Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar Telegram channel photo

Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar

@nurmuhammad_zoirPublic Channel

Bogʻlanish: @nurmuhammadzoir_yozibot Dilsirot toʻplamidan joy olgan she’rlar https://t.me/nurmuhammad_zoir/64 Erkinroq kanal: @Nurmuhammadzoir

205

Last views

1.5k (1,466 subscribers)
A'zolar
—
Rating
33
Total Posts
Oct 17, 2026, 3:50 AM
Yangilangan
Apr 23, 2026
Created
Stats

Siz o'zbek tilidagi kontentni ko'rmoqdasiz. Boshqa tillardagi kontentni ko'rish uchun sayt tilini o'zgartiring.

Channel Information

Channel Information
Channel NameNurmuhammad Abduzoir | She’rlar
Username@nurmuhammad_zoir
CategoryPinay kontenti
Languageo‘zbek
CountryOʻzbekiston
A'zolar1,466
Channel TypePublic Channel
Created23-apr, 2026
Last Updated17-okt, 2026 • 6 kun oldin
StatusActive

Reyting

Global reyting
#416608-696
Til reytingi
#2104-10
Toifa reytingi
#4092-8

Obunachilar sonining o'sishi

Jami: 1.5K30 Days growth: -503.3%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Obunachilar sonining o'sishi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20261,516
18:09:20261,516
19:09:20261,514
20:09:20261,514
21:09:20261,514
22:09:20261,514
23:09:20261,514
24:09:20261,514
25:09:20261,514
26:09:20261,514
27:09:20261,514
28:09:20261,514
29:09:20261,514
30:09:20261,514
01:10:20261,514
02:10:20261,514
03:10:20261,514
04:10:20261,514
05:10:20261,514
06:10:20261,514
07:10:20261,514
08:10:20261,514
09:10:20261,514
10:10:20261,514
11:10:20261,514
12:10:20261,514
13:10:20261,514
14:10:20261,514
15:10:20261,514
16:10:20261,466
Obunachilar sonining o'sishi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20261,703
Week of 27:04:20261,703
Week of 04:05:20261,711
Week of 11:05:20261,711
Week of 18:05:20261,711
Week of 25:05:20261,711
Week of 01:06:20261,711
Week of 08:06:20261,711
Week of 15:06:20261,711
Week of 22:06:20261,711
Week of 29:06:20261,711
Week of 06:07:20261,628
Week of 13:07:20261,628
Week of 20:07:20261,628
Week of 27:07:20261,628
Week of 03:08:20261,628
Week of 10:08:20261,628
Week of 17:08:20261,569
Week of 24:08:20261,569
Week of 31:08:20261,537
Week of 07:09:20261,516
Week of 14:09:20261,514
Week of 21:09:20261,514
Week of 28:09:20261,514
Week of 05:10:20261,514
Week of 12:10:20261,466
Obunachilar sonining o'sishi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,703
May 20261,711
June 20261,711
July 20261,628
August 20261,569
September 20261,514
October 20261,466
Obunachilar sonining o'sishi - Yearly
DateSubscribers
20261,466

So'nggi postlar

Photo1/2
#EʼLON
(tarqating!)

20-Oktyabr Shoiru sheʼrsevarlar to‘planib ijodiy kecha qilmoqchimiz. Ochiq osmon ostida. Biroz shamol, kuz, til bayrami, yomg‘ir tomchilab bersa yanayam yaxshi...

#Kelish, tinglash, sheʼr o‘qish — hamma uchun OCHIQ, ERKIN.

Shodmonqul Salom,
Madina Norchayeva,
Tillaniso,
Feruza Xayrullayeva,
Nozima Habibullayeva,
Bek Ali
Najmiddin Turon,
Nasrullo Ergash,
Dilmurod Do‘st,
Ravshan Haqmuroq,
Nurmuhammad Abduzoirov,
Suhrob Ziyo,
Xurshid Abdurashid,
Shahriyor Shavkat,
Feruzshoh,
Rashid Xo‘jamov,
Dilmurod,
Mahliyo,
Shahboz Fayzullayev,
Jontemir...

Eslaganimcha yozdim keladigan shoirlarni.
Bu shunday kechaki, kelish majburiy emas. Aslida Navoiy poyida, til bayramida turish shart, lekin sheʼr tabiatidan kelib chiqsak, erkin. Keyin faqat ro‘yxatdagi shoirlar sheʼr o‘qiydi degan gap yo‘q. Istagan odam o‘qishi mumkin.
Mikrafon hamma uchun ishlaydi!

Manzil: Alisher Navoiy metro bekatidan chiqishdagi Navoiy haykali poyi.
Vaqti: 20-oktyabr, soat 18:30
2050023
Photo1/2
Noyabr oyida narxlar ko'tarilar emish...

“Alah” to’plamini muallifning o‘zidan dastxati bilan xarid qilishingiz mumkin. 40 ming so‘m. Viloyatlarga pochtadan yuboriladi.

Karta:
9860350109827864

👇 To‘lovni amalga oshirib, quyidagi botga skrin, manzil, ismingiz va telefon raqamingizni qoldirasiz:

@Feruzshoh_aloqa_bot
303006
Photo1/2
Soʻnggi maktub

Bu maktub qoʻlingga yetgan pallada
Men ketgan boʻlaman olamdan butkul.
Soʻzlarim soʻngiga yetgunga qadar
Titrama, oʻzingni mahkamroq tutgil.

