Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog Telegram channel photo

Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog

@jonibek_turapovPublic Channel

Full-stack dasturchilik sohasida faoliyat yuritib kelayotgan Turapov Jonibek Shaxsiy IT blogi. Bu yerda sizlar bilan dasturlashga oid tekin darslar, foydali ma'lumotlarni va o'z tajribamni baham ko'raman insha'Alloh. 👉 @shaxsiy_loyihalar

771

Last views

3.6k (3,570 subscribers)
A'zolar
—
Rating
31
Total Posts
Oct 16, 2026, 7:00 PM
Yangilangan
Apr 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameJonibek Turapov | Shaxsiy IT blog
Username@jonibek_turapov
CategoryKodlash va dasturlash
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar3,570
Channel TypePublic Channel
Created20-apr, 2026
Last Updated16-okt, 2026 • 5 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#406417-978
Til reytingi
#2035-14
Toifa reytingi
#2025-5

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 3.6K30 Days growth: -1123%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20263,682
18:09:20263,682
19:09:20263,650
20:09:20263,650
21:09:20263,650
22:09:20263,650
23:09:20263,650
24:09:20263,650
25:09:20263,650
26:09:20263,650
27:09:20263,650
28:09:20263,650
29:09:20263,650
30:09:20263,650
01:10:20263,650
02:10:20263,650
03:10:20263,650
04:10:20263,650
05:10:20263,650
06:10:20263,650
07:10:20263,650
08:10:20263,650
09:10:20263,650
10:10:20263,650
11:10:20263,650
12:10:20263,650
13:10:20263,650
14:10:20263,650
15:10:20263,650
16:10:20263,570
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20264,198
Week of 27:04:20264,198
Week of 04:05:20264,153
Week of 11:05:20264,153
Week of 18:05:20264,153
Week of 25:05:20264,153
Week of 01:06:20264,153
Week of 08:06:20264,153
Week of 15:06:20264,153
Week of 22:06:20264,153
Week of 29:06:20264,153
Week of 06:07:20263,929
Week of 13:07:20263,929
Week of 20:07:20263,929
Week of 27:07:20263,929
Week of 03:08:20263,929
Week of 10:08:20263,929
Week of 17:08:20263,775
Week of 24:08:20263,775
Week of 31:08:20263,716
Week of 07:09:20263,682
Week of 14:09:20263,650
Week of 21:09:20263,650
Week of 28:09:20263,650
Week of 05:10:20263,650
Week of 12:10:20263,570
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,198
May 20264,153
June 20264,153
July 20263,929
August 20263,716
September 20263,650
October 20263,570
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20263,570

So'nggi postlar

Photo1/2
O'zgalar kodi bilan ishlash azobi va foydasi

Nega boshqalarning kodini o'qish yozishdan ko'ra qiyinroq?

O'zimiz yozgan kodni oylab o'qimay, oradan vaqt o'tib qaytib kirsak, nima yozganimizni o'zimiz ham tushunmay qoladigan paytlar bo'ladi. Endi tasavvur qiling, boshqa birov yozgan, logikasi umuman begona bo'lgan loyihani davom ettirish qanday azob?

Lekin bitta haqiqat bor: haqiqiy kuchli dasturchi bo'lish uchun faqat kod yozishning o'zi yetarli emas, boshqalarning kodini o'qishni ham eplash kerak.

Ishga kirganingizda sizga doim ham noldan, oppoq qog'ozdan loyiha berishmaydi. 90% holatda kimdir boshlagan, ba'zan "spagetti" bo'lib yotgan kodni to'g'rilash va davom ettirishga to'g'ri keladi.

GitHub yoki ochiq kodli (open-source) loyihalarni titkilash orqali, siz xayolingizga ham kelmagan qisqa va chiroyli yechimlarni o'rganib olasiz. Buni sizga hech qaysi pullik kurs o'rgatmaydi.

O'zgalar kodini o'qiyotganda "buni qaysi ahmoq yozgan" degan xayol kelmasligi uchun avvalo o'zimiz toza kod yozishni odat qilishimiz kerak.


