Kitoblar dunyosi Telegram channel photo

Kitoblar dunyosi

@kitobim_dostimPublic Channel

Sahifalarda yashiringan hayot, satrlarda tovush beruvchi qalb, va kitob orqali topilgan o‘zingiz. Iqtiboslar, suratlar, tavsiyalar, videolar hammasi sizga kitobni sevdirish uchun. Bu yerda siz kitobni emas, hayotni varaqlaysiz. Reklama hizmati yo‘q!

311

Last views

2.4k (2,411 subscribers)
A'zolar
—
Rating
20
Total Posts
Oct 18, 2026, 2:42 PM
Yangilangan
Jul 20, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameKitoblar dunyosi
Username@kitobim_dostim
CategoryIlhomlantiruvchi so'zlar
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar2,411
Channel TypePublic Channel
Created20-iyl, 2026
Last Updated18-okt, 2026 • 3 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#450555-722
Til reytingi
#2356-11
Toifa reytingi
#2398-3

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 2.4K30 Days growth: -1214.8%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20262,532
20:09:20262,532
21:09:20262,508
22:09:20262,508
23:09:20262,508
24:09:20262,508
25:09:20262,508
26:09:20262,508
27:09:20262,508
28:09:20262,508
29:09:20262,508
30:09:20262,508
01:10:20262,508
02:10:20262,508
03:10:20262,508
04:10:20262,508
05:10:20262,508
06:10:20262,508
07:10:20262,508
08:10:20262,508
09:10:20262,508
10:10:20262,508
11:10:20262,508
12:10:20262,508
13:10:20262,508
14:10:20262,508
15:10:20262,508
16:10:20262,508
17:10:20262,508
18:10:20262,411
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:07:20262,662
Week of 27:07:20262,662
Week of 03:08:20262,662
Week of 10:08:20262,662
Week of 17:08:20262,662
Week of 24:08:20262,624
Week of 31:08:20262,578
Week of 07:09:20262,532
Week of 14:09:20262,532
Week of 21:09:20262,508
Week of 28:09:20262,508
Week of 05:10:20262,508
Week of 12:10:20262,411
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
July 20262,662
August 20262,624
September 20262,508
October 20262,411
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20262,411

So'nggi postlar

Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

30-avg, 2026, 09:56

Yaxshi asarning millati boʻlmaydi

Did pachoq boʻlib turib, yaxshi narsa yozib boʻlmaydi! Avval didni tarbiyalash kerak. Shuning uchun ham jamiyatning — adabiy muhitning, kinematografik muhitning, musiqiy muhitning shakllanishi-yuksalishi uchun birinchi oʻrinda did kerak. Men bekorga dodlayotganmim yoʻq, oʻrtamiyona narsalarni mezon qilib olayotganimiz bizning didimiz tushib ketayotganini koʻrsatib turibdi. Boʻlajak aktyorlar, yosh teatrshunoslar bilan gaplashganim sayin qaygʻuga choʻmib boryapman. Koʻp narsa bilmaydi, koʻp narsa oʻqimagan. Afsus, majbur qilolmaysan.
Yaxshi asarning millati boʻlmaydi. Chukcha oʻqisa oʻzining chukchachasiga tushunadi, oʻzbek oʻqisa oʻzbekona tushunadi. Oʻtish davrida yashagan odamlarning shoʻri qursin, degan gap bor. Sizlarning avlodlaringizning chekiga shunday davr tushdi. Parokandalik boshlandi, qalayi-qalbaki daholar paydo boʻldi. Vatanparvarlikka ortiqcha urgʻu berib, hech keraksiz fanlarni kiritib tashladik. Ura-patriotizm avj oldi. “Mustaqillik” soʻzini xor qilib tashlamaslik kerak. “Mustaqilligimiz” deb boshlashi bilan, demak, sen hali toʻliq mustaqil emassan, deb oʻylayman. Nima keragi bor? Soʻzning qadri yoʻqolib ketdi. Qanchalik kam ishlatsak, bu tushunchaning qadri oʻshancha baland boʻladi. Didsizlik rasmiy darajaga koʻtarilgan, shiorlarga aylantirilgan. Nahotki, farosatli odamlar yoʻq? Bor. Lekin aytgani qoʻrqadi.
Hukumat, yaʼni hokimiyat oʻzining manfaatiga — gʻoyalariga moslab bayram oʻtkazishi mumkin, lekin buning uchun yarim yil tayyorgarlik koʻrish kerak emas…

© Murod Muhammad Doʻst.

https://t.me/kitobim_dosti📒
311009
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

30-avg, 2026, 09:56

Photo
Qalbga yo'l - kitobdan boshlanadi... 🌹🤩

📒
3590017
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

30-avg, 2026, 09:56

Photo
Kitob odamga axborot bilan birgalikda insoniy tuyg‘ularni va insoniy nuqtai nazarlarni ham beradi. Inson tafakkuriga tuyg‘u bilan qo‘shilib kirgan axborot hech qachon esdan chiqmaydi. Shunchaki axborot sifatida qabul qilingan ma’lumot bir necha kundan keyin hech kimning esida qolmaydi. Shu sababli badiiy asar odamning tafakkurini rivojlantiradigan, ayniqsa, his-tuyg‘ularini tozartiradigan bir vosita sanaladi.

