlarni mustahkamlashimda yordam bergan manbalar

Va'da qilganimdek o'tgan yil davomida (aniqrog'i 5-6 oyda) algoritmlar mavzusini mustahkamlashimda yordam bergan manbalarni ulashib o'taman.


0 dan boshlash uchun

Agar dasturlashdan xabaringiz bor bo'lib, aynan algoritmlarni 0 dan boshlab o'rganmoqchi bo'lsangiz Colt Steelening https://www.udemy.com/course/js-algorithms-and-data-structures-masterclass/ kursi menimcha eng yaxshi tanlovlardan. Kurs JavaScriptda ekaniga qaramasdan asos bilimlarni o'rganishingiz uchun ajoyib manba.

Faqat kurs ancha oldin tuzilgan va shu sababli yangi o'xshash kurslar jadvalidan farq qiladi. Masalan, rekursiya haqida ancha erta gapirilgan. LinkedList haqida ancha keyinroq.

Bu kursda Leetcode masalalariga ko'p urg'u berilmagan. Ammo ma'lumotlar tuzilmalari juda chuqur o'rgatilgan.


Tushunchani mustahkamlash va ozroq Leetcode uchun

Scott Barretning https://www.udemy.com/course/data-structures-algorithms-python/ kursi agar menga o'xshab oldinroq algoritm va ma'lumotlar tuzilmalarini o'qib hozir yaxshiroq tushunib mustahkamlab olmoqchi bo'lganlar uchun juda zo'r manba.

Kurs aslida 0 dan boshlab o'qimoqchi bo'lganlar uchun ham to'g'ri keladi. Faqat asos mavzular, masalan Big O u darajada chuqur emasdek tuyildi. Keyin rekursiya mavzusiga ancha kechroq to'xtaladi. Albatta bu mening shaxsiy fikrim.

Ajoyib tomoni har bir algoritmni silliq animatsiyalar bilan aniq tushuntirib berilgani. Yana agar Python bilan arazlashib qolgan joyingiz bo'lsa kursning https://www.udemy.com/course/data-structures-and-algorithms-java/, https://www.udemy.com/course/data-structures-algorithms-javascript/ va https://www.udemy.com/course/data-structures-algorithms-cpp/ versiyalari ham bor. Yo'q PHP versiyasi yo'q afsuski.

Kurs davomida ba'zi Leetcode masalalari ham berib ketilgan lekin intervyu uchun bularning o'zi yetarli bo'lmaydi.


O'rta darajadagi tayyorgarlik

Agar mavzularni bir boshdan takrorlash bilan birga o'rtacha darajadagi Leetcode masalalarini yechib ketmoqchi bo'lsangiz, DesignGurusning https://www.designgurus.io/course/grokking-data-structures-for-coding-interviews kursi mos kelishi mumkin.

Faqat bu kurs intervyudan bir hafta oldin tezkor takror uchun emas. 2-3 oy o'tirib astoydil tayyorgarlik ko'rishga. Kursdan keyin intervyularga to'liq tayyor bo'lib qolmaysiz, lekin ancha ishonchingiz ortib o'rtacha darajaga chiqqaningizni his qilasiz.

Kurs kamchiligi ko'p mavzular juda tez gapirib o'tib ketilgani. Bu kursni yuqoridagi 2 ta kursdan biri, ayniqsa Scott Barretniki bilan parallel o'qish juda yaxshi samara berar ekan.

Kurs o'zini alohida sotib olaman desangiz biroz qimmatga tushadi. Agar imkoningiz bo'lsa, DesignGurus butun umrlik a'zoligini olib qo'yishni tavsiya qilaman. Qanday qilib ancha arzonga olishni izohlarda yozib qoldiraman.


Yuqori darajadagi tayyorgarlik

Agar "Coding intervyu guru bo'laman. Yorib tashlamoqchiman" desangiz, unda yana o'sha DesignGurusning https://www.designgurus.io/course/grokking-the-coding-interview o'rganib chiqishingiz mumkin.

Faqat buning uchun 5-6 oy vaqtingiz ketadi. Kurs salkam 40 ta bo'lim, 543 ta dars va 617 ta masaladan tashkil topgan. Ammo juda mashhur va ancha yuqori baholangan. Bu kursdan to'g'ri foydalanib tirik chiqa olsangiz, Leetcoderlar orasidagi top 1-3% ichiga kirib ketasiz.


