Qarshi davlat texnika universiteti Telegram channel photo

Qarshi davlat texnika universiteti

@kstu_uzPublic Channel

Qarshi davlat texnika universiteti rasmiy kanali www.kstu.uz 📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh. Mustaqillik ko‘chasi 225-uy

270

Last views

7.4k (7,388 subscribers)
A'zolar
—
Rating
41
Total Posts
Oct 14, 2026, 10:27 AM
Yangilangan
Apr 5, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameQarshi davlat texnika universiteti
Username@kstu_uz
CategoryStreaming va IPTV
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar7,388
Channel TypePublic Channel
Created5-apr, 2026
Last Updated14-okt, 2026 • 8 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#34838+116
Til reytingi
#325-5
Toifa reytingi
#704+10

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 7.4K30 Days growth: +6429.5%
09/1509/2009/2509/3010/0510/1010/14
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
15:09:20266,746
16:09:20266,746
17:09:20267,368
18:09:20267,368
19:09:20267,368
20:09:20267,368
21:09:20267,368
22:09:20267,368
23:09:20267,368
24:09:20267,368
25:09:20267,368
26:09:20267,368
27:09:20267,368
28:09:20267,368
29:09:20267,368
30:09:20267,368
01:10:20267,368
02:10:20267,368
03:10:20267,368
04:10:20267,368
05:10:20267,368
06:10:20267,368
07:10:20267,368
08:10:20267,368
09:10:20267,368
10:10:20267,368
11:10:20267,368
12:10:20267,368
13:10:20267,368
14:10:20267,388
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20265,738
Week of 06:04:20265,725
Week of 13:04:20265,725
Week of 20:04:20265,725
Week of 27:04:20265,721
Week of 04:05:20265,721
Week of 11:05:20265,744
Week of 18:05:20265,744
Week of 25:05:20265,744
Week of 01:06:20265,715
Week of 08:06:20265,715
Week of 15:06:20265,715
Week of 22:06:20265,715
Week of 29:06:20265,638
Week of 06:07:20265,638
Week of 13:07:20265,638
Week of 20:07:20265,814
Week of 27:07:20265,814
Week of 03:08:20265,786
Week of 10:08:20265,786
Week of 17:08:20266,009
Week of 24:08:20266,328
Week of 31:08:20266,328
Week of 07:09:20266,746
Week of 14:09:20267,368
Week of 21:09:20267,368
Week of 28:09:20267,368
Week of 05:10:20267,368
Week of 12:10:20267,388
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20265,721
May 20265,744
June 20265,638
July 20265,814
August 20266,328
September 20267,368
October 20267,388
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20267,388

So'nggi postlar

Video
#2026_OAVda_biz
#Dayjest

📺 “Yangiliklar” informatsion dasturida Koreya Respublikasining “Qirol Sejong” oʻquv markazi vakillari bilan uchrashuv haqida hikoya qilindi.

*
📺 “Qashqadaryo axboroti” informatsion dasturida universitetimizda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi masʼullari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbir haqida soʻz yuritildi.

*
📺 “Qashqadaryo axboroti”da Qarshi shahrida Oʻzbekiston–Ozarbayjon olimlari hamkorligida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjuman tafsilotlari yoritildi.

🎤 Axborotda QarDTU professori Yulduz Ergasheva oʻz mulohazalarini bildirgan.

*
📺 “Qashqadaryo axboroti”da “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi hamda “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ direktori ishtirokida boʻlib oʻtgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tafsilotlari yoritildi.

Axborotda Transport va qurilish muhandisligi fakulteti dekani Uchqun Qodirov va talaba Shuhratbek Miraliyev oʻz mulohazalarini bildirganlar.

*
📺 📻 Viloyat televideniyesi va “Oltin voha” radiosi orqali efirga uzatilgan “Nuqtayi nazar” koʼrsatuv/eshittirishida universitetimizdagi “Inklyuziv hap – “Birgalikda oʼrganamiz” oʼquv kursi rahbari Mahliyo Yoʼldosheva hamda talabalarimiz – Farangiz Ikromova, Soʼgʼdiyona Turopova va Shahzoda Norpoʼlatova bilan muloqot oʼtkazildi.

*
💻 “Yoshlar.edu.uz” telegram kanalida universitetimizda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 610-son qarori mazmun-mohiyati targʻiboti yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilish haqidagi axborotimiz berildi.