Qoʻrqmagin, roziman,
armon degulik
Hech narsa qolmadi:
oʻlguncha sevdim.
Soʻnggi istagim ham bajarding, qulluq,
Maktubdan koʻzingga termilsam devdim.

16.10.2026

Nurmuhammad Abduzoir

@Nurmuhammad_Zoir
4200036
***

"Boraymi?”
“Bormaymi?"
— ikkilanasan,
Tabiiy,
ushbu qaror — hal qiluvchi-da.
Oʻylanma,
boʻlin-u,
kelmoqchi boʻlgan
Boʻlaging bilan kel oyoq uchida.

Kel,
Kutib turadi boshqa tomoning,
Bekordir shu sabab dilni yanishlar.
Axir, insonlarni arra boʻlib teng
Ikkiga boʻladi ikkilanishlar!

Menam ikkilandim,
Sogʻinch teng boʻldi
Boshimga gurziday tushgan zamoni —
Bir boʻlagim kutib koʻzi ming boʻldi,
Seni izlab ketdi koʻzsiz tomonim!

Nurmuhammad Abduzoir

@Nurmuhammad_ZOIR
4440026
Kitoblar oʻz egasini topdi!

Postni oʻz sahifasiga ulashgan va e’tibor qaratganlarga alohida rahmat!

Menga yozganlar orasida kitoblar orasidan qaysidir birini alohida xarid qilmoqchi boʻlib koʻplar yozdi, xulosam shu boʻldiki, topilmas kitoblarga ehtiyoj bor ekan. Shu tufayli ham bir yaxshi ishga qoʻl urdik…

Haqiqiy adabiyotsevarlar uchun yangi bir kanal ochdik, hech qayerdan topilmaydigan kitoblarni ham topib berishga harakat qilamiz!

Quyidagi kanalda e’lon qilib boriladi:

@kitob_chi
1,6500025
MAY

Doʻstim Muhammadali Gʻafforovga

Dardimiz — moʻl, umr — oz, doʻstim,
Yashayapmiz — shu xolos, doʻstim.
Kuz-u qishni boy berdik, mana
May ham bitdi, endi yoz, doʻstim.

Tangri deya boshlansa har kor,
Qilmas hech bir xavf-u xatar — kor.
Qalamhaqi bunda na darkor,
Qalam — Haqdan imtiyoz, doʻstim.

Gohi kelmas she’rlarim manzur,
Gohi qancha boʻlgan bilan zoʻr,
U — bor-yoʻgʻi, Attor yo Mansur
Jumayevdan iqtibos, doʻstim.

Koʻrinsa ham oʻzimga durkun,
Bitganlarim bari — bir turkum,
Men toʻxtarman yozishdan bir kun,
Sen yozaver, iltimos, doʻstim.

Dalli doʻstim, soʻzi rost doʻstim,
Qushlar bilan joʻrovoz doʻstim,
Kuydim kuydan mast-u mustagʻraq,
May ham bitdi, endi yoz, doʻstim.

Nurmuhammad Abduzoir
4,2300028
MUSTAFOGA

Kattalar taxt talashar,
baxt talashar kattalar,
Yurt, mamlakat talasha
badbaxtlashar kattalar.
May talashar va uni
“mayda”lashar kattalar,
Bolalar kattalashar,
maydalashar kattalar!

Kattalar qaytmas, oʻjar,
yon beradi bolalar,
Kattalar urush ochar,
jon beradi bolalar.
Kattalar koʻkka uchar,
raketasi yaltirar,
Bolalar oʻqqa uchar,
bolalar uyaltirar.

Kattalar katta oʻyin
Oʻynaydi har tomonda —
Bolalarning oʻyinchogʻi
Qolar bambardimonda.
Bolalar niqob kiymas,
Jilmayadi, shunchaki,
Kattalar shox undirar
Eng soʻnggi karkidondan!

Kattalar daho, olim,
oʻylab topar dorilar,
Yoʻqdan yoʻndirar, bori
yoʻqotilib borilar.
Kattalar — uddaburron
intilar, toʻxtab qolmas,
Bolalar — juda yomon,
doriga pul topolmas.

Kattalar shahar tuzar,
yurt tuzadi kattalar,
Ammo doim bolalarga
yutqizadi kattalar!
Daraxtlarni kesarlar,
Daryolarni zaharlar!
Jang-u jadalda qolar
ular qurgan shaharlar!

Kattalar qilar diqqat,
oʻylaydi kelajakni,
Bolalar oʻynar faqat,
boshqasin bilajakmi?
Bolalarga qush qiziq,
gul qiziqdir, qurt qiziq,
Kattalarga yurt qiziq,
yutuq yoki yutqiziq?

Kattalar “karta” chizar,
simtikanlar tortishar,
Yer meniki deb yillab
urush qilar, tortishar!
Shu deb oʻlar, oʻldirar,
olovli toʻplar otar,
“pasport”, “viza” der ular,
raketa uloqtirar!
Bolalar-chi, bolalar
U tomonga, shunchaki,
toʻp otishni yoqtirar!

Kattalar BMTda
hujjatlarni sayratar,
Bolalar bul qogʻozni
sochar, yirtar, yayratar.
Kema yasar, gul yasar,
Beta’ma, bepul yasar,
Bolalar besh tashlaydi,
Kattalar tish qayratar!

Kattalar “tilim” deydi,
“dinim” deydi kattalar,
Shu gʻoya deb bilmadim
tinim deydi kattalar.
Bolalar mehnat qilsa
jinoyatdir, shu sabab,
Qachon katta boʻlasan,
inim, deydi kattalar!