— @jonibek_turapov
7710010
Video
Men aslida hech narsani bilmayman

Assalomu alaykum! Dasturlashda 3-4 yil tajribangiz bo'lsa ham, ba'zida shunday his paydo bo'ladiki: "Men o'zi umuman kod yozishni bilmayman, shunchaki AIdan nusxa olyapman xolos". Buni butun dunyo IT olamida "Imposter Syndrome" (Qalloblik sindromi) deb atashadi.

Katta kompaniyalardagi Senior dasturchilar ham buni his qilib turadi. Qaysidir murakkab Vue.js yoki Laravel logikasini yecholmay, StackOverflow yoki AIdan tayyorini olganingizda o'zingizni aybdor his qilmang.

Dasturchining vazifasi — hamma kodni yoddan bilish emas, balki muammoga to'g'ri yechim topishdir.

Vositalardan to'g'ri foydalanish ham katta mahorat. 😎


— @jonibek_turapov
1,0000030
Assalomu alaykum

Ertaga tongda bayram munosabati bilan Jizzaxga yo‘l olaman. Shu sababli darslar va yangi materiallar joylanishi qisman kechikishi mumkin.

Ba’zan ozgina tanaffus ham kerak — odam o‘ziga dam berib turishi kerak 😄

Bu vaqtni esa foydasiz o‘tkazmaymiz: yangi g‘oyalar, rejalangan darslar va yanada sifatli kontent bilan qaytaman.

Barcha darslar va rejadagi ishlar o‘z o‘rnida davom etadi. Tushunganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat 🙌


Bayram kayfiyati barchamizga hamroh bo‘lsin! 🎉
2,7900019
🖥 25 KUNLIK JAVASCRIPT MARAFON — TO‘LIQ DARS REJA

🔥 Boshlang‘ich daraja (1–7-kun)





forwhile



🚀 O‘rta daraja (8–15-kun)

8. Array’lar bilan chuqur ishlash (map, filter, forEach)
9. Object’larni chuqurroq o‘rganish (destructuring, spread)
10. String va Number metodlari (real misollar bilan)
11. DOM bilan ishlash (element tanlash, o‘zgartirish)
12. Event’lar (click, input, submit)
13. Forma bilan ishlash va validatsiya
14. LocalStorage va SessionStorage
15. Mini loyiha: Interaktiv Todo / Notes App

🧠 Yuqori daraja (16–25-kun)

16. Asinxron JavaScript (setTimeout, setInterval)
17. Promise nima? .then() va .catch()
18. async / await — zamonaviy yondashuv
19. API bilan ishlash (fetch)
20. JSON va real API misollar
21. Xatolar bilan ishlash (try / catch)
22. JavaScript modullar (import / export)
23. JavaScript’da loyiha strukturasini tuzish
24. Mini loyiha: API asosida blog / weather / news app
25. React / Vue / Angular’ga o‘tish: keyingi qadamlar

🎯 Yakuniy natija

25 kun oxirida siz:
⏺️JavaScript’ni ishlatib kod yoza olasiz
⏺️Real loyihalarni tushunasiz
⏺️Framework’larni o‘rganishga tayyor bo‘lasiz

Agar JavaScript o‘rganmoqchi bo‘lgan do‘stlaringiz bo‘lsa, shu postni ulashib qo‘ying. Balki aynan siz kimningdir IT’dagi ilk qadamiga sababchi bo‘larsiz 🚀

#JavaScript #JavaScriptMarafon #WebDasturlash #Frontend #Dasturlash #ITdarslar #React #Vue #Angular


➡️
2,1500011
Toza kod (Clean Code) kasalligi: Chiroylimi yoki ishlayaptimi?

Oramizda shunday dasturchilar borki, kodini go'zallashtirish uchun soatlab vaqt sarflaydi. O'zgaruvchilarga eng mukammal nom qidiradi, funksiyalarni mayda qismlarga bo'lib tashlaydi... va natijada loyiha topshiriladigan vaqt (dedlayn) o'tib ketadi.

Global tajribada bitta oltin qoida bor: "Avval ishlating, keyin go'zallashtiring".

Mijozga sizning kodingiz qanchalik arxitektura jihatdan toza ekanligi unchalik qiziq emas. Unga mahsulotning muammosiz va tez ishlashi muhim.