*
📻 “Oltin voha” radiosining “Qashqadaryo hafta ichida” eshittirishida universitetimiz professor-oʻqituvchilarining “Kelajak muhandislari” respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi boʻlganligi eʼtirof etildi.

*
🎙 “Oltin voha” radiosining “Eʼzoz” eshittirishida “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Dilorom Adilova bilan muloqot tashkil etildi.

*
💻 “Eko-debat” loyihasining viloyat bosqichi haqidagi axborot “Qashqadaryo viloyat Kengashi” telegram kanalida ham eʼlon qilindi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
270001
Photo1/2
#Bilgan_yaxshi

Qarshi davlat texnika universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Abror Murtazayevning rasmiy murojaat boti borligini bilarmidingiz?

Eslab qoling:
@kstu_prorektor_bot

Murojaatingiz, taklif va shikoyatingizni ushbu bot orqali yuborishingiz mumkin.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
1,040002
Photo1/8
#Uchrashuv

Energetika muhandisligi fakultetida ota-onalar yig‘ilishi tashkil etildi. Unda fakultet dekani Shuhrat Yaxshiboyev, dekan o‘rinbosari Bahodir Hazratqulov, tyutorlar ishtirok etdilar.

📌 Yig‘ilish davomida talabalarning akademik o‘zlashtirishi, davomati, odob-axloqi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va yoshlar tarbiyasida oila hamda universitet hamkorligining o‘rni muhokama qilindi.

📚 Shuningdek, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmon va qarorlari, ta’lim grantlarini qayta taqsimlash tartibi, talabalar mas’uliyati, yoshlarni giyohvandlik va psixotrop moddalar xavfidan himoya qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

💬 Ochiq muloqot davomida ota-onalarning fikr va takliflari tinglanib, talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiyasini doimiy nazorat qilish va muammolarini hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
1,100000
Video
#Tashabbus

Qarshi davlat texnika universitetida “Karyera maktabi” klubining yangi mavsumiga start berildi.

Mavsumning ilk mashg‘uloti talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun muhim bo‘lgan CV, rezyume va “Cover Letter” tayyorlash mavzusiga bag‘ishlandi.

Dars davomida talabalar CV va rezyume o‘rtasidagi farqlarni o‘rgandilar, professional hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar, interaktiv o‘yinlar orqali bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

- Mashg‘ulot shunchaki nazariy dars emas, - deydi klub rahbari, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabasi Nilufar Bahronova, - balki talabalar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari, fikr almashishlari va yangi ko‘nikmalarni qiziqarli muhitda egallashlari uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Oldinda talabalarni ish qidirish platformalari, Linkedin, professional networking, intervyuga tayyorgarlik va boshqa muhim mavzularga bag‘ishlangan yangi mashg‘ulotlar kutmoqda.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
1,220005
Video
#kontrakt #shartnoma

Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️

To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish

🖥 Buning uchun https://kontrakt.edu.uz/ tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
https://apps.apple.com/uz/app/kontrakt-edu/id6502597658 📲 https://play.google.com/store/search?q=kontraktedu&c=apps

https://t.me/eduuz | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz| https://t.me/eduuz
1,370000
Photo
#Kelajak_soati

Bugun universitet rahbariyati tomonidan 1-bosqich talabalari uchun “Yagona Vatan, yagona xalq boʼlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu gʼoyasi asosida “Kelajak soati” darslari oʼtildi.

Energetika muhandisligi, Iqtisodiyot va boshqaruv hamda Irrigatsiya muhandisligi fakultetlarida tashkil etilgan dars mashgʼulotlarida rektor Sherzod Neʼmatov, prorektorlar Abror Murtazayev, Zafar Chorshanbiyev, Ibrat Ismoilov hamda fakultetlar dekanlari ishtirok etdilar.

Muloqot asnosida yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari – barchasi mustaqillik neʼmatlari ekanligi alohida eʼtirof etildi. Imkoniyatlardan unumli foydalanish, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlish lozimligi uqtirildi.

Ochiq muloqot shaklida oʼtgan “Kelajak soati” darslari talabalarning kelajakdagi maqsadlarini belgilash, bilim va salohiyatini yanada oshirish hamda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshishga undovchi muhim tadbir boʼldi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
965001
Photo
#Jarayon

Bugun universitet rahbariyatining “Xorijiy tillar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan muloqoti boʻlib oʻtdi.