Boylik yigʻmoq, albatta,
Kattalarning dardidir,
Bolalarning eng katta
puli — hurmo bargidir.

Bolalarning dardi yoʻq,
Na rabot, na arki yoʻq.
Omon boʻlsa parki, yoʻq,
boshqasining farqi yoʻq.
Ularga muzqaymoqning,
Xoʻrozqandning narxi yoʻq.
Vatan, til, eli yoʻqmi,
Balki bordir, balki yoʻq.

Bolalarning vatani —
butun dunyo, alqissa,
Lekin kattalar, qani,
janjalini hal qilsa!
Urush alangasida
Qovrulmasa bolalar,
Qonun yozsa bolalar,
Kattalar amal qilsa!

Qaniydi, dunyo bir zum
Bolalarga bo‘shasa,
Yo boʻlmasa kattalar ham
Bolalarcha yashasa...

Nurmuhammad Abduzoir
1,8800034
QIZIMGA

Senga qorbobolar yasab beraman,
Qovogʻingdan yoqqan qorlarni yigʻib.
Erib ketsa, mayli, tabassumingdan,
Yomg‘irlar yog‘adi, nega bu yig‘i?!

Tepadan yoprilgan qora bulutlar
Bahorni gul qilar, kuzni serhosil.
Gohida anorday siqilsa yurak,
Ne boʻpti,
She’r oqar sharbatday totli.

Dard-u quvonch bilan tirikmiz har dam,
Ishonch-u sabrimiz — buyuk afsungar.
Yana qovog‘ingdan yoqqan qorlardan
Shirin muzqaymoqlar yasayman senga.

Nurmuhammad Abduzoir
1,7100043
Photo
***

Ivan Karamazovga

Hammasi tamom.
Bari tugadi.
Qoʻyildi soʻnggi nuqta.
Dunyo yangi odam tugʻadi,
Men ketaman!
Ruhim — ogʻriqda.
Tanim — qoqshol,
Toʻydim baridan,
Oʻlim, senga qattiq zoriqdim!
Kel-uv,
Hayot qiynoqlaridan
Jonimni foriq qil!

Quyosh nuri — milyonta xanjar,
Koʻzlarimni qonatib toʻymas!
Havo — boʻgʻzimga yopishgan panja,
Nafas olishimga qoʻymas.
Hamma — avliyo,
Hamma — bek, xoʻja,
Olam — gurros,
Yuraklar — kar, koʻr.
Men ularga qilmam iltijo,
Bari — bir goʻr!

Baribir goʻr
Ochiq turar insondan farqli,
Kutar,
kutar sabr bilan u.
Doʻstim, demay halicha vaqtli,
Qabrimga tila nur!
Kerak emas soxta shafqat,
Soxta baxt,
Soxta unvon!
Hammasi — chirindi, axlat,
Istisnodir narigi dunyom.
Yoʻq, malham qoʻyma, yoʻqot,
Boʻgʻzimda qotib qolgan asabiy faryod.
Koʻzimni chirt yumdim,
Hah, otsang-chi, ot,
Boʻynimni uzsang-chi,
Jallod!

Oʻlim!
Kel!
parchala tanim,
Hechqursa, sen
tushun oh-u voyimni:
Axir,
Sendan boshqa kutadiganim,
Boradigan boshqa joyim…
Yoʻq!

Oʻlim!
Oʻlim!
Oʻyinni choʻzma!
Qiynoqlardan ruhni foriq qil!
Yasha deya,
Asabni buzma,
Oʻlim, senga qattiq zoriqdim!
Axir yana qancha yoʻl yuray,
Soʻnsin yana qancha yulduzlar!
Yana qancha yashay beyurak
Odamlar nigohidan muzlab…

Hayot — qarz,
Boshimga uramanmi bu qarzni —
Qimorboz qartani yolgʻon chiylagan!
Men oʻyindan chiqdim!
Ha, men yutqazdim,
Hah, shu qimoriga ham,
Qallob qoʻllariga ham…

Nurmuhammad Abduzoir
1,4500023
Photo
***
Shahboz Fayzullayevga

Endi men ham hamma qatori,
Endi men ham oddiy odamman!
Nima boʻpti,
Nima xatolik,
Na-da Hizr,
Na-da Hotamman!

Aslo majbur emasman-ku hech
Biringizga yoqmoqqa, vo-hey!
Bilganimcha yashayman,
har kech
Qoʻylarimni hisoblab dohiy!

Dalalarda dil boʻlgan xumor
Oʻstirgum erk oʻsimligini!
Gumbur-gum!
Bum!
Nima farqi bor,
Hayotim bir oʻzimnikidir!

Endi yomgʻir, shunchaki,
Moviy
Osmonning joʻn hodisasidir.
Mana bu — gul,
Anov — sayroqi
Qushchalarning oddiy sasidir!

Baxtin koʻz-koʻz qilgan xonimcha,
Kiborlarga qilmayman havas!
Qadrlagan meni borimcha
Bir oʻzimni sevaman xolos!

Doʻstlar, tobut va lahad bilan
Yetolmaysiz hech bir dodimga!
Loyqa-lappi maslahat bilan
Aralashmang tinch hayotimga!

Dod solaman, kelsa yigʻlagim,
Kulgum kelsa, qah-qah kulaman!
Qaysidir kun tugʻildim, tagʻin
Kunim tuqqan kuni, oʻlaman.