Albatta, bu "xohlagancha tartibsiz yozib tashla" degani emas. Lekin "Mukammallikka intilish — yaxshilikning dushmani" ekanini unutmaslik kerak.

O'zim ham ba'zida loyihani tezroq topshirish uchun "xunukroq", lekin barqaror ishlaydigan yo'lni tanlashga majbur bo'laman. Keyin vaqt topib refaktor qilib qo'yaman.

Siz uchun qaysi biri muhimroq: Kodning estetik tozaligimi yoki uni tezroq ishga tushirishmi?


— @jonibek_turapov
1,2400012
Nega hamma "Mikroservis" deb yuguradi o'zi?

Hozir trend shunaqa bo'lib qolgan: qayerda yangi loyiha (startap) boshlanmasin, hamma darrov "mikroservis arxitekturasida qilamiz" deb turib oladi. Qarasangiz, hali loyihadan foydalanadigan 100 ta odam ham yo'q, lekin orqada 10 ta alohida servis, Docker, Kubernetes va hokazo daxmazalar qilib tashlangan bo'ladi.

Aslida, kichik yoki o'rta loyihalar uchun qadimgi, o'zimizning "Monolit" (ya'ni hamma narsa bitta joyda turadigan) arxitekturaga yetadigani yo'q. Laravelda bitta toza monolit qilib, frontend'ga Vue.js'ni ulab qo'ysangiz, tezligi ham zo'r bo'ladi, boshog'rig'i ham kam.

Qachonki loyihangizga kuniga millionlab odam kira boshlasa, xuddi Netflix yoki Uber'ga o'xshab, keyin uni qismlarga (mikroservislarga) bo'lish haqida o'ylash kerak. Ungacha loyihani sun'iy murakkablashtirish — bu vaqt va pulni asossiz havoga sovurish degani.


— @jonibek_turapov
3,1000012
Haqiqiy IT kompaniyalarda ish jarayoni qanday?

Real kompaniyaga ishga kirsangiz, uyda o'zingiz uchun loyiha qilish bilan osmonu yercha farq borligini sezasiz. Aslida jamoaviy ish qanday bo'ladi? Keling, qisqacha to'xtalamiz:

• Vazifalar tayin: Ishga kelib "bugun nima kod yozsam ekan" demaysiz. Hamma ish sprintlarga bo'lingan, Jira yoki Trelloda aniq vazifangiz, TZ va dedlayningiz tayyor turadi.

• Git va Code Review: Yolg'iz ishlaganda kodni to'g'ridan-to'g'ri 'main'ga tiqib tashlash oson. Lekin jamoada har bir vazifa uchun alohida branch ochasiz. Kodingizni tajribali dasturchilar tekshirib (Code Review) tasdiqlamaguncha, u asosiy loyihaga qo'shilmaydi.

• Mukammallik emas, ehtiyoj muhim: Mijozning puli yoki vaqti kam bo'lsa, "eng zo'r arxitektura quraman" deb o'tirolmaysiz. Berilgan sharoitga mos, barqaror va biznes talabiga javob beradigan eng tez yechim qilinadi.

• Testlash (QA) bosqichi: Kod yozib tugatilishi bilan uni mijozga berib yuborilmaydi. Oldin o'zingiz, keyin esa testerlar (QA) uni turli xil holatlarda rosa sinab, xatolarini elakdan o'tkazishadi.

Xullas, kompaniyada boplab kod yozishning o'zi kamlik qiladi. Jamoaga moslashish va tartib bilan ishlash — eng asosiy ko'nikmadir!


— @jonibek_turapov
1,0500018
Photo1/2
Ish suhbatiga (intervyuga) Sun'iy Intellekt bilan tayyorlanamiz!

Agar sizni yaqin orada ish suhbati kutib turgan bo'lsa yoki shunchaki o'z bilimingizni sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz, ChatGPT yoki Claude kabi neyrotarmoqlardan ajoyib intervyuer (suhbat oluvchi) sifatida foydalanishingiz mumkin.