Tezkor takrorlash

Algoritmlarni avval ancha o'qib intervyu oldidan tezkor takrorlash qilmoqchi bo'lsangiz https://neetcode.io/practice/practice/blind75, https://www.designgurus.io/course/grokking-75-top-coding-interview-questions yoki https://neetcode.io/practice/practice/neetcode150 dan foydalanishingiz mumkin.

Bu yerda shunchaki o'sha masalalar yechimini eslab qolish emas, asosiy tushunchalarni takrorlab olish va yangi masalalarni yechishda ulardan namuna sifatida foydalanish mumkin.


O'zbek tilida

O'zbek tilidagi manbalar ichida hozirda Azimjonning https://42.uz/course/express-algoritmkursiga yetadigani bo'lmasa kerak. O'zim o'qib ko'rmagan bo'lsam ham bemalol tavsiya qila olaman. Faqat boshlang'ich darajaga mos keladi deb o'ylamayman.

Qo'shimchasiga o'zim 2019-yilda Mediumda yozgan shu mavzudagi https://medium.com/@janobmusayev o'qib ko'ring. Haligacha oyiga 300-500 ta o'qishlar bo'lib turadi.


Agar men eslamagan qaysidir manbani judayam foydali deb bilsangiz izohlarda yozib qoldiring! Yoki shunchaki fikringizni yozishingiz ham mumkin 🙂

#algorithms #DSA #coding #interview_life
3,1500024
Algoritmlar, olimpiadalar, coding intervyulari va men

Algoritmik masalalar, ularga bog'liq olimpiadalar va men o'rtamizda g'alati munosabat mavjud. Biz hech juda yaqin bo'lmaganmiz, ularni hech ko'nglimga juda yaqin ko'rmaganman va lekin hech qachon ulardan uzoqlashib ham ketmaganman. Eng kerakli vaqtlarda esa doim ular meni tanlashgan )

TATUda birinchi kursda algoritmlar bo'yicha Sunnat akadan dars olib, kurs davomida kontestlar yechishga majburlangan bo'lsak ham u vaqtda HashMap haqida ham to'liq tasavvurga ega emasdim. Yil o'rtalaridagi Informatika olimpiadasida esa qandaydir tarzda 6 tadan 3 ta masalani yechib tashlaganman. Nazariy testlardan esa eng ko'p ball to'plagandim. Faqat 4-kurslar mendan ko'proq masala yechib olimpiadada 4-o'rinni olganman. Yonimda o'tirgan hozirda eng yaqin qadrdonlarimdan biri esa 5-o'rinni olgan :)

Uchinchi kursga kelib 2-va 3-kurslar o'rtasidagi olimpiadada men favoritlar orasida top 10 talikda ham emasdim. Birinchi masalani ishlab yubordim o'tib ketdi. Ikkinchisini yubordim o'tib ketdi, uchinchisini ham yuborgandim o'tib ketdi. Qarasam 3-o'rinda turibman. 4-o'rinda matematika fanidan respublika g'olibi kelyapti. Qolgan masalalarga tishim o'tmasligini bilib oxirgi 40 daqiqada shunchaki nima bo'lishini kutdim. U kun raqobatchim kuni emas ekan oxirgacha 3-o'rinda qoldim va 600,000 so'mga yaqin (bir oylik 5 stipendiyasi) mukofot yutib oldim. Birinchi o'rinni bir kurs pastdagi olimpiadachi yigit Husayn 7 ta masala bilan olib ketdi.

To'rtinchi kursda yana universitet Informatika olimpiadasi bo'ldi. Bu safar kontest qismga ulgurmay qolmay deb testni shoshib ishladim. Kontest esa 10 daqiqaga kechikkani sabab bundan afsuslandim. Kontest vaqti esa 1, 2-masalalarni yarim soatga qolmay yechib qo'ydim. Qarasam 1-o'rinda turibman. Qolgan masalalarga tishim o'tmasligini bilib qolgan 1.5 soatni shunchaki 2-o'rindagi Husayn qachon mendan o'tib ketishini kutib o'tkazdim va bu narsa sodir bo'lmadi. Lekin ertasi kuni bilsam eng oxirgi 5 daqiqada 2-masalani yechgan 2-kurs yigit testdan mendan ko'proq ishlagani uchun 1-o'rinni olib ketibdi 😕

Lekin yuqoridagi olimpiadalar sabab olimpiada "bo'rilari" e'tiboriga tushib qoldim. Sirojiddin aka TUIT #1 guruhiga taklif qildi va u yerda ustozim Yo'ldosh aka bilan tanishdim. Birga qatnashgan musobaqada esa 16-o'rinni oldik 🙂

O'sha olimpiada sabab Husayn bilan yaqin do'stlarga aylandik. Keyinroq u meni birga qatnashgani xalqaro ICPC olimpiadasiga jamoasiga taklif qildi va birga Qozog'istondagi yarim finalga borib sayohat qilib keldik. Lekin o'sha vaqtda ham Binary Treeni qanday invert qilishni bilmasdim.