📒
3950016
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

30-avg, 2026, 09:56

MENING TO‘RT KUNIM BOR

Xalil ibn Ahmad aytadi:

Mening to‘rt kunim bor.

1. Ko‘chaga chiqib, o‘zimdan ilmliroqqa yo‘liqqan kunim undan nimanidir o‘rganaman. Bu mening foyda topgan, o‘ljani qo‘lga kiritgan kunim.

2. Ko‘chaga chiqib, o‘zimdan ilmsizroqqa yo‘liqqan kunim unga nimanidir o‘rgataman. Bu mening savob ishlagan kunim.

3. Ko‘chaga chiqib, ilm bobida o‘z tengqurimga yo‘liqqan kunim u bilan birga dars qilaman. Bu mening sabog‘imni pishitgan kunim.

4. Ko‘chaga chiqib, o‘zi ilmsiz-u, lekin o‘zini mendan ko‘ra ilmliroq hisoblaydigan kishiga yo‘liqqan kunim u bilan gaplashmay qo‘ya qolaman. Bu mening dam olish kunim.

📒
5950016
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

30-avg, 2026, 09:56

Қулга бало келмас, Ҳақ ёзмагунча.
Ҳақ бало ёзмас, қул йўлдан озмагунча.
Ҳақ қулдан интиқом, қул ила олур.
Дину ирфон билмаган, буни қулдан деб билур.

Мавлоно Жалолиддин Румий.

📒
5910020
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

30-avg, 2026, 09:56

Photo
📿 ROSULULLOHDAN ﷺ MAKTUBLAR 💌

​Olamlarga rahmat qilib yuborilgan, axloqning eng go‘zal va mukammal namunasini ko‘rsatgan, bashariyatni zulmatdan nurga yetaklagan Sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga cheksiz salavotu salomlar bo‘lsin. ✨

📒 ​Rosululloh sallallohu alayhi vasallam haqida juda ko‘p kitoblar bor, ularning har biri o‘zgacha va takrorlanmasdir. Tashqaridan qaraganda balki ular bir-biriga oxshashdek ko‘rinar, chunki manbasi U zotning hayotlari va sunnatlaridir. Ammo Adham Sharqoviyning bu asari bizni Rosululloh ﷺdan kelgan maktub (hadis)lar bilan tanishtirib, ularni o'quvchini qalbiga yetib boradigan qilib sharhlab bergan.

🌟 Kitobni o‘qir ekansiz, bugungi kundagi muammolarimiz, savollarimiz, ruhiyatimiz va amallarimizga hadislar orqali javob topasiz
Muallif Rasululloh ﷺning har bir hadislarini sharhlab, bizga sodda va samimiy tarzda yetkazib bergan. Bu maktublarni o‘qir ekansiz, undagi nasihatlar go‘yo ayni sizga aytilgandek qalbingizga yetib boradi. Ularni amal qilish esa qanchalik foydali ekanini anglaysiz.

📚 Bu kitobni faqat kattalar emas, yosh kitobxonlar ham bemalol o‘qishi mumkin. Chunki asar sodda, mazmuni tushunarli va har bir yosh uchun foydali. Ayniqsa bu asarni oila davrasida jam bo'lib har kunlik darslik sifatida mutolaa qilsangiz nur ustiga a'lo nur bo'ladi...

"Rosulullohdan maktublar" aslida sizga, aynan sizning qalbingizga atalgan maktubdir aziz kitobxon!

📒
1,0000011
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

20-iyl, 2026, 06:05

Assalomu alaykum qadirli kitobsevarlarim!

Ayrim ishlarim ko‘payib qolgani sababli kanal faoliyatida taxminan bir haftalik tanaffus bo‘ladi.

In shaa Alloh tez orada yana qaytaman.
1,0000033
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

20-iyl, 2026, 06:05

Photo
SUHBATDOSH

Qaniydi uchrasa shunday bir odam:
Sen yoqa bo‘lganda u ham yeng bo‘lsa.
Yoshi, martabasi teng bo‘lmasa ham,
Albatta sen bilan ko‘ngli teng bo‘lsa.

Qaniydi uchrasa shundayin bir zot,
Gaplashsak jaydari yoronlarga xos.
Deylik: yulduzlarda bormikan hayot,
Qaysi darmondori qaysimizga mos.