Buning uchun AI'ga quyidagi maxsus promtni (buyruqni) yuborishingiz kifoya:
"Sen [LAVOZIM] bo'yicha HR va Technical Interviewer'san. Menga ish suhbatini o'tkaz. Savollarni bittadan ber, har bir javobimni bahola va xatolarimni batafsil tushuntir."

Matndagi [LAVOZIM] qismiga o'zingizning yo'nalishingizni yozasiz.
Masalan: Sen Junior Laravel Developer uchun interviewer bo'l.

Shundan so'ng, AI sizga xuddi haqiqiy suhbatdagi kabi dasturlashga oid texnik va mantiqiy savollarni berishni boshlaydi. Sizning har bir yozgan javobingizni tahlil qilib, qayerda xato qilganingizni yoki qanday qilib yaxshiroq javob berish mumkinligini ko'rsatib boradi.

🎯 Haqiqiy intervyudan oldin hayajonni bosish va o'zingizni sinab ko'rish uchun juda zo'r usul!

#foydali #ai #suniy_intellekt #intervyu #maslahat #dasturlash

— @jonibek_turapov
2,8200013
Photo1/2
Eski kodni yamashmi yoki boshidan yozish?

Assalomu alaykum! Dasturlashda hammamiz bir holatga ko'p duch kelamiz: o'zimiz yoki boshqalar yozgan, logikasi murakkablashib ketgan ESKI kodlar.

Ba'zida muddat oz qolgani yoki shunchaki eringanimiz uchun o'sha eski yondashuvni "yamab" ketgimiz keladi. Lekin tajribamdan kelib chiqib aytamanki, ESKI yondashuvni yamashdan ko'ra, ma'lumotlar bazasi arxitekturasi to'g'rilab, boshidan refaktor qilish kelajakda ancha vaqtni va asabni tejaydi.

Agar poydevor (ya'ni baza arxitekturasi) xato qurilgan bo'lsa, ustiga qurilgan Laravel kontrollerlari va Vue.js komponentlarida qancha vaqtinchalik yechimlar qo'llamaylik, tizim baribir og'irlashib boraveradi. Shunday paytda qo'rqmasdan kodning muammoli qismini asl holatiga qaytarib, toza arxitektura bilan qayta yozish eng to'g'ri qarordir.


— @jonibek_turapov
1,6200014
Photo1/2
Kod to'g'ri, lekin ishlamayapti... Aybdor kim?

Dasturlashda shunday asabbuzar holatlar bo'ladiki, kodingiz 100% to'g'ri, mantiq joyida, lekin brauzerda natija umuman xato chiqadi. Ko'pincha bunday paytda aybdor bizning kodimiz emas, balki ish muhitimiz bo'lib chiqadi.
Muammo nimada bo'lishi mumkin?

1️⃣Kesh (Cache) qurboni: Laravel'da, ayniqsa Vue.js bilan ishlaganda eski keshlar qolib ketishi ko'p pand beradi. Birinchi navbatda loyihani va brauzerni keshdan tozalab turish kerak.

2️⃣Kengaytmalar (Extensions) xalaqiti: Ba'zan brauzerdagi qandaydir plagin kodingiz ishlashiga to'sqinlik qilayotgan bo'ladi. Ularni tekshirish uchun Chrome'dagi Kengaytmalar (Расширения) bo'limiga kirish kerak. O'sha yerdan vaqtincha barchasini o'chirib, loyihani toza muhitda sinab ko'ring.

3️⃣Hammasini noldan boshlash: Agar brauzer yoki tahrirlovchingiz tushunarsiz xatoliklar beraversa, ularning sozlamalarini boshlang'ich sozlamalariga qaytarib, noldan ishga tushirish eng tezkor yechimdir.


— @jonibek_turapov
1,340009
Dasturlashda ish unumdorligini oshiruvchi shaxsiy odatlarim

Assalomu alaykum! Bugun Laravel va Vue.js loyihalarida ishlayotganda vaqtni tejash va diqqatni jamlash uchun o'zim doim amal qiladigan ba'zi odatlar bilan bo'lishmoqchiman.

Kodni yangilashga erinmaslik:
Ko'pincha loyihalarda ESKI kodlarni va kontrollerdagi murakkablashib ketgan logikalarni ko'rib qolamiz. Shunday paytda o'sha ESKI yondashuvni yamashdan ko'ra, ma'lumotlar bazasi arxitekturasini to'g'rilab, boshidan refaktor qilish kelajakda ancha vaqtni va asabni tejaydi.

