“Pazdaviylar” ziyoratgohida xayrli duo va ehson tadbiri
Bugun erta tongdan Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov, nuroniylar, mahallalar bo‘limi boshlig‘i hamda mahalla raislari ishtirokida “Pazdaviylar” ziyoratgohida xayrli tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Qur’oni karim tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida duolar qilindi. Shuningdek, ehson maqsadida jonliq so‘yilib, uning go‘shti ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.
Samimiy duolar va ezgu niyatlar ila o‘tgan tadbirda yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi, oilalar mustahkamligi, xonadonlarimizdan fayz-u baraka arimasligi hamda dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lishi so‘rab duo qilindi.
Shu bilan birga, joriy yilgi paxta yig‘im-terim mavsumini muvaffaqiyatli yakunlash, dehqonlar mehnatiga baraka, dalalardagi hosilning mo‘l-ko‘l bo‘lishi va yangi ekin mavsumini xayrli boshlash niyatida ezgu tilaklar bildirildi.
Bunday xayrli amallar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik kabi qadriyatlarning yorqin ifodasidir. Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nuroniylar duosini olish va el-yurt ravnaqi yo‘lida ezgu niyatlar qilish jamiyatimizdagi o‘zaro mehr va birdamlikni yanada mustahkamlaydi.
😎😎😎😎😎😎😎😎
📌📌📌📌 /
@mirishkorpress