Qaniydi uchrasa shunday suhbatdosh,
Bir-birin asabin arralashmasa.
Biri ko‘z bo‘lganda, biri bo‘lsa qosh,
Suhbatga g‘iybat hech aralashmasa.

🪶 Abdulla Oripov

📒
1,1000020
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

20-iyl, 2026, 06:05

Video
Ilm olish juda xam osonlashgan davrdamiz. Ammo bir joyda o‘tirib diqqat qilishga toqatimiz chidamaydi. Qulay vaqt kutish bilan umrimiz o‘tapti, vaholangki biz hohlagan qulaylik xech qachon bo‘lmaydi.

📒
8610021
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

20-iyl, 2026, 06:05

#Iqtibos

Hozirgi kunda kitoblarning elektron shakllari ham juda ommalashdi. Bunga xizmat qilayotganlarni Alloh yorlaqasin, ajrlarini mo‘l qilsin. Buning qulayligi, yo‘l-yo‘lakay o‘qishga munosibligi va boshqa manfaatli jihatlari borligi aniq. Ammo har qancha foydali bo‘lmasin, baribir oddiy, qog‘oz kitobning o‘rnini bosa olmas ekan. Qolaversa, kitob ochib o‘qishning fayzi boshqa. Kimga qanaqa bilmadim-u, ammo menga shunaqa tuyuladi. O‘zimning shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytsam, elektron kitobda o‘qigan ma’lumotlarim oddiy kitobda o‘qiganlarimchalik esda qolmaydi. Menimcha, ekrandagi kadrni ko‘rish uchun miyaning ancha qismi band bo‘ladi chog‘i va shu bois, ma’lumotni xotiraga saqlashda sustlik yuzaga keladi.

🌟 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari.

📒
8250015
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

20-iyl, 2026, 06:05

Video
Авваллари ёз фаслини севар эдим…
Турмушга чиқдим — ёрим қалбимга мангу ёз олиб кирдилар.
У билан кунларим исиди, тунларим ёришди.
Энди эса… мен ёзни эмас,
ҳаётимнинг энг гўзал фасли — ёримни яхши кўраман.

Ikrom Sharif

📒
2,3700025
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

20-iyl, 2026, 06:05

KITOB YOQUVCHILAR

Sibvayh:
Uning xotini kitoblarini yoqib yubordi. Chunki u kitoblariga berilib ketib xotinini unutib qo‘yar edi. Sibvayh buni bilgach xushidan ketdi. O‘ziga kelgach xotinini taloq qildi.

Lays ibn Muzaffar:
U Farohidiyning "Al-Ayn" nomli kitobini yodlashga ovora bo‘lib xotiniga e’tibor bermay qo‘ydi. Xotini uni kitobdan rashk qilib kitoblarini yoqib yubordi.

Amir Mahmududdavla Omiriy:
Uning juda ko‘p kitobi bor edi. U vafot etgach xotini uning kitoblarini suvga tashladi. Chunki u kitoblari bilan ovora bo‘lib xotiniga ko‘p vaqt ajratmas ekan.

Ibrohim Iyoshiy:
U "Hujurotun niso" nomli kitobini yozish uchun yigirma yil sarfladi. Xotiniga e’tibori kamaydi. Xotini g‘azablanib kitobni yoqib yubordi. Ibrohim shundan so‘ng falaj bo‘lib qoldi.

Muhammad ibn Shihob Zuhriy:
Uning xotini unga shunday degan edi:
" Allohga qasamki, bu kitoblar men uchun uchta kundoshdan ham yomonroqdir".

- Doktor Xolid Sayyid Ali.

Kitobsevar birodarlar! Xotinlarga hushyor bo‘linglar!!!

📒
8470018
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

20-iyl, 2026, 06:05

Video
Qanday kitob tanlash kerak?

Bu savolga Alimov Xo'jageldi Mustafoyevich javob berdi!

📒
8260013
Kitoblar dunyosi logo
Kitoblar dunyosi

20-iyl, 2026, 06:05

Photo
​​#Iqtibos

Ba’zilar kitoblarni mazasini totishadi, boshqalar yutib yuborishadi, va faqat ozchilik - chaynab uni hazm qiladi.

© Frensis Bekon

📒
7730018

Showing 20 of 20 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Kitoblar dunyosi Telegram kanali nima haqida?+

Kitoblar dunyosi (@kitobim_dostim) — tgdio da Ilhomlantiruvchi so'zlar toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 2 411 obunachi bor.

Kitoblar dunyosi (@kitobim_dostim) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @kitobim_dostim ga bepul obuna bo‘ling.

Kitoblar dunyosi yaxshi Ilhomlantiruvchi so'zlar kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Kitoblar dunyosi reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 2 411 obunachi bor. O‘xshash Ilhomlantiruvchi so'zlar kanallar bilan solishtiring.

Kitoblar dunyosi statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @kitobim_dostim sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.