Bundan 1.5 yil oldin esa Leetcodeda 49 ta masala yechgan va System Designni bir hafta o'qigan holatim bilan Microsoft suhbatlaridan o'tib ketib qoldim.


Postni yozishdan maqsad esa bu borada qanday omadliligimni maqtanish emas. Aksincha, 2025-yilda algoritmlar mavzusini qayta chuqurroq o'qishga qaror qildim. Bu mavzu men uchun xuddi har yili "IELTS olaman" deb ingliz tilini o'qishni boshlab Pre-Intermediatega kelganda tashlab ketib qoladigan yigit singari edi. O'tgan yili esa va nihoyat Intermediate darajasigacha chiqa oldim menimcha. Shu yo'lda foydali manbalarni keyingi postda ulashmoqchiman.

O'zi aslida shunchaki shuni aytmoqchi edim 🙂

#coding #algo #DSA #coding_interview
2,1900030
Microsoftda 1 yil
2-qism

Iyun

Sovuq xabardan 2-3 kun o’tib yangi jamoaga qo’shildim. May oyi oxirgi 10 kuni yana qayta kichik onboarding jarayoni bilan o’tdi.

Jamoa asosiy fokusi M365 Copilot dasturiga ko’proq odamni unga jalb qilish ekan. Iyun oyidan shu bo’yicha yangi feature ustida ishlay boshladim. Tashqaridan qaraganda bu ish judayaaam kichkina bo’lsa ham oldindan qilinishi kerak byurokratiyasi ko’p ekan [7].

Buning ustiga endi C++ da yozilgan Desktop app bilan ishlash kerak edi. Eng qizig’i jamoada hech kim, hattoki senior dasturchilar ham na C++ dan, na Desktop applardan tuzuk-quruq xabari bor ekan. Shu sabadan o’rganib ketish judayam og’riqli jarayon bo’ldi.


Iyul

Omadim kelganroq joyi boshlanishiga men ishlayotgan featurega juda yaqin boshqa featurega yordam berdim. Yozgan kodlarimizni esa Hindistondagi repo egalari tekshirardi. Naqd 1.5 oy deganda bitta PRni merge qildik.

Muammo faqat C++ notanishligida ham emas, kod egalari bilan muloqot yaxshi tashkil qilinmagani va biz Irlandiyadan turib u loyihada ishlayotgan birinchi jamoa ekanimizda ham edi. Senior dasturchimiz ta’riflaganidek o’zimizni xuddi “boshqa birovning uyi koridorida yashab, hattoki hojatxona qayerda ekanini bilmaydigan mehmonlar”dek his qilardik.

Shunaqa qiyinchiliklarga qaramasdan Github Copilot yordamida birinchi featureni ishga ham tushirdik. Oy oxirida senior dasturchimiz ta’tilga ketdi.


Avgust

U ta’tilga ketishi bilan aynan o’sha feature sabab juda katta muammo kelib chiqdi. U dasturning o’zi qolib Windows Search va File Explorer ba’zi funksiyalari “osilib qoldi”. Hammayoq 2-3 kun “o’t ichida” qolib ketgandek bo’ldi. Lekin asosiy dasturchini qaytarib chaqirib olishmadi. Hattoki telefon qilib ham bezovta qilinmadi [8]. 2-3 oylik ish orqasiga qaytarildi va hammasi u qaytguncha bir oyga o’chirib qo’yildi.

Men ishlayotgan feature productionga chiqishidan oldin bir bug chiqib qanday toʻgʻrilashni topolmay rosa qiynaldim. So’rashga tushunadigan odam o’zi yo’q, boshqa tomondan yana boshqa ishlar kutyapti. Ancha qiyin oy bo’ldi.