Unda kafedraning oʻquv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlardagi faoliyati, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda taʼlim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida xorijiy tillarni oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, talabalarning til oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishini ragʻbatlantirish va taʼlim jarayonini amaliyot bilan uygʻunlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, kafedra faoliyatini yanada takomillashtirish, oʻqituvchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yuzasidan fikr almashildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
1,080000
Photo
#Dolzarb_90_kun

Akademik litsey oʻquvchilari Germaniyada yozgi til kurslarida ishtirok etmoqda.

“Nuriston” akademik litseyi oʻquvchilari Germaniyaning Gyote instituti tomonidan amalga oshirilayotgan «PASCH — maktablar: kelajak hamkorlari» loyihasi doirasida bir oylik yozgi til kurslarida ishtirok etmoqdalar.

Ayni damda akademik litsey oʻquvchilari Zarnigor Abdujabborova va Mahmud Ibodullayev Germaniyaning Hintersarten shahrida tashkil etilgan yozgi til kurslarida ishtirok etib, nemis tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlamoqdalar.

Xalqaro taʼlimiy dasturda ishtirok etish oʻquvchilarning nafaqat til koʻnikmalarini rivojlantirish, balki Germaniya madaniyati, taʼlim tizimi va yangi doʻstlar bilan tanishish imkoniyatini ham yaratmoqda.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
1,130000
Photo
#Diqqat

HURMATLI QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TALABALARI!

Ijara xonadonlari, ularning manzili, ijara toʻlovi, yashash sharoitlari va mavjud boʻsh yashash joylari boʻyicha maʼlumot olish uchun oʻzingiz tahsil olayotgan fakultet masʼullariga murojaat qilishingiz mumkin.

📍 FAKULTETLAR BOʻYICHA MASʼULLAR:

1. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti
🎓 Dekan — Norqobilov Salim Abduhamidovich
👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Zohidov Jamshid Botirxonovich
📞  91 257 77 57

2. Neft-gaz va geologiya fakulteti
🎓 Dekan — Shodiyev Abbos Neʼmat oʻgʻli
👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Sharipov Gʻulomjon Qarshi oʻgʻli
📞  90 518 53 33

3. Irrigatsiya muhandisligi fakulteti
🎓 Dekan — Quvvatov Dilshod Ashuraliyevich
👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Nazarov Ixtiyor Fayzullayevich
📞  97 388 19 78

4. Energetika muhandisligi fakulteti
🎓 Dekan — Yaxshiboyev Shuhrat Komilovich
👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Xazratkulov Baxodir Mamatkulovich
📞 90 440 47 15

5. Transport va qurilish muhandisligi fakulteti
🎓 Dekan — Qodirov Uchqun Ilhomovich
👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Talipov Ulugʻbek Qaxramonovich
📞  90 244 77 76

6. Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti
🎓 Dekan — Nasimov Shavkat Vasiyevich
👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Mirzayev Komiljon Mamirjonovich
📞 90 994 07 87

7. Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti
🎓 Dekan — Abdurahmonov Alijon Abdulahadovich
👨‍🎓 Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari — Shukurov Shahobiddin Toʻlqin oʻgʻli
📞  91 001 56 63

🏢 Universitet bo‘yicha savollar va murojaatlar uchun:
Oybek Dilov (99 666 00 19)

Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati ✍️

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
970004
Photo
#Dolzarb_90_kun

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash boʻyicha tanishtiruv ishlari

Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida talabalikka tavsiya qilingan yoshlarni turar joy bilan taʼminlash, ijara xonadonlari boʻyicha zarur tavsiyalar berish maqsadida targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda yoshlar ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari J.Zohidov, tyutorlar Z.Haydarov, T.Ergashev va O.Boboqulov tomonidan talabalarga talabalar turar joyiga joylashish tartibi, mavjud imkoniyatlar, yashash sharoitlari, ichki tartib-qoidalar hamda turar joydan foydalanish boʻyicha zarur tavsiya va tushunchalar berilmoqda.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
1,000003
Photo
#Diqqat_shoshilinch

🚨 REKTOR NOMIDAN LOYIHALASHTIRILGAN FIRIBGARLIK!

✅ Hurmatli professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar!

