
#Dayjest
📺 “Yangiliklar” informatsion dasturida Koreya Respublikasining “Qirol Sejong” oʻquv markazi vakillari bilan uchrashuv haqida hikoya qilindi.
*
📺 “Qashqadaryo axboroti” informatsion dasturida universitetimizda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi masʼullari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbir haqida soʻz yuritildi.
*
📺 “Qashqadaryo axboroti”da Qarshi shahrida Oʻzbekiston–Ozarbayjon olimlari hamkorligida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjuman tafsilotlari yoritildi.
🎤 Axborotda QarDTU professori Yulduz Ergasheva oʻz mulohazalarini bildirgan.
*
📺 “Qashqadaryo axboroti”da “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi hamda “Qashqadaryo suv taʼminoti” AJ direktori ishtirokida boʻlib oʻtgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tafsilotlari yoritildi.
Axborotda Transport va qurilish muhandisligi fakulteti dekani Uchqun Qodirov va talaba Shuhratbek Miraliyev oʻz mulohazalarini bildirganlar.
*
📺 📻 Viloyat televideniyesi va “Oltin voha” radiosi orqali efirga uzatilgan “Nuqtayi nazar” koʼrsatuv/eshittirishida universitetimizdagi “Inklyuziv hap – “Birgalikda oʼrganamiz” oʼquv kursi rahbari Mahliyo Yoʼldosheva hamda talabalarimiz – Farangiz Ikromova, Soʼgʼdiyona Turopova va Shahzoda Norpoʼlatova bilan muloqot oʼtkazildi.
*
💻 “Yoshlar.edu.uz” telegram kanalida universitetimizda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 610-son qarori mazmun-mohiyati targʻiboti yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilish haqidagi axborotimiz berildi.
*
📻 “Oltin voha” radiosining “Qashqadaryo hafta ichida” eshittirishida universitetimiz professor-oʻqituvchilarining “Kelajak muhandislari” respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi boʻlganligi eʼtirof etildi.
*
🎙 “Oltin voha” radiosining “Eʼzoz” eshittirishida “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Dilorom Adilova bilan muloqot tashkil etildi.
*
💻 “Eko-debat” loyihasining viloyat bosqichi haqidagi axborot “Qashqadaryo viloyat Kengashi” telegram kanalida ham eʼlon qilindi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️










