1/2📌 Bu haqda 23-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachyov uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.
🏗 Uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi?
▪️ AES qurilishi va loyihalashtirish ishlarining borishi;
▪️ Atom energetikasi sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash;
▪️ Bo‘lajak stansiya yaqinida atomchilar shaharchasini barpo etish;
▪️ Yadro tibbiyoti va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik.
🏘 «Rosatom» ma’lumotiga ko‘ra, kelajakdagi atomchilar shaharchasi 30 mingdan ortiq mutaxassis va ularning oila a’zolari uchun mo‘ljallangan. Unda uy-joylar, ta’lim, tibbiyot va sport muassasalari kabi infratuzilmalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news





![CFC.uz | Rasmiy Kanal [Vizitka] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/04/CFC_UZ.webp)