Kenglik ilmin toliqqan ruhim
Bir ichdi-yu,
Hali ham mastman!
Siz tun-u kun intiqqan u-huv
Na Mahdiy, na Iso emasman!

Kechdim,
Maqtovingiz — bir chaqa,
Xohlasangiz,
atang koʻrna’mak.
Faqat sira umid bogʻlamang,
Boʻlganim shu,
Borim shu,
Mana
Endi men ham hamma qatori
Yasharman
Goh xurram,
Goh ezgin!
Sizga nima,
She’rim — toʻpori,
Oʻzim esa hech kimman, hech kim!

Nurmuhammad Abduzoir
1,7300031
Photo
Chol va dengiz

Kesib borar dengiz bagʻrini
Eski qayiq, chol va matonat.
Santyago yigʻmas aqlini,
Chekmas bundan afsus-nadomat.

Girdob ichra bogʻlangan arqon-
Ipdan qonar qoʻl-u yelkalar.
Santyago tortmaydi darhol,
Fursat poylab borar, erkalar.

Uning ruhi — oshiq andalib,
Jasorati metin, tan — miqti.
Santyago koʻrmagan hali
Qarmogʻida turgan baliqni.

Faqat ipning tarangligidan
Anglab borar: bu — eng ulkani.
Choʻksin dengiz yalangligida,
Qarmoq uzilmasa — boʻlgani.

Taslim boʻlish oʻlimdir, chunki
Arqon — jonga bogʻlangan rishta.
Faqat shu ov saqlashi mumkin
Uni, yovqur ruhni qarishdan.

Darrov taslim boʻlsaydi agar
Oʻsha magʻrur, asriy koʻk baliq,
Kechmas edi bunday chin safar,
Hayot buncha boʻlmasdi buyuk!

Santyago, o, Santyago,
Qismatimiz naqadar oʻxshash:
Qalbga tushib sirli bir paygʻom,
Paydo boʻldi oʻzimda yoʻq shasht.

Bizni turli asoratlardan
Quruqlikka olib chiqar bot
Marlin — oʻlmas jasoratlardan
Manolinga — dunyoga ISBOT!

Goh kemamni yamlaydi toʻlqin,
Goh qalbimda kechar qonli bahs.
Men baribir, gulim, sen uchun
Bu dengizni jilovlayman, bas!

Nurmuhammad Abduzoir
1,7700028
***
Dunyoga shafqat qil, Yo Xudo,
Bir yayrasin ojiz bandalar…
Quvramasin gullagan dudoq,
Quvnab-quvnab otsin xandalar.

Dengizlarga tomchi suv qadim
Oqqan kabi mitti irmoqdan
Men seni sevishni boshladim
Dunyoyingga koʻngil bermoqdan.

U gʻam nima, bilmasin mangu,
Toʻldirayin bagʻrin gullarga.
Axir oʻzing buyurgansan-ku
Shafqat qiling, deya, qullarga.

Dunyoga shafqat qil, Yo Xudo…


Nurmuhammad Abduzoir
1,7100029
Video
***
She’rmisan, she’rxonmisan,
Surmisan, Surxonmisan,
Jonmisan, jondormisan,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Yuragimda chaqin borday,
Sen chaqindan yaqinroqday —
Azoblaysan — haqing borday,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Ruhimgacha to‘ldim sanga,
Ko‘rmay, shaydo bo‘ldim sanga,
Na qiynoqlar yot kimsanga,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Gulim, dilim, g‘uncham, oyim,
Ey yuzlari kulcha, moyim,
Barchasidan beh, muloyim,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Xijroningda bir jonimdan
Ming yaroliq o‘tdi, jimman,
Buncha kuydim, o‘zim kimman,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Ne oshiqlar dong‘in surdi,
Sen yo‘q charxda yong‘in turdi,
Buncha meni sog‘intirding,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.
Ko‘zlarimdan ko‘p yashirin
Bo‘lding, sira bermay siring,
Qiynoqlaring — buncha shirin,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Haddan ziyod oriqqinam,
Ko‘rinmaysan, Xoliq bilar,
O‘rtanishim loyiq bilar –
San kimsan-ay, aytgin, ay.

Parcha jonni unuttirding,
Bor jahonni unuttirding.
Barcha g‘amni unuttirding,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Ajdarmisan, xanjarmisan,
Dilimga nish sancharmisan,
Ko‘zdan yoshday sachrarmisan,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Hushim senga o‘xshamaydi,
Tushim senga o‘xshamaydi,
Hech kim senga o‘xshamaydi,
Tushun, senga o‘xshamaydi,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Yuragimga in qurib san
Ming joyimdan sindiribsan,
Nima uchun jim turibsan,
Sen kimsan-ay, aytgin, ay.

Nurmuhammad Abduzoir

2025
1,6700019
MUZAFFARNING SHE’RI

Inson dardini kimgadir yorilishi qiyin — lekin ora-orada, menga ishonib yoriladiganlar, shuni she'rga solib berishimni :

Turmush yetishmovchiliklari tufayli Xitoyda, Rossiyada turli hunarlari bilan muhojirlik qilgan shu asnoda qul qilib sotib yuborilgan va uzoq yillik muhabbatining egasini boy bergan doʻstim — Muzaffarga bagʻishlanadi

***
Dunyoning yagona ustasi — oʻzim,
Hasrat chekishda ham,
sargʻarishda ham.
Faqat noʻnoq keldim,
sen kutgan soʻzni
Shivirlab aytmoqqa senga, farishtam,

Bilasan, menga ham
vatandir endi
Gulbuloq, Baxmal-u,
mehribon Jizzax.
Oyoqqa turmadim,
baribir keldim,
Muzaffar boʻlmadim, baribir keldim,
Yurakka sudralib,
qonatib tizzam.