Fokusni saqlash:
Kod yozayotganda chalg'imaslik uchun brauzer yoki tahrirlovchida ish stolini toza saqlash muhim. Kerakli qo'shimcha hujjatlar yoki API'larni tekshirish uchun doim Yangi oynani ochish orqali alohida ish muhiti yarataman. Bu asosiy kodni yo'qotib qo'ymaslikka yordam beradi.

Tezkor tugmalar (Shortcuts):
Klaviatura yorliqlari — dasturchining eng yaqin do'sti. Sichqonchadan kamroq foydalanish ish tezligini sezilarli oshiradi.
1,5300014
Photo1/2
O'zbekiston sun'iy intellekt startaplari uchun $200,000 mukofotli prezident tanlovini e'lon qildi

Vazirlar Mahkamasi №288-son qaror bilan President AI Award nizomini tasdiqladi. Tanlov uch yo'nalishni qamrab oladi: Eng yaxshi startap, Akseleratsiya va Inkubatsiya.

G'oliblar IT Park Ventures tomonidan ulush evaziga investitsiya oladi — 1-o'rin $100,000, 2-o'rin $60,000, 3-o'rin $40,000. Mablag' ikki bosqichda ajratiladi: yarmi shartnoma tuzilishi bilan, qolgan qismi esa bir yil ichida KPI bajarilishiga qarab.

👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing

Instagram | LinkedIn | Facebook | YouTube


@jonibek_turapov
4,1500011
Qurbon Hayiti muborak bo'lsin!

Ushbu ulug' ayyom xonadoningizga tinchlik, qalbingizga xotirjamlik va hayotingizga baraka olib kirsin. Yaqinlaringiz bilan birga sog'lik, baxt va quvonchda hayitni o'tkazishingizni tilayman.

Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!
1,7300017
Photo1/2
9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin!

Bugun yurtimizda tinchlik va osoyishtalik qadrini teran anglaydigan, o'tganlar xotirasini yod etib, keksalarimizga ehtirom ko'rsatadigan ulug' ayyom. Bugungi dorilomon kunlar, musaffo osmon va erkin hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati hech qachon unutilmaydi.

Aynan mana shu tinchlik sharofati bilan biz bugun xotirjamlikda o'z sevimli ishimiz bilan shug'ullanib, yangi loyihalar ustida ishlayapmiz, texnologiyalarni o'rganyapmiz va kelajak sari dadil qadam tashlayapmiz. Tinchlik va xotirjamlik bor joydagina chinakam rivojlanish bo'ladi.

Barcha faxriylarimizga mustahkam sog'liq, uzoq umr va xotirjamlik tilayman. O'tganlarning xotirasi hamisha qalbimizda barhayot. Yurtimiz osmoni doimo musaffo bo'lsin, tinchligimizga ko'z tegmasin! 🕊
2,2300010
5️⃣ Arrow + Callback birga (React uslubida)
const postYukla = (nomi, callback) => {
console.log(nomi + " yuklanmoqda...");
callback();
};

postYukla("JavaScript darsi", () => {
console.log("Tayyor");
});
📌 Mana shu yozuv — React/Vue logikasining asosi.

❗ Amaliy mashq (majburiy!)
1. Foydalanuvchi ismini qabul qiladigan funksiya yozing
2. Arrow function’dan foydalaning
3. Callback orqali “Xush kelibsiz” xabarini chiqaring

💡 Maslahat: Avval oddiy qilib yozing, keyin arrow va callback qo‘shing.

❓ Savollaringiz bormi?
Agar amaliy vazifa yoki kod bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa —
👉 shu dars izohida yozib qoldiring, albatta javob beraman.

🔜 Keyingi darsda:
8-dars: Massivlar (Array) — real loyihalarda ishlatilishi

Aynan massivlarsiz React ham, Vue ham yo‘q 😉
1,1200010
4️⃣ Real hayotga yaqin misol (Blog uchun)
function postYukla(nomi, callback) {
console.log(nomi + " blogga yuklanmoqda...");
callback();
}

postYukla("7-dars: Funksiyalar", function () {
console.log("Post muvaffaqiyatli joylandi");
});
👉 React’da:
⏺️onClick
⏺️onSubmit
⏺️useEffect

— barchasi callback asosida ishlaydi.