📱 Universitetimiz nufuzi va sizning xavfsizligingizga raxna soluvchi jiddiy holat aniqlandi. Telegram messenjerida Qarshi davlat texnika universiteti rektori Neʼmatov Sherzod Qalandarovich nomidan "Nematov Sherzod" deb nomlangan soxta (feyk) profil ochib, firibgarlik harakatlari olib borilmoqda!

🚫 Rasmiy bayonot: rektor Sh.Neʼmatov tomonidan Telegram messenjeri orqali hech kimga hech qanday topshiriq yoki xabar yuborilmagan. Bu soxta akkaunt ortida turganlarning maqsadi faqatgina firibgarlikdir.

‼️ Sizdan iltimos qilamiz: ishonchingizni suiisteʼmol qilishlariga yoʻl qoʻymang! Bunday profillarga aslo aldanmang, ular bilan muloqotga kirishmang va shaxsiy maʼlumotlaringizni ochiqlamang.

⚡️ DIQQAT QILING VA ESDA TUTING! Amaldagi xavfsizlik meʼyorlariga koʻra, rahbar shaxsan hech kimga toʻgʻridan-toʻgʻri xabar yoki soʻrovlar yubormaydi.

✅ OGOH BO‘LING, SHUBHALI MUROJAATLARGA ISHONMANG!

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
1,230004
Video
Assalomu alaykum!

Boshlangan yangi haftangiz, kuningiz quvonchli, omadli, xayrli va barakali boʻlsin!

Ishlarni rivojlantirish uchun rejalar tuzishning oʻzi kamlik qiladi. Ularni vaqt kelganda oʻzgartirishni ham bilish kerak.

Ayzek Azimov ✍️

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/ | 📱 https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
1,390005
Video
#2026_OAVda_biz
#Dayjest

📺 “Oʻzbekiston 24” telekanalining https://t.me/uzbekistan24_tvnews informatsion dasturida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filialining yangi, zamonaviy laboratoriyalarining ochilish marosimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Qarshi davlat texnika universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangani haqida soʻz yuritildi.

*
💻 Oʻzbekiston milliy axborot agentligi saytida e’lon qilingan https://uza.uz/uz/posts/qashqadaryoda-zamonaviy-metrologik-laboratoriyalar-faoliyati-yolga-qoyildi_898334 sarlavhali axborotda ham mazkur jarayonlar yoritildi.

🖊 Axborotda “Metrologiya va materialshunosiligi” kafedrasi mudiri Olim Eshqobilovning intervyusi berilgan.

*
📺 📻 https://t.me/qashqadaryo_trk va https://t.me/oltinvoha radiosi orqali efirga uzatilgan “Nuqtayi nazar” koʻrsatuv/eshittirishida bola nutqini rivojlantirishda telefonning salbiy taʼsiri haqida mulohazalar bildirildi.

🎤 Koʻrsatuv/eshittirishda universitet psixologi Dilorom Turdiqulova ham ishtirok etdi.

*
💻 Universitetimiz hamda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ Muborak issiqlik elektr markazi filiali rahbarlari uchrashuvi va hamkorlik memorandumi imzolangani haqidagi axborot https://t.me/MUB_IEM rasmiy telegram kanalida ham yoritildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
1,530003
Photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini https://president.uz/oz/lists/view/9524
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев https://president.uz/ru/lists/view/9524 встречу в узком составе и третье заседание Высшего межгосударственного совета.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #muzokaralar

https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/| https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/| https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg| https://x.com/president_uz
1,420001
Photo
#2026_OAVda_biz
#Dayjest

💻 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining telegram kanalida iqtidorli magistrantimiz Muhriddin Muqimovning “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumida gʻolib boʻlganligi haqidagi https://t.me/eduuz yoritildi.

*
💻 Universitetimizda Sport kunida oʻtkazilgan tadbirlar haqidagi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining https://t.me/eduuz hamda vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining https://t.me/yoshlareduuz rasmiy telegram kanallarida  eʼlon qilindi.

*
💻 Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida munosabati bilan boʻlib oʻtgan tadbir tafsiloti Shahrisabz shahri hokimligi https://t.me/shahrisabz_shahar_hokimligi kanalida yoritildi.