Sentabr

Senior dasturchimiz ta’tildan qaytib 2-3 hafta “o’t qayerdan chiqqanini” qidirdi. Boshqa jamoa a’zolari ham sekin-asta boshqa ishlarini tugatib, shu loyihaga o’ta boshlashdi. Yordam so’rash mumkin bo’lgan odamlar nisbatan odam ko’paydi. Menejerlar Hindistonga borib, hamkorlikni yaxshilash bo’yicha gaplashib kelishdi. U tomon bilan muloqot ham yaxshilandi.

Tuzalishi qiyin bo’lgan bugniyam bir amallab tuzatib, men ishlayotgan “kichkina” featureni 4 oyda deganda ishga tushirdik. Oy oxirini oktabrdagi ta’tilimga yetib olishga kun sanab o’tkazdim.


Oktabr

Ishdan ta’tilda bo’ldim, lekin boshqa bir dunyo ishlarni https://t.me/musayev_blogi.


Noyabr

Va nihoyat ishlar sal silliqlashdi. Asosan ishga tushgan featurelarni monitor qilib, buglarini toʻgʻrilash bilan shug’ullandim. Microsoftga kirmoqchi bo’lgan amaliyotchilar intervyusida kuzatuvchi bo’lib qatnashdim [9]. Eng qizig’i 3 ta nomzod orasida o’zbekistonlik ham yigit bor ekan. Lekin aynan u intervyudan o’tolmadi 😐 (keyinroq IBMga amaliyotchi bo’lib qabul qilinibdi).

Boshqa qo’shni jamoalar ham bizning “sevimli” loyihamizga qo’shilishni boshlashdi. Ularga bizning tajribamiz va “azoblar”imiz ancha yordam berdi. Haligi Senior dasturchi esa Azure xavfsizlik bo’limidagi boshqa komandaga o’tib ketdi.


Dekabr

Oy boshida Dynamics Finance jamoasidan vakansiya ko'rib qolib topshirib ko'rdim. Alohida uzun post qilib yozadigan juda qiziq jarayon bo'ldi [10]. Ichki vakansiya bo'lishiga qaramasdan 4 bosqichli intervyu topshirdim. Afsuski, coding qismida noto'g'riroq yo'nalishdan ketib qolib taklif ololmadim.

Lekin meni suhbat qilgan menejer judayam ajoyib odam ekan. Men bilan naqd 3 marta, jami 2 soatga yaqin gaplashdi. Ungayam mening hozirgacha bo'lgan tajribam, qiziqishlarim juda yoqdi. "Lekin hozir offer bersam bias bo'lib qoladi. Keyingi yilga albatta xabarlashamiz" dedi. Xafa bo'lmadim, aksincha shunday odamlar bilan tanishganimdan juda xursand bo'ldim.


Microsoftdagi birinchi yil shunday tarzda o'tdi 🙂


#Microsoft_life #Year_Summary #Diary
2,4600032
Microsoftda 1 yil yoxud 2025-yil tahlili
1-qism

Bugun Microsoftda ish boshlaganimga roppa-rosa bir yil bo’ldi. Orada ko’p post yoza olmagan bo’lsam ham, yil yakuni va “yubiley” munosabati bilan kamida tahlil yozib qo’yishga qaror qildim.

Yanvar
Ish boshlagan vaqtimda jamoadan ko’pchilik, shu qatori menejerim ham hali ta’tilda edi. Birinchi oy tanishuv, bank akkauntlarini sozlash, nima imkoniyatlar borligi bilan tanishish, umumiy majburiy treninglarni [1] yakunlash va qo’shimcha qurilma va xavfsizlik kalitlarni kutish bilan yoki qisqacha aytganda onboarding bilan o’tib ketdi.

Fevral
Fevral oyiga kelganda ham menejerim menga aynan nima topshirishni biroz o’ylayotgan edi. Orada jamoaning Data Engineering [2] qismiga yordam kerak bo’lgani sababli shu yerda ish boshlab turishimni aytdi. Data Engineering o’zi nima, u yerda ishlatiladigan texnologiya va tillarni sal bo’lsa ham o’rganish va xavfsizlik ruxsatlarini sozlash uchun yana 2-3 hafta ketib qoldi. Bu orada hozirgacha yaqin sherigim bo’lgan Alfred jamoaga qo’shildi va unga men onboarding buddy bo’lib berdim.