Davomi keyingi postda... ↘️
944005
3️⃣ Callback Function — funksiya ichida funksiya

Callback — bu boshqa funksiyaga parametr sifatida uzatilgan funksiya.

Oddiy misol:
function xabarBer() {
console.log("Amal bajarildi");
}

function ishBajar(callback) {
callback();
}

ishBajar(xabarBer);

📌 Bu qayerda kerak?
⏺️Tugma bosilganda
⏺️Ma’lumot yuklanganda
⏺️Hodisa (event) bo‘lganda

Davomi keyingi postda... ↘️
856006
2️⃣ Arrow Function (=>) — zamonaviy yozuv

React va Vue’da siz ko‘pincha arrow function ko‘rasiz.

Oddiy funksiya:
function yigindi(a, b) {
return a + b;
}

Arrow function:
const yigindi = (a, b) => {
return a + b;
};

Yana qisqa yozuvi:
const yigindi = (a, b) => a + b;
☑️ React komponentlarida aynan shu usul ishlatiladi.

Davomi keyingi postda... ↘️
769006
📕📕 7-dars: Funksiyalarni chuqurroq o‘rganish

(Callback, Arrow function va real misollar)

Agar JavaScript’ni tanaga o‘xshatsak, funksiyalar — bu uning mushaklari 💪
React, Vue yoki Angular’da deyarli hamma narsa funksiya orqali ishlaydi.
Shuning uchun bu dars — juda muhim.

1️⃣ Funksiya nima? (Qisqa eslatma)

Funksiya — bu qayta-qayta ishlatish mumkin bo‘lgan kod bo‘lagi.
function salomBer(ism) {
console.log("Salom, " + ism + "!");
}

salomBer("Jonibek");
salomBer("Dasturchi");

☑️ Foydasi:
⏺️Kod qisqaradi
⏺️O‘qilishi osonlashadi
⏺️Xatolar kamayadi

Davomi keyingi postda... ↘️
770005
Oldinda eng muhim bosqichlardan biri!

Agar siz shu paytgacha JavaScript’da:
⏺️o‘zgaruvchilar bilan ishlagan bo‘lsangiz
⏺️shartlarni (if / else) tushuna boshlagan bo‘lsangiz
⏺️kod qanday o‘qilishini his qilayotgan bo‘lsangiz

demak, siz oddiy foydalanuvchi emas, dasturchi kabi fikrlash bosqichiga yaqinlashyapsiz.

🔜 7-dars aynan shu yerda juda muhim rol o‘ynaydi.
Bu darsdan keyin siz:
⏺️kodni takror-takror yozmaslikni
⏺️vaqt va mantiqni tejashni
⏺️real loyihalarda ishlatiladigan yondashuvni
tushuna boshlaysiz

Aksariyat yangi boshlovchilar aynan shu mavzudan keyin:

“Ha, endi JavaScript menda o‘rnashdi”
deydi.

👉 7-dars juda yaqin.
Kuzatib boring, blogni o‘tkazib yubormang 😉
920005
Photo
Yandex Cup 2025: O‘zbekistonlik dasturchilar xalqaro maydonda

Yaqinda Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yandex Cup 2025 xalqaro dasturlash musobaqasi natijalari e’lon qilindi. Bu musobaqa dunyoning turli davlatlaridan kuchli dasturchilarni jamlagan yirik IT tadbir bo‘ldi va eng quvonarlisi — unda o‘zbekistonlik mutaxassislar ham g‘oliblikni https://www.spot.uz/oz/2025/12/23/yandex-cup/.

Saralash va final bosqichlarida 21 ta davlatdan 196 nafar ishtirokchi qatnashib, murakkab algoritmik va amaliy vazifalar ustida bellashdi. Natijada ikki nafar vatandoshimiz o‘z yo‘nalishida eng yuqori natijani ko‘rsatdi:

1. Nazarbek Boltaboyev — Frontend yo‘nalishida
2. Akobir Abdug‘aniyev — Backend yo‘nalishida

Bu yutuq shunchaki shaxsiy muvaffaqiyat emas, balki O‘zbekiston IT sohasining xalqaro darajada ham raqobatbardosh ekanini ko‘rsatadigan natija deb hisoblayman.