*
💻 Viloyat ichki ishlar boshqarmasining https://t.me/kashuvd telegram kanalida mazkur boshqarma bilan hamkorlikda kiberxavfsizlik boʻyicha oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari toʻgʻrisidagi berildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
790002
Photo
#rektorlar_forumi

Forum yakunida Oʻzbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida 50 dan ortiq memorandum va hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Ushbu hujjatlar akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qoʻshma ta’lim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda professor-oʻqituvchilar va talabalar mobilligini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
730002
Photo
#Jarayon

Irrigatsiya muhandisligi fakulteti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi 1-bosqich magistranti, “Yosh ekologlar” harakati viloyat kengashi raisi Asqar Abdusattorov “Hududiy volontyorlik koordinatorlari” kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Mazkur seminar respublika Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Eko-avlod” oʻquv-oromgohi tarzida tashkil etildi.

Oʻquv-oromgohida volontyorlar uchun mazmunli va foydali oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Yoshlarning boshqaruv qobiliyatini shakllantirish va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida “Liderlik saboqlari” hamda “Notiqlik koʻnikmalari” boʻyicha amaliy seminar-treninglar boʻlib oʻtdi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
667000
Photo
#Xalqaro_hamkorlik

Qarshi davlat texnika universiteti va Xitoydagi nufuzli OTM oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xitoy biznes markazi direktori Van Yongsinning taklifiga binoan, universitet xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Ibrat Ismoilov Shimoliy-gʻarbiy Xitoy qurilish institutiga tashrif buyurdi.

Muzokaralar davomida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga muvofiq, hamkorlik arxitektura va dizayn, shaharsozlik, dasturiy injiniring, iqtisodiyot va moliya, shuningdek, taʼlimdagi innovatsiyalar yoʻnalishlarida amalga oshiriladi.

Tomonlar mazkur hamkorlik nafaqat taʼlim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, balki ilm-fan va innovatsiyalar yoʻnalishida ham yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonch bildirishdi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
708001
Video
#2026_OAVda_biz
#Dayjest

📺 https://t.me/qashqadaryo_trk Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida boʻlib oʻtgan respublika ilmiy-texnikaviy tafsilotlari yoritildi.

🎤 Axborotda QarDTU professorlari – Gʻulom Uzoqov va Jamol Mirzayev intervyusi mavjud.

*
📺 “Mahalla” telekanali orqali efirga uzatilgan “Kun nafasi” dasturida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida ishtirok etgan universitetimiz jamoasi faoliyati soʻz yuritildi.

🎙 Professor-oʻqituvchilarimiz va talabalarimizning fikrlariga mikrofon tutildi.

*
📹 Viloyat TV orqali efirga uzatilgan https://t.me/qashqadaryo_trk koʻrsatuvida Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti “Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari” kafedrasi katta oʻqituvchisi Xolbek Polvonov fikr-mulohazalari berildi.

*
📺 https://t.me/qashqadaryo_trk informatsion dasturida Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida oʻtkazilgan https://kstu.uz/public/uz/news/shahar-hokimi-va-yoshlar-muloqoti haqidagi axborotda talaba Feruza Qurbonova oʻz fikrlarini bildirgan.

*
📹 Viloyat TVning https://t.me/qashqadaryo_trk dasturining navbatdagi mehmoni universitetimiz talabasi Gulzoda Shodmonova boʻldi.

*
📺 https://t.me/qashqadaryo_trk informatsion dasturida Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakultetida boʻlib oʻtgan tadbiri tafsilotlari yoritildi.

🎤 Axborotda fakultet talabalari Inobat Gʻaniyeva va Dilnura Toshmurodovaning intervyulari bor.

📺 Ushbu tadbir tafsilotlari https://t.me/joyida_informatsion telekanalining “Joyida” axboroti orqali ham efirga uzatildi.

*
📹 “Fayzli kun” dasturida “Xorijiy tillar” kafedrasi oʻqituvchisi https://t.me/qashqadaryo_trk hamda Irrigatsiya muhandisligi fakulteti talabasi https://t.me/qashqadaryo_trk bilan muloqot olib borildi.

*
📻 “Oltin voha” radiosida professor-oʻqituvchilarimiz va talabalarning chiqishlari davom etmoqda:

🎤 Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʼlimi boshligʼi Ulugʼbek Rajabov – https://t.me/oltinvoha eshittirishida.

🎙 Talaba Sarvinoz Abdusamiyeva – https://t.me/oltinvoha eshittirishida.

