Did pachoq boʻlib turib, yaxshi narsa yozib boʻlmaydi! Avval didni tarbiyalash kerak. Shuning uchun ham jamiyatning — adabiy muhitning, kinematografik muhitning, musiqiy muhitning shakllanishi-yuksalishi uchun birinchi oʻrinda did kerak. Men bekorga dodlayotganmim yoʻq, oʻrtamiyona narsalarni mezon qilib olayotganimiz bizning didimiz tushib ketayotganini koʻrsatib turibdi. Boʻlajak aktyorlar, yosh teatrshunoslar bilan gaplashganim sayin qaygʻuga choʻmib boryapman. Koʻp narsa bilmaydi, koʻp narsa oʻqimagan. Afsus, majbur qilolmaysan.
Yaxshi asarning millati boʻlmaydi. Chukcha oʻqisa oʻzining chukchachasiga tushunadi, oʻzbek oʻqisa oʻzbekona tushunadi. Oʻtish davrida yashagan odamlarning shoʻri qursin, degan gap bor. Sizlarning avlodlaringizning chekiga shunday davr tushdi. Parokandalik boshlandi, qalayi-qalbaki daholar paydo boʻldi. Vatanparvarlikka ortiqcha urgʻu berib, hech keraksiz fanlarni kiritib tashladik. Ura-patriotizm avj oldi. “Mustaqillik” soʻzini xor qilib tashlamaslik kerak. “Mustaqilligimiz” deb boshlashi bilan, demak, sen hali toʻliq mustaqil emassan, deb oʻylayman. Nima keragi bor? Soʻzning qadri yoʻqolib ketdi. Qanchalik kam ishlatsak, bu tushunchaning qadri oʻshancha baland boʻladi. Didsizlik rasmiy darajaga koʻtarilgan, shiorlarga aylantirilgan. Nahotki, farosatli odamlar yoʻq? Bor. Lekin aytgani qoʻrqadi.
Hukumat, yaʼni hokimiyat oʻzining manfaatiga — gʻoyalariga moslab bayram oʻtkazishi mumkin, lekin buning uchun yarim yil tayyorgarlik koʻrish kerak emas…
© Murod Muhammad Doʻst.
https://t.me/kitobim_dosti📒










![НАБОР В АДМ× 𝒀𝒖𝒓𝒊 𝑪𝒐𝒏𝒇𝒆𝒔𝒔𝒊𝒐𝒏 & 𝑫𝒂𝒊𝒍𝒚 ✿ [🔪💜] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/08/YuriDDLCConfession.webp)