Yandex Cup doirasida dasturchilar ML, frontend, backend, mobil ilovalar, analitika va algoritmlar kabi yo‘nalishlarda bellashdi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi ham ancha yuqori bo‘lib, ishtirokchilar uchun yaxshi rag‘bat vazifasini o‘tagan.

Menimcha, bunday musobaqalar yosh dasturchilar uchun nafaqat tajriba, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va global IT hamjamiyatiga kirib borish uchun katta imkoniyat. O‘zbekistonlik dasturchilarning bu kabi yutuqlari kelajak uchun yanada katta motivatsiya beradi.
915006
♻️ 4-qadam: Array ichida Object (ENG MUHIM 🔥)

Bu — real loyihalarning 80%.

Misol: Blog postlar
let posts = [
{ title: "JS asoslari", views: 120 },
{ title: "Loops", views: 95 },
{ title: "Array & Object", views: 150 }
];

posts.forEach(function(post) {
console.log(post.title + " - " + post.views + " ko‘rildi");
});
📌 React/Vue’da postlar, productlar, commentlar shu usulda ishlanadi.

❗ Katta amaliy vazifa (izohga yozish uchun)
👉 Quyidagi array bor:
let students = [
{ name: "Ali", score: 85 },
{ name: "Vali", score: 72 },
{ name: "Sardor", score: 90 }
];
Vazifa:
⏺️Har bir talabaning ismi va bahosini chiqarish
⏺️Natija shunday bo‘lsin:
👉 Ali — 85 ball

💬 Kodingizni shu dars izohida yozib qoldiring, tekshirib javob beraman.

☑️ Dars yakuni
Bu darsda siz:
⏺️Array va Object bilan ishlashni
⏺️Ularni tsikl orqali aylantirishni
⏺️React, Vue, Angular uchun eng muhim ma’lumot tuzilmasini o‘rgandingiz.


⏰ Keyingi dars:
7-Dars: Funksiyalarni chuqurroq o‘rganish (callback, arrow, real misollar)
695005
♻️ 3-qadam: Object (Obyektlar)

Object — kalit + qiymat ko‘rinishidagi ma’lumot.

Misol: Blog obunachisi
let user = {
name: "Ali",
age: 20,
isStudent: true
};

console.log(user.name);
console.log(user.age);

Object’ni o‘zgartirish
user.age = 21;
user.city = "Toshkent";

console.log(user);

❗ Amaliy mashq:
👉 O‘zingiz haqingizda object yarating:
🔹ism
🔹yosh
🔹kasb

Va console.log bilan chiqaring.

Davomi keyingi postda... ↘️
620005
Video
Web dasturlashni boshlash kerakmi? AI saytlarni o‘zi qilib berayotgan bo‘lsa ham?

So'nggi paytlarda menga ko'p berilayotgan savollardan biri:

Web dasturlashni boshlashni maslahat berasizmi? Hozir sun'iy intellekt saytlarni o'zi qilib berayapti-ku…"

To'g'risini aytsam, bu savol mantiqli. Chunki bugun AI oddiy landing page, blog, hatto kichik CRM loyihani ham bir necha daqiqada generatsiya qilib bera oladi.

⚠️ Lekin muhim savol boshqa:

AI kod yozayaptimi — yoki tizim qurayaptimi?

AI sizga kod beradi.
Lekin:
— Biznes logikani kim tushunadi?
— Loyihaning arxitekturasini kim o'ylaydi?
— Kengaytiriladigan, xavfsiz tizimni kim quradi?
— Muammo chiqqanda mas'uliyatni kim oladi?

AI — bu tezkor yordamchi.
Dasturchi — bu qaror qabul qiluvchi.

Bugun oddiy sayt qilish osonlashdi.
Lekin real loyihalar oddiy emas.