Qaydasan,
xabar ber, xazon faslida
Seni izlab oʻzim sap-sarigʻ keldim,
Seni kutib koʻzim sap-sarigʻ, keldim.
Rusda qul qilsalar kelganman chidab,
Sotib pul qilsalar kelganman chidab,
Soʻksalar, ursalar kelganman chidab,
Ustimdan yursalar kelganman chidab,
Yoqib kul qilsalar kelganman chidab,
Ezdi ne gʻussalar…
kelganman chidab,
Qasamxoʻr farishtam, senga kelganda
Tamomman, bilmam ne xastaligʻ keldi.

Sevish — ayroliqmi, dardmi aslida?
Yonmoqmi abadiy gizli gulxanda.
Sevgan qiynalmogʻi shartmi, aslida,
Sen yana qaytsang-u, otsang gul xanda…
Yolgʻiz shu umidim bastaligʻ keldi.
Koʻzimni koʻr qilgan gardmi, aslida?!


Xabaring ber menga,
Xabar ol mendan,
Yomoning edim men, yomondir holim,
Yomon nima boʻpti, tamom nobudman.
Nobud boʻlsam nima, senda xayolim,
Seni deb boʻgʻzimga tiqilar luqmam,
Doʻzaxdan bitta oʻt turar qalbimda.
Yonishlar, xonishlar chulgʻar xayolim,
Men oʻsha…
Taxt turgan
taqdirga zolim.

Tanidingmi axir,
Tanib ham boʻpsan,
Ovozim xirillar, tamomman axir,
Vujudum zirillar, tamomman axir,
Faqat yuragimda,
keksa koʻksimda
Oʻsha oʻt gurillar, tamomman, axiyr.
Bir oyogʻim yerda,
bittasi goʻrda,
Koshki eshitsang deb boʻzlayman zoʻrgʻa.
Topila qolsayding, singan qovurgʻam.
Ehtimol, oʻzing ham hilvasan, choʻpsan,
Kelgin deb ayt menga,
sira qoʻzgʻalma,
Mayli, qancha ozib,
qancha toʻzganman,
Boraman,
Men oʻsha yomonman axir,
Tanib ol meni ishq toʻla koʻzlardan.

Soʻnggi bor chorlagin,
chaqir bor boʻlsang,
Qulogʻingga yetsa hasratim, boʻzim.
Chorlagin:
Gar sen ham mendek zor boʻlsang,
Koʻzlari yoʻllarda intizor boʻlsang…

Koʻzlaring oʻylasam yurak depsinar,
Dilim, yuragim gavhari bir seni,
Qoʻgʻayga obketgum baribir seni,
Soʻnggi umidlarim "u yoʻq" deb sinar,
Axir bu sevgidir,
sevgi koʻp sinar,
Qay oshiq sinovdan, aytgil, oʻksinar…

Peshongga bitgan taqdir-ay oʻzim.
Bebaxt boʻlsang senga baxt beray oʻzim,
Xalaqit bermayin baxtiyor boʻlsang.

Soʻnggi bor chorlagin,
chaqir bor boʻlsang…


Nurmuhammad Abduzoir
2,0700027
Video
***

Men oʻzimdan ketdim, tamom,
Men oʻzimda zarra yoʻqman.
Bitta boʻldi yer-u samom,
Na chora bor, buyuk Luqmon?!

Na yoʻlimni topolgayman,
Na-da, yigʻlab chopolgayman.
Sinib qolgan sopoldayman,
Bir qismimni topolmayman.

Na-da uyqum kelar endi,
Na yashagim, na-da oʻlgim.
Ayting, ne ham boʻlar endi,
Axir, boʻlganimcha boʻldim.

Nadir tamugʻ, nadir jannat,
Na-da farq bor, na-da mantiq.
Yoʻq, bu boshqa Nurmuhammad,
Men bu qadar suymagandim.

Kuymagandim men bu qadar,
Men bunchalar oʻlmagandim.
Kulmagandim men, bu qadar
Hasratiga toʻlmagandim.

Axir, shuncha yigʻlabmidim,
Umrim boʻyi oshiq boʻlib.
Yolgʻondan dil tigʻlabmidim,
Ishqimga munofiq boʻlib.

Nahot bekor shuncha umrim,
Bari oddiy mashq edimi?
Shuncha oʻylab gʻuncha umrin
Toʻkkanlarim ashk edimi?

Rashkim, oʻzi, rashkmi edi,
Oʻzi nimam bor edi-yey.
Nimam bundoq gʻashlik edi,
Bundoq muanbar edi-yey?

Yigʻim kulgu bilan mengzar,
Kulgularim yigʻi misol.
Jim turaman, dovshim — eng sar
Filning hayqirigʻi misol.

Bilmayman, bu boshqacharoq
Hislar buncha talx boʻlmasa.
Nahot, shuncha soʻzlar aro
Holimga bir sharh boʻlmasa.

Na qilayin, buyuk Luqmon,
Na istashim bilmam hamon.
Men oʻzimda zarra yoʻqman,
Men oʻzimdan ketdim, tamom.