Mart
Uchinchi oy deganda Data Engineering qismda (juda) kichik bir topshiriqni tugatdim. Sal bo’lsa ham tushuncha shakllandi. Orada menejerim menejeri bilan 1:1 uchrashuvda [3] menga juda yaxshi 2 ta gap aytdi:
- “6 oygacha bo’lgan muddatda o’zingga baho berishga shoshilma” va
- “O’z ish qurolingni yaxshi bil va birga ishlashga yoqimli sherik bo’l” [4]

Oy o'rtalarida menejerim va qo'shni jamoa menejeri Amerikadan Dublinga biz bilan ko'rishgani keldi. Jonli ko'rishish nasib qilib qoldi...

Oy oxirlarida O’zbekistonga 2 haftalarga borib-keldim (u haqida https://t.me/musayev_blogi). Ketishimdan bir haftacha oldin menejerim meni Frontend tomonda Aprel oxirida tugatilshi kerak bo’lgan juda muhim ish uchun boshqa kichikroq jamoaga yordamga qo’shdi. React va 1JS deb atalgan ulkan monolit [5] loyihani tezda o’rganib chiqishimga to’g’ri keldi.

Aprel
Irlandiyaga endigina qaytganim va yangi uyga ko’chganimga qaramasdan Aprel oyida va nihoyat jamoaga sezilarli yordam bera oldim. React va JS ichida suzib ketmagan bo’lsam ham oddiyroq topshiriqlarni mustaqil tugatdim. Albatta, oy oxirigacha tugatilishi kerak bo’lgan ish byurokratiyalar [6] sabab tugamay qoldi. Lekin “yashil chiroq” yonishiga yangilikni ishga tushirishga tayyorlab qo’ydik.

May
Yildagi eng esda qolarli oy May oyi bo’ldi. Yaxshi sabab bilan emas, afsuski. Soat 17:00 da bo’ladigan kunlik stendapimizdan oldin qo’shni jamoa menejeri hammadan iloji boricha majlisga qo’shilishini iltimos qilib yozdi. Stendap boshlanishida esa kamerasini yoqib gapirishni boshladi. Ichimda qandaydir yomon xabar borligini sezib turgandim…

Keyinroq aniq bo’lishicha jamoadagi 50 dan oshiq odamdan 18 tasi (uchdan biridan ko’prog’i) layoffga tushib ishini yo’qotibdi. Ular ichida Microsoftda 20, 25, 30 yildan ortiq ishlayotganlar va mening menejerim ham bor edi 🙁

Hamma ish taqa-taq to’xtadi. Proekt boshqa jamoaga vaqtinchalik minimum saqlab turishga o’tkazilishi va biz boshqa hech qanday ish qilishimiz kerak emasligi aytildi. Katta kuch bilan qilgan o’zgarishlarimiz hech qachon productionga chiqmadi, afsuski.

Irlandiyadagi jamoadoshlarimdan hech biri layoffga tushmagan bo’lsa ham o’sha kuni shokdan o’zimga kelishim qiyin bo’ldi. Kimlar bo’shatilganini ichki xabarlar orqali sekin-sekin topib ularga iloji boricha hamdardlik bildirdik…

Tabiiyki, bizni yana yangi jamoa, yangi loyiha va qayta onboarding kutib turardi.

Davomi bor…

#Microsoft_life #Year_Summary #Diary
2,5300036
1-yanvardan zalga chiqaman deb reja qilgandim. Qarasam, zallar bugun ishlamas ekan. Endi keyingi 1-yanvargacha kutish kerak 😕

Yangi yil bilan
2,4200085
Video
Ishxonamiz 2 ta binosi o'rtasidagi kichik o'rmonchadan olingan video. Bir emas, ikki emas, uchta olmaxon bemalol aylanib yuribdi.

Biznes center yoki city qurish hamma daraxtni chopib, hammayoqni asfaltlashtirish hisobiga bo'lishi shart emasligi, inson va tabiat yonma-yon yashay olishi (va zarurligi) namunasi.

#irish_life
3,2600023

Showing 30 of 31 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Janob Musayev | Engineering Life Telegram kanali nima haqida?+

Janob Musayev | Engineering Life (@janob_musayev) — tgdio da Muhandislik toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 784 obunachi bor.

Janob Musayev | Engineering Life (@janob_musayev) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @janob_musayev ga bepul obuna bo‘ling.

Janob Musayev | Engineering Life yaxshi Muhandislik kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Janob Musayev | Engineering Life reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 784 obunachi bor. O‘xshash Muhandislik kanallar bilan solishtiring.

Janob Musayev | Engineering Life statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @janob_musayev sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.