🎤 Talaba Nozima Xoliqulova – https://t.me/oltinvoha (1:08-daqiqadan boshlab) eshittirishida.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
257000
Photo
#Bayram_shukuhi

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qarshi davlat texnika universitetidagi Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan bayram arafasida universitet hududida harbiy orkestr sadolari ostida “Sharaf lentasi” aksiyasi boʻlib oʻtdi.


“Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbir davomida talaba-yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, tarixiy xotira va ajdodlar jasoratiga hurmat tuygʻularini mustahkamlash maqsadida keng targʻibot ishlari olib borildi.

Harbiy orkestrning tantanavor chiqishlari tadbirga oʻzgacha ruh va koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
393005
Photo
#Bayram_tabrigi

Hurmatli professor-oʻqituvchilar!
Qadrli talabalar!

Sizlarni yurtimiz hayotidagi ulugʻ va maʼnaviy ahamiyatga ega sana — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Bu kun — Vatan ozodligi, xalqimiz tinchligi va kelajak avlod baxt-saodati yoʻlida jonini fido qilgan insonlarni chuqur ehtirom bilan yodga olish, bugun oramizdagi faxriylarimizni qadrlash kunidir. Inson qadri, xotiraga sadoqat va mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlar aynan shu sanada yanada teran maʼno kasb etadi.

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas tamoyili oʻzida tarix va bugunni mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. Zero, biz bugungi tinch-osuda kunlarga yetib kelishimizda Ikkinchi jahon urushi janggohlarida oʻz koʻksini qalqon qilgan bobolarimizning mardligi, jasorati borligini hech qachon unutmaymiz.

Aziz yoshlar! Sizlardan nafaqat chuqur bilim olish, balki tinchlikning qadriga yetish, ajdodlar xotirasiga munosib boʻlish va yurt kelajagi uchun masʼuliyat bilan yashash talab etiladi. Zero, maʼrifatli jamiyatgina tinch va farovon kelajakni barpo eta oladi.

Ushbu qutlugʻ ayyomda barchangizga mustahkam sogʻlik, oilangizga xotirjamlik, yurtimizga abadiy tinchlik va taraqqiyot tilayman!

Sherzod Neʼmatov,
Qarshi davlat texnika universiteti rektori

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
668002
Photo
Assalomu alaykum!

Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin!

Hozirgi murakkab davrda Vatanimiz mustaqilligini, xalqimiz osoyishtaligini asrash, iqtisodiy qudratimiz, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirish, jahon hamjamiyati, avvalo, qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni zararli taʼsirlardan himoya qilish biz uchun hal qiluvchi vazifa boʻlib qolmoqda. Ishonchim komil, bu borada 81 yil oldin gʻalaba bayrogʻini jahon uzra baland koʻtarishga munosib hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning, xalqimizning mardlik va matonat maktabi bizga madadkor kuch boʻlib xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev ✍️

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
750000
Photo
#Hamkorlik

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasida «Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi» kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari va boshqarma rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh mutaxassislarning bandligini taʼminlash, ularni oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirish hamda taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida talabalar boshqarmadagi nasos stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, nasos agregatlari va ularning qurilmalarini amaliy tarzda koʻzdan kechirdilar, sohada qoʻllanilayotgan texnologiyalar boʻyicha kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Talabalar soha mutaxassislari bilan yaqindan suhbatlashib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tavsiya va yoʻnalishlarga ega boʻldilar.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
915003
Photo
#Taassurot

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti harbiy aviatsiya institutida universitetimiz talabalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir universitet yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda ikkinchi boʻlim tashabbusi bilan oʻtkazildi.

Tadbir davomida talabalar zamonaviy harbiy aviatsiya texnikasi, yuqori texnologiyali uskunalar va tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini shu muhitda tasavvur qilish imkoniga ega boʻladilar. Bu ularda Vatan himoyasiga daxldorlik hissini kuchaytiradi, masʼuliyat va faxr tuygʻusini shakllantiradi.

Eng muhimi, harbiy xizmatning sharafli va masʼuliyatli kasb ekanini anglash orqali yoshlarda qatʼiyat, intizom va vatanparvarlik fazilatlari mustahkamlanadi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
542006
Photo
#Xalqaro_hamkorlik

Universitetimizda xorijiy universitetlar bilan ilm-fan yoʻlida manfaatli hamkorlik oʻrnatilmoqda.