2025

Nurmuhammad Abduzoir
2,6700042
***
Vaqt oʻtkazar meni elakdan,
Eviradi bor-u yoʻgʻimni.
Ilma-teshik boʻlgan yurakdan
Toʻkib solar jami choʻgʻimni.

Shopiradi birma-bir yanchib
Dilim, tilim, she’rim, kuyimni.
Benaf!
Qancha boʻlsam qizgʻanchiq,
Umrim boʻlar shuncha kuyundi.

Hech ne qolmas oʻr, magʻrur, ildam
Sur(’)atimdan…
Shoyad, eslarsan:
Yoʻqdir mening sen-la qurilgan
Suhbatlardan boshqa hech narsam.

Nurmuhammad Abduzoir

https://t.me/nurmuhammad_zoir

Telegram

Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar

Bogʻlanish: @nurmuhammadzoir_yozibotDilsirot toʻplamidan joy olgan she’rlarhttps://t.me/nurmuhammad_zoir/64

VIEW CHANNEL
2,8700033
***
Boshimga bir tushdi ishqing,
Yetsa-yetar boshga endi —
Endi mening dunyom boshqa,
Butun dunyo boshqa endi.

Koʻrdim husni kamolingni,
Jonga tushdi zaxmi, koʻrdim.
Koʻrdim, tengsiz jamolingni,
Jamolingda Haqni koʻrdim.

Shundan beri koʻzimda yosh,
Toʻxtatolsam koshki, endi.
Endi olam gʻami boshqa,
Mening gʻussam boshqa endi.

Na ustimdan oʻtgan filni,
Na-da oʻtgan vaqtni koʻrdim.
Koʻrdim, koʻrdim, barcha ilm-u
A’molingda Haqni koʻrdim.

Chil-chil boʻlgan togʻ parchasi
Tepalikdan boshga endi.
Oʻlsam nima, nahot, vasling
Koʻrmas boʻlsam boshqa, endi.

Tovongacha keldi oxir
Ayroliqning vahmi, koʻrdim.
Nega qoʻrqmay, sening, axir,
Kamolingda Haqni koʻrdim.

Boshimga bir tushdi ishqing,
Yetsa-yetar boshga endi —
Endi mening dunyom boshqa,
Butun dunyo boshqa endi.

Nurmuhammad Abduzoir

@Nurmuhammad_Zoir
2,3500042
SHILLERNING QOʻLQOP BALLADASIDAN SOʻNG

Tungi samovotda zirhli sukunat,
Bitmagan jang sabab tushkundir olam.
Yerda kuchuklardan burqsir ufunat,
Koʻkda nafasingdan mushkindir olam.

Kunduzgi gʻavgʻolar choʻkdi qoniga,
Soyga tushib ketgan oltin tangaday —
Vahshat maydoniga, itlar yoniga
Ipak qoʻlqopingni irgʻitding atay.

— Qoplonlar oʻrniga itlarmi?
— Mayli,
Ritsarda shon-sharaf bordi ilgari.
Kutdingki, kamina ishqi tufayli
Janglarga tushajak Delorj singari.

Jiddiy qaramasang ochilmaydi sir,
She’r oʻqi, koʻzlaring yugurtirma hech.
Yakunda malika yuziga ritsar
Qo'lqopni irgʻitib, demasmidi:
— Kech!

Shillerning qoploni mardona, vahshiy,
Bugungi davrada koʻppaklar sardor!
Ular ipak qadrin bilmaydi, yaxshim,
Ularga bir kosa yuvindi darkor.

Ular qoʻlqoplarni yirtib, talashib,
Ichidan burdacha goʻsht axtaradi.
Mumkin nafs yoʻlida yurtin talashi,
Suyagi suyakka mushtoq turadi.

Ularning odati — oyga yuz bosib,
Uvullash, uvullash, yana uvullash.
Men aslo koʻrmadim senga munosib
Itlar nimtalagan matoni, xullas.

Bunday rashk oʻyniga shapaloq tortib,
Bitta jilmayish-la yengdim barini.
Shamshirni qiniga joyladim, ortiq
Sanadim yuzlaring sepkillarini.

Qoʻllaring koʻksimga bosdim, harholda
Qolgani — foydasiz, havoyi gaplar.
Latta chaynayversin itlar atrofda,
Bunga parvo qilmas oliynasablar.

Nurmuhammad Abduzoir

@Nurmuhammad_ZOIR
1,9200018
***

"Boraymi?”
“Bormaymi?"
— ikkilanasan,
Tabiiy,
ushbu qaror — hal qiluvchi-da.
Oʻylanma,
boʻlin-u,
kelmoqchi boʻlgan
Boʻlaging bilan kel oyoq uchida.

Kel,
Kutib turadi boshqa tomoning,
Bekordir shu sabab dilni yanishlar.
Axir, insonlarni arra boʻlib teng
Ikkiga boʻladi ikkilanishlar!

Menam ikkilandim,
Sogʻinch teng boʻldi
Boshimga gurziday tushgan zamoni —
Bir boʻlagim kutib koʻzi ming boʻldi,
Seni izlab ketdi koʻzsiz tomonim!

Nurmuhammad Abduzoir

@Nurmuhammad_ZOIR
3,1900048
Koʻzyosh haqida

Sen mendan olisda,
yigʻlama, erkam,
Sen mendan olisda yigʻlagan sari
Koʻzlaring yoshidan mosuvo yelkam
Qurib bormoqdadir Orol singari.