Startup'lar, SaaS platformalar, korporativ tizimlar — bular shunchaki "kod generatsiya" bilan bitmaydi. Bu yerda fikrlash, tajriba va muhandislik kerak.

Shuning uchun web yo'nalishi o'lgan emas.
Shunchaki talab o'zgaryapti.

Oldin: "Kod yozishni bilsa bo'ldi."
Hozir: "Tizim fikrlay oladimi?"

Agar hozir web'ni boshlamoqchi bo'lsangiz:

— Faqat kod yozishni emas, qanday ishlashini tushuning.
— Frontend yoki backend tanlang — lekin chuqur kiring.
— Git, database, deploy, xavfsizlikni o'rganing.
— AI'dan foydalanishni o'rganing — lekin unga to'liq suyanmang.

Kelajakda yutadigan odam — AI bilan raqobat qiladigan emas, AI'ni boshqara oladigan dasturchi bo‘ladi.

Shaxsan mening fikrim, web'ni boshlash hali kech emas.
Lekin oddiy "kod yozuvchi" bo'lish davri tugayapti.

Endi muhandis bo'lish kerak.

👉 @jonibek_turapov
6,7400024
Nega dasturlashni tanlaganman?

Bu sohani tanlashim tasodif emas edi.
Menga natijasi ko'rinadigan ish yoqadi.

Kod yozasan, natija chiqadi.
Xato qilasan, sababi bor.
Tuzatasan, ishlaydi.

Dasturlashda hamma narsa mantiqqa bog'liq.
Bahona yo'q. "Omad kelmadi" degan tushuncha yo'q.
Ishlamasa, demak nimadir noto'g'ri yozilgan.

Yana bir sabab — o'sish chegarasiz.
Bugun oddiy CRUD qilasan.
Ertaga arxitektura o'ylaysan.
Keyin tizimlarni optimallashtirasan.

Bu sohada zerikish qiyin.
Chunki har doim yangi muammo bor.
Har bir muammo esa yangi tajriba.

Dasturlash menga faqat kasb bermadi.
U fikrlash uslubimni o'zgartirdi.

Muammoni ko'rsam — qochmayman.
Tahlil qilaman. Yechaman.

Shu sababli tanlaganman.

#dasturlash #programmerlife

👉 @jonibek_turapov
2,1200024
Assalomu alaykum!

Ramazon oyi hammaga muborak bo'lsin! Bu muborak oy hammamizga sabr-toqat, rahm-shafqat va ruhiy tozalashni nasib etsin. Allohning rahmati va barakasi doimo bizning yonimizda bo'lsin.
2,0900024
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak!

Bugun men uchun Vatan himoyasi faqat harbiy xizmat emas, balki har kimning o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi, halol yashashi va yurtiga foyda keltirishga intilishidir.
Kim qayerda bo'lishidan qat'i nazar, Vatan uchun xizmat qilayotgan har bir inson — hurmatga loyiq.

Yurtimiz tinchligi, oilalarimiz osoyishtaligi va kelajagimiz barqarorligi doimo saqlanib qolsin.
Barcha himoyachilarga kuch, sog'lik va mustahkam irodа tilayman.

Bayramingiz muborak!
2,9200016
Video
🧑‍🎄 Yangi yil muborak! 🎉

Yangi yil sizga sog‘lik, tinchlik va omad olib kelsin. 2026-yilda ham blogimiz orqali foydali, qiziqarli va sifatli kontent bilan siz bilan birga bo‘lamiz.

Har bir kuningiz yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yutuqlarga boy bo‘lsin.

Yangi yil — yangilanishlar va rivojlanish yili bo‘lsin! ✨

Biz bilan qoling, eng yaxshilari hali oldinda.
3,0500015

Showing 30 of 31 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog Telegram kanali nima haqida?+

Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog (@jonibek_turapov) — tgdio da Kodlash va dasturlash toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 3 570 obunachi bor.

Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog (@jonibek_turapov) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @jonibek_turapov ga bepul obuna bo‘ling.

Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog yaxshi Kodlash va dasturlash kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 3 570 obunachi bor. O‘xshash Kodlash va dasturlash kanallar bilan solishtiring.

Jonibek Turapov | Shaxsiy IT blog statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @jonibek_turapov sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.