Italiyaning Bolonya hamda Germaniyaning Rostok universitetlari vakillari bilan oʻtkazilgan muloqot mavzusi ham birgalikda amalga oshiriladigan ishlar va hamkorlik shartlari haqida boʻldi.

Mehmonlar bilan xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Ibrat Ismoilov suhbat olib bordi. Dastlab universitetning tashkil etilishi, taʼlim yoʻnalishlari, yirik qoʻshma loyihalar haqida maʼlumot berildi.

Muloqot davomida xorijiy taʼlim dasturlari xususida ham maʼlum qilindi. “HEMUA” xalqaro grantining Qarshi davlat texnika universiteti boʼyicha koordinatori professor Bahrom Xolboyev taqdimot oʻtkazdi.

Uchrashuvda “HEMUA” xalqaro granti doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, uning universitet uchun ahamiyati va kelgusidagi istiqbolli rejalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy tadqiqotlarda hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
751007
Photo
#Sport_biz_bilan

Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati Termizda oʻtkazilayotgan rektorlar marafonida ishtirok etdi.

Termiz davlat universitetida sport haftaligi doirasida bugun, 22-aprel kuni erta tongdan “Sogʻlom hayot uchun oʻn ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov boshchiligida boʻlib oʻtgan ushbu marafonda QarDTU rektori Sherzod Neʼmatov hamda “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri Ilhom Arslonov ham ishtirok etmoqdalar.

Tashabbusning asosiy maqsadi — rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sportni ommalashtirish va oʻzaro tajriba almashishdan iborat.

Sport haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 https://kstu.uz/uz | 📱 https://www.facebook.com/QarshiDTU | 📱 https://www.instagram.com/qardtu_axborot_xizmati/   | 📱  https://www.youtube.com/@kstu_uz

✍️
678005
📢 ERASMUS+ HAFTALIGI 2026 – RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!

2–8-may kunlari sizni Erasmus+ Week 2026 doirasidagi haftalik tadbirlar seriyasiga taklif qilamiz!
Bu hafta davomida Erasmus+ dasturining imkoniyatlari, natijalari va real loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.

➖ Sizni nimalar kutmoqda?
🔹 Erasmus+ imkoniyatlari haqida taqdimotlar
🔹 Loyihalar natijalari namoyishi
🔹 CBHE, Jean Monnet va ICM loyihalari bo‘yicha online ko‘rgazma
🔹 Axborot seminarlar, tematik sessiyalar va intervyular

📍 Jami 11 ta tadbir:
— 8 tasi oflayn (O‘zbekistonning turli hududlarida)
— 3 tasi onlayn

📌 Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan bir nechta tadbirda qatnashishingiz mumkin!

⌛️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 27-aprel, soat 15:00 gacha
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://forms.gle/GwstNYestbdNCdbRA

💰 Eslatma: Faqat ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga tadbirlar uchun rasmiy taklif yuboriladi.

Imkoniyatlarni kashf eting, bilimlaringizni kengaytiring va Erasmus+ hamjamiyatining bir qismiga aylaning!

https://erasmus.uz/publications/686-erasmus-haftaligi-2026-ro-yxatdan-o-tish-boshlandi 👈

🔁 https://telegra.ph/ERASMUS-WEEK-2026--REGISTRATION-IS-NOW-OPEN-04-16
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
🌟 https://erasmus.uz/ | https://t.me/erasmus_uz | https://www.instagram.com/erasmusinuzbekistan/ | https://www.linkedin.com/company/erasmusinuzbekistan/ | https://youtu.be/XGSu8hhTtMs?si=rbp954WZ_JlNVrYE
Video Thumbnail
679001

Showing 30 of 41 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Qarshi davlat texnika universiteti Telegram kanali nima haqida?+

Qarshi davlat texnika universiteti (@kstu_uz) — tgdio da Streaming va IPTV toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 7 388 obunachi bor.

Qarshi davlat texnika universiteti (@kstu_uz) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @kstu_uz ga bepul obuna bo‘ling.

Qarshi davlat texnika universiteti yaxshi Streaming va IPTV kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Qarshi davlat texnika universiteti reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 7 388 obunachi bor. O‘xshash Streaming va IPTV kanallar bilan solishtiring.

Qarshi davlat texnika universiteti statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @kstu_uz sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.