Sahroyi Kabirga aylanib borar,
Sahroyi soʻxtamdan zuhur, baribir
Begunoh yoshlaring eng soʻnggi borar
Manzili yelkamning chuqurlaridir.

Yelkamning chuquri —
munosib qabr
Ham yolgʻiz vatandir koʻzyoshlaringga.
Olisda yigʻlasang jabrdir, jabr
Shu gʻamnok va tanti koʻzyoshlaringga.

Ularni xor etma,
qoshimdan gʻayri
Joylarga behuda sochmagin, erkam,
Unda koʻzyoshlaring vatandan ayri,
Bunda qurib borar kundan-kun yelkam.

Yigʻlaysan,
odamlar qaramagan yosh —
Oyoqlar ostida qolgan javohir.
Sen mendan olisda…
qil sabr-u bardosh…
Sen mendan olisda yigʻlama, axir.

Yigʻlasang,
hargiz
koʻz-kipriklaringdan
Uzilgan har yoshing yelkamda boʻlsin!
Baxt-u shodligingdan,
dard-u gʻamingdan
Yigʻla,
aziz boshing yelkamda boʻlsin!

Oʻshanda qaytadir alp yelkalarim —
Misoli Orolda boshlanar hayot.
Qirq yil suv koʻrmagan ajiriq kabi
Qoʻllarim gullaydi,
gullar hammayoq.
Baliqlar qaytajak,
kemalar suzar,
Bandargoh boʻlajak yelkalarimiz.
Ohular oʻynaydi atrofimizda,
Alvon gulga toʻlar oʻlkalarimiz.

Yashnar yurtimizda, borki, chamanlar
Va mangu asraymiz u gullaringni!
Axir, koʻzyoshingga qaramaganlar
Aslo koʻrolmaydi kulgularingni!

Nurmuhammad Abduzoir

@Nurmuhammad_ZOIR
1,8300042
***

Shart emas mukammal boʻlmogʻing, erkam,
Shart emas farishta boʻlmogʻing oppoq.
Oʻzi yolgʻon boʻlsa biz turgan yer ham,
Biz unda begunoh yashardik qandoq?!

Oʻchmas dogʻ emasdir olamda hech rang,
Har bir yiqilganing — chiniqqaningdir.
Bunda hamin qadar goʻzallar ichra
Eng goʻzali sening siniqlaringdir.

Dardingni yashirma, toʻkib sol,
ruh toj
Kiygaydir biror ruh gʻamin anglarkan.
Inson bu olamda judayam muhtoj
Oʻz dardin qalbidan oʻtkazganlarga.

Mukammal baxt yoʻqdir, kutmagin hamda
Ortiq ayblamagin taqdirimizni.
Yaxshisi, kel endi, sovuq olamda
Ozroq yupataylik bir-birimizni.

Mayli, begonalar yashayversinlar
Baxti komilligin qilgancha koʻz-koʻz.
Qalbing siniq boʻlsa ne boʻpti,
singan
Koʻnglimga mos tushar shu qalbing, soʻzsiz.

Yaraqlar birlashsa ikki toza qalb,
Turgaydir bor yomon amaldan nari.
Bunda poygakdadir butun koʻzalar,
Muzeyda saqlanar yamalganlari.

Nurmuhammad ABDUZOIR
1,9500051
Bu post Nurmuhammad Abduzoir ijodiga qattiq qiziqadiganlar uchun:

Bu kanalda faqat shoir koʻrsatishni istagan narsalarigina chiqadi, uning asl ijodi va asl mohiyati nimadan iboratligini bilish uchun esa yopiq Nurmuhammad Abduzoirning yopiq kanaliga qoʻshilish kerak.
Ya’ni u yerda Nurmuhammad Abduzoirning e’lon qilimagan va qilinmayajak she’rlari bor.

Narxi: 50 ming soʻm (yillik)

9860042103075588 (N. A.)

Shu kartaga oʻtkazib, https://t.me/nurmuhammadzoir_yozibot ga chekini joʻnatsangiz tez orada yopiq kanal havolasi sizga joʻnatiladi…


Men qolip-qoidaga mahkum bir shoir —
Erkin parvoz etdim!
Xayr, tosh lashkar:
Voh endi shaydirman — butun ijodim
Shu bitta misra-la ayirboshlashga:

Oʻsha misra ham, she’rning toʻligʻi ham yopiq kanalda.

Nurmuhammad Abduzoir
2,2300032
JONLANTIRISH BOʻLIMIDAGI BAXT

Sendan gina qilib badar ketgan baxt
Topib kelolmadi manzilimni, yor.
Men ham izlab yurdim uni qancha vaqt
Boshimga koʻtarib zambilimni, yor.

Qalbimda xavotir:
u hali gʻoʻra,
Norasida boʻlsa?!
hamma-hammadan
“Koʻrmadingmi” deya, u haqda soʻrab
Olamni bezovta qildim dambadam.
Eski goʻshalarni axtardim nolon,
Baqirdim, chaqirdim:
Qayerdasan, baxt?!
Sas-sado qaytmadi,
hech bir oshiyon
U haqda aytmadi,
qoldi gung, karaxt.

Bilmayman,
endi u qay bir puchmoqda,
Qaysi bir kimsaning qalbida mehmon.
Balki, qushlar bilan koʻkda uchmoqda,
Balki, topgan uni qandaydir dehqon.

Yo biror gʻaribga bir sovuq kunda
Ehson boʻlgan chiqar sariq chaqaday.
Yo yerga kirganmi,
yo oʻsib-ungan
Moychechekka doʻnib ariqchakkada.

Yo biror bogʻchada aqlidan ayri
Oʻynab yuribdimi bolalar bilan.
Yoʻldan topgan boʻlsa yo ikki gʻayri,
Boʻlib oldimikin qoq teng yarmidan…

Lekin sen gʻam yema,
yashna toʻrt fasl,
Yashagin shod-xurram endi hamma vaqt.
Xafaliging koʻrib qoʻrqib-qochmasin,
Tagʻin huzuringga qaytib borsa baxt.

21.03.2026

Nurmuhammad Abduzoir
2,2700035
QAHVA… YOKI CHOY

Meni toʻydirganda sovuq nigohlar,
Toʻlib boʻlganida sabr-u bardoshim
Yurakdan bir iliq, shirin soʻz xohlab
Turgandim,
sen kelding, ey suhbatdoshim —
Tosh qotgan koʻnglimga iltifot bilan
“Qahva ichasizmi, — deding, — yoki choy”
Karaxt boʻlib qoldim shunda, aftidan,
Axir men…
Axir men…
Sen kim eding, hooooy.
Aytgil, ne qilarding,
mute va
zabun
Kimsaning xohish-u ra’yini soʻrab.
Beravermaysanmi zaharmi-afyun
“Tanlash” degan ogʻir azobdan koʻra!
Mendan soʻradingmi nima yoqishin
Yo da’vo qildingmi kamida?!
Xudo soʻramagan edi xohishim
Meni shu alfozda yaratganida.
Otam soʻramagan,
kiyintirgan, ha,
Menga nima loyiq,
oʻzi bilgan u.
Onam soʻramagan,
suyuntirgan va
Meni nima desa rozi qilgan u.
Axir shu damgacha bosh tortmay ichdim,
Amma-xolalarim pishirgan oshni.
Menga istaganday laqab qoʻyishdi,
Kim u,
xeshmi va yo aqrabo, qoʻshni.
Xoʻp deganman faqat,
turganman chetda,
Biror bir murshidim yutmagan edi.
Aytsam kuladirsan,
“oʻpen budjet”da,
Saylovda ovozim oʻtmagan edi.
Lekin men ulardan qanday ranjirman,
Ular yoʻl koʻrsatgan bir — goʻrsoʻxtaga.
Sen esa ruhimni olding zanjirdan,
Tilimda
“xoʻp”,
soʻzi shundan toʻxtagan.
“Yoʻq” deyman hammaga endi,
oʻjarman,
Ha, isyon koʻtardim,
koʻtardim boshni.
Qahvami,
choymi u,
sen-la icharman,
Kel,
sen ham ich oʻzing pishirgan oshni!

19.03.2026

Nurmuhammad Abduzoir
3,1200061
Shoir — abadiy yosh bola desam,
Shaxsiyga “siz katta shoirsiz” deb yozib qoʻyishmayapti,
Aytdimki, bir kungina bola boʻlay yana:
Ataganlariz bo’lsa, tortinib oʻtirmang)
9860042103075588
1,6300038
OSMONGA MAKTUB

Eshik yopilgan-u,
Ochiq darchadan
Siniq nur tushadi — umid arqoni.
Asragim kelgandi seni, ey chaman,
Lekin qoʻllarimda gʻunchalar qoni.

Axir oʻzim boʻldim xanjar urgan ham,
Siypalab — bitishga qoʻymagan yarang.
Meni shoir qildi, attang, dilporam,
Koʻngling singanida chiqqan kuy, jarang.

Umid uz, boʻyningdan boʻgʻar damodam,
Yoʻqsa, gullashingga fursat qolmaydi.
Soyasi oʻzidan kattaroq odam
Senga quyoshlarni koʻrsatolmaydi.

Ustimdan kulsang-da kulgin loaqal,
Dardingni yashirgin, shart emas doston.
Faqat men tosh otib oʻtirgan loyqa
Koʻlmaklardan aksing izlama, osmon.

17.03.2026

Nurmuhammad Abduzoir
2,1700034

Showing 30 of 33 posts

Reyting

Kirish talab qilinadi

Frequently Asked Questions

Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar Telegram kanali nima haqida?+

Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar (@nurmuhammad_zoir) — tgdio da Pinay kontenti toifasidagi Telegram kanali. Reyting, sharhlar, rang va so‘nggi postlarni ko‘rib, obuna bo‘lishdan oldin qaror qiling. Hozir tgdio da taxminan 1 466 obunachi bor.

Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar (@nurmuhammad_zoir) kanaliga Telegramda qanday qo‘shilaman?+

tgdio da kanal profilini oching, so‘ng Join / Open in Telegram orqali @nurmuhammad_zoir ga bepul obuna bo‘ling.

Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar yaxshi Pinay kontenti kanalimi?+

tgdio da qo‘shilishdan oldin Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar reytingi, sharhlari, rangi va postlarini tekshiring. Hozir tgdio da taxminan 1 466 obunachi bor. O‘xshash Pinay kontenti kanallar bilan solishtiring.

Nurmuhammad Abduzoir | She’rlar statistikasi va postlarini qayerda ko‘raman?+

tgdio da @nurmuhammad_zoir sahifasini oching: obunachilar statistikasi, rang, reyting va postlar. Stats havolasi o‘sish grafiklarini ko‘rsatadi.